Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2020 05.11.2005 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

ULGURJI SAVDO FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalari ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi ruxsatnoma guvohnomalari xo‘jalik yurituvchi subyektning taqdim etilgan arizasi hamda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomasi asosida qo‘shimcha yig‘imlarsiz ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga qayta rasmiylashtirilishi mumkin. Qayta rasmiylashtirish muddati ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalarining amal qilish muddati tugagandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartibda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2006-yil 1-yanvargacha ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi blankalarini tayyorlash va ularni berish ishlari tashkil etilishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalarining amal qilish muddati 2005-yil 21-sentabrdan keyin tugagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 21-sentabrdan 2006-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda, ularga nisbatan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llanilmasdan, ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 5-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
242-son

Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-noyabrdagi 242-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa litsenziyalar asosida tovarlarning ayrim turlari shuningdek, tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida iste’mol tovarlari bilan ulgurji savdo qiluvchi yuridik shaxslarning ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini olishlari talab etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat maqsadlarida foydalanish yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish ulgurji savdo faoliyati deb e’tirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ulgurji savdo faoliyati bilan faqat yuridik shaxslar shug‘ullanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash yuridik shaxs-litsenziya talabgori ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi shahar (tuman) hokimligi (keyingi o‘rinlarda “litsenziyalovchi organ” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya berish yuzasidan hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo‘lgan tovarlar sotilgan taqdirda muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda sertifikatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud bo‘lishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organ mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hujjatlarni ko‘rib chiqish va ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish muddati ariza va litsenziya olish uchun barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab ikki ish kunini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish haqida qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan mazkur Nizomga ilova qilingan shakl bo‘yicha blankalarda rasmiylashtiriladi va shahar (tuman) hokimi yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan kunda litsenziya bitimi tuziladi va litsenziya beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziyalovchi organga murojaat qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikati olish uchun litsenziat litsenziyalovchi organga yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan va litsenziya dublikati berilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan holda dublikat berish to‘g‘risida ariza beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikati berishda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya dublikati berilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan tegishli nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli nazorat qiluvchi organlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rashi va olishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirishlar natijalari asosida tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Buzilishlar aniqlangan taqdirda, tekshirish dalolatnomasida litsenziya talablari va shartlari buzilishlarining aniq holatlari ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish dalolatnomasi nusxasi litsenziyalovchi organga yuboriladi, litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlari buzilishi holatlari mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qaror chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi nazorat qiluvchi organda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Litsenziyaning amal qilishini o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini o‘n kundan ortiq muddatga to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish va uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Litsenziyalar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) litsenziatlar haqidagi asosiy ma’lumotlar, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar (ro‘yxatga olish sanasi, berilgan sanasi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami), pochta manzili, va, mavjud bo‘lgan taqdirda, telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulgurji savdo faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎

‎‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI‎
‎_______________________________ hokimligi

‎LITSENZIYA
‎AA № 000 ‎

‎‎Mazkur litsenziya bilan ___________________________________________ ga

‎‎(litsenziya egasining to‘liq nomi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(faoliyatning ruxsat berilgan turi)

___________________________ni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
‎‎Litsenziya egasining joylashgan joyi (pochta manzili):
‎‎__________________________________________________________________
‎‎
‎Soliq to‘lovchi–litsenziya egasining identifikatsiya raqami ______________
‎Litsenziya berilgan sana _____________________________
‎Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan.
‎Reyestr bo‘yicha tartib raqami ______________________________
‎Vakolatli shaxs:
‎‎_________________________________________

____________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

M.O‘.‎

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son ,331-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)