05.05.1994 yildagi 1038-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTON QAHRAMONI” UNVONINI BELGILASh VA OLIY NIShON — “OLTIN YuLDUZ” MEDALINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni belgilansin va oliy nishon — “Oltin Yulduz” medali taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oltin Yulduz” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1038-XII-son

1994-yil 5-mayda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofot boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlari uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Unvon berish toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonini berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxsga “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjat topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oltin Yulduz” medalini tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiradi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qoʻshimcha ravishda bazaviy hisoblash miqdorida oy sayin toʻlanadigan ustama mukofot oladilar.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksidan va boshqa transport turlarining buyurtma reyslaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan boshqa imtiyozlardan ham foydalanadilar.
(6-moddasi uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oltin Yulduz” medali koʻkrakning chap tomoniga orden va medallardan yuqoriroqqa taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonini takroran berish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-mayda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oltin yulduz” medalining tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oltin Yulduz” medali 585 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbagʻridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlarining orasi 32 millimetr. Medal markazidagi diametri 8 millimetrli sathga jo boʻlgan doira ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramziga monand yarim oy va besh qirrali yulduz joylashgan. Yarim oy jo boʻlgan sath aylanasining diametri 6 millimetr, besh qirrali yulduz jo boʻlgan sath aylanasining diametri esa 3 millimetrdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medalning orqa tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Gerbning pastidagi nurga medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medal yonlari oʻyiq toʻgʻri toʻrtburchak shaklida ishlangan, oʻlchami 16x25 millimetrli kumush qadagʻich (kolodka)ga kumushdan ishlangan ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Qadagʻichning qismlari va halqa 0,25 mikron qalinlikdagi tilla bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning ichki qismi respublika Davlat bayrogʻining rangidagi yoʻl-yoʻl zardoʻzi mato (lenta) bilan qoplangan. Matoning kattaligi 11x20 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomonida taqma toʻgʻnogʻich bor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medal ogʻirligi 12,5 gramm
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 113-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)