Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.08.1993 yildagi 406-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAʼLIM TOʻGʻRISIDAGI NORMATIV HUJJATLARINI TASDIQLASh VA ULARNI AMALGA OShIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror bilan tasdiqlangan taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq 1993—1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining barcha taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazishlari kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda respublika taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha taʼlim muassasalari vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan deb hisoblasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-99 oʻquv yilida taʼlimning yangi tizimiga oʻtish toʻliq nihoyasiga yetkazilgunga qadar, III darajali umumtaʼlim maktablarining ixtisosi belgilanmagan sinflariga oʻquvchilarni tanlovsiz qabul qilishga ruxsat etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda 1994-yilning 1-yanvarigacha yoshlarni ommaviy ishchi kasblari boʻyicha tayyorlashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda tayyorlov tizimiga Oʻzbekiston uchun anʼanaviy boʻlgan faoliyat turlari boʻyicha xalq ustalari va hunarmandlarni koʻplab jalb qilish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib uch oy muddatda pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olib pedagogika bilim yurtlari tarmoqlarini tartibga solish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 12-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
406-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y.,8-son,31-modda)