

<!DOCTYPE html>
<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-804363" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="64HD9UN4wxIME70nM+KyPvogrwib8j0Nb07LHcTk3bhZMMr28RqXrc1wQY9fMkkesoonBjTJBXjOnU/0FwtGqbeMwarUDi1k8KanvzC21/0NSt40kpLn94JFBbfq8wNxiofveOnw+J0yM4ubohf588gkODZQQLUtVfY5Le3q979ZBezNdlP/rdLLLvV0pcCuYioeSzN+rvjrZIz8ChX5HA==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Назад</a>
            </div>
            <a href="/ru/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">На верх</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.05.2025
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-804363" id="onLBC-804363">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21083"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-804363" id="onLS-804363">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat;</span></div><div id="LS3773"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Investitsiyalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-804401" id="-804401">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-804403" id="-804403">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-804404" id="-804404">SPIRT VA ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH, IDISHLARGA QUYISH, SAQLASH VA ULGURJI SOTISHNI HISOBGA OLISH HAMDA NAZORAT QILISHGA OID NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-980296" id="-980296"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980297" id="-980297">Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son <a href="/ru/m/acts/-819745">qaroriga </a>muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980298" id="-980298">1. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid Nizom <a href="/ru/m/acts/-804363#-980309">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980299" id="-980299">2. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzkimyo-sanoat” uyushmasi spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda materiallar sarfi, tayyor mahsulot chiqishi normativlarini, shuningdek tabiiy kamayish normalarini 1998-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980301" id="-980301">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-980302" id="-980302">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-980304" id="-980304">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-980305" id="-980305">1998-yil 2-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-980306" id="-980306">275-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-980307" id="-980307"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-980309" id="-980309">Vazirlar Mahkamasining <br />1998-yil 2-iyuldagi 275-son <a href="/ru/m/acts/-804363#-804401">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-980310" id="-980310">Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-980311" id="-980311">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-980313" id="-980313"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980315" id="-980315">Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980318" id="-980318">Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son <a href="/ru/m/acts/-819745">qaroriga </a>muvofiq ishlab chiqilgan hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalarga tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980319" id="-980319">Oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻz faoliyatini:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7106067" id="-7106067"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7106068" id="-7106068">Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan beriladigan litsenziya;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7106069" id="-7106069">(boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980321" id="-980321">aksiz markalari va muvofiqlik belgisi markalangan alkogolli mahsulotga (davlat soliq xizmatining hududiy organlari tomonidan beriladigan) idensifikatsiyalash nomeri mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980322" id="-980322">Ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulot deyilganda ixtisoslashtirilgan korxonalarda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan va standartlar talablariga javob beradigan spirtli ichimliklar tushuniladi hamda ular vino, vino materiallari, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, konyak, balzam, konyak spirti, oziq-ovqat spirti va spirt xom ashyosini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1902282" id="-1902282"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1902287" id="-1902287">Chet el oziq-ovqat spirtidan alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Chet el oziq-ovqat spirti mavjudligi, shuningdek korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻradilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1902292" id="-1902292">(boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli <a href="/ru/m/acts/-1898116?ONDATE=02.11.2011 00#-1900585">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980324" id="-980324">I. Spirt ishlab chiqarish va uning sarflanishini hisobga olish va nazorat qilish </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3854853" id="-3854853"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3854859" id="-3854859">1. Spirt va spirt xom ashyosi “Oʻzsharobsanoat” AJ va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik ish tartibiga muvofiq ishlab chiqariladi. Spirt va spirt xom ashyosini hisobga olish, saqlash, berish, transportda tashish “Oʻzsharobsanoat” AJ va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3854863" id="-3854863">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli <a href="/ru/m/acts/-3824440?ONDATE=16.07.2018 00#-3827948">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3854867" id="-3854867"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3854870" id="-3854870">2. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun spirt sarflashga sarflashning belgilangan meʼyorlari doirasida yoʻl qoʻyiladi, Sarf qilish, jumladan, tabiiy kamayish normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda “Oʻzsharobsanoat” AJ va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadi. Spirtdan toʻgʻri foydalanilishini korxona buxgalteriyasi va korxona rahbari tayinlaydigan masʼul shaxslar nazorat qiladilar. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3854875" id="-3854875">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli <a href="/ru/m/acts/-3824440?ONDATE=16.07.2018 00#-3827948">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980327" id="-980327">3. Spirt va spirt xom ashyosining nobudgarchiligi uni qayta roʻyxatga olish yoʻli bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980328" id="-980328">Spirt qoldiqlarini tezkor tekshirish ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan asboblarda oʻlchash yoʻli bilan har oyda amalga oshiriladi. Xatlov har yili bir marta, qoldiqlarning eng kamaygan davrida spirtni 1-klassli oʻlchagichlar orqali oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3854924" id="-3854924"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3854927" id="-3854927">Xatlov natijalari “Oʻzsharobsanoat” AJ va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlangan Xatlovni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3854929" id="-3854929">(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli <a href="/ru/m/acts/-3824440?ONDATE=16.07.2018 00#-3827948">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son) </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980330" id="-980330">II. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish va markalash </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7106070" id="-7106070"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7106071" id="-7106071">4. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqi ishlab chiqariladigan mahsulot turiga Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga va uni ishlab chiqarish uchun zarur shartlarga ega boʻlgan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7106072" id="-7106072">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3854946" id="-3854946"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3854949" id="-3854949">5. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarda ularning ixtisoslashuviga muvofiq va standartlar, shuningdek mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan, “Oʻzsharobsanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzstandart” agentligida roʻyxatdan oʻtkazilgan normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3854951" id="-3854951">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli <a href="/ru/m/acts/-3824440?ONDATE=16.07.2018 00#-3827949">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980334" id="-980334">6. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni taʼminlaydilar va amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980335" id="-980335">7. Sarflangan xom ashyo va materiallar sifati va miqdori maxsus qayd daftarlarida va dastlabki hisobga olish blanklarida qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980336" id="-980336">8. Tayyor alkogolli mahsulotlarni idishlarga quyish va rasmiylashtirish ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980399" id="-980399">9. Mahsulotni idishlarga quyish, tiqinlash, yorliqlash va aksiz markalari hamda muvofiqlik belgisi bilan markalash amaldagi Standart talablariga muvofiq va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-980400" id="-980400">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli <a href="/ru/m/acts/-242858?ONDATE=13.01.2003 00#-455005">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-980338" id="onLBC-980338">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul  mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980338" id="-980338">III. Vino-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarni hisobga olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980339" id="-980339">10. Alkogolli mahsulotlarning barcha koʻchar va koʻchmas resurslari buxgalteriya hisobi bilan qamrab olinadi. Miqdoriy hisob hajm koʻrsatkichlaridan tashqari, spirt va shakar miqdorini, normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan fizik-kimyoviy va boshqa koʻrsatkichlarni ham qamrab olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980340" id="-980340">11. Vino-aroq mahsulotlari va boshqa alkogolli mahsulotni idishlarga quyish sexlarida har oyning birinchi kunida alkogolli mahsulotlar qoldiqlarini chiqarib olish, idishlarning, aksiz markalarining, yorliqlarning, tiqinlarning va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tayyorlashga taalluqli boshqa moddiy boyliklarning holatini aniqlash yoʻli bilan hisobga olish amalga oshiriladi. Ushbu moddiy resurslarning tezkor hisobi har kuni olib boriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980341" id="-980341">Tezkor hisobga olish uchun idishlarga quyish liniyalarida davlat tekshiruvidan oʻtgan, ishlab chiqariladigan mahsulotning miqdorini hisoblaydigan oʻlchagichlar oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980342" id="-980342">12. Xatlash natijalari boʻyicha tayyor mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning nobud boʻlishi va sarflanishlari belgilangan normalardan chetga farq qilgan hollarda korxona rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980343" id="-980343">13. Korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni keltirish va olib ketish, qatʼi hisobda turadigan blankalardan foydalangan holda, maʼmuriyat tomonidan belgilangan vaqtda, maxsus jihozlangan nazorat — oʻtkazish joylari orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-980344" id="onLBC-980344">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul  mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980344" id="-980344">IV. Spirt, vino materiallari va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sarfini hisobga olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980345" id="-980345">14. Vinochilik va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo va spirt sarflashga belgilangan normalar asosida hisoblab chiqarilgan ehtiyojlar doirasida yoʻl qoʻyiladi va belgilangan shakllardagi dastlabki hisobga olish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980346" id="-980346">15. Qayta ishlangan uzumdan va sarflangan spirtdan olingan vino materiallari chiqishi miqdori hisobot yilining 1-dekabridagi va hosildan keyingi yilning 1-aprelidagi xatlash maʼlumotlariga koʻra aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980347" id="-980347">16. Spirt, vino materiallari va uzumning sarflangani va nobud boʻlgan miqdori xatlash maʼlumotlari boʻyicha belgilanadi va belgilangan normalar doirasida hisobdan chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980348" id="-980348">17. Vinochilik mavsumida ishlab chiqarilgan vino materiallari kompaniya vakillari yoki tarmoqning markaziy degustatsiya komissiyasi aʼzosi ishtirokida ularning sifatini aniqlash va kalendar yilning 1-dekabrigacha foydalanishga yuborish uchun majburiy tartibda fizik-kimyoviy analiz qilinadi va degustatsiya jihatidan baholanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980350" id="-980350">Ishlab chiqarishda boʻlgan alkogolli mahsulot har yili 2-marta — 1-dekabrda va 1-iyulda xatlashdan oʻtkazilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980351" id="-980351">V. Spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlash va transportda tashish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980352" id="-980352">18. Aksiz markalari boʻlmagan alkogolli ichimliklarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi, mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan texnologik jarayonga muvofiq saqlanishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib ketish uchun saqlanishi bundan mustasno. Olib ketish uchun saqlanayotgan alkogolli mahsulot hujjatida tovarning donalar (shishalar)dagi miqdori koʻrsatilgan holda tamgʻa belgisi va javobgar shaxsning imzosi bilan tasdiqlanishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980353" id="-980353">19. Spirt va alkogolli mahsulotlar oʻlchangan, shu maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan, xonalarda va muhofaza qilinayotgan hududda uni saqlashni taʼminlaydigan soz holdagi qulf armaturasi boʻlgan idish (himoyalash qoplamasi boʻlgan metall, dubdan ishlangan va boshqa)da saqlanadi. Alkogolli mahsulot ochiq maydonda saqlanganda mahsulot solingan idishlar plombalab qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980354" id="-980354">20. Savdo tarmogʻida sotish uchun tayyorlab qoʻyilgan alkogolli mahsulot standartlar talablariga javob berishi, markirovka, aksiz markalari, muvofiqlik belgisiga ega boʻlishi va normativ talablarga javob beradigan xonalarda saqlanishi kerak. Mahsulot korxona laboratoriyasi xulosasi bilan chiqariladi va muvofiqlik sertifikati bilan joʻnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980403" id="-980403">21. Vino-aroq mahsulotlarini, koʻpiklanadigan va vishillaydigan vinolarni, konyak va boshqa alkogolli mahsulotlarni savdo bazalarida, ishlab chiqaruvchi korxonalar va doʻkonlarning omborxonalarida saqlash Oʻzstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-980406" id="-980406">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli <a href="/ru/m/acts/-242858?ONDATE=13.01.2003 00#-455005">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3854937" id="-3854937"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3854939" id="-3854939">22. Spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlashda vaqtidagi nobud boʻlish normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “Oʻzsharobsanoat” AJ va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3854941" id="-3854941">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli <a href="/ru/m/acts/-3824440?ONDATE=16.07.2018 00#-3827948">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980358" id="-980358">23. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulot kalibrlangan katta idishlarda saqlanishi kerak. Har bir idish belgilangan tartibda tasdiqlangan kalibrlash jadvaliga ega boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980359" id="-980359">24. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulotni transportda tashish kalibrlangan temir yoʻl va avtomobil sisternalarida amalga oshirilishi kerak. Sisternalar ularga haqiqatda qancha mahsulot sigʻishini belgilovchi pasportga ega boʻlishi lozim.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-980360" id="onLBC-980360">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7012"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980360" id="-980360">VI. Spirtni ulgurji sotish va alkogolli mahsulotlarni sotish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980362" id="-980362">25. Alkogolli mahsulotlarni ulgurji sotishga faoliyatning ushbu turiga belgilangan tartibda olingan litsenziyaga ega boʻlgan korxonalarga ruxsat beriladi va u ikki tomonlama shartnoma asosida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3854953" id="-3854953"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3854955" id="-3854955">26. Spirtdan foydalanuvchining yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hisoblab chiqarilgan ehtiyojlariga muvofiq “Oʻzsharobsanoat” AJning naryadi hamda yetkazib beruvchi bilan foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan yetkazib berish shartnomasi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa ehtiyojlari uchun spirt olish (berish)ga asos boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3854957" id="-3854957">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli <a href="/ru/m/acts/-3824440?ONDATE=16.07.2018 00#-3827950">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son) </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-980364" id="onLBC-980364">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6163"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-980364" id="-980364">VII. Statistika va texnologiya hisoboti </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980365" id="-980365">27. Hududiy statistika organlariga belgilangan muddatlarda quyidagi hisobotlar taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980367" id="-980367">uzumning sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga qabul qilinishi toʻgʻrisidagi hisobot (iyul, avgust, sentabr, oktabr, noyabr);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980368" id="-980368">oziq-ovqat spirti ishlab chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobot (har oyda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980369" id="-980369">vino materiallari, konyak spirti ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobot (bir yilda 2-marta —1-iyulda va 1-yanvarda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980372" id="-980372">uzum vinosi, shampan vinosi va vishillaydigan vinolar, aroq, konyak, balzam ishlab chiqarish boʻyicha hisobot (har oyda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-980373" id="-980373">vino materiallari yuklab joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi hisobot (har oyda).</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3854959" id="-3854959"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3854960" id="-3854960">Statistika hisobotlari, shuningdek yuqori turuvchi tashkilotlarga va “Oʻzsharobsanoat” AJ ga ham taqdim etiladi. “Oʻzsharobsanoat” AJ ga statistik hisobotlardan tashqari mavsum boʻyicha uzumni qayta ishlash toʻgʻrisidagi yakuniy hisobot taqdim etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3854961" id="-3854961">(27-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli <a href="/ru/m/acts/-3824440?ONDATE=16.07.2018 00#-3827951">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6156838" id="-6156838"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6156845" id="-6156845">VIII. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olishni nazorat qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156849" id="-6156849">28. Soliq organlari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156853" id="-6156853">aksiz soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156857" id="-6156857">alkogol mahsulotlarining (tabiiy va koʻpiklanadigan vinodan tashqari) aksiz markalari va muvofiqlik belgilari bilan toʻgʻri markirovka qilinishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156859" id="-6156859">alkogol mahsulotlarini belgilangan tartibda identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156862" id="-6156862">29. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156867" id="-6156867">xom ashyo, materiallar sarfi va tayyor mahsulot chiqishi normativlariga rioya qilinishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156869" id="-6156869">spirt va vino-aroq mahsulotlarini amalda ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularni sotish hajmlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlariga muvofiqligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6156872" id="-6156872">spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlash va berish (sotish) talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6156875" id="-6156875">(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli <a href="/ru/m/acts/-6143603?ONDATE=06.08.2022 00#-6146849">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
