1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tyubegatan kaliy tuzlari konini oʻzlashtirish negizida kaliy oʻgʻitlari ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini raqobatbardosh mahsulot bilan taʼminlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, mintaqada ishlab chiqarish infratuzilmasi va yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek yangi ishga tushirilgan Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlidan oqilona foydalanish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzkimyosanoat” DAKning qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasi tomonidan oʻtkazilgan tender va keyingi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha tayyor holda topshirish sharti bilan quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
qayta ishlash kompleksi qurilishiga 43,9 mln. dollar miqdorida — “SITIK” (XXR) kompaniyasi bilan;
togʻ-kon kompleksi qurilishiga 56,0 mln. dollar miqdorida — “ZUMK-Injiniring” (Rossiya) kompaniyasi bilan loyihalashtirish, qurish, asbob-uskunalar yetkazib berish va ishga tushirish-sozlash ishlari yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilgan hamda roʻyxatga olingan.
2. Belgilansinki, shartnomani moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) 41,7 mln. dollarlik qayta ishlash kompleksi qurilishi shartnomasi qiymatining 95 foizi miqdorida — yillik 2,0 foizli stavka bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining imtiyozli kredit liniyasi doirasida ajratiladigan, 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 20 yil boʻlgan, “Oʻzsanoatqurilishbank” AK tomonidan qayta moliyalashtiriladigan XXR Eksimbanki mablagʻlari hisobidan;
b) 3 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 10 yil boʻlgan, yillik 2,0 foizli stavka bilan “Oʻzsanoatqurilishbank” AK tomonidan qayta moliyalashtiriladigan jami 61,994 mln. dollar miqdoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
qayta ishlash kompleksi qurilishiga 2,195 mln. dollarlik shartnoma qiymatining 5 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshirish uchun;
togʻ-kon kompleksi qurilishiga 56,0 mln. dollarlik shartnoma qiymatining 100 foizi miqdorida;
2008-2009-yillarda belgilangan tartibda texnologik transport-karyer agʻdarma mashinalari xarid qilish uchun 3,8 mln. dollar miqdorida;
v) Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan — uskunalar xarid qilish, qurilish-montaj ishlari va foizlarni, komissiyalarni hamda XXR Eksimbanki kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi qarz mablagʻlarini toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarga zavod ishga tushirilgunga qadar 19,97 mln. dollar miqdorida.
3. Belgilansinki, asosiy qarzni uzish, foizlarni toʻlash, kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlar, Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi ishga tushirilgach oʻzining shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
fizik ogʻirlikda quvvati yiliga 200 ming tonna boʻlgan “Tyubegatan kaliy tuzlari koni negizida Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodini qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
kredit mablagʻlarini toʻlashning prognoz jadvallari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. “Oʻzsanoatqurilishbank” AKga XXR Eksimbanki kreditini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi qarz mablagʻlarini yiliga 0,25 foizdan oshmaydigan marja bilan qayta moliyalashtirish toʻgʻrisida qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasi bilan ikki hafta muddatda kredit shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
“Oʻzsanoatqurilishbank” AKga — Oʻzbekiston Respublikasi beradigan kafolat uchun toʻlov undirilmagan holda, XXR Eksimbanki krediti boʻyicha qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasi majburiyatlari boʻyicha kafolatlar berish vakolati berilsin.
“Oʻzsanoatqurilishbank” AK tomonidan XXR Eksimbanki bilan qayta ishlash kompleksi qurilishini moliyalashtirish boʻyicha yakka tartibdagi qarz bitimi tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yakka tartibdagi qarz bitimida belgilangan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
7. “Oʻzkimyosanoat” DAK, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” AK “ZUMK-Injiniring” va “SITIK” kompaniyalari bilan loyihaning tasdiqlangan TIA asosida, tayyor holda topshirish sharti bilan tuzilgan import shartnomalari boʻyicha xulosalar bersin va moliyalashtirishni ochsin, keyinchalik shartnomalarning spetsifikatsiyasi taqdim etilishiga qarab, yuklarni ortishdan oldingi inspeksiyasini amalga oshirish nazarda tutilsin.
8. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.03 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
2013-yilning 1-yanvarigacha — qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasi, ishga tushirilgandan soʻng esa Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi — hisoblangan soliqlar summasini jalb etilgan kreditlarni toʻlashga yoʻnaltirgan holda, yer osti boyliklaridan foydalanish soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasi, tayyor holda topshirish sharti bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq “SITIK” va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari tomonidan zavod qurilishi uchun olib kelinadigan tovarlar va xizmatlar — bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
XXR Eksimbanki, “SITIK” va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari — koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan 2008-yil 1-yanvardan boshlab ozod etilsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasiga Tyubegatan konidan kaliy tuzlarini qazib chiqarish uchun yer bagʻri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya bersin.
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi Tyubegatan konidan kaliy tuzlarini qazib chiqarish uchun yer bagʻri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq belgilangan tartibda togʻ-kon shoxobchasini bersin.
10. 2008-yil 1-dekabrigacha, istisno tariqasida, bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish bilan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi obyektlari qurilishiga ruxsat etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasiga Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi mulkini ajratilgan kredit mablagʻlar taʼminoti sifatida “Oʻzsanoatqurilishbank” AKga belgilangan tartibda oʻtkazishga ruxsatnoma bersin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning talabnomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar xodimlariga koʻp martalik kirish vizalari berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tyubegatan kaliy tuzlari konini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 1-iyuldagi F-2268-son farmoyishiga 4-ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
PQ-748-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi PQ-748-sonli qaroriga 1-ILOVA
2009-yil 1-iyuldan boshlab kaliy rudalar chiqaruvchi ishga tushiriladigan ishlab chiqarish kompleksi
X
2.
Qayta ishlash kompleksi
2.1
Moliyalashtirishni ochish
X
2.2
Bazaviy loyihalashtirish
X
X
X
2.3
Batafsil loyihalashtirish
X
X
X
X
2.4
Qurilish-montaj ishlari
X
X
X
X
X
X
2.5
Uskunalar yetkazish
X
X
X
X
X
2.6
Uskunalarni montaj qilish
X
X
X
X
2.7
Obyektlarni ishga tushirish va topshirish
2.8
Tayyor mahsulot olish (xlorli kaliy) — 2009-yil 1-oktabr
X
3.
Tashqi suv taʼminoti obyektlari
3.1
Ishchi loyihalashtirish
X
X
3.2
Qurilish-montaj ishlari
X
X
X
3.3
Uskunalar yetkazish
X
3.4
Uskunalarni montaj qilish
X
3.5
Obyektni ishga tushirish va topshirish
X
4.
Mutaxassislar uchun yashash obyektlari
4.1
Ishchi loyihalashtirish
X
X
4.2
Qurilish-montaj ishlari
X
X
X
4.3
Uskunalar yetkazish
X
4.4
Uskunalarni montaj qilish
X
4.5
Obyektlarni topshirish
X
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi PQ-748-sonli qaroriga 3-ILOVA
Xitoy Eksimbanki, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Kimyo sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit mablagʻlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALLARI
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, qayta ishlash kompleksi boʻyicha shartnoma qiymatining 95 foizini moliyalashtirish uchun Xitoy Eksimbanki krediti summasi — 41,705 mln dollar
Foiz stavkasi — yillik 2,25 foiz, shu jumladan Oʻzsanoatqurilishbank marjasi 0,25 foiz
Majburiyat uchun komissiya — yillik 0,3 foiz
Tashkil etish uchun komissiya — yillik 0,3 foiz
Kreditni soʻndirish muddati — kredit oxirgi olinganidan soʻng 30 oydan keyin, biroq moliyalashtirish ochilgandan keyin 60 oydan kechikmagan holda yarim yillik 30-ga teng ulushlarda
(mln dollar)
Qayta ishlash kompleksi shartnoma qiymatining 95 foiziga kredit
2007-y.
2008-y.
2009-y.
2010-y.
2011-y.
2012-y.
2013-y.
2014-y.
2015-y.
2016-y.
2017-y.
2018-y.
2019-y.
2020-y.
2021-y.
2022-y.
2023-y.
2024-y.
2025-y.
2026-y.
2027-y.
Jami
asosiy qarzni qaytarish
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
2,78
41,70
foizlar boʻyicha toʻlovlar
0,73
0,94
0,94
0,94
0,94
0,89
0.83
0,77
0,70
0,64
0,58
0,52
0,45
0,39
0,33
0,27
0,20
0,14
0,08
0,02
11.28
komissiya toʻlovlari
0,16
0,16
kreditni soʻndirish boʻyicha jami summa
0,89
0,94
0,94
0,94
0,94
3,67
3,61
3,55
3.48
3.42
3,36
3.30
3,23
3,17
3,11
3,05
2,98
2,92
2,86
2.80
53,14
Togʻ-kon kompleksi boʻyicha shartnoma qiymatining 100 foizi, texnologik transport xarid qilish, qayta ishlash kompleksi boʻyicha shartnoma qiymatining 5 foizini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti.
Kredit Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan qayta moliyalashtiriladi — 61,994 mln dollar
Foiz stavkasi — yillik 2,25 foiz, shu jumladan Oʻzsanoatqurilishbank marjasi — 0,25 foiz
Majburiyatlar uchun komissiya — yillik 0,3 foiz
Tashkil etish uchun komissiya — yillik 0,3 foiz
Kreditni soʻndirish muddati — moliyalashtirish ochilgandan keyin 36 oydan soʻng yarim yillik 15-ga teng ulushlarda
(mln dollar)
Togʻ-kon kompleksi boʻyicha shartnoma qiymatining 100 foizi, texnologik transport xarid qilish, qayta ishlash kompleksi shartnoma qiymatining 5 foiziga kredit
2007-y.
2008-y.
2009-y.
2010-y.
2011-y.
2012-y.
2013-y.
2014-y.
2015-y.
2016-y.
2017-y.
2018-y.
2019-y.
2020-y.
2021-y.
2022-y.
2023-y.
2024-y.
2025-y.
2026-y.
2027-y.
Jami
asosiy qarzni qaytarish
4,13
8,27
8,27
8,27
8,27
8,27
8.27
8,26
61.99
foizlar boʻyicha toʻlovlar
0,53
1.24
1,39
1.26
1,07
0,88
0,70
0,51
0.33
0,14
8.04
komissiya toʻlovlari
0,31
0.021
0.33
kreditni soʻndirish boʻyicha jami summa
0,84
1.26
5,53
9.52
9.34
9.15
8.96
8.78
8.59
8.40
70.36
Tashqi suv taʼminoti, mutaxassislar uchun uy-joy qurishni moliyalashtirish, shuningdek investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni qoplash uchun Kimyo sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kreditining summasi — 19,971 mln dollar
Yillik stavka — 0 foiz
Kreditni soʻndirish muddati — 20-yarim yillik ulushlar bilan, moliyalashtirish ochilganidan keyin 120 oy oʻtgandan boshlab
(mln dollar ekv.)
Kimyo sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi krediti
2007-y.
2008 g.
2009-y.
2010-y.
2011-y.
2012-y.
2013-y.
2014-y.
2015-y.
2016-y.
2017-y.
2018-y.
2019-y.
2020-y.
2021-y.
2022-y.
2023-y.
2024-y.
2025-y.
2026-y.
2027-y.
Jami
asosiy qarzni qaytarish
0.95
1.90
1.90
1.90
1.90
1.90
1.90
1.90
1.90
1.90
1.90
19.97
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Izoh. Vositachilik va foizlar haqi kreditni tanlab olish amaldagi summasiga bogʻliq holda aniqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-son, 651-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda)