09.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1782-6
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qarori, 09.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1782-6
Дата вступления в силу
10.09.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI

Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 9 sentyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1782-6]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-V, 2008-05-son qarori (roʻyxat raqami 1782, 2008-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy banki Raisi T. ISHMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2026 yil 2 sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23/5-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026 yil 27 avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-sentabrdagi 23/5-son hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026 yil 27 avgustdagi 6-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar (qarzlar) berish boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“11. Ushbu Nizomning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga nisbatan ham tatbiq etiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan vaqtdan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishi talab etilmaydi. Bunda banklar tegishli professional faoliyat uchun belgilangan litsenziya va (yoki) xabardor qilish talablari va shartlarini bajarishdan ozod etilmaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 9-banddagi “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart)” degan soʻzlar “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3729, 2025-yil 18-dekabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2026 y., 10/26/1782-6/0913-son)