11.11.2026 yildagi 618-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) isteʼdodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomisiz “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1 000 nafar uy-joyga muhtoj madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish yoʻlga qoʻyilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismini qoplab berish tizimi joriy qilingani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ijodiy birlashmalarning tavsiyasi asosida quyidagi xarajatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish yoʻlga qoʻyilgani:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1 000 nafargacha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanish boʻyicha imtiyozga ega boʻlmagan, biroq oʻz faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga yuqori texnologik operatsiyalarni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 2 000 nafargacha madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga sugʻurta mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badallari uchun xarajatlarning 50 foizini qoplab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 100 nafargacha sohada kamida 10 yil ishlagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi sanatoriylarida bepul davolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) konsert-tomosha va teatr faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Nukus shahri va viloyatlar markazlari bundan mustasno) konsert-tomosha tadbiri tashkil etilgan va bir tadbir doirasida 1 000 tadan ortiq chipta sotilgan taqdirda, konsert-tomosha tashkilotchilariga sotilgan chiptalar qiymatining 20 foiziga teng boʻlgan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat teatrlariga oʻzi faoliyat yuritayotgan joyda sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qoʻshimcha 10 ming soʻm, boshqa hududga chiqqan holda namoyish etilgan taqdirda, 20 ming soʻm miqdorida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya berish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsert-tomosha tashkilotchilariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va nodavlat teatrlariga sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ijodiy birlashma va uyushmalarning tavsiyalari asosida oʻz faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari orasidan 1 000 nafar shaxsni tanlab olish tartibi va mezonlarini hamda ularga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanish uchun QR-kodli yoʻllanmalar berish, tibbiy yordam koʻrsatish va xarajatlarni qoplash tartibini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “madaniyatgrant.uz” yagona elektron platformasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni qabul qilish, tanlov asosida saralash, ularning ijrosi va moliyaviy koʻrsatkichlarini monitoring qilib borish imkonini beruvchi modulni ishga tushirsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov natijalari va ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi hisobotlar ushbu platformada jamoatchilik uchun eʼlon qilib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“madaniyatgrant.uz” yagona elektron platformasini ishlab chiqish hamda ushbu platformani keyinchalik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va ushbu vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniy meros agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi doirasida madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining yagona reyestrini ishga tushirsin hamda uning “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ixtiyoriy tibbiy sugʻurta xizmatlarini taqdim etuvchi sugʻurta kompaniyalari hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarning axborot tizimlarini Madaniyat vazirligining “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi bilan integratsiya qilish orqali oʻzaro axborot almashinuvini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli axborot tizimlari mavjud boʻlmagan sugʻurta kompaniyalari va sanatoriylar uchun Madaniyat vazirligining yagona elektron axborot tizimida alohida foydalanuvchi kabinetlarini ochgan holda, ularning masʼul xodimlariga ushbu shaxsiy kabinetlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi ikki oy muddatda oʻz axborot tizimlarida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasiga, “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimiga hamda “diplom.edu.uz” elektron platformasiga integratsiya qilgan holda qoʻshimcha modul yaratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan talabgorga subsidiya ajratish mezonlarini baholashda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimida mavjud integratsiyalashgan maʼlumot almashinuvidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan xarajatlarni 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunida aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan xarajatlar hamda ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplab bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2027-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni hamda ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni inobatga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi (BOYAET)ning Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili ipoteka asosida beriladigan birlamchi uy-joylarning roʻyxatini shakllantirib, ularni Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat, sanʼat va adabiyot vakillari eʼtiboriga yetkazish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 11-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
618-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
1-ILOVA

“Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom isteʼdodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni moliyalashtirish maqsadida “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Madaniyat vazirligi) huzurida budjetdan tashqari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar — madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi isteʼdodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan biznes loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskori — ushbu Nizomga muvofiq teatr, sirk, kinematografiya, audiovizual asarlar hamda televizion va boshqa mediakontentni yaratish, konsert-tomosha, adabiyot, kutubxona, madaniy meros, tasviriy va amaliy sanʼat, muzey, moda va dizayn, raqamli madaniyat va sanʼat, kompozitor va bastakorlik yoʻnalishlarida faoliyat olib boradigan jismoniy va yuridik shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti hisobidan har yili kamida 200 mlrd soʻm miqdorida ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari hamda metsenatlik koʻmaklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamkorlikda amalga oshiriladigan qoʻshma ijodiy loyihalardan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan foiz tarzidagi daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari va boshqa maqsadli mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Madaniyat vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan milliy valyuta va chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi isteʼdodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida tijoratlashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan biznes tashabbuslarini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijodiy uyushmalar, xususiy sektor, investorlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsert-tomosha faoliyati, teatr, musiqa, kinematografiya va bolalar uchun zamonaviy kontent ishlab chiqarish kabi turli yoʻnalishlardagi ijodiy loyihalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar natijasida yaratilgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi ijodiy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish, milliy brend darajasiga koʻtarish va targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy va madaniy ahamiyatga molik istiqbolli loyihalar uchun grantlar ajratish. Bunda mazkur loyihalarga Jamgʻarmaga umumiy ajratilgan yillik mablagʻlardan 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorida mablagʻ ajratishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida startap loyihalarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatr, cholgʻu, xor va raqs yoʻnalishida respublika darajasidagi tanlovda gʻolib deb topilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga oʻz ijodini targʻib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari sotib olish uchun 500 mln soʻmdan grant berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni baholash uchun mahalliy va xorijiy mustaqil ekspert hamda mutaxassislarni jalb qilish. Bunda ularga toʻlanadigan haq Jamgʻarmaga umumiy ajratilgan yillik mablagʻlarning 5 foizidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar natijasida yetkazilgan zarar yoki qaytarilmagan mablagʻlarni undirish uchun daʼvo-talabnoma va sud xarajatlarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan maqsadlardan boshqa xarajatlarning Jamgʻarma hisobidan moliyalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu Nizomda belgilangan loyihalar uchun loyihaning umumiy qiymatidan qatʼi nazar, bir yilda bitta loyiha uchun 20 milliard soʻm miqdorigacha mablagʻ ajratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan shartnomaviy majburiyatlar toʻliq bajarilgan hamda belgilangan natijalarga erishilganda, ularning yangi loyihalariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan keyingi kalendar yilida moliyalashtirilishda ustuvorlik beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta yoʻnalishdagi loyihaning mazmun mohiyati va qiymatidan kelib chiqib, amalga oshirish muddati ikki yillik va undan ortiq yillarga shartnoma tuzilishi mumkin. Bunda shartnoma muddati, mablagʻ miqdori va boshqa majburiyatlari loyiha tashabbuskorlari oʻrtasida mazkur Nizom talablariga asosan kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarma kengashi faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarma kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kengash loyihalarni saralash, baholash va moliyalashtirish uchun xulosalar beradigan madaniyat, sanʼat, adabiyot va kreativ iqtisodiyot sohalaridagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda soha mutaxassislari va mustaqil ekspertlardan iborat jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kollegial organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kengash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini, shu jumladan, sohalar kesimida Jamgʻarma mablagʻlarining taqsimlanishini har yili yil yakunigacha tasdiqlaydi, zarur hollarda unga oʻzgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomda belgilangan tartibda loyihalar uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning yil yakuni boʻyicha daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning konsepsiyasi, pasporti va hujjatlar namunalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi yoʻnalishlar kesimida loyihalarni tanlab olish mezonlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha tavsiyaviy shartnoma namunasini tasdiqlaydi, bunda Madaniyat vazirligi va loyiha tashabbuskori oʻrtasida ijodiy, tashkiliy, moliyaviy va boshqa munosabatlar, loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari hamda baholash mezonlari, loyiha tashabbuskorini yuqori natijalarga erishishga ragʻbatlantirish choralari, shuningdek, taraflarning huquq va majburiyatlari oʻzaro kelishuv asosida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini monitoring qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kengash yigʻilishlari, zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kengash yigʻilishlari shaxsan ishtirok etish, videokonferensaloqa yoki soʻrov shaklida oʻtkaziladi. Kengash kotibi, qoida tariqasida, Kengash yigʻilishidan kamida bir kun oldin Kengash yigʻilishining kun tartibi va barcha tegishli materiallarni Kengash aʼzolariga elektron yoki qogʻoz shaklda yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kengash yigʻilishi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais boʻlmaganda, Kengash yigʻilishini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kengash qarorlari Kengash yigʻilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kengash yigʻilishi bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan tuziladi, uni yigʻilishda qatnashgan Kengash aʼzolari imzolaydi hamda Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kengash qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, Kengash raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kengash aʼzolari ovoz berish jarayonida betaraf qolishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kengash yigʻilishi bayonnomasidan norozi boʻlgan Kengash aʼzosining yozma fikri Kengash bayonnomasiga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Kengash yigʻilishi bayonnomalari Kengash kotibi tomonidan roʻyxatga olinadi va saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Madaniyat vazirligi Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kengash tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni saralash, baholash va monitoring qilish jarayonlariga mahalliy va xorijiy mustaqil ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kengash baholash natijalariga koʻra mablagʻlarning keyingi bosqichini (transhini) ajratish, moliyalashtirish hajmini qisqartirish, loyiha parametrlarini qayta koʻrib chiqish yoki moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kengashning qarorlari, mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotlar yil yakuni bilan keyingi moliya yilining birinchi oyida Madaniyat vazirligining rasmiy veb-sayti hamda madaniyatgrant.uz maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus elektron platforma)da eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar uch bosqichda maxsus elektron platformada saralab olinadi va Kengash tomonidan ovoz berish orqali tanlab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda maxsus elektron platforma joriy etilgunga qadar tanlab olish jarayonlari Kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Loyihalarni moliyalashtirish uchun saralash, baholash va tanlash jarayonlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni saralash va baholash jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqich — Ishchi organ tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalarni maxsus elektron platforma orqali tahlil qilish, texnik jihatdan saralash va dastlabki ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqich — loyihalarni mustaqil ekspertlar tomonidan baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqich — Kengash tomonidan loyihalarni moliyalashtirishga tavsiya etish yoki rad etish boʻyicha qaror qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskorlari maxsus elektron platforma (maxsus elektron platforma joriy etilgunga qadar hujjatlarni Ishchi organga taqdim etadi) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning konsepsiyasi va pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishning batafsil biznes rejasi va moliyaviy-iqtisodiy asosi (xarajatlar smetasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihadan kutilayotgan natijalar (ijtimoiy, madaniy ahamiyati yoki monetizatsiya rejasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda besh ish kunida sunʼiy intellekt yordamida loyihalar maxsus elektron platforma orqali tahlil qilinadi va texnik jihatdan saralanib, dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlar birinchi bosqich talablariga mos kelganda ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi yoki mos kelmagan taqdirda, Ishchi organ tomonidan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, loyiha tashabbuskoriga ularni besh ish kuni ichida bartaraf etish uchun elektron platforma orqali xabarnoma yuboriladi. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan mazkur muhlat davomida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilib, elektron platforma orqali qayta kiritilmagan loyihalar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ikkinchi bosqichda loyihalar Ishchi organ tomonidan mustaqil ekspertlar (shu jumladan, sohaning yetuk mutaxassislari va (yoki) xorijiy ekspertlar)ga taqdim etilgan kundan boshlab, ular yigirma ish kuni ichida mustaqil ekspertlar tomonidan baholanadi hamda koʻrib chiqib, moliyalashtirishga tavsiya etish yoki rad etish boʻyicha qaror qabul qilish uchun Kengashga tegishli xulosalar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mustaqil ekspertlarning xulosalari asosida Kengash loyihalarni koʻrib chiqadi hamda oʻn ish kuni ichida ovoz berish orqali quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani toʻliq yoki qisman moliyalashtirishni maʼqullash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani qayta ishlash va takomillashtirish uchun tashabbuskorga qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani moliyalashtirishni rad etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ishchi organ moliyalashtirish maʼqullangan va rad etilgan loyihalar roʻyxatini Kengash qarori qabul qilingandan soʻng uch ish kuni ichida Madaniyat vazirligining rasmiy veb-sayti hamda maxsus elektron platformada eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Moliyalashtirish maʼqullangan loyiha tashabbuskorlari bilan oʻn ish kuni ichida Madaniyat vazirligi oʻrtasida loyihani moliyalashtirish, mablagʻlardan foydalanish shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilangan shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kengash qaroriga asosan moliyalashtirish maʼqullangan loyiha tashabbuskorlariga yetti ish kuni ichida shartnomada belgilangan qiymatda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Madaniyat vazirligi tomonidan mablagʻlar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Loyihani amalga oshirishda shartnomada tushadigan daromadlarning Jamgʻarmaga qaytariladigan aniq foizi (ulushi) hamda muddatlari belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Kengash aʼzolari, Ishchi organ xodimlari va jalb etilgan ekspertlar loyihalarni saralash va baholash jarayonida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasliklari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha tashabbuskori bilan affillangan (yaqin qarindosh, ulushdor yoki xodim sifatida) shaxslar ushbu loyihani baholashda ishtirok etmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobdorlik va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Loyiha tashabbuskorlari Jamgʻarmadan olingan mablagʻlarning sarflanishi va erishilgan koʻrsatkichlar natijalari (auditoriya qamrovi, monetizatsiya hajmi va boshqalar) toʻgʻrisida Ishchi organga har chorakda hisobot beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy valyuta va chet el valyutasida jamgʻarib boriladigan gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Qoldiq summaning miqdoridan qatʼi nazar, har yili Davlat budjetidan ajratilishi belgilangan mablagʻning miqdori kamaytirilmasdan Jamgʻarmaga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mablagʻlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, ajratilgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda Jamgʻarmaga muddatidan oldin qaytarib olinadi hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa maqsadlar uchun sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
2-ILOVA

“Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.

O.A. Nazarbekov

—

madaniyat vaziri, Kengash raisi

2.

A.A. Mannopov

—

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

J.O. Axmedov

—

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Kinematografiya agentligi direktori

4.

O.R. Fozilkarimov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

5.

E.I. Najimov

—

Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

6.

A.V. Nuridinov

—

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

7.

S.S. Saidov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

8.

R. Abdullayev

—

Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

9.

Lavozimi boʻyicha

—

Kreativ industriya parki direksiyasi direktori

10.

Lavozimi boʻyicha

—

Madaniyat vaziri maslahatchisi — Moliya-iqtisodiyot departamenti boshligʻi, Kengash kotibi*

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Kengash kotibi ovoz berish vakolatiga ega boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
3-ILOVA

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomning maqsadi uy-joyga muhtoj madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarini uy-joy bilan taʼminlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini ragʻbatlantirish hamda davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining shaffofligi va manzilliligini taʼminlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

ariza beruvchi — ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishda boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki ijodiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badal — ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan hamda ipoteka krediti bilan qoplanmaydigan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badal uchun subsidiya — ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishda boshlangʻich badalning belgilangan qismini qoplash maqsadida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan va qarz oluvchining nomiga ochilgan bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
developer — qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxatiga kiritilgan, koʻp kvartirali uylarni qurishga moʻljallangan va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka kreditining eng koʻp miqdori — bir qarz oluvchiga birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ajratiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka krediti summasining eng yuqori miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mezonlar — ariza beruvchining ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun qoʻllanadigan hamda mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan ijtimoiy-kasbiy koʻrsatkichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari, bank krediti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (buzib qayta qurilgan), koʻp qavatli uydan foydalanish uchun ruxsatnoma olish asosida mulk huquqi yuzaga kelgan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan toʻrt va undan yuqori qavatli, birlamchi uy-joy bozoriga mansub kvartiralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foiz uchun subsidiya — ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha qarz oluvchiga hisoblangan foiz toʻlovlarining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat budjetidan qarz oluvchining ishtirok etuvchi tijorat bankida ochilgan tegishli hisobvaragʻiga birinchi 5 yil davomida oʻtkaziladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarnoma — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy taʼminot tizimi) tomonidan Davlat budjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR kod qoʻyilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yuboriladigan xabarnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma — fuqaro va qurilish (pudrat) yoki developer (uy-joyni quradigan yuridik shaxs) tashkilotlari oʻrtasida ikki tomonlama toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan, uy-joy obyektini sotib olish shartlari, narxi, toʻlov tartibi hamda muddatlari belgilanadigan asosiy huquqiy hujjat. Bunda investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalarda qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish muddati aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi — ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratiladigan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki ijodiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizomga muvofiq subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari doirasida birlamchi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Subsidiya ariza beruvchining asosiy ish joyidagi hudud doirasida qurilgan kvartiralar uchun yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish va toʻlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchining taqdim etgan arizasi asosida uning mezonlarga mosligi Dasturiy taʼminot tizimida Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Soliq qoʻmitasi hamda ishtirok etuvchi tijorat banklarining elektron maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda avtomatik tarzda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Subsidiya uchun ariza berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun subsidiya oluvchi talabgorlar qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan Markazga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzi kelib murojaat etganda, Markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namuna asosida davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan anketa-arizada qayd etilgan maʼlumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va YIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar, tegishli tashkilotlarga soʻrov yuborish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Markaz yoki YIDXP orqali anketa-arizada shakllanadigan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi yoki tegishliligi boʻyicha masʼul tashkilotlar javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi masʼul tashkilotlar maʼlumotlarining toʻgʻri shakllanishi hamda ushbu tashkilot xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Baholash va tanlab olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markaz va YIDXP orqali ariza topshirishning bosqichlari toʻliq yakunlangandan soʻng masʼul tashkilotlar anketa-arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan mezonlar asosida baholash uchun avtomatik tarzda, shu kunning oʻzida Dasturiy taʼminot tizimiga, ushbu tizim orqali esa masʼul tashkilotlarning axborot tizimlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza baholash jarayoniga oʻtkazilishidan oldin Dasturiy taʼminot tizimida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali quyidagilar avtomatik ravishda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasi orqali ariza beruvchining asosiy ish joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi oʻrtasida rasmiy nikoh mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza beruvchining mezonlarga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi va ikki ish kuni ichida Dasturiy taʼminot tizimiga yuboriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Soliq qoʻmitasi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining birgalikdagi daromadlarini ushbu Nizomga 1-ilovada belgilangan mezonlarga muvofiq yoki muvofiq emasligini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda soʻnggi bir yildagi oʻrtacha oylik daromadlar miqdorini aniqlashda kamida uch oylik daromadlarining oʻrtacha koʻrsatkichlari inobatga olinadi. Ushbu holatda soʻnggi uch oyning kamida bir oyida daromadga ega boʻlishi talab etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida soʻnggi 2 yilda mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ariza beruvchining madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga ega yoki ega emasligini, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotganini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Madaniyat vazirligi — ariza beruvchining “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi orqali madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarining yagona reyestrida mavjudligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Adliya vazirligi — ariza beruvchining madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat yuritishi uchun soʻnggi 3 yilda litsenziyaga ega boʻlgani, shu jumladan, amaldagi litsenziyasi mavjudligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Taʼlim va ilm-fan vazirligi — tegishliligi boʻyicha ariza beruvchining oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega ekanini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ishtirok etuvchi tijorat banklari — ariza beruvchining kredit tarixi bank ichki talablariga muvofiqligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchining maʼlumotlari mezonlar boʻyicha faqat anketa-arizada koʻrsatilgan holatlar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ariza beruvchining anketa-arizada koʻrsatgan maʼlumotlari bir vaqtning oʻzida ushbu Nizomga 1-ilovada belgilangan mezonlarning barchasiga muvofiq boʻlgan taqdirda, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq subsidiya ajratish toʻgʻrisida elektron QR kod qoʻyilgan xabarnoma yoki mezonlarning biri va bir nechtasiga nomuvofiq boʻlsa, avtomatik tarzda ushbu Nizomga 4a-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi elektron QR kod qoʻyilgan xabarnoma bir ish kuni ichida Markaz yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomani taqdim etish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan hollarda, boshqa shaxsga taqdim etishda ariza beruvchining tegishli ishonchnomasi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ariza beruvchi baholash natijalari boʻyicha mezonlarga mos kelgan taqdirda hamda kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki talablariga muvofiq boʻlganda, u talabgor sifatida tan olinib, subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma olgan talabgorning boshqa istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankidan ipoteka krediti olish huquqi saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ariza beruvchini mezonlar boʻyicha baholashning adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi boʻyicha axborot tizimlariga masʼul boʻlgan tashkilotning rahbari va xodimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish Dasturiy taʼminot tizimi orqali avtomatik tarzda rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar kamida bitta mezonga mos kelmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) boshqa uy-joy subsidiya dasturlari doirasida ariza beruvchining va (yoki) uning turmush oʻrtogʻining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiyadan foydalangani aniqlanganda (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini soʻndirgan va uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomasi amalda boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya olish uchun topshirilgan arizasi koʻrib chiqish jarayonida boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ariza beruvchining kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki talablariga muvofiq boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) joriy yilda ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ariza beruvchining 2024-yil 1-maydan keyin davlat dasturlari doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan foydalangani aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Har yili ipoteka dasturi doirasida madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ajratilishi nazarda tutilgan subsidiya miqdoriga mutanosib ravishda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomalar taqdim etilgan taqdirda, Dasturiy taʼminot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomatik tarzda toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat bir marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz xohishiga koʻra Markaz yoki YIDXP orqali elektron ariza bilan murojaat qilgan holda rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani bekor qilish haqidagi arizasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ipoteka krediti ajratish va subsidiyani hisoblash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan talabgor birlamchi bozordan kvartirani ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti yoki developer (uy-joyni quradigan yuridik shaxs) bilan shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar tuzilgan shartnoma, investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar ham inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sotib olinadigan kvartira uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan talabgor va birgalikda qarz oluvchi (kafil) sifatida keltirilgan fuqaro(lar)ning birgalikdagi toʻlov qobiliyatidan kelib chiqib, ushbu Nizomga 5-ilovada belgilangan boshlangʻich badal summasini chegirgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshib ketmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ajratilgan ipoteka krediti va ushbu Nizomga 5-ilovada belgilangan boshlangʻich badal summasi sotib olinayotgan kvartira qiymatini qoplashga yetmagan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badal miqdorini oshirish orqali qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor xabarnomani amal qilish muddatining oxirgi kunigacha istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va qurilish (pudrat) tashkiloti yoki developer (uy-joyni quradigan yuridik shaxs) bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirgani yoxud qurilish (pudrat) tashkiloti yoki developerga (uy-joyni quradigan yuridik shaxs) toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti boʻyicha birgalikda qarz oluvchi (kafil) sifatida keltirilgan fuqaro(lar)ning tegishli maʼlumotlarini taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasidan roʻyxatdan oʻtkazadi hamda besh ish kuni ichida talabgorga kredit berish masalasini oʻrganib chiqib, arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza qanoatlantirilgan taqdirda, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida talabgorga kafolat xatini taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorga ipoteka krediti ajratish rad etilgan taqdirda, tijorat banki tomonidan Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasida roʻyxatdan oʻtkazilgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma roʻyxatdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Qarz oluvchi qurilish (pudrat) tashkiloti yoki developer (uy-joyni quradigan yuridik shaxs) bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini kafolat xatida koʻrsatilgan muddatda tijorat bankiga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Boshlangʻich badal summasi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan kelib chiqib aniqlanadigan uy-joy qiymatining ushbu Nizomga 5-ilovada belgilangan shartlarda kamida 15 foizi miqdorida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Aniqlangan boshlangʻich badal miqdorining 50 foizi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshlangʻich badal miqdori ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq aniqlanadigan boshlangʻich badal summasidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning 50 foiz qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:

Sm — subsidiya miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ks — shartnomada koʻrsatilgan ipoteka krediti summasi (amaldagi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan ortiq boʻlmagan kredit summasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bb — ushbu Nizomga 5-ilovada belgilangan boshlangʻich badal miqdori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya miqdori toʻgʻri hisoblanishiga javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Subsidiya toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Sotib olinadigan kvartira boʻyicha qarz oluvchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki qarz oluvchi bilan bir ish kuni ichida ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Sotib olingan kvartiraga boʻlgan mulk huquqi qarz oluvchi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki bir ish kuni ichida Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasi orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda, subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda toʻlov platformasi orqali ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgan buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi boʻyicha Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimida avtomatik tarzda toʻlov topshiriqnomasi shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi besh ish kuni ichida ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya qarz oluvchining tijorat bankida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda faqat boshlangʻich badalni shakllantirish maqsadida foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur mablagʻ ipoteka krediti bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkiloti yoki developerga (uy-joyni quradigan yuridik shaxs) oʻtkaziladi. Subsidiyadan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida foydalanilmagan taqdirda, bank subsidiyani Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bank tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan soʻng uch ish kuni ichida oʻtkazib berilgan subsidiya Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya (foiz uchun subsidiya) ipoteka krediti haqiqatda ajratilgan sanadan boshlab hisoblanadi hamda tijorat bankining toʻlov platformasi orqali taqdim etilgan buyurtmanomasiga asosan har bir qarz oluvchi nomiga bankda ochilgan hisobvaraqqa har oyning beshinchi ish kunidan yigirma beshinchi sanasiga qadar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ortiqcha toʻlangan taqdirda, ortiqcha toʻlangan summa keyingi oyda toʻlanadigan subsidiya miqdorini hisoblashda bank tomonidan inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda keyingi oylarda subsidiya toʻlovlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud boʻlmasa, ortiqcha toʻlangan subsidiya bank hisobidan Davlat budjetiga qaytariladi (tiklanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Toʻlov platformasi orqali qarz oluvchiga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan toʻlab berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining soʻroviga asosan onlayn tarzda uzatib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Bank ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni surunkali ravishda toʻlamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari boʻyicha undiriladigan mablagʻlar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan qarz oluvchiga boshlangʻich badal uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti boʻyicha garovga qoʻyilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga ushbu banklar tomonidan toʻliq miqdorda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Bank qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzdorlik toʻliq qoplanganda yoki foiz uchun subsidiya boʻyicha oxirgi toʻlov amalga oshirilganidan soʻng bir ish kunida Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasiga ushbu qarz oluvchilar roʻyxatini elektron tarzda kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratiladigan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Masʼul organ

I. Ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻining birgalikdagi oʻrtacha oylik daromadi

(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida)

1.

Hududlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar) MHTEKMning 2,7 baravariga teng va koʻp boʻlgan, 8 baravariga teng va kam boʻlgan

Soliq qoʻmitasi

2.

Toshkent shahrida MHTEKMning 2,7 baravariga teng va koʻp boʻlgan, 9,2 baravariga teng va kam boʻlgan

II. Hozirgi turar joy maqomi*

3.

Ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan soʻnggi 2 yilda turar joy mavjud emasligi

Kadastr agentligi

III. Ariza beruvchiga qoʻyiladigan malaka talablari**

4.

Ariza beruvchining kamida 3 yil ish stajiga ega yoki ega emasligini, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5.

Ariza beruvchining “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi orqali madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining yagona reyestrida mavjudligini

Madaniyat vazirligi

6.

Zarur hollarda, ariza beruvchining madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat yuritishi uchun soʻngi 3 yilda litsenziyaga ega boʻlgani, shu jumladan, amaldagi litsenziyasi mavjudligi

Adliya vazirligi

7.

Ariza beruvchining oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega ekanligi

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

IV. Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki talablariga muvofiqligi***

8.

Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki talablariga muvofiqligi

Ishtirok etuvchi tijorat banklari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Toʻliq oʻz mulkida uy-joyga ega boʻlgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ushbu boʻlimning 4, 5 va 6-bandlarining kamida bittasiga muvofiq boʻlishi yetarli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki tartibiga muvofiq boʻlishi yetarli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish uchun madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari)

Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron anketa-arizani toʻldiradi.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat davomida (haftaning dushanba — juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha)

2-bosqich

Markaz va YIDXP

1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qabul qiladi.

2. Arizalarning qayd qilinishi navbatligiga koʻra ularni mezonlar boʻyicha koʻrib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy taʼminot tizimi) yuboradi va tizim orqali masʼul tashkilotlarga elektron shaklda taqdim etiladi.

Ariza kelib tushgan kunning oʻzida

3-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, ishtirok etuvchi tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — Masʼul tashkilotlar)ning elektron maʼlumotlar bazasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida arizani avtomatlashtirilgan tarzda baholaydi.

2 ish kuni ichida

2. Baholash natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani avtomatik tarzda shakllantiradi hamda tegishli Markazga va YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Talabgor

(Subsidiya xabarnomasini olgan shaxs)

1. Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, moʻljallayotgan kvartirani ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) yoki developer tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

2. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va kvartirani ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha

5-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgorning subsidiya xabarnomasini Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasidan roʻyxatdan oʻtkazadi.

2. Talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.

3. Ipoteka krediti ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, qarz oluvchiga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatini taqdim etadi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Subsidiya ajratiladigan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari

(Qarz oluvchi)

Qurilish (pudrat) tashkiloti yoki developer bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini tijorat bankiga yetkazadi.

Ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatida koʻrsatilgan muddat doirasida

7-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Qarz oluvchi bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnomani imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

2. Qarz oluvchi tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan boshlangʻich badal summasi ishtirok etuvchi tijorat bankida shakllantirilganidan soʻng Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasi orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya toʻlab berish buyurtmanomasini yuboradi.

1 ish kuni ichida

8-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ishtirok etuvchi tijorat banki buyurtmanomasiga asosan boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.

5 ish kuni ichida

9-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani toʻlab berish boʻyicha Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasi orqali buyurtmanoma yuboradi.

Ipoteka krediti taqdim etilgandan soʻng birinchi toʻlov kuniga qadar

10-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ishtirok etuvchi tijorat banki buyurtmanomasiga asosan ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani Dasturiy taʼminot tizimining toʻlov platformasi orqali toʻlab beradi.

Har oyning beshinchi ish kunidan 25-kuniga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish boʻyicha

ANKETA-ARIZA

Ariza raqami _____________

Qabul qilish sanasi ________

Qabul qilgan shaxs ________

Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar:

el. pochta _________

tel: ______

1. ____________________________

___________________

__________________________

(Familiyasi)

(Ismi)

(Otasining ismi)

2. Manzil:_____________________

___________________

__________________________

(aholi punkti)

(tuman, shahar)

(viloyat)

3. Tugʻilgan sanasi ___ / _____ / ______

4. Jinsi _____ ayol ______ erkak

5. Pasport yoki ID karta boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSHSHIR): ______________________

6. Oilaviy ahvolingiz:

oilali / yolgʻiz_____

7. Turmush oʻrtogʻining pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

__________________

(JSHSHIR)

8. Siz quyidagi kasbiy malaka maqomlaridan qaysi biriga egasiz? Faqat bittasini belgilang:

____ madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida rasmiy faoliyat yurituvchi shaxs.

____ sohaga doir akademiyalar, birlashmalar, uyushmalar va muassasalar aʼzosi.

____ madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida litsenziya asosida faoliyat yurituvchi shaxs.

Men uy-joy sotib olish, uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman hamda kredit axboroti toʻgʻrisidagi va boshqa tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.

____________

__________

____________

_________

imzo

yil

oy

kun

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Uy-joy sotib olish uchun madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga

ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisida

0000000-son

XABARNOMA

Ariza raqami _____________

Berilgan sanasi 20____ yil “____” __________

Amal qilish muddati 20____ yil “____” __________

Fuqaro _______________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ___ _________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlarga muvofiqligi sababli talabgor deb topildi.

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ipoteka krediti asosida birlamchi uy-joy bozorida qurib bitkazilgan kvartira sotib olishda quyidagi tartibda subsidiya toʻlab beriladi:

1. Boshlangʻich badalning 50 (ellik) foizi hamda kredit muddatining dastlabki 5 yili mobaynida foiz toʻlovlarining 10 foizlik punktdan yuqori qismiga subsidiya ajratiladi.

2. Foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiya ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshmagan ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlab beriladi.

Pasport maʼlumotlari: seriyasi _______ raqami _______________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _______________________

Ipoteka krediti uy-joy sotib olishda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiya miqdori ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibga muvofiq hisoblanadi va toʻlanadi.

Izoh. Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka krediti ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR kod

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga

ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida

0000000-son

XABARNOMA

Ariza raqami __________

Berilgan sanasi 20____ yil “____” ___________

Amal qilish muddati 20____ yil “____” ___________

Fuqaro ____________________________________________________________________________

(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ____ ____________ ____-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _________________ sababli rad etishga asosli deb topildi.

(Nizomning qaysi bandiga asosan rad etilishi koʻrsatilishi kerak)

Pasport maʼlumotlari: seriyasi _________ raqami_________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _____________________________

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR kod

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari ipoteka krediti asosida kvartira sotib olishlari uchun shakllantirishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORI

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi ish staji

Boshlangʻich badal miqdori*

(kvartiraning shartnoma qiymatiga nisbatan)

1.

3 yildan 5 yilgacha

15 foiz

2.

5 yildan 15 yilgacha

25 foiz

3.

15 yildan 25 yilgacha

30 foiz

4.

25 yil va undan ortiq boʻlganda

35 foiz

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Boshlangʻich badal uchun subsidiya miqdori qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoriga muvofiq hisoblangan uy-joyning hisob-kitob qiymatidan kelib chiqib qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan (ijod qilayotgan) oʻziga yoki yaqin qarindoshlariga (qonuniy vakillariga) tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining (keyingi oʻrinlarda — soha vakili) oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom talablari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat madaniyat va sanʼat tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchi tomonidan xizmat uy-joyi yoki yotoqxona bilan taʼminlangan soha vakillariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hududdan (tumandan / shahardan) boshqa hududga (tumanga / shaharga) kelib ishlaganda hududlar orasida masofa 70 km dan oshmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

ariza beruvchi — madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlari (muassasalari)da asosiy ish joyi sifatida ishlayotgan xodim, shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda sohaga oid boshqa ijodiy birlashma va uyushmalarning aʼzosi boʻlgan, boshqa hududdan kelib ishlayotgan (ijod qilayotgan) hamda oʻzi faoliyat yuritayotgan (ijod qilayotgan) hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan soha vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — ariza beruvchi faoliyat yuritayotgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi davlat tashkiloti (muassasasi), shuningdek, u aʼzo boʻlgan tegishli ijodiy birlashma va uyushma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara huquqi asosida yashayotgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ijara komissiyasi) — davlat tashkiloti (muassasasa)larida faoliyat yuritayotgan yoki Yozuvchilar uyushmasi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda sohaga oid boshqa ijodiy birlashma va uyushmalarning aʼzosi boʻlgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining soʻrovnomalarini koʻrib chiqish, oʻrganish va oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha qaror qabul qilishga masʼul boʻlgan, vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadigan, jamoatchilik asosida doimiy faoliyat olib boradigan tuzilma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ariza beruvchining oylik ijara toʻlovining bir qismi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi asosida qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatga olingan doimiy hudud (tuman, shahar miqyosida) yashash joyi doirasida ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼi nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlab beriladigan ijara toʻlovi miqdori ijara shartnomasida koʻrsatilgan ijara toʻlovining 100 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun murojaat etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun istalgan Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda arizalar har oyning 7-sanasiga qadar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi shaxsan oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi soʻrovnomaning koʻrib chiqish holatini YIDXP orqali kuzatib borishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat xizmati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi sxema asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. YIDXP va vakolatli organ oʻrtasidagi elektron davlat xizmatini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchining murojaatiga oid quyidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali avtomatik tarzda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsga doir maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining elektron axborot tizimi orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha yashash manzili — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy ish joyi va mehnat shartnomasi boʻyicha maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijodiy birlashma va uyushmalarga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — tegishli ijodiy birlashma va uyushmalarning axborot tizimlari (elektron maʼlumotlar bazasi) orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining “Soliq toʻlovchilar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki bepul foydalanish shartnomalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — ijara.soliq.uz) orqali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Soʻrovnomadagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Soʻrovnoma Markaz xodimi tomonidan vakolatli organga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish haqidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchining soʻrovnomasi har oyning 7-sanasidan 13-sanasiga qadar koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma belgilangan mezonlar boʻyicha avtomatik tarzda tekshiriladi, shuningdek, ariza beruvchining maʼlumotlari Ijara komissiyasiga taqdim etish uchun har tomonlama oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma Ijara komissiyasi masʼul kotibi tomonidan komissiya aʼzolariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma vakolatli organ rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va buyruq shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruq ariza beruvchiga ijara toʻlovlarining bir qismini qoplab berish uchun vakolatli organning buxgalteriyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining amal qilish muddati davomida (biroq bir moliyaviy yildan oshmagan davr uchun) qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun mablagʻ ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ijobiy xulosa olgan ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasiga qadar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza vakolatli organga taqdim etilganidan soʻng joriy oy uchun ijara toʻlovining bir qismi qoplab beriladi, bunda Markazga kelish yoki YIDXP orqali qaytadan soʻrovnoma yuborish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan ariza joriy oy uchun koʻrib chiqilmaydi va toʻlovlar keyingi oydan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ijara komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ijara komissiyasi ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi yigʻilishlari Ijara komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Bunda vakolatli organ rahbari yoki uning oʻrinbosari, kadrlar boʻlimi, buxgalteriya (yoki ushbu vazifalarni bajarish yuklatilgan xodimlar) bir vaqtning oʻzida Ijara komissiyasi yigʻilishida ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ rahbari Ijara komissiyasi raisi hisoblanadi, shuningdek, komissiya tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ijara komissiyasi yigʻilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarning uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan Ijara komissiyasi qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ijara komissiyasining barcha yigʻilishlari va qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ijara komissiyasi uning vakolatlariga tegishli masalalarni Ijara komissiyasi raisi boshchiligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ijara komissiyasi raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasining umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasining yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi qarorlarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ijara komissiyasi kotibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi raisining topshiriqlariga asosan Ijara komissiyasi aʼzolarini Ijara komissiyasi yigʻilishi oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi ish rejalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni Ijara komissiyasi aʼzolariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi ish yurituvini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ijara komissiyasi hujjatlari vakolatli organning arxivida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ariza beruvchi suhbat uchun Ijara komissiyasi yigʻilishiga chaqirtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ijara komissiyasi arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi yigʻilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini taʼminlash maqsadida uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda vakolatli organning arxivida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ijara komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar asosida ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasi tomonidan arizalar qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara komissiyasining ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlari asosida vakolatli organda tegishli reyestr yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Ijara komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi asosida bir ish kuni muddatda vakolatli organ rahbarining tegishli buyrugʻi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar va ularning roʻyxati toʻlovlarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, davlat muassasalarida — buxgalteriyaga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ijara komissiyasi tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etgan soha vakillari roʻyxati shakllantirilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu roʻyxatga kirgan soha vakillariga Ijara komissiyasi qarori asosida oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan soha vakillari roʻyxatida mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda yashamaganda, ijarada yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlganda, ijara shartnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining mazkur muassasada asosiy ish joyi sifatida ishlamayotgani yoki tegishli ijodiy birlashma va uyushmaga aʼzoligi tasdiqlanmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻgʻrilash imkoniyati boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni moliyalashtirish va toʻlab berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ijara huquqi asosida yashayotgan soha vakillarining jami sonini koʻrsatgan holda prognoz hisob-kitoblarni belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi davlat tashkilotlari (muassasalari) tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozuvchilar uyushmasi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda sohaga oid boshqa ijodiy birlashma (uyushma)lar Madaniyat vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar oʻz navbatida vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarni jamlab, Davlat budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vakolatli organ rahbarining tegishli buyrugʻiga muvofiq tashkilot buxgalteriyasi tomonidan ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan mablagʻlar ariza beruvchining bank plastik kartasiga pul oʻtkazish orqali ariza kelib tushgan oyning 25-sanasiga qadar hamda keyingi oylar uchun toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Vakolatli organ ariza beruvchini davlat xizmatini koʻrsatish natijasi haqida joriy oyning 7-sanasiga qadar taqdim etilgan arizalar boʻyicha ushbu oyning 15-sanasiga qadar, 7-sanasidan keyin taqdim etilgan arizalar boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ijara huquqi asosida yashayotgan soha vakiliga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun vakolatli organga budjetdan ajratilgan mablagʻlarning tegishli moliya yili yakuniga qadar oʻzlashtirilmay qolgan qismi belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ariza beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, tegishli ijodiy birlashma va uyushma aʼzoligidan chiqarilganda (bekor qilinganda), unga ijara haqini qoplash uchun beriladigan mablagʻlarni toʻlash mehnat shartnomasi bekor qilingan oydan keyingi oydan toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijodiy birlashma va uyushmalarga aʼzo boʻlgan ariza beruvchi soʻnggi olti oy davomida hech qanday ijodiy faoliyat koʻrsatmaganda (yangi asarlar yaratmagan, koʻrgazma, konsert yoki spektakllarda ishtirok etmaganda) ijodiy birlashma va uyushma rahbariyatining taqdimnomasiga asosan toʻlov toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni, shuningdek, taqdim etilgan ijara shartnomasi bekor qilinganda yoki yashash manzili oʻzgarganda uch ish kuni ichida vakolatli organga xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini doimiy nazorat qilish vakolatli organ rahbari, kadrlar boʻyicha mutaxassis, bosh buxgalter va (yoki) audit boʻlimi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish boʻyicha ajratilgan mablagʻlar ortiqcha toʻlanganda, vakolatli organning masʼul shaxslari hamda buxgalteriyasi tomonidan mazkur mablagʻlarni qaytarish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Ijara huquqi asosida yashayotgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

1.2. Tugʻilgan sanasi

1.3. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari)

1.4. Fuqaroligi

1.5. Doimiy yashash manzili

1.6. Telefon raqami

1.7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

1.8. Jinsi

1.9. Ijtimoiy holati

II. Ariza beruvchining faoliyat maʼlumotlari

2.1. Faoliyat yuritayotgan tashkilot (muassasa) yoki tegishli ijodiy uyushma nomi

2.2. Lavozimi (ijodiy uyushma aʼzosi boʻlsa — maqomi)

2.3. Ishga qabul qilingan (yoki uyushmaga aʼzo boʻlgan) sanasi

2.4. Mehnat shartnomasi (yoki uyushmaga aʼzolik guvohnomasi) raqami

III. Ariza maʼlumotlari

3.1. Ijara shartnomasi ID raqami

3.2. Ijaraga olingan uy-joy hududi va manzili

3.3. Uy-joyning ijara summasi

3.4. Ijara shartnomasining amal qilish muddati

3.5. Ijara beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi

3.6. Bank plastik kartasi maʼlumotlari (MFO, bank plastik kartasi turi, hisobvaragʻi)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara huquqi asosida yashayotgan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari)

1. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

2. Belgilangan shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.

Har oyning 7-sanasiga qadar

2-bosqich

Ijara komissiyasi

1. Ariza beruvchining maʼlumotini oʻrganadi va bayonnoma shakllantiradi.

2. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Bayonnoma asosida buyruq shakllantiradi va vakolatli organ rahbariga kiritadi.

Har oyning 7-sanasidan 13-sanasiga qadar

3-bosqich

Vakolatli organ

(Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi davlat tashkiloti (muassasasi), ijodiy birlashma va uyushma)

1. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.

2. Buyruqni toʻlovni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etadi.

Har oyning 14-sanasiga qadar

4-bosqich

Vakolatli organ

Ariza beruvchini davlat xizmatini koʻrsatish natijasi haqida xabardor qiladi.

Har oyning 15-sanasiga qadar

5-bosqich

Vakolatli organ buxgalteriyasi

Buyruq asosida ariza beruvchining ijara toʻlovlarini belgilangan tartibda oyma-oy toʻlab boradi.

Har oyning 15-sanasiga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Vakolatli organ tomonidan arizalar bir oyda bir marta koʻrib chiqiladi, bunda har oyning 7-sanasiga qadar taqdim etilgan arizalar joriy oyda, undan keyin taqdim etilgan arizalar esa belgilangan tartibda keyingi oyda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi toʻlovining bir qismini qoplash berish boʻyicha

ARIZA

1. Soha vakili F.I.O.: _______________________________________________________________

2. Soha vakili manzili: ______________________________________________________________

3. Tugʻilgan sanasi: __________________________________________________________________

4. Jinsi: __________________________________________________________________________

5. JSHSHIR: ________________________________________________________________________

6. Faoliyat yuritayotgan tashkilot (muassasa) yoki tegishli ijodiy birlashma va uyushma nomi: ___

_________________________________________________________________________________________

7. Lavozimi (ijodiy birlashmaga yoki uyushmaga aʼzosi boʻlsa — maqomi): ____________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

8. Faoliyat yuritayotgan tashkilot (muassasa)ga ishga qabul qilingan (ijodiy birlashmaga yoki uyushmaga aʼzo boʻlgan) sanasi: _______________________________________________________________

9. Mehnat shartnomasi (ijodiy birlashmaga yoki uyushmaga aʼzolik guvohnomasi) raqami: ______

_________________________________________________________________________________________

10. Ijaraga olingan uy-joy hududi va manzili: _________________________________________

_________________________________________________________________________________________

11. Uy-joyning ijara summasi: _______________________________________________________

Men davlat tomonidan oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berilishidan manfaatdorligimni bildiraman.

12. Pasportim va ijtimoiy holatimni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilmoqdaman. Ushbu ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlarda koʻrsatilgan barcha maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman.

Qabul qilingan sana

Qabul qilgan shaxs

(QR kod)

Ariza holati:

Axborot tizimi nomi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblari (keyingi oʻrinlarda — milliy cholgʻular)ni sotib olish xarajatlarining bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keshbek — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻularni sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
platforma — “Soliq” mobil ilovasidagi milliy cholgʻular sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplashni nazarda tutuvchi elektron tizim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi subyekt — belgilangan tartibda milliy cholgʻularni ishlab chiqarish va (yoki) sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — milliy cholgʻularni sotib olgani munosabati bilan xarajatlarni qoplash uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QR kodli chek — sotilgan milliy cholgʻular uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi fiskal belgili chek.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Keshbek shartlari va miqdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Talabgorga keshbekni moliyalashtirish uchun mablagʻlar Davlat budjetidan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi keshbek uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarni Soliq qoʻmitasining talabnomasiga asosan maxsus ochilgan hisobvaragʻiga har oyda oʻtkazib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi talabgorga keshbekni platforma orqali ushbu Nizomning 5 va 6-bandlari talablari asosida oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Keshbek har bir talabgor tomonidan milliy cholgʻularni sotib olgandan soʻng quyidagilar toʻliq tasdiqlangan taqdirda toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy cholgʻularni ishlab chiqarish va (yoki) sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda hunarmandlardan sotib olingani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridni tasdiqlovchi, tarkibida tegishli MXIK kodi va QR kod mavjud boʻlgan elektron fiskal chekning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar tomonidan milliy cholgʻularni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun taqdim etiladigan elektron fiskal cheklarda ushbu MXIK kodlarining toʻgʻri aks ettirilishi keshbek mablagʻlarini hisoblash uchun asos boʻladi. Chekda MXIK kodi mavjud boʻlmaganda yoki notoʻgʻri koʻrsatilganda xarajatlar qoplanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Keshbek har bir talabgorga quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mizrobli cholgʻular narxining 30 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravaridan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chertma-torli cholgʻular narxining 30 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravaridan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamonli-torli cholgʻular narxining 30 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urma-torli cholgʻular narxining 30 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
damli (puflama) cholgʻular narxining 30 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urma-zarbli cholgʻular narxining 30 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan oshmagan miqdorda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Milliy cholgʻular sotib olish xarajatlarining bir qismi talabgorlarga bir yilda bitta musiqa cholgʻusini sotib olgani uchun qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Keyingi milliy cholgʻularni roʻyxatga olish uchun oxirgi hisobga olingan chekdan bir yil oʻtgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Madaniyat vazirligi tomonidan milliy cholgʻular (mizrobli cholgʻular, chertma-torli cholgʻular, kamonli-torli cholgʻular, urma-torli cholgʻular, damli (puflama) cholgʻular, urma-zarbli cholgʻular) roʻyxati shakllantirilib, Soliq qoʻmitasiga belgilangan tartibda MXIK kodini yaratish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Platformadan foydalanish va keshbek qaytarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Talabgorga keshbek ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Talabgorlar milliy cholgʻular sotib olishdan oldin xarajatlarning bir qismini qoplash uchun platforma mobil ilovasini internet doʻkonidan mobil aloqa vositasiga yuklab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Platformani mobil aloqa vositasiga yuklab olgandan soʻng, platformada “Cholgʻu uchun keshbek” tugmasini bosish orqali ilovaga kiriladi hamda milliy cholgʻu sotib olgani tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Talabgorlar milliy cholgʻu sotib olingandan soʻng oʻn kun muddatda platformada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Cholgʻu uchun keshbek” tugmasini bosish orqali ilovaga kiriladi, milliy cholgʻuning qaysi birini sotib olganini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy cholgʻuni oʻrganish boʻyicha ijtimoiy ofertani tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib olingan milliy cholgʻuga toʻlov uchun berilgan QR-kodli cheklarni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Platformada roʻyxatdan oʻtkazilgan QR kodli cheklar bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5252-son qaroriga muvofiq 1 foiz miqdorida keshbek hisoblanishiga hamda ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq keshbekka asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Platformada roʻyxatdan oʻtkazilgan QR kodli cheklar avtomatik tarzda hisoblanadi. Shuningdek, talabgor maxsus tugmani bosish orqali roʻyxatdan oʻtkazishni tugatish imkoniyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi QR kodli chek roʻyxatdan oʻtkazilishi bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklarni tekshirib, ulardagi summalar hisob-kitobini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Keshbek shartlari toʻgʻri bajarilgani natijasi boʻyicha yigʻilgan mablagʻ platforma orqali QR-kodli chek roʻyxatdan oʻtkazilishi bilan keyingi oyning 25-sanasiga qadar talabgorlarning bank plastik kartalariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi operatori hisobiga tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlash, bank komissiyasi xarajatlarini qoplash va doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash funksiyalarini bajarganlik uchun hisoblangan milliy cholgʻular sotib olish xarajatlarini qaytarish summasining 1 foiziga teng miqdorda komissiya ushlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegishli axborot tizimlari orqali milliy cholgʻular sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish talablari bajarilishini doimiy monitoring qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilangan tartibni buzgan (buzishda gumon qilingan) talabgorlarning platformadan foydalanishiga cheklov (vaqtincha cheklov) oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar

19. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

“Soliq” mobil ilovasini (platformani) internet doʻkonidan mobil telefoniga yuklab oladi.

Sotib olishdan oldin

2-bosqich

Talabgor

Ilovadagi “Cholgʻu uchun keshbek” tugmasini bosish orqali tizimga kiriladi, milliy cholgʻuning qaysi birini sotib olganini belgilaydi.

Sotib olgandan soʻng

3-bosqich

Talabgor

Sotib olingan milliy cholgʻuga toʻlov uchun berilgan QR kodli cheklarni platformada roʻyxatdan oʻtkazadi.

QR kodli cheklarni platformada roʻyxatdan oʻtkazishi bilan platformada roʻyxatga olingan QR kodli cheklar avtomatik tarzda hisoblanadi.

Sotib olingandan soʻng 10 kun muddatda

4-bosqich

Soliq qoʻmitasi

Roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklarni tekshirib, ulardagi summalar hisob-kitobini amalga oshiradi.

Roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi oyning 5-sanasiga qadar

5-bosqich

Soliq qoʻmitasi

Milliy cholgʻularni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish shartlari toʻgʻri bajarilgani natijasi boʻyicha yigʻilgan mablagʻni platforma orqali ushbu Nizomning 6-bandi talablari asosida talabgorning shaxsiy bank kartalariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida oʻtkazib beradi.

Roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi oyning 25-sanasiga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
6-ILOVA

Konsert-tomosha tashkilotchilariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Nukus shahri va viloyatlarning maʼmuriy markazlaridan tashqari) konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etgan va bir tadbir doirasida 1 000 tadan ortiq bilet sotgan konsert-tomosha tashkilotchilariga sotilgan biletlar qiymatining 20 foiziga teng boʻlgan miqdorda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — konsert-tomosha tashkilotchisi yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bilet — elektron bilet platformasi yoki kassadan sotib olingan, tomoshabinning konsert-tomosha tadbiriga kirish huquqini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BOYAET) — bilet operatsiyalariga, shuningdek, shunday operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan yoki boshqacha tarzda ularga kiradigan maʼlumotlarga ishlov berishni taʼminlaydigan dasturiy-apparat majmuasi;

konsert-tomosha tadbiri — yakkaxonlik, yakkanavozlik yoki jamoa boʻlib koʻpchilik tomonidan ijro etiladigan, shuningdek, sahnalashtiruvchilar tomonidan tanlangan mavzuni yoritadigan, tinglovchi va tomoshabinlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsert-tomosha tashkilotchisi — konsert-tomosha tadbirini tashkil qilish va oʻtkazish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan davlat muassasasi, yuridik shaxs va 18 yoshga toʻlgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etgan va bir tadbir doirasida 1 000 tadan ortiq bilet sotgan konsert-tomosha tashkilotchilariga sotilgan biletlar qiymatining 20 foiziga teng boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron bilet platformasi — biletlar sotuvini real vaqt rejimida nazorat qilish, konsert-tomosha tadbiriga kelgan tomoshabinlar tashrifini QR kod belgisi yoki turniketlar orqali qayd etib borish imkonini beruvchi maxsus tizim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“subsidiya.imv.uz” dasturiy taʼminot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy taʼminot tizimi) — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish, ularni real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda baholash va mablagʻlarni ajratish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus elektron platformasi.

3. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq BOYAET tizimi orqali 1 000 tadan ortiq bilet sotilgan konsert-tomosha tadbiri uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bir nom ostida va bir hududda oʻtkazilgan ikki va undan ortiq konsert-tomosha tadbirlari biletlari qoʻshib hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Subsidiya olish uchun murojaat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun konsert-tomosha tadbiri yakunlangandan soʻng 30 kun muddat ichida Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Bunda murojaat ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida yuborilganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni murojaat kelib tushgan hamda Dasturiy taʼminot tizimi tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq anketa-arizani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Anketa-arizaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, anketa-arizani elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, uning anketa-arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, konsert-tomosha tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqada Dasturiy taʼminot tizimiga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa anketa-ariza avtomatik tarzda Dasturiy taʼminot tizimiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi hamda haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Anketa-ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab, unda koʻrsatilgan maʼlumotlar Dasturiy taʼminot tizimi tomonidan ikki ish kuni ichida oʻrganib chiqiladi va natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi hamda Markazga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Subsidiya berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish va anketa-ariza shakllanishi jarayonida Ichki ishlar vazirligi va BOYAET tizimi (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) oʻzlarining elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali Dasturiy taʼminot tizimida avtomatik ravishda ishtirok etuvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Masʼul tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazasidagi anketa-arizada koʻrsatilgan konsert-tomosha tadbiriga tegishli quyidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda Dasturiy taʼminot tizimida shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
license.gov.uz axborot tizimi orqali — oʻtkazilgan konsert-tomosha tadbirini tashkil etish uchun tegishli ruxsatnoma mavjudligi va ushbu tegishli ruxsatnomada koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarning ariza beruvchining anketa-arizasidagi maʼlumotlarga mos kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOYAET tizimi — oʻtkazilgan konsert-tomosha tadbirlarida sotilgan biletlarning soni, qiymati hamda tegishli ruxsatnomada koʻrsatib oʻtilgan muddat va vaqtga mos kelishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Subsidiya ajratish uchun asos boʻlgan holatlar tasdiqlangandan soʻng Dasturiy taʼminot tizimida subsidiya miqdori (sotilgan biletlar qiymatining 20 foizi) avtomatik ravishda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ajratiladigan subsidiya miqdori shakllangandan soʻng besh ish kuni ichida Dasturiy taʼminot tizimi orqali ariza beruvchining anketa-arizasida koʻrsatilgan hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan yolgʻon maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;

konsert-tomosha tadbirlariga biletlar BOYAET tizimi orqali sotilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchi subsidiya ajratish rad etilganidan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsert-tomosha tashkilotchilariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Konsert-tomosha tashkilotchilariga subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Konsert-tomosha tashkilotchisi)

Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) shaxsan kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron anketa-arizani toʻldiradi.

Konsert-tomosha tadbiri yakunlangandan soʻng 30 kun muddat ichida

2-bosqich

Markaz va YIDXP

Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qabul qiladi va koʻrib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.imv.uz” dasturiy taʼminot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy taʼminot tizimi) yuboradi.

Ariza kelib tushgan kunning oʻzida

3-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. license.gov.uz axborot tizimi hamda bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BOYAET) bazalaridan kelib tushgan maʼlumotlar asosida anketa-arizani avtomatlashtirilgan tarzda baholaydi.

2. Baholash natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani avtomatik tarzda shakllantiradi hamda Markazga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Masʼul tashkilotlar tomonidan subsidiya ajratish uchun asos boʻlgan holatlar tasdiqlangandan soʻng Dasturiy taʼminot tizimida subsidiya miqdori avtomatik tarzda hisoblanadi.

2. Ajratiladigan subsidiya miqdori shakllangandan soʻng Dasturiy taʼminot tizimi orqali ariza beruvchining anketa-arizasida koʻrsatilgan hisobvaragʻiga avtomatik tarzda oʻtkaziladi.

5 ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsert-tomosha tashkilotchilariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Konsert-tomosha tashkilotchilariga subsidiya ajratish boʻyicha

ANKETA-ARIZA

1. ____________________________________________________________________________________________________________________________________________

(Konsert-tomosha tashkilotchisining nomi)

2. Konsert-tomosha tashkilotchisining yuridik (yashash) manzili:

____________

______________

__________________________

(viloyat, shahar)

(tuman, shahar)

(koʻcha, uy va xonadon raqami)

3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): __________________

Konsert-tomosha tashkilotchisining bank rekvizitlari va hisobvaragʻi:

_________________________________________________________________________________________

4. Tadbir oʻtkazilgan joy: __________________________________________________________________

5. Tadbir nomi: ___________________________________________________________________________

6. Tadbirning boshlanish va tugash vaqti: _____________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

7. Umumiy sotilgan chiptalar soni: __________________________________________________________

Bogʻlanish uchun:

el. pochta ______________ uy tel: _____________ ish tel: ______________ mobil tel:_______________

Ariza-anketani toʻldirgan shaxsning F.I.O va imzosi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
7-ILOVA

Davlat va nodavlat teatrlariga sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom davlat va nodavlat teatrlariga sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan, tugatish yoki bankrotlik holatida boʻlmagan hamda teatr faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa hududga chiqqan holda spektakl namoyish etish — davlat va nodavlat teatrlari ijodiy jamoasining oʻzi faoliyat yuritayotgan joydan tashqarida spektakl namoyish etish uchun respublika hududlariga chiqishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BOYAET) — bilet operatsiyalariga, shuningdek, shunday operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan yoki boshqacha tarzda ularga kiradigan maʼlumotlarga ishlov berishni taʼminlaydigan dasturiy-apparat majmuasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
spektakl — jonli ijroda ommaga namoyish etish, oʻtkazish sharoitlaridan kelib chiqqan holda, statsionar, koʻchma va gastrol spektakli koʻrinishidagi sahna asari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat va xususiy teatrlarga oʻzi faoliyat yuritayotgan joyda yoki boshqa hududga chiqqan holda spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qoʻshimcha toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi faoliyat yuritayotgan joy — ariza beruvchining taʼsis va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarida koʻrsatilgan doimiy joylashuv manzilidagi bino yoki sahnaning hududi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“subsidiya.imv.uz” dasturiy taʼminot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy taʼminot tizimi) — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish, ularni real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda baholash va mablagʻlarni ajratish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus elektron platformasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Subsidiya quyidagi miqdorlarda beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan oʻzi faoliyat yuritayotgan joyda sahnalashtirilgan spektakl namoyishi uchun sotilgan har bir chiptaga — 10 ming soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl boshqa hududga chiqqan holda namoyish etilgan taqdirda, sotilgan har bir chiptaga — 20 ming soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Subsidiya berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda murojaat ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida yuborilganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni murojaat Dasturiy taʼminot tizimiga kelib tushgan hamda masʼul tashkilotlar tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq anketa-arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi tomonidan anketa-ariza toʻldiriladi, bunda tasdiqlovchi hujjatlarni (dalolatnoma PDF, PNG yoki JPEG formatida ularning asl nusxalaridan olingan holda) ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Anketa-arizaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, anketa-arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, uning anketa-arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqada Dasturiy taʼminot tizimiga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa anketa-ariza avtomatik tarzda Dasturiy taʼminot tizimiga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi hamda haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish va anketa-ariza shakllanishi jarayonida Ichki ishlar vazirligi va BOYAET tizimi (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) oʻzlarining elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali Dasturiy taʼminot tizimida avtomatik ravishda ishtirok etuvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Anketa-ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab, unda koʻrsatilgan maʼlumotlar va ilova qilingan hujjatlar Dasturiy taʼminot tizimi tomonidan oʻn ish kuni ichida oʻrganib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, anketa-arizadagi maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, Dasturiy taʼminot tizimi ariza beruvchiga kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun kamida besh ish kunidan iborat muddat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma Dasturiy taʼminot tizimi tomonidan YIDXP orqali shu kunning oʻzida elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagi hollarda subsidiya berish rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan yolgʻon maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan chiptalarning soni elliktadan kam boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namoyish etilgan spektaklga chiptalar BOYAET tizimi orqali sotilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
spektakl uchun sotilgan chiptaning eng kam narxi bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizidan kam boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 12-bandi birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida anketa-ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato va kamchiliklar bartaraf etilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anketa-arizani koʻrib chiqish muddati xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchi tomonidan barcha maʼlumotlar Dasturiy taʼminot tizimiga toʻliq kiritilib, anketa-ariza shakllantirilgandan soʻng beriladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Beriladigan subsidiya miqdori shakllangandan soʻng besh ish kuni ichida subsidiya Madaniyat vazirligi tomonidan ariza beruvchining anketa-arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Subsidiya berish bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va nodavlat teatrlariga sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Davlat va nodavlat teatrlariga sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga subsidiya berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Davlat va nodavlat teatrlari)

Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) shaxsan kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron anketa-arizani toʻldiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Markaz va YIDXP

Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qabul qiladi va koʻrib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.imv.uz” dasturiy taʼminot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy taʼminot tizimi) yuboradi.

Ariza kelib tushgan kunning oʻzida

3-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

Subsidiya berish toʻgʻrisidagi anketa-ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

Subsidiyani berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotlarni avtomatik ravishda shakllantiradi va ariza beruvchini xabardor qiladi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Madaniyat vazirligi

Ariza beruvchi hisobvaragʻiga subsidiyani anketa-arizada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkazadi.

5 ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va nodavlat teatrlariga sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Davlat va nodavlat teatrlariga sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga subsidiya berish boʻyicha

ANKETA-ARIZA

1. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

Ariza beruvchi nomi: __________________________________________

STIR: ____________________

Yuridik manzili: __________________________________________

Telefon raqami: ____________________

Elektron pochta: ____________________

Bank rekvizitlari: ____________________

Mobil telefon raqami: ____________________

2. Spektakllar toʻgʻrisida maʼlumot:

Spektakl nomi

Namoyish sanasi va vaqti

Namoyish joyi

Sotilgan chiptalar soni

Chiptalar narxi

3. Ilova qilinayotgan hujjatlar (dalolatnoma PDF, PNG va JPEG formatida ularning asl nusxalaridan olingan holda).

4. Taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligini tasdiqlayman.

Rahbar: ______________________________

elektron raqamli imzo (ERI): ______________ __________ 20___ yil

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
8-ILOVA

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining (keyingi oʻrinlarda — soha vakillari) ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini qoplab berishni soʻrab murojaat qilgan soha vakillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijodiy birlashma (uyushma) — madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan, soha vakillari aʼzo boʻlgan jamoat tashkiloti;

xarajatlarni qoplash — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan soha vakillari uchun toʻlangan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badalining 50 foizi miqdorida toʻlab beriladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta oluvchi — ijodiy birlashma (uyushma) tomonidan berilgan tavsiyanoma asosida xarajatlarni Davlat budjetidan qoplash huquqiga ega boʻlgan soha vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona reyestr — soha vakillarining yagona elektron roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badalining umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshgan taqdirda, sugʻurta mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bir kalendar yilida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan 2 ming nafargacha soha vakili moliyalashtiriladi. Belgilangan yillik kvota toʻlgach, yangi arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish avtomatik tarzda toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi xarajatlarni qoplash uchun istalgan Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) shaxsan kelib murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan anketa-ariza toʻldiriladi.

7. Ariza quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga murojaat qilinganda, Markaz xodimi ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida ariza-anketani elektron shaklda toʻldiradi;

YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza beruvchi ariza-anketani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.

Bunda ariza beruvchi ariza-anketani elektron shaklda toʻldirganda, tegishli ijodiy birlashmadan (uyushmadan) olgan xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisida QR kod qoʻyilgan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi tavsiyanomani yuklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimida quyidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda tekshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining yagona reyestrda mavjudligi;

tegishli ijodiy birlashmaning (uyushmaning) tavsiyanomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzluksizligidan qatʼi nazar, sohada kamida 1 yil faoliyat yuritgani yoki ijodiy birlashmaga (uyushmaga) aʼzo boʻlgani.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi besh ish kuni ichida maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va xarajatlarni qoplab berishni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi xabarnomani avtomatik ravishda Markazga va YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xarajatlarni qoplab berish xabarnomasi ijobiy qabul qilingan taqdirda, keyingi bosqichga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Shartnomani tuzish va xarajatlarni qoplab berishni moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sugʻurta oluvchi xarajatlarni qoplab berish xabarnomasini olgan kundan soʻng, bir oy muddat ichida ixtiyoriy tibbiy sugʻurta xizmatlarini koʻrsatuvchi va belgilangan tartibda sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlik kelishuvi imzolagan sugʻurta kompaniyasini mustaqil ravishda tanlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tanlangan sugʻurta kompaniyasi mavjud ixtiyoriy tibbiy sugʻurta paketlari, ularning shartlari, sugʻurta himoyasi hajmi, sugʻurta mukofoti (badali) miqdori va shartnoma loyihasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sugʻurta oluvchi tanlab olingan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta paketi uchun sugʻurta mukofoti (badali) umumiy narxining 50 foizi miqdoridagi shaxsiy badalini sugʻurta kompaniyasining hisobvaragʻiga mustaqil ravishda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sugʻurta oluvchi tomonidan 50 foizlik toʻlov amalga oshirilganidan soʻng sugʻurta kompaniyasi uch ish kuni ichida unga ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi bilan integratsiya qilingan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli axborot tizimi orqali taqdim etadi hamda Markazga va YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sugʻurta kompaniyasi har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etilgan sugʻurta polislarining 50 foizini qoplab berish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan ariza raqami;

berilgan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi;

shaxsiy badal toʻlanganini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi orqali murojaatlarni koʻrib chiqadi hamda har oy yakuni boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotlar asosida keyingi oyning 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan sugʻurta kompaniyasining hisobvaragʻiga sugʻurta oluvchi uchun qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni oʻtkazib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan summa tanlangan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta paketi boʻyicha sugʻurta mukofotining sugʻurta oluvchi tomonidan toʻlangan shaxsiy badaliga teng boʻlgan, biroq cheklangan miqdordan oshmagan qismi hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari)

Ariza beruvchi ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarning 50 foizini Davlat budjetidan qoplab berish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Markaz,

YIDXP

1. Markaz ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida ariza-anketani elektron shaklda toʻldiradi.

Ariza-anketa Markaz orqali toʻldirilgandan keyin oʻn daqiqada

2. YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza beruvchi ariza-anketani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.

Ariza-anketa YIDXP orqali toʻldirilganda avtomatik tarzda

3-bosqich

Madaniyat vazirligining “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi

Quyidagilarni koʻrib chiqadi:

ariza beruvchining yagona reyestrda mavjudligi;

tegishli ijodiy birlashmaning (uyushmaning) tavsiyanomasi mavjudligi;

uzluksizligidan qatʼi nazar, sohada kamida 1 yil faoliyat yuritgani yoki ijodiy birlashmaga (uyushmaga) aʼzo boʻlganligi.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Madaniyat vazirligi

Xarajatlarni qoplab berish yoki rad etish toʻgʻrisida xabarnomani Markazga va YIDXP orqali elektron tarzda sugʻurta oluvchiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

5-bosqich

Sugʻurta oluvchi

(xarajatlarning bir qismini qoplab berish boʻyicha tavsiyanoma olgan ariza beruvchi)

Xarajatlarni qoplab berishni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida xabarnoma bilan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta paketini taqdim etuvchi sugʻurta kompaniyasiga murojaat qiladi.

1 oy ichida

6-bosqich

Sugʻurta kompaniyasi

Xabarnomaga asosan kelishuvga koʻra ixtiyoriy tibbiy sugʻurta paketlari (sugʻurta mukofoti summasi bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmaydigan) toʻgʻrisida maʼlumotlarni sugʻurta oluvchiga taqdim etadi.

Belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Sugʻurta oluvchi

Tanlab olingan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta paketi uchun sugʻurta mukofoti (badal) xarajatining 50 foiz badal toʻlovini amalga oshiradi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Sugʻurta kompaniyasi

1. Sugʻurta oluvchi tomonidan 50 foizlik toʻlov amalga oshirilganidan soʻng sugʻurta kompaniyasi ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisini Markazga va YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

3 ish kuni ichida

2. Taqdim etilgan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polislarining 50 foizini qoplab berish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda Madaniyat vazirligiga murojaat qiladi:

Markaz va YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan ariza raqami;

berilgan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi;

shaxsiy badal toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar.

har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar

9-bosqich

Madaniyat vazirligi

Maʼlumotlarni koʻrib chiqadi hamda tegishli sugʻurta kompaniyalariga belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshiradi.

Har oy yakuni boʻyicha, keyingi oyning 15-sanasiga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha

ANKETA-ARIZA

Ariza raqami _____________

Qabul qilish sanasi ________

Qabul qilgan shaxs ________

1. ___________________________

(Familiyasi)

______________________

(Ismi)

___________________________

(Otasining ismi)

2. Manzil: ___________________

(aholi punkti)

______________________

(tuman, shahar)

__________________________

(viloyat)

3. Tugʻilgan sanasi ___ /_____ / ______

4. Jinsi ____ ayol _____ erkak

5. Oilaviy ahvolingiz:

oilali / yolgʻiz _____

6. Pasport yoki ID karta boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSHSHIR): __________________

7. Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar:

el. pochta _________

mobil tel: ______

Men ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplanishi boʻyicha manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman.

____________

______

________

_________

imzo

yil

oy

kun

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Ijodiy birlashma (uyushma)

TAVSIYANOMASI

№ T-____/_____ (Tizim tomonidan avtomatik beriladigan tartib raqami)

Berilgan hudud (shahar/tuman): ________________________

Shakllantirilgan sana: 20___ yil “___” ___________

Mazkur tavsiyanoma Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq, Madaniyat vazirligi bilan integratsiya qilingan elektron axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda sugʻurta oluvchiga ixtiyoriy tibbiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta mukofoti (badali)ning 50 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish uchun asos hisoblanadi:

1. Sugʻurta oluvchining F.I.O.: ______________________________

2. JSHSHIR: ______________________________________________

3. Tegishliligi (ijodiy birlashma va uyushma/reyestr): _________

4. Ariza raqami va kelib tushgan sanasi: № ______, 20__ yil. “___” ______

5. Xarajatlarni qoplab berishning eng yuqori moliyaviy limiti: Sugʻurta mukofoti umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmagan holda, uning 50 foizi miqdorida (yaʼni eng koʻpi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) Davlat budjetidan toʻlanadi.

6. Hujjatning amal qilish muddati: 1 (bir) oy.

Izoh. Mazkur tavsiyanoma sugʻurta oluvchiga 1 oy muddat ichida ixtiyoriy tibbiy sugʻurta kompaniyasi bilan shartnoma tuzish va oʻz ulushi sifatida sugʻurta mukofotining 50 foizini mustaqil toʻlash huquqini beradi. Sugʻurta kompaniyasi ushbu hujjat asosida polis rasmiylashtirilgandan soʻng 3 ish kunida maʼlumotlarni tizimga kiritishi shart.

(QR kod)

Ijodiy birlashma va uyushma masʼul rahbari:

____________________ (F.I.O.)

Axborot tizimi nomi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Davlat budjeti hisobidan ajratish maʼqullanganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

№ R-_____/____________

Hudud (shahar/tuman): ________________________

Xarajatlarni qoplab berish maʼqullangan (rad etilgan) sana:

20___ yil “___” ___________

Madaniyat vazirligining yagona boshqaruv tizimi orqali kelib tushgan ariza Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari uchun ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badali xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom)da belgilangan mezonlar va cheklovlar asosida avtomatik ravishda koʻrib chiqildi va quyidagi sugʻurta oluvchiga xarajatlarni qoplab berish maʼqullanganligi yoki rad etilganligi maʼlum qilinadi:

1. Sugʻurta oluvchining F.I.O.: ________________________________________

2. JSHSHIR: ________________________________________________________

3. Ariza raqami va kelib tushgan sanasi: № __ , 20__ yil. “__” _____________

4. Xarajatlarni qoplab berishni maʼqullash yoki rad etishning asosiy sababi (Tizim tomonidan belgilanadi):

Nizomning 6-bandiga muvofiq, joriy kalendar yili uchun ajratilgan har yili 2 ming nafarlik kvota cheklov limiti toʻlgani sababli (Ushbu ariza qabul qilinishi tizim tomonidan avtomatik ravishda toʻxtatilgan va inson omilisiz rad etilgan);

sugʻurta oluvchi madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining yagona reyestrida mavjud emasligi;

sohada kamida 1 yil davomida faoliyat yuritganlik yoki ijodiy birlashmaga (uyushmaga) aʼzolik mezoni bajarilmagani.

Izoh. Nizom talablariga muvofiq, kvota toʻlishi sababli arizasi rad etilgan soha vakillari keyingi kalendar yilida (keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab) yangi kvota doirasida qayta ariza bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.

(QR kod)

Madaniyat vazirligi masʼul xodimi:

Axborot tizimi nomi

__________________ (F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qaroriga
9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining (keyingi oʻrinlarda — soha vakillari) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda (keyingi oʻrinlarda — sanatoriylar) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanma olishni soʻrab murojaat qilgan soha vakillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijodiy birlashma (uyushma) — madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan, soha vakillari aʼzo boʻlgan jamoat tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarajatlarni qoplash — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan soha vakillarining Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻllanma oluvchi — ijodiy birlashma (uyushma) tomonidan tavsiyanoma asosida sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanma oladigan soha vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona reyestr — soha vakillarining yagona elektron roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona boshqaruv tizimi) — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining maxsus elektron platformasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Soha vakillari sanatoriylarda ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq bepul davolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Sanatoriylarga yoʻllanma olishning asosiy shartlari va kvotasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu talablari madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida kamida 10 yil mehnat stajiga ega boʻlgan, yagona reyestr roʻyxatida turgan hamda tegishli ijodiy birlashmaga (uyushmaga) aʼzo boʻlgan soha vakillariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soha vakillarini sanatoriylarda davolash tadbirlari tegishli ijodiy birlashmaning (uyushmaning) tavsiyanomasi asosida har yili Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 100 nafargacha yoʻllanma oluvchi uchun bepul yoʻllanmalar ajratish orqali moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilangan yillik kvota toʻlgach, yangi arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish avtomatik tarzda toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Murojaat qilish va arizalarni qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchi sanatoriylarda bepul davolanish uchun istalgan Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) shaxsan kelib murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan anketa-ariza toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Anketa-ariza quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga murojaat qilinganda, Markaz xodimi ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida ariza-anketani elektron shaklda toʻldiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza beruvchi ariza-anketani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yagona boshqaruv tizimida quyidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda tekshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining yagona reyestrda mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzluksizligidan qatʼi nazar, sohada kamida 10 yil faoliyat yuritgani hamda ijodiy birlashmaga (uyushmaga) aʼzo boʻlgani.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza beruvchi 9-banddagi talablarga mos boʻlganda, uning maʼlumotlari tegishli ijodiy birlashmaga (uyushmaga) tavsiyanoma olish uchun elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ijodiy birlashma (uyushma) tomonidan tavsiyanoma berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ijodiy birlashma (uyushma) ariza beruvchining maʼlumotlarini koʻrib chiqadi va xarajatlarni qoplash orqali QR kod qoʻyilgan, ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi tavsiyanoma beradi yoki xarajatlarni qoplashni rad etish toʻgʻrisida QR kod qoʻyilgan, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi xabarnomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tavsiyanoma quyidagi mezonlarga asosan beriladi:

ijodiy faolligi (yangi sahna, sanʼat va adabiyot asarlari yaratgani, sohadagi tanlov va festivallar gʻolibi yoki hakamlar aʼzosi boʻlgani);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ustoz-shogird” faoliyati (yosh shogirdlar tayyorlagani, soha rivojiga hissa qoʻshganligi, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etgani);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy maʼlumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sogʻlomlashtirish tavsiya etiladigan maʼlumotnoma).

12. Ijodiy birlashmaning (uyushmaning) tavsiyanomasi yoki xabarnomasi avtomatik ravishda Markazga va YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sanatoriylarda davolangan soha vakillariga ijodiy birlashmaning (uyushmaning) navbatdagi tavsiyanomasi 5 yilda bir marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Sanatoriylarga yoʻllanma berish va moliyalashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markaz va YIDXP tavsiyanomani besh ish kuni ichida yoʻllanma oluvchiga va tegishli sanatoriylarga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sanatoriy yoʻllanma oluvchining tavsiyanomasini koʻrib chiqib, ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklda sanatoriyga kelish muddati koʻrsatilgan xabarnomani besh ish kuni ichida yoʻllanma oluvchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yoʻllanma oluvchi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda tegishli sanatoriyga davolanishga boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanatoriy yoʻllanmasi muddati oʻzgartirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yoʻllanma oluvchiga “standart” tipidagi xonalardan joy beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻllanma oluvchi sanatoriydagi mavjud qoʻshimcha pulli xizmatlardan belgilangan toʻlovlarni oʻz hisobidan amalga oshirgan holda foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sanatoriyga kelgan yoʻllanma oluvchida fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa), tavsiyanoma va xabarnoma boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sanatoriy xodimlari tomonidan sanatoriy yoʻllanmasi tavsiyanoma berilgan shaxsga toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻllanmaning boshqa shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bitta yoʻllanma bilan faqat bir kishi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yoʻllanma oluvchi sanatoriyda davolanib boʻlganidan soʻng, sanatoriy har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasigacha yoʻllanma oluvchining tavsiyanomasi va yoʻllanma nusxasini Yagona boshqaruv tizimiga “PDF” shaklida yuklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sanatoriy tomonidan elektron tarzda yuborilgan xabarnomaga hamda shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi sanatoriy xizmatlari uchun belgilangan tartibda zarur mablagʻlarni toʻlab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillari)

Ariza beruvchi sanatoriylarida davolanish uchun Davlat xizmatlari markaziga (Markaz) murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Markaz,

YIDXP

1. Markaz ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida ariza-anketani elektron shaklda toʻldiradi.

Ariza-anketa Markaz orqali toʻldirilgandan keyin oʻn daqiqada

2. YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza beruvchi ariza-anketani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.

Ariza-anketa YIDXP orqali toʻldirilganda avtomatik tarzda

3-bosqich

Madaniyat vazirligi

1. Ariza beruvchining yagona reyestrda mavjudligini aniqlaydi.

2. Uzluksizligidan qatʼi nazar, sohada kamida 10 yil faoliyat yuritgani yoki ijodiy birlashma (uyushma)ga aʼzo boʻlganini aniqlaydi.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Madaniyat vazirligi

Ariza beruvchi talablarga mos boʻlganda uning maʼlumotlarini ijodiy birlashmaga (uyushmaga) yuboradi.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Ijodiy birlashma

(uyushma)

Tavsiyanoma beradi yoki uni rad etish toʻgʻrisida xabarnomani Yagona boshqaruv tizimiga yuboradi.

Bunda tavsiyanoma quyidagi mezonlarga asosan beriladi:

ijodiy faolligi (yangi sahna, sanʼat va adabiyot asarlari yaratganligi, sohadagi tanlov va festivallar gʻolibi yoki hakamlar aʼzosi boʻlganligi);

“Ustoz-shogird” faoliyati (yosh shogirdlar tayyorlaganligi, soha rivojiga hissa qoʻshganligi, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etganligi);

tibbiy maʼlumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sogʻlomlashtirish tavsiya etiladigan maʼlumotnoma).

2 ish kuni ichida

6-bosqich

Yagona boshqaruv tizimi

Tavsiyanoma va xabarnomani Markazga va YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.

Avtomatik tarzda

7-bosqich

Markaz

Tavsiyanomani sanatoriyda davolanish uchun yoʻllanma oladigan ariza beruvchiga (keyingi oʻrinlarda — talabgor) va tegishli sanatoriylarga yuboradi.

Avtomatik tarzda

8-bosqich

Sanatoriy

Yoʻllanma oluvchi tavsiyanomasiga asosan sanatoriyda bepul davolanish uchun yoʻllanma taqdim etadi.

5 ish kuni ichida

9-bosqich

Yoʻllanma oluvchi

Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatlarda sanatoriyga davolanish uchun boradi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Sanatoriy

Yoʻllanma oluvchi sanatoriyda davolanganidan soʻng uning tavsiyanomasi, yoʻllanmasi va sanatoriyda davolangani toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni Yagona boshqaruv tizimiga yuklaydi.

Belgilangan muddatlarda

11-bosqich

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Maʼlumotlarni koʻrib chiqadi hamda tegishli sanatoriylarga mablagʻ ajratib boradi.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

ANKETA-ARIZA

Men __________________________________________ sanatoriysiga 20 ____ yil _______ oyiga davolanishim uchun yoʻllanma ajratilishidan manfaatdorligimni bildiraman va quyida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman.

Ariza raqami _____________

Qabul qilish sanasi ________

Qabul qilgan shaxs ________

1. ___________________________

(Familiyasi)

______________________

(Ismi)

___________________________

(Otasining ismi)

2. Manzil: ___________________

(aholi punkti)

______________________

(tuman, shahar)

___________________________

(viloyat)

3. Tugʻilgan sanasi ___ /_____ / ______

4. Jinsi ____ ayol _____ erkak

5. Oilaviy ahvolingiz:

oilali / yolgʻiz_____

6. Pasport yoki ID karta boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSHSHIR):____________

7. Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar:

el. pochta _________

uy tel: _________

ish tel: _________

mobil tel: ______

____________

________

_________

_________

imzo

yil

oy

kun

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Ijodiy birlashma (uyushma)

TAVSIYANOMASI

№ T-__/____ (Tizim tomonidan avtomatik beriladigan tartib raqami)

Berilgan hudud (shahar/tuman): _______________________________

Shakllantirilgan sana: 20___ yil “___” ____________

Mazkur tavsiyanoma Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq, Madaniyat vazirligining yagona boshqaruv tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantirilgan boʻlib, quyidagi ________________________ soha _____________________ vakiliga ___________________________________________________ sanatoriysida 20 ____ yil _______ oyida sanatoriylarda bepul davolanishga yoʻllanma olish uchun asos hisoblanadi:

1. Yoʻllanma oluvchining F.I.O.: _______________________________

2. JSHSHIR: _________________________________________________

3. Tegishliligi (ijodiy birlashma va uyushma /reyestr): _____________

4. Ariza raqami va kelib tushgan sanasi: № ___, 20__ yil. “__” _____

5. Hujjatning amal qilish muddati: Berilgan sanadan boshlab 1 (bir) oy.

Izoh. Mazkur tavsiyanoma yoʻllanma oluvchiga 1 oy muddat ichida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriyda bepul davolanish huquqini beradi.

(QR kod)

Ijodiy birlashma va uyushma masʼul rahbari:

Axborot tizimi nomi

____________________ (F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Tavsiyanoma ajratishni rad etish toʻgʻrisida

XABARNOMA

№ R-_____/____________

Hudud (shahar/tuman): ________________________

Rad etilgan sana: 20___ yil “___” ___________

Madaniyat vazirligining yagona boshqaruv tizimi orqali kelib tushgan ariza Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar va cheklovlar asosida avtomatik ravishda koʻrib chiqildi va quyidagi yoʻllanma oluvchiga tavsiyanoma berish rad etilgani maʼlum qilinadi:

1. Yoʻllanma oluvchining F.I.O.: _______________________________

2. JSHSHIR: _________________________________________________

3. Ariza raqami va kelib tushgan sanasi: № ___ , 20__ yil. “___” ____

4. Rad etishning asosiy sababi (Tizim tomonidan belgilanadi):

Nizomning 6-bandiga muvofiq, joriy kalendar yili uchun ajratilgan har yili 100 nafargacha soha vakillari uchun kvota cheklov limiti toʻlgani sababli (Ushbu ariza qabul qilinishi tizim tomonidan avtomatik ravishda toʻxtatilgan va inson omilisiz rad etilgan);

yoʻllanma oluvchi madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining yagona reyestrida mavjud emasligi;

sohada kamida 10 yil davomida faoliyat yuritganlik yoki ijodiy birlashmaga (uyushmaga) aʼzolik mezoni bajarilmagani.

Izoh. Nizom talablariga muvofiq, kvota toʻlishi sababli arizasi rad etilgan soha vakillari keyingi kalendar yilida (keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab) yangi kvota doirasida qayta ariza bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.

(QR kod)

Ijodiy birlashma va uyushma masʼul rahbari:

Axborot tizimi nomi

____________________ (F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining sanatoriylarda davolanishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohasi vakillarining salomatligini kasaba uyushmalari sanatoriylarida mustahkamlash toʻgʻrisida

XABARNOMA

Ariza raqami ___________

Berilgan sanasi 20___ yil “___” _________

Amal qilish muddati 20___ yil “___” _________

Hurmatli (F.I.O.) ____________________________________________________ Sizga berilgan
anketa-arizangizga binoan sanatoriy-kurort sogʻlomlashtirish uchun _____________________________

_________________________________________________________________________________________

(sanatoriy nomi)

sanatoriysiga 20___ yil “____”___________da kelishingiz kerakligini maʼlum qilamiz.

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri).

(QR kod)

“_______________” sanatoriysi MCHJ direktori:

Axborot tizimi nomi

____________________ (F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/618/1122-son)