Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2008 16.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1338
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2008
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUGʻURTALOVChINING IJRO ETUVChI ORGANI RAHBARIGA VA BOSh BUXGALTERIGA QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-aprelda 1338-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 11-iyundagi 61-sonli “Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1827, 18.06.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning 3-bandiga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilingan Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri M.NURMURADOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 25-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirining
2004-yil 25-martdagi 52-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlariga va bosh buxgalterlariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlangan sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlariga tadbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom maqsadini amalga oshirishda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari — qonunchilik va sugʻurtalovchining taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining buxgalteriya hisoboti va moliyaviy boshqaruvi funksiyasini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobotini tashkillashtirishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni maqsadga muvofiq, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davsugʻurtanazorat — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari yoki bosh buxgalteri lavozimiga saylangan yoki tayinlangan vaqtdan boshlab 10 ish kuni mobaynida sugʻurtalovchi bu haqda toʻldirgan anketa (mazkur Nizomga ilova)ni ilova qilgan holda Davsugʻurtanazoratni xabardor qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga qoʻyiladigan malaka talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari quyidagi talablarga javob berishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta sohasida 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi, shundan sugʻurta sohasida bir yillik ish staji ushbu lavozimga tayinlanish yoki saylanishdan oldin kelishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari etib, rahbar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytgacha bir yildan ortiq boʻlmagan davr mobaynida har qanday yuridik shaxsning rahbari (birinchi shaxs) boʻlib hisoblangan shaxs sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari lavozimiga tayinlanishi yoki saylanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sugʻurtalovchining bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sugʻurtalovchining bosh buxgalteri quyidagi talablarga javob berishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy kasbiy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 yildan kam boʻlmagan buxgalter ish stajiga ega boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Istisno hollarida sugʻurtalovchining bosh buxgalteri lavozimiga oliy kasbiy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlmagan shaxs, 5 yildan kam boʻlmagan moliyaviy, buxgalterlik ish staji mavjud boʻlishi sharti bilan tayinlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Mazkur Nizom shartlarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan choralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari yoki uning bosh buxgalteri taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha oʻrnatilgan malaka talablariga mos kelmasa, Davsugʻurtanazorat sugʻurtalovchiga koʻrsatma olingan paytdan boshlab bir oy muddat ichida kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davsugʻurtanazorat koʻrsatmasida koʻrsatilgan kamchiliklar sugʻurtalovchi tomonidan bartaraf etilmagan taqdirda, Davsugʻurtanazorat ushbu sugʻurtalovchiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Nizomdan kelib chiqqan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlari va bosh buxgalterlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Cugʻurtalovchining ijro etuvchi rahbari va bosh buxgalteri toʻgʻrisida maʼlumot anketasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anketa shaxsning oʻz qoʻli bilan, tushunarli dastxatda, siyoh yoki qora, koʻk, binafsha rangli sharikli ruchka pastasida toʻldirilishi kerak. Hamma sanalar arab raqamida yozilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anketaning hamma savollariga toʻliq va aniq javoblar berilishi hamda anketaning biror qismi toʻldirilmasdan qolmasligi shart. Hech boʻlmasa toʻldirilmay qolgan biror bir qismining mavjudligi, anketaning toʻliq toʻldirilmaganligini anglatadi va u sugʻurtalovchiga qayta ishlash uchun qaytariladi. Zarur boʻlganda toʻliq maʼlumot keltirish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi qism. Anketa
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Anketa toʻldiruvchining shaxsi toʻgʻrisida maʼlumot

Kod

Savollar

Javoblar

1.‎ Familiya‎si
2.‎ Ismi
3.‎ Otasining ismi
4.‎ Avvalgi familiyasi (agar familiya oʻzgargan boʻlsa)
5.‎ Tugʻilgan yili
6.‎ Tugʻilgan joyi
7.‎ Pasport raqami va seriyasi
8.‎ Uy adresi (pasportda roʻyxatga olingani boʻyicha)
9.‎ Uy adresi (yashash joyi boʻyicha)

‎2. Oxirgi 10 yil mobaynida bandligi toʻgʻrisida maʼlumotlar
‎(maʼlumotlar har bir tashkilot (korxona) boʻyicha alohida beriladi)
Kod‎ Savollar Javoblar
‎10. Ishlagan davri ____ yil “___” _________ dan
‎____ ‎yil‎“___” _________ gacha
11.‎ Bandlik tavsifi (keragini belgilang) a) mehnat shartnomasi boʻyicha;
‎b) yakka tartibdagi tadbirkor;
‎v) ishlamagan;
‎g) kunduzgi yoki sirtqi boʻlimda oʻqigan.
“b”, “v” yoki “g” javob boʻlganda batafsil koʻrsating
12.‎ Tashkilot (korxona) nomi
13.‎ Sizga maʼlum boʻlgan tashkilot (korxona)ning oxirgi manzili
14.‎ Lavozim (lavozimlari)

‎3. Taʼlim boʻyicha maʼlumotlar
‎(faqat oliy oʻquv yurtidagi taʼlim koʻrsatiladi, har bir OOʻYu boʻyicha alohida)
Kod‎ Savollar Javoblar
‎15. Oliy oʻquv yurtining nomi
16.‎ Ushbu oʻquv yurtining anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili
17.‎ Taʼlim olish shakli (keragini belgilang) a) kunduzgi;
‎b) sirtqi;
‎v) kechki.
18.‎ Kirgan sana
19.‎ Oʻqishni yakunlagan sana
20.‎ Olgan darajasi
21.‎ Olgan mutaxassisligi
22.‎ Oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisida diplom yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami Seriyasi _____________
‎Raqami ________________
23.‎ Agar anketa toʻldiruvchi ushbu OOʻYuda oʻqishni tugatgan boʻlmasa, sababini koʻrsating
4. Anketa toʻldirish vaqtida anketa toʻldiruvchining egallagan lavozimi toʻgʻrisida maʼlumot
Kod‎‎ Savollar Javoblar
24.‎ Sugʻurtalovchi nomi
25.‎ Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi litsenziyasi seriyasi va raqami
26.‎ Anketa toʻldiruvchining tayinlangan yoki saylangan lavozimining toʻliq nomi
27.‎ Saylanish yoki tayinlanish sanasi
28.‎ Anketa toʻldiruvchiga majburiyatlar yuklatilgan lavozimning toʻliq nomi
29.‎ Majburiyat yuklatilgan sana

‎5. Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kod‎ Savollar Javoblar
30.‎ Anketani toʻldiruvchi rahbar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytgacha bir yildan ortiq boʻlmagan davr mobaynida har qanday yuridik shaxsning rahbari (birinchi shaxs) boʻlib hisoblanganmi (keragini belgilang) a) boʻlmagan
‎b)boʻlgan
“b” javobi belgilangan holda, tashkilot nomi va anketa toʻldiruvchining lavozimini koʻrsating
—ushbu anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiy va toʻgʻriligini:
‎— ushbu anketani toʻldirish qoidalari bilan tanishilganligimni tasdiqlayman
Anketa toʻldiruvchining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi
Anketa toʻldiruvchining imzosi
Imzo sanasi
Anketa toʻldiruvchi mening huzurimda anketaning har bir varagʻini oʻz qoʻli bilan imzolaganligini tasdiqlayman
Sugʻurtalovchi javobgar shaxsining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi
Sugʻurtalovchi javo�gar shaxsining imzosi
Imzo sanasi



‎M.Oʻ.

(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 183-modda)