Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 27.07.2006 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA AXBOROT-KUTUBXONA TIZIMI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh BOʻYIChA IDORALARARO KENGASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 27-iyuldagi 150-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalari faoliyatini uning yoʻnalishlariga muvofiq muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi kollegial idoralararo organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoralararo kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoralararo kengash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, kutubxona shoxobchalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Idoralararo kengashning vazifalari, funksiyalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining milliy axborot-kutubxona tizimi va milliy axborot-kutubxona fondi faoliyat koʻrsatishi va rivojlantirilishi sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, axborot-resurs markazlarini, axborot-kutubxona markazlarini va kutubxonalarni ular faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarning, kutubxona-axborot xizmati koʻrsatish tizimining maqbul faoliyat koʻrsatishi boʻyicha, mamlakatimiz va xorijdagi ilmiy-axborot faoliyati rivojlanishini hisobga olgan holda tavsiyanomalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo kengash asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining yagona axborot-kutubxona tizimi sifatida axborot-resurs markazlarini, axborot-kutubxona markazlarini va kutubxonalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlarini, axborot-kutubxona markazlarini va kutubxonalarni komplektlashning asosiy yoʻnalishlari, mamlakatimizdagi adabiyotlar (shu jumladan hujjatlarning majburiy nusxalari), qogʻoz va elektron manbalardagi xorijiy nashrlar (shu jumladan xalqaro kitoblar almashish), maʼlumotlar bazalari va banklari bilan eng toʻliq taʼminlash boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar fondlarining fizik holatini nashrlarning, ayniqsa noyob fondlar va madaniy meros yodgorliklarining saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar hamda tavsiyanomalar ishlab chiqish yoʻli bilan nazorat qilishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar uchun mamlakatimizdagi va xorijiy nashrlarga obuna boʻlishga budjet, shu jumladan valyuta mablagʻlarini taqsimlash, shuningdek kutubxona ishlarini yuritishning ilgʻor texnologiyalari negizida kutubxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlarida va axborot-kutubxona markazlarida yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada axborot-kutubxona ishlarini istiqbolli rivojlantirishning kompleks dasturlarini va asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarning nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, adabiyotlarni nashr etish va qayta nashr etish hamda ularning tirajlarini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilashga va ularni kadrlar bilan mustahkamlashga yoʻnaltirilgan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning axborot-kutubxona shoxobchalarini rivojlantirish, shu jumladan elektron kataloglar tashkil etish tizimini rivojlantirish, elektron ilmiy-taʼlim resurslaridan foydalanishning korporativ tizimlarini, noyob fondlarni raqamlashtirish markazlarini va shu kabilarni tashkil etish boʻyicha ilmiy-texnik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda tashabbus koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish tajribalarini oʻrganish, xalqaro kutubxonalararo abonementni rivojlantirish, axborotlarni oʻzaro ayirboshlash, xalqaro kutubxona anjumanlarida va tashkilotlarida qatnashish uchun chet el kutubxonalari, nashriyotlari, axborot markazlari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va respublika kutubxona konferensiyalari va seminarlarini tashkil etishda va oʻtkazishda tashabbus koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalari faoliyatining muvofiqlashtirilishini yaxshilashga yoʻnaltirilgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralardan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Idoralararo kengash vakolatiga taalluqli axborot va maʼlumotnoma materiallarini belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxona muassasalari vakillarining axborot-kutubxona ishlari sohasidagi ishlarni taʼminlash va takomillashtirishning ahvoli va chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hisobotlari va maʼruzalarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar faoliyatining eng muhim masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganish va takliflar tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek mutaxassislar va ilmiy xodimlarni ushbu komissiyalar va guruhlarda ishlashga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-kutubxona shoxobchalarini rivojlantirishga doir ilmiy-texnik loyihalarni qoʻllab-quvvatlash yoki rad etish boʻyicha ekspert xulosalari va tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi va har yili Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tarkibi va ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Idoralararo kengashning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo kengash oʻz majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin har yili kamida ikki marta oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq Idoralararo kengash har yili oʻz ishlari rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais oʻrinbosarlari, masʼul kotib va kengashning boshqa aʼzolari vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoralararo kengash oʻz blankasiga ega boʻladi. Idoralararo kengash faoliyati bilan bogʻliq yozishmalarni yuritishda xatlar, Idoralararo kengash raisi (uning oʻrinbosari) yoki masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo kengash majlisini oʻtkazish joyi, sanasi va tartibi rais yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan belgilanadi, qarorlar esa majlisda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Idoralararo kengash majlisda tarkibidagilarning kamida yarmi qatnashgan taqdirda masalalarni hal etish vakolatiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Idoralararo kengash bilan kelishgan holda Idoralararo kengashga boʻysunadigan ana shunday hududiy kengashlar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo kengash qarorlari protokol bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning oʻrinbosarlaridan biri, shuningdek masʼul kotib imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoralararo kengash qarorlari barcha manfaatdor shaxslarga yetkaziladi hamda kutubxona shoxobchalariga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 295-modda)