Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Poytaxtni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, obodonlashtirish sohasida band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini tartibga solish, shuningdek Toshkent shahar mahalliy budjetining xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi” hamda “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti” davlat unitar korxonalarini budjet muassasalariga aylantirish, Toshkent shahar hokimligini ularning muassisi etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi va uning apparati tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi 4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalarga muvofiq;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq tarif setkasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq tarif setkasi 5a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-noyabrdagi 308-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 45-son, 549-modda)
3. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
arxitektura-qurilish meʼyorlari hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish;
koʻchalar, xiyobonlar, bulvarlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni koʻkalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sugʻorish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish;
yoʻl-koʻprik xoʻjaligidan (koʻchalarning qatnov qismidagi yoʻl qoplamasi, yoʻlaklar, toʻxtash joylaridagi ayvonlar, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport yoʻllari ajraladigan joylar va koʻtarma koʻpriklar, yoʻl chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlardan) foydalanish;
drenaj xoʻjaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sunʼiy suv havzalari, yer osti va yomgʻir suvlarini chiqarib beradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan, qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xoʻjaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va koʻchalarni yuvish).
4. Toshkent shahar hokimligi:
obodonlashtirish ishlari arxitektura-qurilish hamda sanitariya meʼyorlari va qoidalariga qatʼiy muvofiq holda, shuningdek poytaxt shaharning tashqi qiyofasiga qoʻyiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
obodonlashtirish sohasida amalga oshiriladigan ishlarga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev va Toshkent shahar hokimi A.H. Toʻxtayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-noyabr,
251-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son va “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorlari asosida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Obodonlashtirish obyektlarini (yoʻllar, yoʻlkalar va yoʻl elementlari, sunʼiy inshootlar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmogʻi, dov-daraxtlarni sunʼiy sugʻorish tizimi, kollektorlar va shaharning drenaj tizimi, yer osti muhandislik kollektorlarining umumiy oʻtish joylari, qabristonlar)ni saqlash va ulardan foydalanish, bayramlar va tadbirlar arafasida shaharni bezatish, shuningdek daydi hayvonlarni tutish va yoʻq qilish Bosh boshqarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.
3. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh boshqarma mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, bankda hisob-kitob raqamiga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
5. Tashkilotning nomi:
lotin yozuvidagi davlat tilida — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi” (qisqacha nomi — “OVV”);
rus tilida — “Glavnoye upravleniye blagoustroystva” pri xokimiyate goroda Tashkenta (qisqacha nomi — “GUB”).
6. Bosh boshqarma Toshkent shahar tumanlari hokimliklari huzuridagi tuman obodonlashtirish boshqarmalari faoliyatiga maʼmuriy rahbarlik qiladi va ularning Nizomlarini kelishadi.
7. Bosh boshqarma cheklanmagan davrga tashkil etilgan.
II. Bosh boshqarmaning muassisi, muassisning huquq va majburiyatlari
8. Amaldagi qonunchilik doirasida Bosh boshqarmaning muassisi hisoblanadigan Toshkent shahar hokimligi:
Bosh boshqarmaning mol-mulki bilan bogʻliq shartnomalar boʻyicha noqonuniy xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish;
Bosh boshqarmaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilanmagan maqsadlarda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qoʻyish;
tashkilotlar va muassislar tomonidan Bosh boshqarmaga yetkazilgan zarar boʻyicha ularga nisbatan daʼvo qoʻzgʻash;
Bosh boshqarmaning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish;
Bosh boshqarmaga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkini boshqarishni nazorat qilish va uni begonalashtirishdan saqlash huquqiga ega.
III. Obodonlashtirish bosh boshqarmasining mol-mulki
9. Bosh boshqarmaning mol-mulki:
muassis tomonidan tezkor boshqarish huquqi bilan Bosh boshqarmaga biriktirilgan mol-mulk;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka zid boʻlmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Bosh boshqarmaning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi.
11. Bosh boshqarmaning mol-mulki boʻlinmas hisoblanadi va Bosh boshqarma xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
12. Bosh boshqarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
13. Bosh boshqarma muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
IV. Bosh boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
arxitektura-qurilish meʼyorlari hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan, qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xoʻjaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va koʻchalarni yuvish);
koʻchalar, xiyobonlar, bulvarlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni koʻkalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sugʻorish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish;
yoʻl-koʻprik xoʻjaligidan (koʻchalarning qatnov qismidagi yoʻl qoplamasi, yoʻlkalar, toʻxtash joylaridagi shiyponlar, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport yoʻllari ajraladigan joylar va koʻtarma koʻpriklar, yoʻl chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlardan) foydalanish;
drenaj xoʻjaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sunʼiy suv havzalari, yer osti va yomgʻir suvlarini chiqarib beradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish;
Toshkent shahri qabristonlarini saqlash va ular hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish.
Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Toshkent shahrini obodonlashtirish boʻyicha tasdiqlangan shaharsozlik va loyiha hujjatlari asosida obodonlashtirish ishlari bajarilishini nazorat qilish;
obodonlashtirish obyektlarining fizik holati har yili texnik baholanishini tashkil etish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq roʻyxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joriy va mukammal taʼmirlash yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish;
obodonlashtirish obyektlari muddatidan oldin eskirishi va yemirilishining oldini olish tadbirlarini tashkil etish va ularni soz holatda saqlash;
shahar koʻchalari va maydonlarini bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalar kelishiga tayyorlash uchun bezatish;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish masalalarida ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moddiy-texnika bazasini taʼminlashga koʻmaklashish;
ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi, zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini sarflashning samaradorligi va ochiq-oshkoraligini taʼminlash, tovar-moddiy boyliklar, yonilgʻi-moylash materiallari, elektr energiyasi va pul mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini, ularning hisobga olinishini, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moliyaviy hisobotlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish;
(14-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini olib borish uchun metodik qoʻllanmalar, koʻrsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;
sunʼiy inshootlarda ishlarni olib borishga texnik ruxsatnoma berish, shuningdek qurilayotgan sunʼiy inshootlar va yer ostidan oʻtadigan umumiy muhandislik kollektorlarining holati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish.
V. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
15. Bosh boshqarmaga Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshqaruvchi boshchilik qiladi.
16. Bosh boshqarma boshqaruvchisi:
yakkaboshchilik asosida Bosh boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlarining, Bosh boshqarma tizimi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini, ularning Bosh boshqarma faoliyatining alohida uchastkalariga va ixtisoslashtirilgan boshqarmalar ishiga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi;
Bosh boshqarma tizimi va ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni va nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Bosh boshqarma markaziy apparati tuzilmasiga, shuningdek keyinchalik moliya organida roʻyxatdan oʻtkazgan holda Bosh boshqarma markaziy apparati xarajatlari smetasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Bosh boshqarma markaziy apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, xodimlarni markaziy apparatga ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritadi va shartnomalarni bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hokimligi bilan kelishgan holda ixtisoslashtirilgan boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchnomasiz Bosh boshqarma nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini himoya qiladi, oʻz vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
(16-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10 bobi (“Vakillik va ishonchnoma).
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(16-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Pul mablagʻlari, moddiy boyliklar, buxgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga taalluqli barcha hujjatlar boshqaruvchi yoki uning oʻrinbosari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Bosh boshqarma boshqaruvchisi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Bosh boshqarma boshqaruvchisi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Bosh boshqarma faoliyati toʻgʻrisida muassisga hisobot beradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Bosh boshqarma boshqaruvchisi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda Bosh boshqarma manfaatlarini koʻzlab ish koʻradi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash, mehnat bilan bogʻliq huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni qondirish, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazilishi, oʻzining xatti-harakati (harakatsizligi) bilan Bosh boshqarmaga yetkazilgan zarar uchun, shu jumladan Bosh boshqarmaga berilgan mol-mulk yoʻqolgan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va 207-moddasi.
VI. Bosh boshqarmaning moliya-xoʻjalik faoliyati
21. Bosh boshqarma:
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan parametrlar doirasida obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun budjet mablagʻlarini oʻzining ixtisoslashtirilgan boshqarmalariga taqsimlaydi Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat va tahlil qiladi;
moddiy-texnik taʼminlash fondlarini taqsimlash, shuningdek ajratilgan fondlardan foydalanish borasida ixtisoslashtirilgan boshqarmalarga yordam beradi;
statistika va moliya hisoboti masalalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan boshqarmalar ustidan umumiy moliyaviy nazoratni olib boradi.
VII. Bosh boshqarma faoliyatini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bosh boshqarma hisobot davri tamom boʻlgandan keyin vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va roʻyxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar saqlanishi hamda ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Bosh boshqarma faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VIII. Bosh boshqarmani qayta tashkil etish yoki tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
24. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligining qarori yoki sud qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligi huzurida Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 24-dekabrdagi 606-son, “Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son, “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorlari asosida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish obyektlarini (yoʻllar, yoʻlkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraxtlarni sunʼiy sugʻorish tizimi, arxitektura inshootlari va yodgorliklarini) saqlash va ulardan foydalanish Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, bankda hisob raqamiga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
5. Departamentning nomi:
lotin yozuvidagi davlat tilida — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʼkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti. Qisqacha nomi — Departament;
rus tilida — Departament po ozeleneniyu, blagoustroystvu i soderjaniyu ploshadi Mustakillik pri xokimiyate g. Tashkenta. Kratkoye naimenovaniye — Departament.
6. Departament cheklanmagan davrga tashkil etilgan.
II. Departamentning muassisi va uning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Amaldagi qonunchilik doirasida quyidagi vakolatlarga ega boʻlgan Toshkent shahar hokimligi Departamentning muassisi hisoblanadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Departamentning mol-mulki bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalar boʻyicha qonunga zid boʻlgan xatti-harakatlar toʻgʻrisida daʼvo bilan sudga murojaat qilish;
Departamentning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilanmagan maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qoʻyish;
Departamentga yetkazilgan zarar yuzasidan tashkilotlar va muassasalarga nisbatan daʼvo qoʻzgʻash;
Departamentning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish;
Departamentga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkini nazorat qilish va begonalashtirishdan saqlash.
III. Departamentning mol-mulki
8. Departamentning mol-mulki:
muassis tomonidan Departamentga tezkor boshqarish huquqi bilan biriktirilgan mol-mulklar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka zid boʻlmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Departamentning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi.
10. Departamentning mol-mulki boʻlinmas hisoblanadi va Departament xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
11. Departament oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradi.
12. Departament muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
IV. Departamentning vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha ishlarni arxitektura-qurilish hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, shu jumladan:
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, sugʻorish, yuvish, changlarni, qorni, muzlarni yoʻq qilish, irrigatsiya xoʻjaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash, qattiq qoplamalarni yuvish);
koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlar, butalar, gullar va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni taʼmirlash hamda ular boʻyicha zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
maydonni saqlash, undan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha pudrat shartnomalari tuzish hamda sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar tizimlarining, marmar plitalar yotqizilgan qattiq qoplamali yoʻllar va yoʻlkalarning zarur darajada sanitariya va texnik holatda boʻlishini taʼminlash;
arxitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal taʼmirlash, shuningdek zarur darajada sanitariya va texnik holatda saqlash.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departamentni Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshqaradi.
15. Departament boshligʻi:
yakkaboshchilik asosida Departament faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini hamda ularning Departament faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik asosida, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga binoan oʻz faoliyati doirasida Departament xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, ularning bajarilishini taʼminlaydi va zarur darajada nazoratni amalga oshiradi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Departament apparati tuzilmasiga, shuningdek keyinchalik moliya organida roʻyxatdan oʻtkazgan holda Departament apparati xarajatlari smetasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Departament apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, xodimlarni apparatga ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomasi tuzadi, mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritadi va shartnomalarni bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchnomasiz Departament nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini himoya qiladi, oʻz vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi;
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Departament xodimlarining shtatdagi sonini va ularning ish haqi miqdorlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(15-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Departament faoliyati toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimligiga hisobot beradi;
Toshkent shahar hokimligiga obodonlashtirish obyektlari (yoʻllar, yoʻlkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraxtlarni sunʼiy sugʻorish tizimi, arxitektura inshootlari va yodgorliklari)ni saqlash va ulardan foydalanishni yaxshilash boʻyicha loyihalar taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(15-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Departament boshligʻi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda tashkilot manfaatlarini koʻzlab ish koʻradi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini, huquqiy mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishini taʼminlash, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojlarga pul mablagʻlari oʻtkazilishi, oʻzining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan Departamentga yetkazilgan zararlar, shu jumladan Departamentga berilgan mol-mulkning yoʻqolishi holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi.
VI. Departamentning moliya-xoʻjalik faoliyati
17. Departament oʻz faoliyatini Mustaqillik maydonini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari uchun ajratiladigan tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiradi.
VII. Departament faoliyatini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Departament hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va roʻyxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Pul mablagʻlari, moddiy boyliklar, buxgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga taalluqli barcha hujjatlar boshliq yoki uning oʻrinbosari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Departament faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VIII. Departamentni qayta tashkil etish yoki tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
21. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi qarori yoki sud qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
3-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi

Maxsus sugʻorish uskunalarini taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Shahar markaziy koʻchalaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Markaziy avariya-dispetcherlik xizmati

Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Drenaj va kollektorlarni taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Shahar sunʼiy inshoatlaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

* Obodonlashtirish obyektlarini nazorat qilish boshqarmasi

* Toshkent shahar yer osti umumiy oʻtish muhandislik kollektorlari boshqarmasi

Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi

* Moliyalashtirish xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 612-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparati
TUZILMASI
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4a-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4b-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Drenajlar va kollektorlarni taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4v-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Irrigatsiya xoʻjaligini va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4g-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Maxsus sugʻorish uskunalarini taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4d-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy avariya-dispetcherlik xizmati
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4e-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Shahar sunʼiy inshootlaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4j-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Shahar markaziy koʻchalaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4z-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI

Boshqarma boshligʻi

“Qorasuv Qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasi direktori-boshqarma boshligʻining oʻrinbosari**

(B-25 nafar)

Bosh muhandis

(B-1 nafar)

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

(B-1 nafar)

“Doʻrmon milliy bogining direktori-boshqarma boshligʻi oʻrinbosari*

(B-7 nafar)

Avtotransport vositalaridan foydalanish, mexanizmlar, kichik mexanizatsiya va energetika xizmati boʻlimi

(B-2 nafar M-1 nafar)

“Koʻksaroy qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasi direktori-boshqarma boshligʻining oʻrinbosari***

(B-4 nafar)

Bosh agranom

(B-1 nafar)

Mutaxassis fitopatolog

(M-l nafar)

Agrotexnika xizmati*

(M-5 nafar)

1-son markaziy klinik shifoxonasi uchastkasi****

(B-3 nafar)

Ishlab chiqarish texnika boʻlimi

(B-1 nafar M-2 nafar)

Obyektlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchastkalari

(B-3 nafar)

Yuriskonsult

(M-l nafar)

Kadrlar boʻlimi

(B-1 nafar, M-1 nafar)

Oliy Majlis Senati binolari hududini obodonlashtirish uchastkasi*****

Texnika xavfsizligi boʻyicha muhandis

(M-l nafar)

Buxgalteriya

(B-2 nafar, M-2 nafar)

Reja-iqtisodiyot boʻlimi

(B-1 nafar, M-1 nafar)

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

(X-7 nafar)

Xodimlarning cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari (B) — 56 nafar;
mutaxassislar-bajaruvchilar (M) — 15 nafar;
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (X) — 7 nafar.
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlarining soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
* “Doʻrmon” milliy bogi direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining “Doʻrmon” milliy bogini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 5-iyundagi 144-son qaroriga muvofiq belgilangan.
** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Qorasuv Qarorgohi” hududini obodonlashtirish direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-avgustdagi 612-son qaroriga muvofiq belgilangan.
*** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududini obodonlashtirish direksiyasining tuzilmasi va soni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktabrdagi 652-son qaroriga muvofiq belgilangan
**** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “1-son markaziy klinik shifoxonasi “ uchastkasining shtat birliklari soni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-noyabrdagi 741-son qaroriga muvofiq belgilangan.
***** Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining “Oliy Majlis Senati binolari hududini obodonlashtirish” uchastkasining shtat birliklari soni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 104-son qaroriga muvofq belgilangan.
(4z-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 104-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4i-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 09/19/3/2414-son)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4k-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi
TASHKILIY TUZILMASI
(4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq
TARIF SETKASI

Lavozim va kasblar nomi

Tarif koeffitsiyenti

Boshqaruv xodimlari

1.

Bosh boshqarma boshligʻi

3,512

2.

Bosh boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari

3,407

3.

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

3,337

4.

Bosh buxgalter, bosh iqtisodchisi

3,277

5.

Landshaft boʻyicha bosh dizayner (guruh boshligʻi)

3,217

6.

Boʻlimlar boshliqlari (kadrlar boʻlimidan tashqari)

3,026

7.

Kadrlar boʻlimi boshligʻi, yuridik maslahatchisi, yetakchi mutaxassislar, yetakchi buxgalter, landshaft boʻyicha bosh muhandis

2,855

8.

Umumiy boʻlim boshligʻi, mutaxassislar

2,517

9.

Inspektorlar

2,194

Texnik va xizmat koʻrsatish xodimlari

10.

Dispetcher, ombor mudiri

1,881

11.

Yengil mashina haydovchisi, rahbar kotibasi, ish yurituvchi

1,316

12.

Santexnik

1,196

13.

Qorovul, tashkilot binolari va hududlari farroshi

1,0

Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi.
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a) “Lavozim nomi” ustunida:
“Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar” boʻlimining oʻninchi satriga “yuridik maslahatchi” soʻzlari qoʻshilsin;
“Asosiy ishlab chiqarish xodimlari” boʻlimining sakkizinchi va toʻqqizinchi satrlariga “daydi hayvonlarni tutish boʻyicha ishchilar” soʻzlari qoʻshilsin.
“Yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar” boʻlimining ikkinchi satriga “ombor mudiri” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “Birinchi guruh Toshkent shahri, Nukus shahri, viloyatlar markazlari va Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari” ustuni nomidagi “Toshkent shahri” soʻzlari chiqarib tashlansin;
a) 1-banddagi “xodimlari” soʻzidan oldin “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar” soʻzlari qoʻshilsin.
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari mehnatga haq toʻlash guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga Nukus shahar va viloyatlar markazlari, Toshkent shahar tumanlari boshqarmalari kiradi.
Ikkinchi guruhga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shahar va tumanlari boshqarmalari kiradi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar uchun tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
v) 9-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga:
oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 20 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama belgilanadi;
jamoaviy shartnoma asosida, ovqatlanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot toʻlanadi:
Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot olish huquqini beradigan obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz ish staji‎ Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent‎
1 yildan 3 yilgacha‎ 0,5‎
3 yildan 5 yilgacha‎ 0,8‎
5 yildan 10 yilgacha‎ 1,0‎
10 yil va undan koʻp‎ 1,5‎
sakkizinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 414-modda; 2013-y., 33-son, 440-modda, 42-son, 558-modda; 2014-y., 45-son, 549-modda; 2017-y., 19-son, 343-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 09/17/885/0197-son, 04.01.2019-y., 09/19/3/2414-son, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son, 26.10.2020-y., 09/20/652/1409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)