

<!DOCTYPE html>
<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-3144981" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="TT5yEct9+CmKhYs0/Sjc5WQGlJXzghH1XQAWVq3j4w0MpPB2KgBRo+Q2LGUzQ5sUSO69ZYGpi2Yiq4KCpR+jIUUrrutHyNU6u680mXzmNgRD2c6n9YSHIRtTNGGBgX8HizDaoa5Y4n3bC3TnepDuN2qGmBqN+pwWxuKPW6ZgSiZtbFTRMBiZOBCdZVCO5EV9aGXvEboIeqDcrmOI0gFXEg==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Назад</a>
            </div>
            <a href="/ru/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">На верх</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2019
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3144987" id="-3144987">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3144988" id="-3144988">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3144989" id="-3144989">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3144990" id="-3144990"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144991" id="-3144991">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ–2731-son <a href="/ru/m/acts/-3099705">qarorini</a> bajarish yuzasidan hamda Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar, tadbirlar va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144992" id="-3144992">1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145006">1-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144993" id="-3144993">2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlashga doir ishlarni muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga<a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145278">*</a> muvofiq tarkibda Komissiya tashkil etilsin. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3145278" id="-3145278">* <a href="/ru/m/acts/3144983#-3145272">2-ilova</a> rus tilidagi matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144994" id="-3144994">Komissiya (A.J. Ramatov):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144995" id="-3144995">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining takliflari boʻyicha 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida, obyektlarning amaldagi holatini va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda har yili Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlarini tasdiqlasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144996" id="-3144996">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining asoslangan takliflari boʻyicha moliyaviy yil uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlari parametrlariga oʻzgartirishlar kiritsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144997" id="-3144997">Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlarining bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144998" id="-3144998">3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan buyurtmachilar etib belgilansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3144999" id="-3144999">4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145000" id="-3145000">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3145001" id="-3145001">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3145002" id="-3145002">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3145003" id="-3145003">2017-yil 27-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3145004" id="-3145004">159-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3145005" id="-3145005"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3145006" id="-3145006">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-martdagi 159-son <a href="/ru/m/acts/-3144981">qaroriga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3145007" id="-3145007">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3145008" id="-3145008"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3145009" id="-3145009"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145010" id="-3145010">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145011" id="-3145011">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan mablagʻlarni shakllantirish tartibini, Jamgʻarma mablagʻlarini moliyalashtirish va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145012" id="-3145012">2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son <a href="/ru/m/acts/-3099705">qarori</a> bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) loyihalari va tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145013" id="-3145013">3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145014" id="-3145014">2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145015" id="-3145015">4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145016" id="-3145016">Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlarning oʻn foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145017" id="-3145017">avtomobillarga gaz toʻldiradigan kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalarining oʻn foizi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145018" id="-3145018">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145019" id="-3145019">xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145020" id="-3145020">jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamgʻarmalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145021" id="-3145021">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan tushgan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145022" id="-3145022">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145023" id="-3145023">5. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145024" id="-3145024">Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan oʻn foiz miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay har oyda Jamgʻarmaga oʻtkaziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145025" id="-3145025">avtomobillarga gaz toʻldiradigan kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalari summasining oʻn foizi miqdoridagi mablagʻlar “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan “Oʻztransgaz” AK va uning tashkilotlaridan mablagʻlar tushgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida Jamgʻarmaga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145026" id="-3145026">6. Xalqaro moliya institutlarining va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari), jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamgʻarmalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarmaning gʻaznachilik shaxsiy raqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlarining va boshqa xorijiy donorlarning tartibotlari yoki xorijiy kreditlar va grantlarni berishning shartlarida boshqacha tartib belgilangan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145027" id="-3145027">7. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimida ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy raqamlarida jamlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145028" id="-3145028">3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145029" id="-3145029">8. Jamgʻarma mablagʻlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida quyidagilarga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145030" id="-3145030">issiqlik taʼminoti tizimini, shu jumladan mahalliy bugʻ qozonlari qurish hamda koʻp kvartirali uylarga va ijtimoiy obyektlarga issiqlik energiyasi berish tizimlarini qurish yoʻli bilan yaxshilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145031" id="-3145031">drenaj tizimini, shu jumladan drenaj quduqlari va kollektorlarni mukammal taʼmirlash va qurish hamda sugʻorish tizimlarini mukammallashtirish yoʻli bilan yaxshilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145032" id="-3145032">Nukus va Urganch shaharlari uy-joy fondining koʻp kvartirali uylaridagi umumiy foydalaniladigan va uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash, shuningdek bolalar maydonchalari barpo etgan holda uylarga yondosh hududlarni obodonlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145033" id="-3145033">aholi punktlarini, Nukus va Urganch shaharlarini, shuningdek tumanlar markazlarini zamonaviy arxitektura-obodonlashtirish standartlari talablarini hisobga olgan holda obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan mavzelar ichidagi koʻchalar, maydonlar va xiyobonlarni, kichik bogʻlarni taʼmirlash hamda tashqi yoritish tarmoqlarini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145034" id="-3145034">chekka va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlaridagi aholi uchun suvni shoʻrsizlantiradigan qurilmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145035" id="-3145035">suv taʼminoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvdan va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek sanitariya va maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimlarini yaxshilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145036" id="-3145036">madaniyat muassasalari, teatrlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar maydonchalari va axborot-resurs markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145037" id="-3145037">suv resurslarini boshqarish tizimi yanada takomillashtirilishini hisobga olgan holda choʻlga aylanishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145038" id="-3145038">Dasturni amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145039" id="-3145039">Dasturga kiritilgan loyihalarning tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar berishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻpi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga tijorat banklari tomonidan subsidiyalar ajratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145040" id="-3145040">Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilash boʻyicha boshqa tadbirlar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145041" id="-3145041">4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145042" id="-3145042">9. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Investitsiyalar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145043" id="-3145043">10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Investitsiyalar boshqarmasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145044" id="-3145044">zarurat boʻlganda joyning oʻziga borib Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145045" id="-3145045">Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145046" id="-3145046">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarni amalga oshirish boʻyicha komissiyaga (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) taqdim etish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognozini hamda choraklar va oylarga taqsimlagan holda prognozning yillik bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145047" id="-3145047">moliyalashtirish manbalari bilan bogʻliq holda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni bajarishning asosiy yoʻnalishlari yuzasidan Komissiyaga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145048" id="-3145048">Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining oylar boʻyicha roʻyxatini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145049" id="-3145049">Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3840031" id="-3840031"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3840033" id="-3840033">har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida mablagʻlar oʻtkazadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3840035" id="-3840035">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-sonli <a href="/ru/m/acts/-3838279?ONDATE=27.07.2018 00#-3839294">qaroriga </a>asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145050" id="-3145050">5-bob. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3589163" id="-3589163"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3589178" id="-3589178">11. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3589183" id="-3589183">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli <a href="/ru/m/acts/-3585505?ONDATE=14.03.2018 00#-3586596">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145052" id="-3145052">12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uchun ushbu Nizomning <a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145015">4-bandida</a> koʻrsatilgan manbalardan Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi prognozlarini tayyorlaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3840038" id="-3840038"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3840040" id="-3840040">12<sup>1</sup>. Moliya vazirligi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3840042" id="-3840042">har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga moʻljallangan mablagʻlarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3840043" id="-3840043">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablagʻlar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3840047" id="-3840047">(12<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-sonli <a href="/ru/m/acts/-3838279?ONDATE=27.07.2018 00#-3839296">qaroriga </a>asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145053" id="-3145053">13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda har yili 1-maygacha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145054" id="-3145054">Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturni shakllantirish uchun ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida xarajatlar prognozi bilan birgalikda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashning dastlabki manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda tayyorlaydilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145055" id="-3145055">Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur loyihasini hamda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturni amalga oshirish uchun keyingi yil uchun zarur boʻlgan xarajatlar prognozi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3145056" id="-3145056"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3589192" id="-3589192"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3589197" id="-3589197">14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili joriy yilning 1-avgustigacha:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3589217" id="-3589217">(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli <a href="/ru/m/acts/-3585505?ONDATE=14.03.2018 00#-3586684">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145057" id="-3145057">keyingi yil uchun Jamgʻarmaga tushishi prognoz qilinayotgan mablagʻlar doirasida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturning yakuniy parametrlarini kelishadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145058" id="-3145058">keyingi yil uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlaydi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3589258" id="-3589258"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3589277" id="-3589277">Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur loyihasini, shuningdek Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini keyinchalik ularni kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturi hamda Davlat budjeti loyihalariga kiritish uchun koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3589280" id="-3589280">(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli <a href="/ru/m/acts/-3585505?ONDATE=14.03.2018 00#-3586686">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145060" id="-3145060">Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga ajratiladigan subsidiyalar summasi keyingi yil uchun Jamgʻarma daromadlari prognozining oʻn foizi miqdorida belgilanadi. Zarurat boʻlganda ajratiladigan subsidiyalar summasi Komissiya qaroriga muvofiq aniqlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145061" id="-3145061">15. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 5 kun mobaynida keyingi yil uchun xarajatlarning belgilangan hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga yetkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145062" id="-3145062">Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovaga<a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145281">*</a> muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145063" id="-3145063">6-bob. Tijorat banklari tomonidan loyihalar tashabbuskorlariga kreditlar berishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplash uchun tijorat banklariga subsidiyalar ajratish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145064" id="-3145064">16. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻpi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar maqsadli hisoblanadi va tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda banklar deb ataladi) tomonidan qatʼiyan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga milliy valyutada kreditlar berishda ajratiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145065" id="-3145065">qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, dorivor oʻtlar va oʻsimliklarni, mahalliy mineral-xomashyo tabiiy resurslarini qayta ishlash asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145066" id="-3145066">zamonaviy, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, sovutish quvvatlari, zamonaviy chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklari, goʻsht, sut, teri va moʻynani qayta ishlash korxonalari barpo etish asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish, intensiv bogʻlar va zamonaviy teplitsa xoʻjaliklari tashkil etishning yangi texnologiyalarini joriy etish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145067" id="-3145067">17. Banklarning joylardagi filiallari ushbu Nizomning <a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145064">16-bandida</a> koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni banklarning kredit siyosati doirasida belgilangan mezonlardan, shuningdek yangi ish oʻrinlari tashkil etishni, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni, shu jumladan energiyaning tiklanadigan manbalarini (quyosh kollektorlari va boshqalarni) qoʻllanishni, ularni milliy valyutadagi kreditlarni jalb etish hisobiga amalga oshirishni moʻljallagan loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan Orolboʻyi mintaqasidagi sanitariya-ekologiya vaziyatini yaxshilash chora-tadbirlarini nazarda tutadigan mezonlardan kelib chiqqan holda koʻrib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145068" id="-3145068">18. Amalga oshirishga tavsiya etilgan loyihalar roʻyxati loyihalar tashabbuskorlariga kreditlar ajratish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun tegishli kredit qoʻmitalariga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145069" id="-3145069">19. Banklarning joylardagi filiallari har qaysi kredit oluvchi boʻyicha hujjatlar paketini tayyorlaydilar va ularni umumlashtirish uchun bosh banklarga yuboradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145070" id="-3145070">20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratish uchun bosh banklar kreditlar rasmiylashtirilishiga koʻra har oyda, har qaysi oyning 25-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun murojaatni quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145071" id="-3145071">loyihaning ushbu Nizomning <a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145064">16-bandida</a> koʻrsatilgan yoʻnalishlarga muvofiqligi toʻgʻrisida bosh bankning xulosasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145072" id="-3145072">bankning yoki uning filialining kredit qoʻmitasi qarori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145073" id="-3145073">kreditni qoplashning tasdiqlangan jadvali (ajratilayotgan subsidiya summasini oylarga taqsimlagan holda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145074" id="-3145074">21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgargan taqdirda ajratilayotgan subsidiyalar summasi kredit rasmiylashtirilgan kunda qayd etilgan darajada oʻzgarishsiz qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145075" id="-3145075">22. Taqdim etilgan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ular tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145076" id="-3145076">Subsidiyalar ajratish uchun asoslar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yetarli emas deb eʼtirof etilgan taqdirda rad etishning sabablari izohlangan holda rad etish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145077" id="-3145077">23. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratish bosh bank tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay, bosh banklarning buyurtmanomalari asosida, loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalda qoplangan kreditning foizli xarajatlari summasidan kelib chiqqan holda, subsidiyani chegirib amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145078" id="-3145078">Loyiha tashabbuskori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga ajratiladigan subsidiyalar summasi kechikib qoplangan taqdirda kechikib toʻlangan summa toʻlashning tasdiqlangan jadvalida qayd etilgan summadan ortiq boʻlmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145079" id="-3145079">Foizli xarajatlarni hisoblashga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratishga shartli misollar ushbu Nizomga 2-ilovada<a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145281">*</a> keltirilgan.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3145281" id="-3145281">* <a href="/ru/m/acts/3144983#-3145231">1-2-ilovalar</a> rus tilidagi matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145080" id="-3145080">24. Banklar tanlangan loyihalarning ushbu Nizomning <a href="/ru/m/acts/-3144981#-3145064">16-bandida</a> koʻrsatilgan yoʻnalishlarga muvofiqligi va ajratiladigan subsidiyalar summasi hisob-kitobining ishonchliligi uchun javob beradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145081" id="-3145081">7-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145082" id="-3145082">25. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot tizimida ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy raqamidan sarflanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145083" id="-3145083">26. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145084" id="-3145084">obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145085" id="-3145085">Dasturga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlariga beriladigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratishni hisobga olgan holda, kreditni qoplashning tasdiqlangan jadvallari asosida tegishli banklar xarajatlarining tegishli smetalari asosida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145086" id="-3145086">27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash, shuningdek subsidiyalar ajratish yuzasidan majburiyatlar boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha qatʼiyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida xarajatlar toʻlovini obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashning tasdiqlangan manzilli roʻyxatlariga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145087" id="-3145087">28. Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan toʻlov topshiriqnomalari hamda buyurtmachilarning bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobot maʼlumotlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145088" id="-3145088">a) obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashni bajarish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145089" id="-3145089">obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash dastlabki ikki oy mobaynida prognoz qilinayotgan yil uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda avans toʻlovlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145090" id="-3145090">har oyda, ajratilgan avansni mutanosib tarzda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizigacha miqdorida joriy moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145091" id="-3145091">shartnomada koʻrsatilgan kafolat muddati oʻtgach — qolgan 5 foizni pudratchiga toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145092" id="-3145092">b) asbob-uskunalar (shoʻrsizlantirish qurilmalari va boshqalarni) sotib olish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145093" id="-3145093">shartnoma umumiy summasining 30 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145094" id="-3145094">ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berishlarning amaldagi hajmidan kelib chiqib har oyda joriy moliyalashtirishni amalga oshirish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145095" id="-3145095">29. Jamgʻarma mablagʻlarini Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun sarflash taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145096" id="-3145096">30. Jamgʻarma mablagʻlarining joriy moliya yili yakunlari boʻyicha qoldiqlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtkaziladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3145097" id="-3145097">8-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot topshirish va nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145098" id="-3145098">31. Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va sarflanishi boʻyicha hisobga olish va hisobot tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145099" id="-3145099">32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi va tegishli banklar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasidagi subsidiyalar tarzida qoplashga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha taqdim etadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145100" id="-3145100">33. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Komissiyaga Jamgʻarmaning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturni bajarishga ajratilgan mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145101" id="-3145101">34. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145102" id="-3145102">35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida, shuningdek ularning birlamchi hujjatlarga (schyot-fakturalarga) hamda amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) hajmlariga muvofiqligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining taqdim etilgan hisobot maʼlumotlari asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3145103" id="-3145103">36. Jamgʻarma mablagʻlaridan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maqsadli foydalanish yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Xorazm viloyati hokimligiga va tegishli banklarga yuklanadi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3150412" id="-3150412">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 208-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son) </div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
