1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Davlat xaridlari qiymatini baholashning shaffof tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat xaridlari qiymatining bozor narxlariga muvofiqligini baholash uchun davlat buyurtmachisi ochiq axborot manbalaridagi axborotlardan yoki boshqa ishonchli manbalardan foydalanishi, shuningdek, davlat buyurtmachisi har bir davlat xaridini amalga oshirishda xarid predmetining narxini oʻrganishi shartligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoniga muvofiq davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) ayrim turdagi tovarlarning oʻrtacha bozor narxini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida hisoblab beruvchi elektron modul sinov rejimida ishga tushirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish tartibi;
davlat xaridlarida oʻrtacha bozor narxlari boʻyicha elektron modulni joriy qilish;
xaridlarni amalga oshirishda narxlarning shakllantirilishi yuzasidan davlat va jamoatchilik nazorati.
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab barcha davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari predmetining oʻrtacha bozor va boshlangʻich narxini mazkur qarorga muvofiq Portalning alohida modulida shakllantiradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar Portalda davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini hisoblab beruvchi elektron modulda sunʼiy intellekt texnologiyalari toʻliq joriy etilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2027-yil 1-oktabrga qadar davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartiblarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar tegishli axborot tizimlarini Portalga integratsiya qilish orqali tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida Portalga taqdim etilishini yoʻlga qoʻysin.
Bunda tegishli axborot tizimlari “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi.
6. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Portaldagi narxlar moduli ushbu qaror bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik nizomga ilovada keltirilgan roʻyxatdagi tovarlarning oʻrtacha bozor narxini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlaydi hamda davlat buyurtmachilari uchun tegishli tahliliy maʼlumotlarni shakllantiradi.
Bunda avtomatik ravishda aniqlangan oʻrtacha bozor narxi davlat buyurtmachisi tomonidan xarid predmetining boshlangʻich narxini belgilashda axborot-tahliliy asos sifatida qoʻllanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi:
2026-yil 1-oktabrdan boshlab davlat xaridlarida oʻrtacha bozor narxlari boʻyicha elektron modul toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin;
2026-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Davlat xaridlari sohasida foydalanadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) milliy klassifikatorini Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK) va Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) bilan oʻzaro muvofiqlashtirsin va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qaysi kodlarga toʻgʻri kelishi boʻyicha roʻyxatni eʼlon qilsin hamda doimiy yangilab borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor narxini aniqlash yuzasidan oʻquv kurslarini tashkil etsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-sentabr,
480-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Vaqtinchalik nizom 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi;
narxlar moduli — xarid predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash imkonini beradigan va narxlar boʻyicha maʼlumotlar yuritiladigan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalining (keyingi oʻrinlarda — Portal) alohida moduli;
tovarning (ish, xizmatning) bozor narxi (keyingi oʻrinlarda — bozor narxi) — ochiq axborot manbalari yoki boshqa ishonchli manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida shakllangan narx;
tovarning (ish, xizmatning) xususiyatlari — oʻrtacha bozor narxini oʻrganishda taqqoslash (muvofiqlikni baholash) uchun davlat buyurtmachisi tomonidan xarid predmetining xususiyatidan kelib chiqib belgilanadigan sifat va miqdor koʻrsatkichlari, funksional, texnik hamda ekspluatatsiya tavsiflari majmui boʻlib, zarur hollarda ushbu xususiyatlar standartlar (texnik reglamentlar), komplektatsiya, model (marka), ishlab chiqarilgan yil, kafolat va servis shartlari, ish (xizmat) boʻyicha esa bajarish natijasi, hajmi, muddati, bajarish joyi, topshirish-qabul qilish, tovar (ish, xizmat) narxiga taʼsir qiluvchi shartlar va omillar, shuningdek, davlat xaridlarida barqarorlik prinsipini qoʻllashda eʼtiborga olinadigan hamda shunga oʻxshash boshqa talablar bilan toʻldirilishi mumkin;
xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi — bozor narxlaridan foydalangan holda davlat buyurtmachisi tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq oʻrganib, shakllantiriladigan hamda narxlar modulida yuritiladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) oʻrtacha narxi.
4. Davlat buyurtmachisi:
davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanishi, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishdan koʻrilgan foyda (naf), ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlashi;
davlat xaridlarining maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashda uning xususiyatlari, shuningdek, davlat xaridlarini oʻtkazish xarajatlarini va tovar (ish, xizmat) qiymatining asoslanganini hisobga olgan holda amalga oshirishi;
har bir davlat xaridini amalga oshirishda xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganishi;
xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini bozor narxlariga muvofiq shakllantirish uchun davlat buyurtmachisi faqat ochiq axborot manbalaridagi axborotlardan yoki boshqa ishonchli manbalardan foydalanishi;
oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilangan miqdorlardan ortiqcha hajmda hamda xususiyatlariga koʻra zarur boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilmasligi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda mablagʻlarni talon-toroj qilish hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sunʼiy oshirib yuborish holatlarining oldini olishi;
davlat xaridlari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalardagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiqlab borishi shart.
5. Xarid predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
6. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishdan oldin davlat buyurtmachisi narxlar moduli orqali xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini shakllantirishda oxirgi 90 kunda shakllangan bozor narxlari boʻyicha maʼlumotlardan foydalanadi.
Oxirgi 90 kunda shakllangan bozor narxlari boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, oxirgi 365 kungacha boʻlgan maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
7. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini shakllantirishda oʻrganilayotgan maʼlumotlardagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xususiyatlari davlat buyurtmachisi tomonidan xarid qilinishi rejalashtirilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xususiyatlari bilan, qoida tariqasida, oʻzaro mos yoki taqqoslanadigan boʻlishi lozim, biroq sifatni pasaytirish hisobiga arzonroq hamda taqqoslanmaydigan variantlarni tanlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Narxlar moduli davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan yuritiladi hamda u quyidagi sahifalardan tashkil topadi:
xarid predmeti boʻyicha narxlarni oʻrganish uchun eʼlon joylashtirish va takliflarni elektron tarzda qabul qilish va joylashtirish sahifasi;
davlat xaridlarida ishtirok etayotgan salohiyatli yetkazib beruvchilardan tovar (ish, xizmat) narxlarini manzilli soʻrash sahifasi;
avvalgi davlat xaridlari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalar boʻyicha narxlarning maʼlumotlar bazasi;
xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi, yuqori va past chegara narxlari, soʻnggi tendensiyalar va dinamik oʻzgarishlarni hisoblash sahifasi;
davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantirilgan xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlarni elektron tarzda yuklash, saqlash va ochiqlash imkoniyati;
ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi tovarlar boʻyicha sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlanadigan oʻrtacha bozor narxlari sahifasi.
2-bob. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda oʻrganish
9. Narxlar moduli Portal bilan maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining maʼlumotlari asosida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda, ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi tovarlarning oʻrtacha bozor narxlarini avtomatik ravishda shakllantiradi.
Ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovadagi roʻyxatga kiritilgan tovar boʻyicha xarid predmetining boshlangʻich narxi, qoida tariqasida, narxlar modulida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlangan oʻrtacha bozor narxi asosida belgilanadi hamda e-maʼlumotnoma shu asosda shakllantiriladi, ushbu Vaqtinchalik nizomning 19-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.
Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini avtomatik ravishda aniqlash imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, davlat buyurtmachisi xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq mustaqil ravishda shakllantiradi.
10. Narxlar modulida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini aniqlash, tovarning xususiyatlarini taqqoslash, maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, shuningdek, davlat buyurtmachisiga axborot-tahliliy yordam koʻrsatish maqsadida foydalaniladi.
11. Narxlar modulida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida aniqlangan oʻrtacha bozor narxlari, ularni hisoblashda foydalanilgan asosiy parametrlar, manbalar soni, hisoblash sanasi hamda tegishli tahliliy maʼlumotlar barcha uchun ochiq tarzda joylashtiriladi.
12. Davlat buyurtmachisi tomonidan mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi tovarlarning boshlangʻich narxini belgilashda sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlangan oʻrtacha bozor narxi ustuvor manba sifatida qoʻllanadi.
Davlat buyurtmachisi sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlangan oʻrtacha bozor narxidan foydalanishda uning xarid predmeti xususiyatlariga mosligi yoki taqqoslanadigan boʻlishini, manbalarning yetarliligi va hisoblash natijasining ishonchliligini inobatga oladi.
Zarur hollarda, davlat buyurtmachisi ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazishi mumkin.
3-bob. Xarid predmetining oʻrtacha bozor va boshlangʻich narxi elektron maʼlumotnomasini (e-maʼlumotnoma) shakllantirish tartibi
13. Xarid predmetining oʻrtacha bozor va boshlangʻich narxi elektron maʼlumotnomasi (keyingi oʻrinlarda — e-maʼlumotnoma) ushbu Vaqtinchalik nizomga 4-ilovaga muvofiq namunaviy shaklda shakllantiriladi va unda quyidagilar aks ettiriladi:
xarid predmeti;
oʻrganilgan manbalar (nomi yoki havolasi), shu jumladan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqidagi maʼlumotlar;
xarid predmetining oʻrtacha bozor va boshlangʻich narxini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar.
Bir nechta tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha bitta e-maʼlumotnoma shakllantirilishi mumkin.
Ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi tovarlar boʻyicha e-maʼlumotnomada sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlangan oʻrtacha bozor narxi, uni hisoblash sanasi, manbalar soni hamda zarur hollarda qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazilgani haqidagi maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
14. E-maʼlumotnoma narxlar modulida elektron tarzda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda shakllantiriladi.
Chet el valyutasida aks ettirilgan bozor narxidan (narxlaridan) foydalanilgan hollarda, e-maʼlumotnoma u shakllantiriladigan sanadagi milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi asosida shakllantiriladi.
Bunda shakllantirilgan e-maʼlumotnomadan tegishliligi boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻrisida eʼlon joylashtirilgan yoki ishtirokchining ofertasi tanlangan yoxud qonunchilikka muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri, shuningdek, boshqacha tarzda shartnoma tuzilgan sanadagi milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi asosida qayta hisob-kitob qilish orqali foydalanishga ruxsat beriladi.
15. Xarid qilish tartib-taomillarini e-maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshirishga ruxsat beriladi va u xarid qilish hujjatlarining ajralmas qismi sifatida ilova qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
Davlat buyurtmachisi e-maʼlumotnomadagi xarid predmetining boshlangʻich narxidan (narxlaridan) yuqori boʻlmagan narx (narxlar) boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshiradi, ushbu Vaqtinchalik nizomning 36-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. E-maʼlumotnoma davlat xaridlarining reja-jadvaliga biriktirilishi mumkin.
16. Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishdan oldin ochiq axborot manbalaridan yoki boshqa ishonchli manbalardan olingan kamida uchta narxlarni solishtirish yoʻli bilan yoxud tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida uchta salohiyatli yetkazib beruvchilaridan narxlar boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar asosida e-maʼlumotnomani narxlar modulidan foydalangan holda shakllantiradi, ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi tovarlar boʻyicha sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlangan oʻrtacha bozor narxidan foydalaniladigan hollar bundan mustasno.
Agar davlat buyurtmachisi bunday tovarlar boʻyicha qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazsa, ushbu band talablari tatbiq etiladi.
Agar ochiq axborot manbalaridan yoki boshqa ishonchli manbalardan kamida uchta narx yoxud tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida uchta salohiyatli yetkazib beruvchilaridan narxlar boʻyicha maʼlumotlar topilmasa, davlat buyurtmachisi bu holatni asoslovchi dalillarni, shu jumladan, boshqa maʼlumotlarning mavjud emasligini tasdiqlovchi axborotlarni (qidiruv natijalari, soʻrovlar va javoblar, skrinshotlar va boshqalar) narxlar moduliga joylashtiradi.
Ushbu talablarga rioya etilgan taqdirda, mavjud maʼlumot (maʼlumotlar) asosida e-maʼlumotnoma shakllantirilishi mumkin.
Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi amalga oshirilishida e-maʼlumotnoma ushbu Vaqtinchalik nizomning 27-bandida belgilangan manbalarning kamida biridan foydalangan holda shakllantiriladi.
Bunda narx maʼlumotining tarkibi (QQS, yetkazib berish, montaj/oʻrnatish, kafolat va servis shartlari) aniq koʻrsatilishi shart.
17. Davlat buyurtmachisiga e-maʼlumotnomadan u shakllantirilgan sanadan boshlab koʻpi bilan 90 kungacha boʻlgan muddatda foydalanishga, shuningdek, takroriy foydalanishga ruxsat beriladi.
Bunda takroriy foydalanish uchun davlat buyurtmachisi tomonidan xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari ushbu davlat buyurtmachisiga tegishli ilgari shakllantirilgan e-maʼlumotnomadagi tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlariga toʻliq mos kelishi shart.
Ushbu bandda nazarda tutilgan 90 kunlik muddat e-maʼlumotnoma shakllantirilgan hamda tegishliligi boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilgan yoki ishtirokchining ofertasi tanlangan yoxud qonunchilikka muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri, shuningdek, boshqacha tarzda shartnoma tuzilgan sanalar orasidagi farq bilan aniqlanadi.
18. E-maʼlumotnoma davlat buyurtmachisining davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi yoki alohida xodimi yoxud kollegial organi tomonidan shakllantiriladi va u e-maʼlumotnoma toʻgʻri shakllantirilishi, qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazilgan hollarda uning natijalari toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun masʼul hisoblanadi.
19. Xarid predmetining narxi yoki boshlangʻich narxi qonunchilikka muvofiq tegishli vakolatli organlar tomonidan belgilangan yoki tavsiya etilgan yoxud taqdim etilgan hollarda, ushbu narx asosida davlat buyurtmachisi tomonidan narxlar modulidagi e-maʼlumotnoma shakllantiriladi.
20. Ochiq axborot manbalari yoki boshqa ishonchli manbalar quyidagilardan tashkil topadi:
ijro etilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalar (toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar bundan mustasno) boʻyicha davlat xaridlari elektron tizimidagi axborotlar;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari toʻgʻrisida vazirlik va idoralarning axborot manbalaridagi maʼlumotlar, jumladan, hisobvaraq-faktura va invoys maʼlumotlari;
ommaviy axborot vositalari, elektron va bosma davriy nashrlar (kataloglar) hamda tijorat takliflari maʼlumotlari;
narxlar moduli orqali xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish boʻyicha davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtirilgan eʼlon, shuningdek, soʻrovnoma asosida olingan takliflar;
yetkazib beruvchilar, shuningdek, yagona yetkazib beruvchilar tomonidan narxlar moduliga joylashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari;
birja kotirovka maʼlumotlari;
yetkazib beruvchilarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlaridagi, ommaviy ofertalaridagi (takliflaridagi) axborotlari;
xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning rasmiy axborot manbalari;
ekspert, ekspert tashkiloti yoki ixtisoslashgan tashkilot tomonidan xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq baholash obyektlarining baholash natijalari.
Narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu bandda nazarda tutilgan manbalardan rasmiy yozishmalar, elektron pochta, elektron hujjat almashinuvi tizimlari, narxlar modulida eʼlon joylashtirish, soʻrovnoma yuborish, ochiq axborotni yigʻish va tahlil qilish, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullar orqali olinishi mumkin.
Bunda telefon aloqasi, messenjerlar, videokonferensaloqa va boshqa tezkor aloqa vositalari orqali olingan maʼlumotlardan, agar bunday maʼlumotlar xizmat yozuvi, bayonnoma, skrinshot, elektron xabar yoki boshqa tasdiqlovchi materiallar bilan qayd etilgan hamda narxlar moduliga joylashtirilgan boʻlsa, foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu bandda sanab oʻtilgan manbalar roʻyxati cheklangan hisoblanmaydi. Davlat buyurtmachisi mazkur Vaqtinchalik nizomning 22-bandida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etgan holda narxni tekshirish, taqqoslash va asoslash imkonini beradigan boshqa ochiq axborot manbalari yoki ishonchli manbalardan ham foydalanishi mumkin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan manbalardan olingan barcha maʼlumotlar, shu jumladan, ularni olish usuli va tasdiqlovchi materiallar davlat buyurtmachisi tomonidan narxlar moduliga joylashtiriladi.
21. Davlat buyurtmachisi xarid predmetining xususiyati, bozor konyunkturasi, xarid shartlari va mavjud axborotdan kelib chiqib, oʻrtacha bozor narxini oʻrganishda foydalaniladigan manbalar va usullarni, ularni qoʻllash ketma-ketligini, oʻzaro taqqoslash tartibini hamda qaysi maʼlumotlarni asos sifatida qabul qilishni mustaqil ravishda belgilaydi, ushbu Vaqtinchalik nizomning 6, 7, 17, 19 va 22-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
22. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini aniqlash uchun quyidagi manbalardan olingan maʼlumotlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan yetkazib beruvchilardan;
anonim, manbai nomaʼlum axborotlardan;
texnik topshiriqdagi talablarga yoki soʻrov predmetiga javob bermaydigan takliflardan;
qonunchilikka muvofiq affillangan subyektlarning narx takliflaridan;
amal qilish muddati koʻrsatilmagan tijorat takliflaridan.
23. Davlat buyurtmachisi xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish uchun ekspert, ekspert tashkiloti yoki ixtisoslashgan tashkilot xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Ekspert, ekspert tashkiloti yoki ixtisoslashgan tashkilot ochiq axborot manbalardan olingan maʼlumotlarni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirishi kerak.
Bunda xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish uchun ekspert ushbu sohada amaliy tajribaga ega boʻlishi, ekspert tashkiloti va ixtisoslashgan tashkilot narxlarni tahlil qilish boʻyicha xodimga ega boʻlishi talab etiladi.
4-bob. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish boʻyicha eʼlon joylashtirish hamda soʻrovnoma yuborish tartibi
24. Davlat buyurtmachisi narxlar modulida ushbu Vaqtinchalik nizomga 5-ilovaga muvofiq xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish boʻyicha eʼlonni kamida ikki ish kuniga joylashtirishi mumkin.
Davlat buyurtmachisi eʼlonga qoʻshimcha ravishda xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish boʻyicha ushbu Vaqtinchalik nizomga 6-ilovadagi namunaviy shakl asosida soʻrovnomani salohiyatli yetkazib beruvchilarga yuborishi mumkin.
Eʼlonda (soʻrovnomada) takliflarni taqdim etish tartibi belgilanib, unda narxlar aniq va asosli boʻlishi, taklifda tovarning (ishning, xizmatning) bir birlik narxi va umumiy hajmi, shuningdek, taklif rasmiy oferta emasligi va shartnoma tuzish majburiyati yuklanmasligi koʻrsatiladi.
Zarur hollarda, davlat buyurtmachisi tovarning (ishning, xizmatning) narxlarini oʻrganish boʻyicha yuborilgan soʻrovga ishlab chiqilgan texnik topshiriq va boshqa hujjatlarni ilova qilishi hamda salohiyatli yetkazib beruvchilarning malaka maʼlumotlarini soʻrashi mumkin.
25. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari (salohiyatli yetkazib beruvchilar) oʻz takliflarini davlat buyurtmachisi tomonidan eʼlonda (soʻrovnomada) belgilangan talablar asosida taqdim etadi.
Taklifda belgilangan xarid qilinadigan tovarning (ishning, xizmatning) bir birlik narxi, umumiy hajmi va boshqa talab etilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim. Bunda narxlarning sunʼiy va/yoki asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga alohida eʼtibor qaratish nazarda tutiladi.
26. Davlat buyurtmachisi kelib tushgan takliflarni ularning eʼlonda (soʻrovnomada) belgilangan talablarga muvofiqligi, tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari hamda narxlarning asoslanganini inobatga olgan holda koʻrib chiqib, belgilangan talablarga muvofiq kelgan takliflardan xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganishda foydalanadi.
27. Yagona yetkazib beruvchi bilan xarid predmetining narxi quyidagi manbalardan biri orqali oʻrganiladi:
yagona yetkazib beruvchilar tomonidan narxlar moduliga joylashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari;
davlat buyurtmachisi tomonidan yagona yetkazib beruvchiga ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq yuborilgan soʻrovnoma asosida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari.
5-bob. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini shakllantirish tartibi
28. Narxlar modulida xarid predmeti boʻyicha oʻrganilgan bozor narxlari narxlarning oʻzgarish koeffitsiyenti formulasi boʻyicha taqqoslanadi.
29. Narxlarning oʻzgarish koeffitsiyenti narxlar modulida avtomatik ravishda aniqlanadi.
30. Narxlarning oʻzgarish koeffitsiyenti 30 foizdan oshmagan taqdirdagina, xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi oʻrganilgan deb hisoblanadi.
Agar narxlarning oʻzgarish koeffitsiyenti 30 foizdan oshsa, davlat buyurtmachisi xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini qayta oʻrganishi lozim.
31. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganishda narxlarning oʻzgarish koeffitsiyenti quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
bu yerda:
a) oʻrtacha kvadratik ogʻish quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
X1,2…n — har bir manba boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari;
OʻBN — xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi;
n — oʻrganishda foydalanilgan narxlar soni;
b) xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi quyidagi formula boʻyicha shakllantiriladi:
OʻBN
=
(X1 * Y1 + X2 * Y2 + ... + Xn * Yn)
(Y1 + Y2 + ... + Yn)
bu yerda:
X1,2…n — har bir manba boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari;
Y1,2…n — har bir manba boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlari.
32. Xarid predmetining boshlangʻich narxi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
BN = (OʻBN * V) * (1 + t/100)
bu yerda:
v — xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat) miqdori (hajmi);
t — xarid predmetining boshlangʻich narxi hamda uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovut miqdori.
Bunda:
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xaridlar moduldagi xarid predmetining oʻrtacha bozor narxidan oshmagan holda amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
davlat buyurtmachisi e-maʼlumotnomada tovar (ish, xizmat) miqdorini (hajmini) 10 foizdan oshmagan miqdorda oʻzgartirish huquqiga ega. Bunda tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur huquq bitta e-maʼlumotnoma doirasida bir marta qoʻllanadi.
33. Davlat buyurtmachisi xarid predmetining boshlangʻich narxini hisoblash maqsadida xarid predmetining boshlangʻich narxi hamda uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovut miqdorini belgilab, xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat) miqdorini (hajmini) koʻrsatgan holda, ushbu maʼlumotlarni narxlar moduliga kiritadi va e-maʼlumotnomani shakllantirish va tasdiqlash uchun elektron raqamli imzodan foydalangan holda tegishli topshiriqni tasdiqlaydi.
34. Narxlar moduli e-maʼlumotnoma shakllantirilgandan soʻng tegishli maʼlumotlar davlat xaridlari elektron tizimlariga yuboriladi.
35. Davlat xaridlari elektron tizimi davlat buyurtmachisiga e-maʼlumotnoma boʻyicha kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat xaridlariga ruxsat beradi. E-maʼlumotnoma boʻyicha maʼlumot shartnoma toʻgʻrisidagi axborotda aks ettiriladi.
36. Elektron doʻkon tartib-taomilida, shuningdek, elektron kooperatsiya portalida ishtirokchining ofertasi boʻyicha shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantirilgan xarid predmetining boshlangʻich narxidan yuqori narxda shakllanish holati yuzaga kelganda, davlat buyurtmachisiga ushbu shartnomani shakllantirish yoki shakllantirishni rad etish imkoniyati yaratiladi.
Bunda davlat buyurtmachisi bir ish kuni ichida shartnomani shakllantirish yoki shakllantirishni rad etish boʻyicha soʻrovni qabul qilmasa, davlat xaridlari elektron tizimi shartnomani shakllantirishni avtomatik ravishda rad etadi.
37. Davlat xaridlari elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoni 4-bandining “a” kichik bandida belgilangan xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi axborotlar davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlarning shaxsiy kabinetlariga real vaqt rejimida yuborilishini taʼminlaydi.
6-bob. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish jarayonida shaxsiy manfaatdorlik va manfaatlar toʻqnashuvi
38. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish jarayonida shaxsiy manfaatdorlik va manfaatlar toʻqnashuviga, shu jumladan, affillanganlikka olib keladigan holatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish jarayonida quyidagi holatlar taqiqlanadi:
maʼlum mahsulot yetkazib beruvchilarning axborotini asossiz rad etish yoki ulardan foydalanishga toʻsqinlik qilish;
maʼlum manfaatdor shaxslar yoki affillangan subyektlarning narx takliflaridan foydalanish;
narxni sunʼiy ravishda yuqori yoki past koʻrsatish maqsadida maʼlumotlarni taqdim etish, tanlab oʻrganish yoki oʻzgartirish;
bir yoki bir nechta subyekt manfaatida hisob-kitoblarni qalbakilashtirish;
bozor narxlarini oʻrganishda raqobatni cheklovchi yoki manfaatlar toʻqnashuviga olib keluvchi harakatlarni sodir etish.
40. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni olgan rahbar yoki komplayens-nazorat boʻlinmasi uning oldini olish yoki uni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi kerak.
Agar davlat buyurtmachisi xodimi xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi holatiga duch kelsa, bu haqida oʻzining bevosita rahbariga yoki komplayens-nazorat boʻlinmasiga darhol xabar berishi shart. Bunda manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlarini oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
42. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini tahlil qilish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etmasdan harakat qilgan davlat buyurtmachisi xodimlari hamda ularning rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi.
43. Davlat buyurtmachisi komplayens-nazorat boʻlinmalari (yoki ushbu vazifa yuklangan masʼul shaxslar) xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar tomonidan manfaatlar toʻqnashuviga va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik ustidan muntazam nazoratni amalga oshirishlari shart.
7-bob. Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi shakllantirilishida davlat va jamoatchilik nazorati
44. Portalda va/yoki davlat xaridlari elektron tizimida narxlarni shakllantirish boʻyicha jamoatchilik nazorati e-maʼlumotnomalardagi, ofertalardagi hamda davlat xaridlari elektron tizimlarida joylashtirilgan eʼlonlardagi, shuningdek, xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalardagi shubhali narxlarga “ogohlantirish” tugmasi orqali izoh qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Portal va/yoki davlat xaridlari elektron tizimi ushbu holat xavf-xatarlar sifatida davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlarning shaxsiy kabinetlariga real vaqt rejimida yuborilishini taʼminlaydi.
45. Davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar tomonidan davlat buyurtmachisi va yagona yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha narx belgilanishi va uning asoslangani yuzasidan alohida nazorat tadbirlari oʻtkazib borilishi mumkin.
46. Agar qonunchilikda yoki mazkur Vaqtinchalik nizomda muayyan xarid obyekti yoki alohida holat uchun majburiy manba yoki usul toʻgʻridan-toʻgʻri belgilanmagan boʻlsa, davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan manba, usul, axborot olish shakli yoki ularning qoʻllanish ketma-ketligini boshqacha manba yoki usuldan ham foydalanish mumkin boʻlgani vaji bilan notoʻgʻri deb baholashga haqli emas.
Foydalanilgan manba yoki usulning oʻzi, shuningdek, ularning turi, agar davlat buyurtmachisi tomonidan xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi oʻrganilgani, foydalanilgan maʼlumotlar va ularning manbalari qayd etilgani, ularning taqqoslanuvchanligi va ishonchliligi asoslangani, tegishli materiallar narxlar moduliga joylashtirilgani hamda mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan majburiy talablarga rioya etilgani mavjud boʻlsa, xarid tartib-taomilini buzish deb topish uchun asos hisoblanmaydi.
Davlat nazorati oʻrtacha bozor narxi oʻrganilgani, foydalanilgan maʼlumotlarning qayd etilgani, ularning ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi hamda qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga rioya etilgani doirasida amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
47. Davlat buyurtmachisi gʻolib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini bozor narxlariga muvofiqligi yuzasidan qayta oʻrganish huquqiga ega.
48. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” Qonunning 71-moddasi birinchi qismi 6-bandida nazarda tutilgan hollarda hamda tabiiy monopoliya subyektlaridan xaridlar amalga oshirilganda e-maʼlumotnoma shakllantirish talab etilmaydi.
49. Davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlariga, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun davlat xaridlariga ushbu Vaqtinchalik nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega.
50. Davlat buyurtmachilari ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlarni Portalga joylashtirilishi va 5 yil davomida saqlanishini taʼminlashi shart.
Narxlar moduliga joylashtirilgan hujjatlar kamida 5 yil mobaynida saqlanadi. Joylashtirilgan hujjatlar jamoatchilikka ochiqlanishi lozim, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
51. Davlat buyurtmachisi bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishda suiisteʼmol qilish holatlari uchun javobgar hisoblanadi.
52. Davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtirilgan axborotning shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq saqlanishini va oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
53. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini shakllantirishda foydalanilgan maʼlumotlar boʻyicha kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
54. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini shakllantirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlarini aniqlaydi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Zarur hollarda narxlar modulida ushbu Nizom talablari asosida xarid predmetining oʻrtacha bozor narxlarini oʻrganish boʻyicha eʼlonni (Vaqtinchalik nizomga 5-ilovaga muvofiq) joylashtirishi, shuningdek, eʼlon joylashtirish bilan bir vaqtda salohiyatli yetkazib beruvchilarga soʻrovnoma (Vaqtinchalik Nizomga 6-ilovaga muvofiq) yuborishi mumkin.
Takliflarni qabul qilish muddati tugashidan kamida 2 ish kuni oldin
3-bosqich
Salohiyatli yetkazib beruvchilar yoki ishtirokchilar
Eʼlonda (soʻrovnomada) belgilangan talablarga muvofiq oʻzining takliflarini yuboradi.
Eʼlonda belgilangan muddat ichida
4-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Takliflarni eʼlonda (soʻrovnomada) belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi hamda ushbu talablarga muvofiq kelgan takliflardan foydalanadi.
Zaruratga koʻra
5-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Ochiq axborot manbalaridan yoki boshqa ishonchli manbalardan olingan kamida uchta narxni solishtirish yoʻli bilan yoxud kamida uchta tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) salohiyatli yetkazib beruvchilaridan narxlar boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar asosida Vaqtinchalik nizomning 16-bandiga muvofiq e-maʼlumotnomani narxlar modulidan foydalangan holda shakllantiradi.
Davlat xaridlarini amalga oshirishdan oldin
6-bosqich
Narxlar moduli
Davlat buyurtmachisi tomonidan oʻrganilgan barcha maʼlumotlar asosida xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini avtomatik ravishda hisoblaydi.
Agar narxlarning oʻzgarish koeffitsiyenti 30 foizdan oshsa, davlat buyurtmachisiga xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi qayta oʻrganilishi kerakligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Avtomatik ravishda
7-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Xarid predmetining boshlangʻich narxini hisoblash maqsadida xarid predmetining boshlangʻich narxi hamda uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovut miqdorini belgilab, xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat) miqdorini (hajmini) koʻrsatgan holda ushbu maʼlumotlarni narxlar moduliga kiritadi va e-maʼlumotnomani shakllantirish va tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo orqali topshiriqni tasdiqlaydi.
Boshlangʻich narxni belgilash jarayonida
8-bosqich
Narxlar moduli
E-maʼlumotnomani shakllantiradi hamda tegishli maʼlumotlarni davlat xaridlari elektron tizimlariga yuboradi.
Avtomatik ravishda
9-bosqich
Davlat xaridlari elektron tizimi
Davlat buyurtmachilari tomonidan e-maʼlumotnoma boʻyicha kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirishga ruxsat beradi va e-maʼlumotnoma maʼlumotlarini shartnoma toʻgʻrisidagi axborotda aks ettiradi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmonining 4-bandi “a” kichik bandida belgilangan xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi axborotlar davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlarning shaxsiy kabinetlariga real vaqt rejimida yuborilishini taʼminlaydi.
Avtomatik ravishda
Izoh.
2 — 4-bosqichlar davlat buyurtmachisining ixtiyoriga koʻra amalga oshiriladi.
Ushbu sxema Vaqtinchalik nizomga 3-ilovadagi roʻyxatga kiritilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha, shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik aniqlash imkoni mavjud boʻlmagan yoki qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan hollarda qoʻllanadi.
Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda shakllantirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Xarid qilish tartib-taomillarini boshlashdan oldin xarid predmeti Vaqtinchalik nizomga 3-ilovadagi roʻyxatga kiritilganligini tovar nomi va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori kodi orqali aniqlaydi.
Xarid qilinadigan tovarning texnik, funksional va ekspluatatsiya xususiyatlari, komplektatsiyasi, yetkazib berish, kafolat va servis shartlari, miqdori, qonunchilikda belgilangan hollarda modeli (markasi) hamda narxga taʼsir qiluvchi boshqa shartlarini Narxlar moduliga kiritib, e-maʼlumotnomani shakllantirish soʻrovini yuboradi.
Xarid qilish tartib-taomilini boshlashdan oldin
2-bosqich
Narxlar moduli
Davlat buyurtmachisi kiritgan maʼlumotlarni Vaqtinchalik nizomga 3-ilovadagi roʻyxat va tegishli tovar kodi bilan avtomatik solishtiradi.
Tovar xususiyatlarining avtomatik ravishda mos yoki taqqoslash mumkinligini tekshiradi.
Tovar roʻyxatda mavjud boʻlmagan yoki avtomatik ravishda identifikatsiya qilish imkoni boʻlmagan hollarda, davlat buyurtmachisiga oʻrtacha bozor narxini Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq shakllantirish zarurligi haqida xabar beradi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Narxlar moduli / sunʼiy intellekt texnologiyalari
Oxirgi 90 kunda shakllangan narx maʼlumotlaridan, bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda esa oxirgi 365 kungacha boʻlgan maʼlumotlardan foydalanib, xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi, yuqori va past chegara narxlari, narxlar dinamikasi hamda narxlarning oʻzgarish koeffitsiyentini hisoblab, davlat buyurtmachisiga tegishli maʼlumotlarni taqdim etadi.
Avtomatik ravishda
4-bosqich
Narxlar moduli
Narxlarning oʻzgarish koeffitsiyenti 30 foizdan oshgan yoki manbalar soni va sifati yetarli boʻlmagan hollarda, avtomatik natijani “qoʻshimcha oʻrganish talab etiladi” maqomida belgilaydi hamda bu haqida davlat buyurtmachisiga xabar beradi.
Avtomatik ravishda
5-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik aniqlangan oʻrtacha bozor narxining xarid predmeti xususiyatlariga mosligi, manbalar yetarliligi va hisoblash natijasining ishonchliligini inobatga olgan holda xarid qilinadigan tovarning sonini, shuningdek, zarur hollarda qonunchilikka muvofiq xarid predmetining boshlangʻich narxi hamda uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovut miqdorini Narxlar moduliga e-maʼlumotnomani shakllantirish uchun kiritadi.
Zarur hollarda ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazadi.
Xarid qilish tartib-taomilini boshlashdan oldin
6-bosqich
Narxlar moduli
Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida aniqlangan xarid predmetining oʻrtacha bozor narxi, hisoblash sanasi, manbalar soni, asosiy parametrlar, zarur hollarda qoʻshimcha oʻrganish natijalari va boshqa maʼlumotlarni boshlangʻich narxni aniqlash uchun hisob-kitoblari koʻrsatilgan e-maʼlumotnomani Narxlar modulida, davlat buyurtmachisining shaxsiy kabinetida shakllantiradi hamda e-maʼlumotnoma axborotlarini davlat xaridlari elektron tizimlariga yuboradi.
Avtomatik ravishda
7-bosqich
Davlat xaridlari elektron tizimi
E-maʼlumotnoma boʻyicha kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirishga ruxsat beradi, maʼlumotlarni shartnoma toʻgʻrisidagi axborotda aks ettiradi hamda belgilangan xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi axborotlar davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlarning shaxsiy kabinetlariga real vaqt rejimida yuborilishini taʼminlaydi.
Avtomatik ravishda
Izoh. Mazkur sxema Vaqtinchalik nizomga 3-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi tovarlarga nisbatan qoʻllanadi. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik aniqlash imkoni mavjud boʻlmagan yoki qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan hollarda, davlat buyurtmachisi xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini Vaqtinchalik nizomning 1-ilovaga muvofiq mustaqil shakllantiradi.
Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Narxlar modulida oʻrtacha bozor narxi sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik ravishda aniqlanadigan tovarlar
ROʻYXATI
T/r
Tovar nomi
Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori kodi
Mos keluvchi MXIK
Kompyuter, elektron va optik uskunalar
1.
Televizor
26.40.20.122-00001
08528001001
2.
Shaxsiy kompyuter
26.20.13.000-00006
08471001002
3.
Monoblok
26.20.13.000-00003
08471010009
4.
Planshet kompyuter
26.20.11.110-00003
08471001020
5.
Noutbuk
26.20.11.110-00001
08471001001
6.
Grafik planshetlar
26.20.16.000-00001
08471001020
7.
Interfaol panel
26.20.13.000-00001
08471010010
8.
Koʻp funksiyali moslama
26.20.18.000-00001
08443001028
9.
Kompyuterga ulanadigan monitor
26.20.17.110-00001
08528002001
10.
Elektr quvvati ishlab chiqarilishi yoki isteʼmoli hisoblagichlari
26.51.63.130-00001
09028001005
11.
Uzluksiz quvvat manbai
26.20.40.110-00001
08504006999
12.
Kompyuter sichqonchasi
26.20.16.170-00001
08471012005
13.
Klaviatura
26.20.16.110-00001
08471012004
14.
Flesh xotira kartasi
26.20.21.120-00002
08523001001
Elektr va boshqa uskunalar
15.
Maishiy konditsioner
28.25.12.130-00001
08415001001
16.
Maishiy sovitkich
27.51.11.110-00001
08418001001
17.
Maishiy tikuv mashinalari
28.94.40.000-00001
08452001003
18.
Elektr plita
27.51.28.130-00001
08516006016
19.
Gaz plitasi
27.52.11.110-00001
07321001003
20.
Elektr goʻsht qiymalagich
27.51.21.122-00001
08509001009
21.
Elektr suv isitkich
27.51.25.110-00001
08516001001
22.
Burchak silliqlaydigan mashina (bolgarka)
28.93.13.132-00001
08467001096
23.
Elektr dastakli qoʻl dreli (parmadasta)
28.24.11.000-00005
08467001001
24.
Perforator
28.24.11.000-00002
08467001002
25.
Oʻt oʻchirgich
28.29.22.110-00001
08424001001
26.
Elektrmagnitli ishga tushirish apparati
27.33.13.150-00001
08536007013
27.
Avtomatik boʻlmagan oʻchirib yoqish moslamasi
27.33.11.140-00001
08536004016
Mebel
28.
Yozuv stoli
31.01.10.000-00001
09403001127
29.
Yogʻochdan yasalgan ishxona tumbasi
31.01.12.150-00001
09403001016
30.
Yogʻoch karkasli stul
31.01.12.160-00001
09401001030
31.
Metall karkasli stul
31.01.11.150-00001
09401001030
32.
Divan
31.09.12.111-00001
09401001012
Qogʻoz va qogʻoz mahsulotlari
33.
Formatli oq qogʻoz
17.12.14.109-00001
04802001006
34.
Ofis texnikasi uchun suratga olish qogʻozi
20.59.11.130-00001
04810001006
35.
Kirish hujjatlarini qayd etish jurnali
17.23.13.110-00001
04820001001
36.
Bloknot
17.23.13.191-00001
04820008001
Boshqa tayyor buyumlar
37.
Kanselyariya ruchkasi
32.99.12.110-00001
09608001001
38.
Qattiq poʻstloqli grifellari bor oddiy va rangli qalamlar
32.99.15.110-00001
09609001001
39.
Marker
32.99.12.120-00001
09608001002
40.
Shaxmat oʻynash uchun toʻplam
32.40.42.191-00001
09504001008
Toʻqimachilik va toʻqimachilik mahsulotlari
41.
Gilam
13.93.11.100-00001
05705003001
42.
Choyshab toʻplami
13.92.12.194-00001
06302001007
43.
Tibbiy doka
13.20.44.120-00001
03005001002
44.
Deraza jalyuzisi
13.92.22.120-00001
03925001006
06303001005
07610001001
Oziq-ovqat mahsulotlari
45.
Qisqa muddat saqlanadigan non
10.71.11.110-00001
01905002004
46.
Taʼm beruvchi qoʻshimchalarsiz qattiq pishloq
10.51.40.131-00001
00406001001
47.
Sut
10.51.11.000-00001
00401001001
48.
Meva va (yoki) sabzavotlar sharbati
10.32.10.000-00001
02009001006
Boshqalar
49.
Mosh doni
01.11.79.121-00001
00708005001
50.
Aluminiy radiator
25.21.11.130-00003
07616003001
51.
Metall eshik
25.12.10.000-00001
07326999999
52.
Suv-gaz oʻtkazuvchi poʻlat quvur
24.20.13.160-00001
07304001001
53.
Bostirma plita
23.61.12.142-00001
06810006002
54.
Rakovina
23.42.10.130-00001
06910001001
55.
Sopol plitka
23.31.10.125-00001
06907001012
56.
Quruq qurilish aralashmasi
23.64.10.110-00001
03214001003
57.
Polietilen bosimli quvur
22.21.21.122-00001
03917001001
58.
Nometall eshik
16.23.11.130-00001
04418002001
04418002006
07020999011
59.
Kesilgan taxta
16.10.21.119-00004
04407002001
04407002002
04407002003
04407002004
04407002005
04407002006
04407002007
04407002010
04407002011
04407002012
04407002013
04407002014
04407002015
04407002016
04407002102
04407002103
04407002104
60.
Qurilish qumi
08.12.11.130-00001
02505001004
Izoh. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ narxlar modulida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida oʻrtacha bozor narxi avtomatik aniqlanadigan tovarlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 4-ILOVA
Oʻrtacha bozor va boshlangʻich narx boʻyicha maʼlumotnoma — e-maʼlumotnomaning
xarid predmetining boshlangʻich narxi hamda uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovut miqdori
Mazkur hisob-kitoblarga koʻra __________________(xarid predmeti nomi)ning boshlangʻich narxi _____________ soʻm miqdorida belgilandi.
Davlat buyurtmachisining e-maʼlumotnomani shakllantirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi nomi yoki masʼul xodimi maʼlumotlari (lavozimi va F.I.O) yoxud kollegial organi haqida maʼlumot:
______________________________________
Tashkilot rahbari (lavozimi, F.I.O.):
______________________________________
[Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi]
Izoh. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organga e-maʼlumotnomaning namunaviy shakliga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 5-ILOVA
Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxlarini oʻrganish boʻyicha
EʼLON
Hudud: ________
20___ yil “____” ___________
Eʼlonning tugash muddati ____________
Mazkur eʼlon davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid predmetining oʻrtacha bozor narxini oʻrganish maqsadida joylashtirilmoqda.
Sizdan quyidagi jadval va soʻrovnoma asosida oʻz takliflaringizni taqdim etishingizni soʻraymiz.
Ushbu jarayondagi hamkorligingiz davlat xaridlarini oqilona va samarali amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
tovarni yetkazib berish joyi yoki ish bajarish (xizmat koʻrsatish) joyi:
-
sifat koʻrsatkichlari:
3.
Taklifning amal qilish muddati:
4.
Yetkazib beruvchi haqida maʼlumot va uning rekvizitlari:
5.
Taklifning oxirgi taqdim etish sanasi va vaqti:
6.
Yetkazib berish muddati (ishda/xizmatda — bajarish grafigi):
7.
Yetkazib berish shartlari (qabul qilish yoki topshirish-qabul qilish) shartlari:
III. Takliflarni taqdim etish tartibi va qoʻshimcha talablar:
T/r
Talab nomi
1.
...
IV. Davlat buyurtmachisi maʼlumotlari:
1.
Yuridik manzil:
2.
Elektron pochta:
3.
Davlat buyurtmachisining telefon raqami:
4.
Masʼul shaxs telefon raqami:
5.
Yetkazib berish shartlari (qabul qilish yoki topshirish-qabul qilish) shartlari:
Izoh:
* davlat buyurtmachisi soʻrovnoma maʼlumotlarini zaruratdan kelib chiqib toʻldiradi yoki ishtirokchilar (salohiyatli yetkazib beruvchilar) tomonidan toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlarni belgilaydi;
** ushbu maʼlumotlardan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida ruxsat berilgan hollarda foydalaniladi.
Ushbu eʼlon boʻyicha taqdim etiladigan taklif rasmiy oferta hisoblanmaydi va shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi.
Tashkilot rahbari (lavozimi, F.I.O):
Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi
Davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor hamda boshlangʻich narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 6-ILOVA
Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxlarini oʻrganish boʻyicha
tovarni yetkazib berish joyi yoki ish bajarish (xizmat koʻrsatish) joyi:
-
sifat koʻrsatkichlari:
3.
Taklifning amal qilish muddati:
4.
Yetkazib beruvchi haqida maʼlumot va uning rekvizitlari:
5.
Taklifning oxirgi taqdim etish sanasi va vaqti:
6.
Yetkazib berish muddati (ishda/xizmatda — bajarish grafigi):
7.
Yetkazib berish shartlari (qabul qilish yoki topshirish-qabul qilish) shartlari:
III. Takliflarni taqdim etish tartibi va qoʻshimcha talablar:
T/r
Talab nomi
1.
...
IV. Davlat buyurtmachisi maʼlumotlari:
1.
Yuridik manzil:
2.
Elektron pochta:
3.
Davlat buyurtmachisining telefon raqami:
4.
Masʼul shaxs telefon raqami:
5.
Yetkazib berish shartlari (qabul qilish yoki topshirish-qabul qilish) shartlari:
Izoh:
* soʻrovnoma maʼlumotlari zaruratdan kelib chiqib toʻldiriladi;
** ushbu maʼlumotlardan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida ruxsat berilgan hollarda foydalaniladi.
Ushbu soʻrovnoma boʻyicha taqdim etiladigan taklif rasmiy oferta hisoblanmaydi va shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi.
Tashkilot rahbari (lavozimi, F.I.O.):
Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Agar narx soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 20 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi buyurtmachi tanlagan ofertaning narxi va oʻzi taklif etgan narxning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno). Bunda ofertaning summasi:
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshmaydigan hollarda, qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshgan hollarda, qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan oshmasligi kerak.
Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/480/0910-son)