Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni hamda ularni rasmiylashtirishni yanada tartibga solish, avtomototransport vositalari bilan bitishuvlarni sodir etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash hamda jinoyatchilikning oldini olish va huquq-tartibotni mustahkamlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar va bitishuvlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini taʼminlash, belgilangan qoidalarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka, zarur hollarda jinoiy javobgarlikkacha tortilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, 2008-yil 1-dekabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
notariuslar tomonidan taraflarning xohishiga koʻra avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalarini notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan qatʼiy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
notarial tasdiqlangan boshqa shaxsga berish shartnomalari roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak, foydalanish va (yoki) tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar va ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalari esa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerak
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga oldin berilgan ishonchnomalar mazkur qarorga muvofiq ular amal qilishining qolgan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan ishonchnomalar 2007-yil 1-yanvargacha davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Ishonchnomalar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilmagan taqdirda 2007-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlari aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortgan va ularni transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatgan holda avtomobil egalari tomonidan avtomototransport vositalarini rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirsin.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri B. Mustafoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-mart,
38-son
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalarini (keyingi oʻrinlarda “avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar” deb yuritiladi) rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
2. Mazkur Nizomning amal qilishi:
yuridik shaxslar tomonidan mazkur yuridik shaxslarning xodimlariga avtotransport vositalaridan foydalanishga ishonchnomalar berilishi hollariga;
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlariga (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasidan foydalanish va boshqarishni berish hollariga;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar oʻrtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlari yoʻlovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga oʻttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shartnomalar tuzish hollariga;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan transport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Avtomototransport vositalarini:
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning distribyutor va diler tashkilotlari, shuningdek, distribyutor tashkilotlarining dilerlik tashkilotlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
lizing shartnomalari boʻyicha lizing xizmatlari koʻrsatadigan tashkilotlar (yengil avtotransport vositalari lizingidan tashqari);
yuridik shaxslar bilan lizing shartnomalari boʻyicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini kamida 2,0 mlrd soʻm miqdorida ustav kapitaliga ega boʻlgan kredit tashkilotlari va asosiy faoliyat turi lizing hisoblangan tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan distribyutor va diler tashkilotlariga, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari boʻyicha;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda boʻlgan avtomototransport vositalarini sotishda;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionlarda sotish holatlari bundan mustasno.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari konsullari tomonidan ham tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-martdagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar tuzish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
5. DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtmagan avtomototransport vositalarining bozorlarda oldi-sotdisi va ayirboshlanishi, shuningdek avtomototransport vositalarini birjalar orqali sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash (tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalar bundan mustasno) distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda boʻlgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish boshqa shaxsga berish taqiqlanmaganligi va xatlab qoʻyilmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomani rasmiylashtirish davomida murojaat qiluvchilar tomonidan avtomototransport vositalari agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechiriladi va bu haqda shartnomada aks ettiriladi.
Distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda boʻlgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini, shu jumladan, ular tomonidan “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga qadar avtomototransport vositalari sotib oluvchining tanloviga koʻra, xohlagan DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi lozim. Bunda agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan maʼlumotnoma taqdim etiladi hamda ushbu maʼlumotnoma koʻzdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qoʻyilgan holda shtamp bilan tasdiqlanadi. Maʼlumotnoma 10 kun mobaynida amal qiladi.
Avtomototransport vositasi koʻzdan kechirilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Taraflarning xohishiga koʻra avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda ishonchnoma boʻyicha ishonchli shaxsga, boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha sotib oluvchiga va ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga, tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha ssuda oluvchiga, garov shartnomasi boʻyicha pul beruvchiga, lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga berilishi kerak boʻlgan birinchi nusxa taraflarning xohishiga koʻra gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Agar ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar va bitimlar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida gerb yigʻimi undiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
50 foizi –Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda)
Gerbli (maxsus) blankalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish shartnomalari, shuningdek avtotransport vositalarini distribyutor yoki diler tashkilotlari va kimoshdi savdolari orqali sotish shartnomasi (bayonnoma) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga muvofiq bir vaqtning oʻzida avtotransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan va hisobdan chiqargan holda sotib oluvchining yashash joyidagi (turgan joyidagi) DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Avtotransport vositalarini 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga, mototransport vositalarini 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga istisno tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi ushbu shaxslarga rasmiylashtiriladi, guvohnomaga va avtomototransport vositalarini roʻyxatga olish kartochkasiga: “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga toʻlgunga qadar vasiylik va homiylik organlarining yoki ularning qonuniy vakillarining (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarning) ruxsatisiz avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar tuzish taqiqlanadi” yozuvi kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar (distribyutor yoki diler tashkilotlari va kimoshdi savdolari orqali sotish boʻyicha boshqa shaxsga berish shartnomalari, shartnomalar (bayonnomalar) bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerak”;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
101. Avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarida ishonchnoma berilgan shaxsda ushbu avtotransport vositasini chet elga olib chiqish huquqi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi yozuv alohida koʻrsatilishi shart.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyxatga olish (hisobga qoʻyish) uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan bogʻliq maʼlumotlar DYHXXning elektron maʼlumotlar bazasiga “yagona darcha” tamoyili asosida avtomatik ravishda yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
DYHXX organlari tegishli notarial idoralardan ularga nisbatan avtomototransport vositalari bilan bitimlar tasdiqlangan avtomototransport vositalariga tegishli tezkor maʼlumotlarni olish yoʻli bilan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar avtomobil egalari (ijaraga oluvchilar va ishonchli shaxslar) tomonidan DYHXX organlarida oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi (hisobga qoʻyilishi) boʻyicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarini mazkur band talablarini buzgan holda boshqarish qonunchilikka muvofiq haydovchilar transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatilgan holda ularni maʼmuriy javobgarlikka tortishga olib keladi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan gerbli blankalar boʻyicha har oylik hisobot yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yilning har choragida tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar boʻyicha taqqoslash oʻtkazadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial idoralarida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish va taqiqlanganligi va xatlab qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki (hujjatli) shakllantirilishini taʼminlaydi. Maʼlumotlar bankini shakllantiradigan notarial idoralari roʻyxati tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan DYHXX organlari bilan birgalikda qoʻshimcha ravishda tegishli hudud boʻyicha boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki yuritiladi.
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish tartibi boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Nizom talablarini tushuntirish va avtomototransport vositalari egalari eʼtiboriga yetkazish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
15. Mazkur Nizom 2006-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 77-modda; 2008-y., 43-son, 434-modda; 2009-y., 17-son, 214-modda; 2010-y., 13-son, 98-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 52-son, 603-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son; 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)