Hujjat hali kuchga kirgan emas
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2748-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor birinchi oʻrinbosari L. SAIDORIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-sentabr,
68-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2026-yil 30-sentabrdagi 68-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-son “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2748, 2015-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 656-modda).
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2017-yil 11-apreldagi 215-son “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2748-1, 2017-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 352-modda).
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2018-yil 29-yanvardagi 38-son “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2748-2, 2018-yil 8-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2748-2/0679-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 22-son “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2748-3, 2025-yil 14-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2748-3/0245-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 2021-yil 30-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 168-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 2024-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son) bilan tasdiqlangan Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 50-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026 y., 10/26/2748-4/1056-son)