30.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3875
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3875]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais A. AQQULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 6-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 5-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 18-may

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining 2026-yil 6-iyundagi 8-mh-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektibelgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tomonidan turizm sohasini aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruvtadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladigan nazorat qilish tadbiri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻmita tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 3-ilovalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoʻmita tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Turoperatorlik xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Turagentlik xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Joylashtirish vositalari xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik sodir etish xavfi boʻyicha quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina turizm sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Turoperatorlik xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Yuridik shaxs shtatida “turizm” va unga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga yoxud turizm sohasida 3 yildan ortiq ish staji  va malaka oshirish sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassis mavjud boʻlmaganligi

15

2.

Yuridik shaxs xodimlarining (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar) uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka oshirishdan oʻtaganligini tasdiqlovchi sertifikati mavjud boʻlmaganligi

15

3.

Mijozga turoperatorning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi (agar mavjud boʻlsa), turizm faoliyatining aniq yoʻnalishlari uchun masʼul boʻlgan turoperatorning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berilmaganligi, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilmaganligi

15

4.

Turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisi mavjud boʻlmaganligi

15

5.

Turoperator kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlmaganligi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas)

10

6.

Faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan yoʻnalish(lar) boʻyicha amalga oshirmaganligi

10

7.

Mijozlar va chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomasiz turizm xizmatlari koʻrsatilganligi

10

8.

Har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborot berilmaganligi

5

9.

Xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan belgilangan faoliyat bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi mavjud boʻlmaganligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun)

5

Jami ballar yigʻindisi

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Turagentlik xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOʻRSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yoʻnalishidagi faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirganligi

25

2.

Turoperator bilan shartnoma tuzmasdan turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targʻib va realizatsiya qilganligi

25

3.

Har bir turistga va ekskursiyachiga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborot yetkazilmaganligi

20

4.

Mijozga turagentning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, turagent rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot bermaganda, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirmaganligi

15

5.

Faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan yoʻnalish(lar) boʻyicha amalga oshirmaganligi

15

Jami ballar yigʻindisi

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylashtirish vositalari xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOʻRSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Turizm sohasida maʼlumotga va (yoki) malaka sertifikatlariga ega boʻlgan xodimlar mavjud boʻlmaganligi

15

2.

Joylashtirish vositalari nomerlarini onlayn band qilish xalqaro servislarga ulanmaganligi

15

3.

Vakolatlangan nazorat organlarining yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish (mavjud boʻlganda) xulosalari mavjud boʻlmaganligi

15

4.

Xalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati aniqlanganligi

15

5.

Muvofiqlik sertifikati sertifikatlashtirish obyektida turmaganligi yoki u uchinchi shaxslarga berilganligi

10

6.

Mehmonxona xizmatini koʻrsatishda tashrif buyuruvchilar tanishishi uchun qulay boʻlgan joyda, shu jumladan, joylashtirish vositasining qabul qilish joyidagi maʼlumotlar taxtasiga va internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga (agar mavjud boʻlsa) quyidagi maʼlumotlarning barchasi joylashtirilmaganligi:

a) bajaruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xususan, nomi, manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili;

b) bajaruvchining yuqori turuvchi tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);

v) joylashtirish vositasining tegishli toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);

g) mehmonxona xizmatlari uchun muvofiqlik sertifikati nusxasi yoki oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan koʻchirma;

d) nomerlar (joylar) narxi;

e) nomer (joy) narxiga kiradigan mehmonxona xizmatlari roʻyxati;

j) mehmonxona xizmatlariga toʻlovni amalga oshirish shakli va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

z) alohida toʻlov evaziga, bajaruvchi tomonidan koʻrsatiladigan boshqa mehmonxona xizmatlari roʻyxati, narxi hamda ularni olish shartlari;

i) nomer (joy) bron qilish va bronni bekor qilish shakli, shartlari va tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

k) imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasi roʻyxati, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda taqdim etiladigan imtiyozlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa);

l) joylashtirish vositasida uchinchi shaxslar tomonidan toʻlov evaziga koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);

m) joylashtirish vositasiga kelish (ketish) vaqti toʻgʻrisida maʼlumotlar;

n) joylashtirish vositasida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish qoidalari toʻgʻrisida maʼlumotlar.

10

7.

Mehmonxona xizmatini koʻrsatishda tashrif buyuruvchining talabiga koʻra quyidagilarning barchasini oʻz ichiga oluvchi shartnoma tuzilmaganligi:

a) bajaruvchining nomi;

b) tashrif buyuruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

v) taqdim etilayotgan nomer (joy) toʻgʻrisida maʼlumotlar;

g) nomer (joy) narxi;

d) joylashtirish vositasida boʻlish muddati;

e) boshqa zarur maʼlumotlar (tomonlar ixtiyoriga koʻra).

10

8.

Mehmonxona xizmatlarini doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼi nazar koʻrsatilmaganligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 10/26/3875/0663-son)