Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi RAISINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARI UCHUN ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRISH MANBALARINI INVENTARIZATSIYADAN OʻTKAZISH VA UNGA CHIQARIB TASHLANADIGAN IFLOSLANTIRUVCHI MODDALARNI MEʼYORLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-yanvarda 1533-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2024-yil 18-noyabrdagi 19-mh-sonli “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3586, 19.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlash boʻyicha taklif etilgan yoʻriqnoma* tasdiqlansin.
* Yoʻriqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida uning davlat roʻyxatiga olingandan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruqning kuchga kirishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 11.07.1994-yil 14-TK-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Atmosfera havosini ifloslantirish manbalari inventarizatsiyasini tashkil qilish va uni oʻtkazish tartibi. Yoʻriqnoma.” nomli 118.0027714.35-94-sonli rahbariy hujjat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 05.11.1992-yil 5-TK-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlashning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy meʼyorlari loyihalarining tarkibini belgilash uchun korxonaning toifasini aniqlash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar” nomli 118.0027714.17-92-sonli rahbariy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ALIXONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-dekabr,
105-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 4-modda)