10.11.2026 yildagi PF-243-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi Toshkent shahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik shaharsozlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, shaharsozlik va turizm obyektlarini barpo etishda zamonaviy yechimlar va yetakchi xalqaro brendlarni jalb qilish, ilgʻor xorijiy tajriba asosida infratuzilmani rivojlantirish hamda respublikaning investitsiyaviy salohiyatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar mazkur Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Yangi Toshkent shahri va hududlarda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi, turizm salohiyatini oshirish uchun qiymati 50 million AQSH dollari va undan ortiq boʻlgan yirik shaharsozlik loyihalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) uzoq muddatda oʻzini qoplaydigan yirik investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlarida oʻzaro bogʻliq rivojlanish zanjirini ishga tushirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi maʼmuriy toʻsiqlar va byurokratik gʻovlarni toʻliq bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Toshkent va Samarqand shaharlarida ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga yuklamani keskin oshirishi mumkin boʻlgan zamonaviy shaharsozlik takliflarini bunday turdagi obyektlar uchun oldindan rejalashtirilgan hududlarga imtiyozli shartlarda yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Yangi Toshkent shahrini hamda Samarqand shahridagi “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish ishlarini jadallashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Maxsus huquqiy rejim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Farmonga 1-ilovadagi hududlarda (keyingi oʻrinlarda — maxsus hududlar) shaharsozlik sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi (keyingi oʻrinlarda — maxsus huquqiy rejim) joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, maxsus huquqiy rejim shartlari quyidagi talablarning barchasi bajarilgan taqdirda tatbiq etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) yirik investitsiya loyihasi 2-ilovadagi toifalarga muvofiq yuqori multiplikativ samaraga, investitsiyaviy, arxitekturaviy va turistik jozibadorlikka ega shaharsozlik obyektlariga mansub boʻlsa (keyingi oʻrinlarda — shaharsozlik loyihasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) shaharsozlik loyihasining qiymati 50 million AQSH dollari ekvivalentiga teng yoki undan yuqori boʻlsa (1-2-ilovalarga muvofiq ayrim maxsus hududlar uchun kamaytiruvchi koeffitsiyentlar hamda ayrim toifadagi obyektlar uchun istisnolarni qoʻllagan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) shaharsozlik loyihasi obyekti uning tashabbuskoriga maxsus hududni barpo etish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — direksiya) tomonidan bitta lot sifatida shakllantirilib realizatsiya qilinadigan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasida joylashadigan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) savdo, turizm va xizmat koʻrsatish sohasidagi shaharsozlik loyihalari uchun yetakchi xalqaro brendlarni jalb qilish nazarda tutilgan hamda huquq egalari bilan dastlabki kelishuvlarga erishilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) shaharsozlik loyihasini moliyalashtirishda konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlaridan foydalanish nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini barpo etish xarajatlari, mazkur Farmonda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Imtiyozli shartlarda yer ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, maxsus hududlarda yer uchastkalari 3-ilovadagi asosiy shartlarga muvofiq ijara huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Direksiyalarga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) quyidagi yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda dastlab oʻz mablagʻlaridan foydalanish va ularni keyinchalik qonunchilikda belgilangan tartibda Respublika kompensatsiya jamgʻarmasidan tegishli hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi orqali qoplab berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) hududning shaharsozlik hujjatlariga muvofiq umumiy foydalanishdagi hududlar va yashil maydonlar joylashgan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) ijtimoiy va infratuzilma obyektlari barpo etiladigan va unga tutash boʻlgan, olib qoʻyish paytida boʻlish imkoni boʻlmagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) tegishli direksiya buyurtmachiligida qurilib, boshqa shaxslarga realizatsiya qilinmaydigan obyektlar uchun moʻljallangan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qarorining 2 — 5-bandlarida nazarda tutilgan kompleks qurilish mexanizmlaridan hamda ushbu qarorda investitsiya kompaniyalariga berilgan huquqlardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) maxsus hududlar uchun infratuzilma obyektlarini barpo etish loyihalariga tashabbuskor investorlarni eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibida toʻgʻridan-toʻgʻri tanlash hamda davlat-xususiy sheriklik bitimlarini tuzish, bunda shartnoma summasini yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizidan oshmagan stavkada boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarini nazarda tutish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) oʻz buyurtmachiligida qurilgan obyektlarni qaytariladigan shakldagi lizing shartnomasi asosida sotish va qayta sotib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonunchilik hujjatlarida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga berilgan barcha vakolatlar, imtiyozlar, huquqlar, shu jumladan, quyidagi vakolatlar boshqa maxsus hududlarni barpo etishga masʼul direksiyalarga ham tatbiq etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha hujjatlarga boʻlgan talablarni mustaqil ravishda belgilash va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yer uchastkalarini sotishda ularda barpo etiladigan obyektlarga qoʻyiladigan asosiy talablarni mustaqil belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) hududdagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishda har bir loyihaga alohida texnik shart belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratishni soʻrab tegishli hokimlikka murojaat etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini sotishdan (ijaraga berishdan) tushadigan mablagʻlarni oʻz shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qurilish, shaharsozlik va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) maxsus hududlarda direksiyalarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkalarida tasdiqlangan master reja asosida direksiya buyurtmachiligida yoki u tomonidan realizatsiya qilingan yerlarda barpo etiladigan barcha obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishish bekor qilinsin, bunda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha belgilangan vakolatlar tegishli direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) direksiyalarga tashabbuskorlardan bosh reja yoki master rejadagi lotlarni boʻlish yoki birlashtirish, lotning maydonini chegaradosh lotlar hisobiga oʻzgartirish, lotda quriladigan obyektning balandligi boʻyicha talablarni qayta koʻrib chiqish haqidagi takliflarni qabul qilib, koʻrib chiqish hamda maqsadga muvofiq deb topilgan hollarda ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin (lot realizatsiya qilinguniga qadar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) maxsus huquqiy rejim doirasidagi shaharsozlik loyihalari tashabbuskorlari, ular tomonidan jalb etiladigan pudratchilar, shu jumladan, xorijiy pudratchilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) qurilish davrida va obyekt foydalanishga topshirilgandan keyin yuzaga keladigan barcha oqibatlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olish sharti bilan “fast-track” uslubida (bir vaqtning oʻzida loyihalash, xarid qilish va qurish) foydalanishga tayyor holda topshirish (Engineering Procurement Construction) shartlarida bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida obyektlarni qurishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari va obyektni foydalanishga qabul qilishda xalqaro va xorijiy normativ-texnik hujjatlardan foydalanishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) shaharsozlik loyihalari doirasida 24/7 rejimda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga, yuk transport vositalari va qurilish texnikasini ishlatishga ruxsat berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son Farmonining 12-bandi “v” kichik bandida belgilangan koʻkalamzorlashtirish maydonlari loyiha maydonining 30 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi haqidagi talab maxsus hudud umumiy maydonining 30 foiziga nisbatan tatbiq etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) shaharsozlik loyihalarini infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash investitsiya bitimida koʻrsatilgan muddatlarda Direksiya tomonidan tashkil etilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maxsus hududlarda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritiladigan infratuzilmani yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha hisoblangan toʻlovlarni undirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ushbu toʻlovlarni 20 foiz chegirma bilan biryoʻla toʻlashga yoki investitsiya bitimiga muvofiq obyekt foydalanishga topshiriladigan sanagacha boʻlgan muddatga oyma-oy teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) shaharsozlik loyihalarini amalga oshirish uchun tashabbuskorlarni eng yaxshi taklifini tanlash tartibida toʻgʻridan-toʻgʻri aniqlashda ushbu toʻlovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ham qabul qilinishi belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ushbu toʻlovlar toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli direksiyaga toʻlanishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maxsus huquqiy rejim doirasida “davlat — investitsiyaviy sherik” tamoyili asosida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) maxsus huquqiy rejim doirasida shaharsozlik loyihasini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagi muddatlar davomida loyiha obyektini ijaraga berish va sotish natijasida olingan foydadan 1 foiz stavka boʻyicha foyda soligʻini toʻlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmi kamida 50 million AQSH dollarini tashkil etganda — 5 yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmi kamida 100 million AQSH dollarini tashkil etganda — 10 yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmi kamida 500 million AQSH dollarini tashkil etganda — 15 yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq investitsiya hajmi kamida 50 million AQSH dollarini tashkil etadigan shaharsozlik loyihalari doirasida foydalaniladigan (barpo etiladigan, foydalanishga topshirilgan) obyektlar boʻyicha yuridik shaxslar 20 yil muddatga mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) shaharsozlik loyihasini amalga oshirish doirasida bosh pudratchi va bosh loyiha tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirmaydigan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslardan sotib olinadigan xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) 2040-yil 1-yanvarga qadar investorlar (tashabbuskorlar) tomonidan shaharsozlik loyihasi doirasida olingan dividendlar tarzidagi daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qayta investitsiya qilingan taqdirda, bunday daromadlar soliqdan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) investorlar (tashabbuskorlar), pudratchilar va subpudratchilar — investitsiya bitimida koʻrsatilgan qurilish davri muddatiga oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, mebel va jihozlar, metall konstruksiyalar uchun bojxona bojlarini toʻlashdan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) direksiyalar, tashabbuskorlar, pudratchilar tomonidan mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida xorijiy davlatlardan jalb qilinadigan, yillik ish haqi fondi 50 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan yuqori malakali loyihachilar, arxitektorlar, muhandislar va boshqa mutaxassislar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar talab qilinmaydi, ular kirish vizalari, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini rasmiylashtirishda davlat bojlari, konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) ularning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga nisbatan uch yilgacha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) maxsus huquqiy rejim doirasida shaharsozlik loyihalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari Soliq kodeksining 312-moddasida belgilangan tartibda 2-koeffitsiyent qoʻllangan holda chegirib tashlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) investorlarga (tashabbuskorlarga) shaharsozlik loyihasi doirasida bosh pudratchi va bosh loyiha tashkilotlari, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar, barpo etilgan tijorat maydonlarini ijaraga va boshqaruvga oluvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda narxlarni toʻlov amalga oshirilgan sanadagi Markaziy bankning rasmiy kursi boʻyicha xorijiy valyuta ekvivalentiga bogʻlagan holda milliy valyutada belgilashga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(k) maxsus hududlarda joylashgan loyiha obyektlari sirtqi qismini qamrab oluvchi tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda ularning illyuminatsiyalari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) elektr energiyasi haqi tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun qonunchilikda belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) reklama joyining pasportini rasmiylashtirish toʻlovi hamda reklama obyektini joylashtirish uchun reklama yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Toshkent shahrining “Toshkent invest kompaniyasi” AJ ishtirokida renovatsiya loyihalari amalga oshirilayotgan hududlardagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari uchun baholangan mulk qiymatining 1,5 baravarigacha Yangi Toshkent shahri hududida qurilgan uylardagi xonadonlar shaklida kompensatsiya berishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maxsus hududlarda barpo etiladigan barcha qurilish obyektlariga “yashil” sertifikat olish toʻlovlarini toʻliq, lekin 50 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini, maxsus huquqiy rejim doirasida qoʻllab-quvvatlanayotgan shaharsozlik loyihalariga esa 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini davlat hisobidan qoplash tizimi joriy etilsin, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) sertifikat olish toʻlovlarini qoplash arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritiladigan, infratuzilmani yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha undiriladigan toʻlovlarni kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) shaharsozlik loyihasi obyekti infratuzilmani yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha hisoblangan toʻlovlardan ozod etilgan yoki uning miqdori sertifikat olish toʻlovlarini toʻliq qoplash uchun yetmagan hollarda mazkur toʻlov Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmonining 5-bandiga va 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmonining 3-4-bandlariga muvofiq xorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan koʻchmas mulk qiymatining hamda yashash guvohnomasi talab qilmagan holda maxsus hududlarda yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish tarzidagi investitsiya kiritishning eng kam miqdori ikki barobar kamaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maxsus hududlarda turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish, mehmonxonalar sonini va ularda xizmat koʻrsatish sifatini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorining 2-bandi bilan belgilangan imtiyozlar va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarining amal qilish muddati maxsus hududlar uchun investitsiya summasidan qatʼi nazar 2035-yil 1-yanvarga qadar etib belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2035-yilga qadar tegishli yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur bandda nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari uchun Davlat budjetidan Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga zarur miqdorda mablagʻ yoʻnaltirib borilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Imtiyoz va preferensiyalarni qoʻllash shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Belgilansinki, ushbu Farmon 9-bandining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “a” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllashda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar bosqichma-bosqich amalga oshirilgan taqdirda, foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasi ularning jami hajmi ushbu kichik bandda belgilangan miqdorga yetgan sanadan boshlab tegishli obyekt foydalanishga topshirilgan sanadan eʼtiboran qoʻllanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmi keyinchalik foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasini uzoqroq muddat davomida qoʻllash huquqini beruvchi miqdorga yetkazilgan taqdirda, mazkur muddat uzaytiriladi, bunda uni hisoblash imtiyoz dastlab qoʻllangan sanadan boshlab amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “b” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllashda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar bosqichma-bosqich amalga oshirilgan taqdirda, mazkur imtiyozlar ularning jami hajmi 50 million AQSH dollariga yetgandan keyin obyekt foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 20 yil davomida amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “d” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllashda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) mazkur imtiyozdan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan tovarlarning jami qiymati investitsiya bitimida koʻrsatilgan investitsiya summasining tegishlicha 30 foizidan (qiymati 100 mln AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalarda), 50 foizidan (qiymati 100 — 500 mln AQSH dollari boʻlgan loyihalarda) yoki 70 foizidan (qiymati 500 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlgan loyihalarda) oshmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) tegishli direksiya tomonidan axborot tizimlari orqali har bir investitsiya bitimi haqida bojxona organlariga yuborilgan maʼlumotlar unda koʻrsatilgan yuridik shaxslar tomonidan investitsiya bitimi summasining tegishli foizigacha boʻlgan tovarlarni mazkur imtiyozni qoʻllagan holda olib kirish uchun asos boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) shaharsozlik loyihasi obyektini foydalanishga topshirish vaqtida imtiyoz qoʻllagan holda olib kirilgan tovarlarning qiymati loyiha-smeta hujjatlari bilan tasdiqlangan investitsiya summasining tegishli foizidan oshgan taqdirda, oshgan qismi uchun bojxona chegarasidan oʻtgan sanaga koʻra oxirgi olib kirilgan tovarlarga bojxona bojlari oʻrnatilgan tartibda toʻlanganidan keyin obyekt foydalanishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilansinki, maxsus huquqiy rejim doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) shaharsozlik loyihalari uchun mazkur Farmonda belgilangan barcha imtiyozlar, preferensiyalar va qulay shartlar direksiya va tashabbuskor (investor) oʻrtasida tuziladigan investitsiya bitimida (keyingi oʻrinlarda — investitsiya bitimi) koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) investitsiya bitimining asosiy shartlari (namunaviy shaklda yoki aniq lotlar uchun) Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi, yer uchastkasini realizatsiya qilish hujjatlariga ilova qilinadi va barchaning tanishishi uchun ochiq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tasdiqlangan investitsiya bitimlarining reyestrini yuritsin, har bir investorga masʼul biriktirish (“investorbay” ishlash) tizimini yoʻlga qoʻysin hamda har chorakda kamida bir marta maxsus hududlarda amalga oshirilayotgan har bir shaharsozlik loyihasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yangi Toshkent shahri hokimligini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilganiga qadar maxsus huquqiy rejim doirasida Yangi Toshkent shahri hududida boshqaruvni tashkil etish, aholi, ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga xizmat koʻrsatish maqsadida Yangi Toshkent shahri hokimligi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Yangi Toshkent shahri hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Yangi Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv xodimlarining shtat birliklari soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Yangi Toshkent shahri hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda oʻz faoliyatini tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilganiga qadar amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Yangi Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv xodimlari shtat birliklari tegishli idoraning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Yangi Toshkent shahri hokimligini hamda qonunchilikda mahalliy budjetdan moliyalashtirilishi belgilangan davlat organlari va tashkilotlarini saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bir oy muddatda oʻzlarining umumiy shtat birliklari doirasida Yangi Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Yangi Toshkent shahri hokimligi hamda Yangi Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilguniga qadar direksiyaga doimiy foydalanishga berilgan hududlarda Toshkent viloyati va tumanlaridagi tegishli davlat organlari vakolatiga berilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) ushbu organlarning zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻzi mustaqil amalga oshirish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) mazkur Farmonda nazarda tutilmagan boshqa davlat organlari va tashkilotlari Yangi Toshkent shahrida oʻz faoliyatini tegishlicha Toshkent viloyati va tumanlaridagi mavjud hududiy boʻlinmalari orqali davom ettiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Yangi Toshkent shahri obodonlashtirish boshqarmasi tuzilmasi va shtatlar soni Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasiga muvofiq Yangi Toshkent shahri hokimi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Yangi Toshkent shahar hokimligi hamda Yangi Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari vaqtincha sobiq “Yangi Toshkent” loyihasi ofisi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vazirlar Mahkamasi (Ramatov, Qoʻchqorov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) oʻn kun muddatda Yangi Toshkent shahri hokimligini tashkil etish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Yangi Toshkent shahrining maʼmuriy-hududiy birlik sifatidagi maqomini belgilash boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq barcha respublika darajasidagi vazirlik va idoralar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari binolarini maxsus hududlarga koʻchirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) yangi bino qurilishi moʻljallangan yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tegishli binoni alohida loyiha asosida qurib berish, shundan keyin uni tegishli davlat tashkilotiga uzoq muddatli ijaraga berish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) koʻchiriladigan tashkilotlarning eski bino va inshootlarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmonida belgilangan yetti yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmi birinchi auksion savdolariga tatbiq etilmaydi, bunda 100 foiz toʻlov 30 kun ichida toʻlanishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) takroriy auksion oʻn ikki oyga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) keyingi takroriy auksion savdolarida boʻlib-boʻlib toʻlash muddati har takroriy savdoda oʻn ikki oyga (yetti yildan oshmagan muddatga) uzaytirib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Yangi Toshkent shahriga koʻchiriladigan vazirlik va idoralarning Toshkent shahridagi xususiylashtiriladigan bino va inshootlari joylashgan yer uchastkalari konservatsiya zonasidan chiqariladi, shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir oy muddatda Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan bosh rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha taklif kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Farmonning amal qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Farmon 2035-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda qurilishga ruxsat berilgan obyektlarga nisbatan amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq agar ushbu Farmonga va unda havola qilingan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi yoki u toʻliq yoxud qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda boʻlgan qonunchilik chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan eʼtiboran oʻn yil mobaynida qoʻllanadi, investor oʻzining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonunchilik qoidalarini oʻz xohishiga koʻra qoʻllash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yangi Toshkent shahri va hududlarda qurilish ishlarini jadallashtirish va ayrim tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yangi Toshkent shahrini va undagi investitsiya loyihalarini xorijda targʻib qilish ishlarini yuqori saviyada tashil etish, barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini chet ellik investorlarga sotish maqsadida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga quyidagi xizmatlarni eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xarid qilish va tanlangan ijrochi bilan shartnoma tuzish huquqi berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) jamoatchilik bilan aloqalar (PR) xizmatlari, bunda mazkur xizmatlar boʻyicha xarajatlarning 50 foizi direksiyaning oʻz mablagʻlari, 50 foizi Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) xorijiy fuqarolarga koʻchmas mulklarni sotish uchun rieltorlik tashkilotlari xizmatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 10-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-243-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus huquqiy rejim tatbiq etiladigan hududlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud nomi

Maydoni

Hududni barpo etish direksiyasi

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi PQ-232-son qaroriga muvofiq Yangi Toshkent shahri

19 720,9 gektar

Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi PQ-233-son qaroriga muvofiq Samarqand shahri “Shirin” massivi*

665,15 gektar

“Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish direksiyasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mazkur Farmonda, xususan, uning 3, 9, 14-bandlari va 2-3-ilovalarida nazarda tutilgan investitsiya summasiga doir barcha qoidalar Samarqand shahri “Shirin” massivi uchun 0,6 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyent hisoblangan holda qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymati 50 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan va maxsus huquqiy rejim doirasida qoʻllab-quvvatlanadigan shaharsozlik loyihalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Balandligi 200 metr va undan ortiq boʻlgan osmonoʻpar binolar (Iconic Tower) (noturar va aralash foydalanish) (mix used)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mehmonxona majmualari*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Savdo markazlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Biznes markazlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Koʻngilochar tematik parklar, dam olish maskanlari va integratsiyalashgan kurort zonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tibbiyot muassasalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Taʼlim muassasalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sport majmualari, teatr, kinoteatr, muzey va boshqa madaniyat obyektlari binolari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Infratuzilma obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan mehmonxona majmualarini barpo etish boʻyicha shaharsozlik loyihalarining qiymati 50 mln AQSH dollaridan kam boʻlgan hollarda ham ularga nisbatan mazkur Farmonda, xususan, uning 3, 9, 14-bandlarida qiymati 50 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus hududlarda yer uchastkalarini ijara huquqi asosida realizatsiya qilishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY SHARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maxsus hududlardagi yer uchastkalari maxsus hududlarni barpo etish direksiyalariga (keyingi oʻrinlarda — direksiya) doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashabbuskorlarga yer uchastkalarini direksiyadan ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasida quyidagi usullarda realizatsiya qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ochiq elektron onlayn auksion savdolari orqali (keyingi oʻrinlarda — auksion);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibida toʻgʻridan-toʻgʻri tanlash (“Swiss challenge”) orqali (keyingi oʻrinlarda — tanlov).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Investitsiya davrida direksiya va tashabbuskorlarning yerga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yerlar ijarasiga doir qoidalar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Auksion va tanlovlarga lotlar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali direksiya buyurtmachiligida chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Auksion barcha turdagi loyihalar, shu jumladan, mazkur Farmonning 2-ilovasida nazarda tutilgan toifalarga mansub shaharsozlik loyihalari uchun ham oʻtkazilishi mumkin, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) gʻolib faqat bitta parametr orqali — lot qiymatini oshirish yoki kamaytirish usulida aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) auksionga chiqariladigan lotlar direksiya tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytidagi interaktiv xaritada (keyingi oʻrinlarda — interaktiv xarita) oldindan eʼlon qilib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tashabbuskorlarga interaktiv xarita orqali muayyan lotni muddatidan oldin auksionga chiqarishni, lotning maydonini va ruxsat etiladigan qurilish balandligini oʻzgartirishni soʻrab direksiyaga taklif kiritish imkoniyati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tanlov faqatgina mazkur Farmonning 2-ilovasidagi toifalarga mansub shaharsozlik loyihalari uchun oʻtkazilishi mumkin, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) gʻolib bir nechta parametrlar orqali, xususan, investitsiya summasi, qurilish obyektining xususiyatlari, loyihaning multiplikativ, ijtimoiy va iqtisodiy effekti, lot uchun taklif etilayotgan narx va uni toʻlash shartlari, infratuzilma toʻlovi miqdori va toʻlash shartlariga koʻra aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tanlov interaktiv xarita orqali muayyan tashabbuskordan (keyingi oʻrinlarda — tanlov tashabbuskori) kelib tushgan taklif asosida u tomonidan ilgari surilgan shartlarda eʼlon qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tanlov oʻtkaziladigan lotlar interaktiv xaritada oldindan eʼlon qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) tanlov tashabbuskori tomonidan taklif etilgan shartlar barchaga eʼlon qilinadi, agar boshqa ishtirokchilar tomonidan bundan yaxshiroq shartlar taklif etilmasa yoki tanlov tashabbuskori boshqa ishtirokchilar tomonidan bildirilgan yaxshiroq shartlarni oʻzi bajarishga rozi boʻlsa, u tanlov gʻolibi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) direksiyalarning taklifiga asosan quyidagi masalalarda qarorlar qabul qilish huquqi beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) lotlarning turi va xususiyatidan kelib chiqib ularga qoʻyiladigan texnik shartlarni, auksion va tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) auksionga qoʻyiladigan lotlar boʻyicha investitsiya bitimi loyihalarini namunaviy shaklda oldindan tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tanlov tashabbuskorining taklifi asosida tanlovning asosiy shartlarini hamda tanlov gʻolibi bilan tuziladigan investitsiya bitimi loyihasini tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hukumat komissiyasining mazkur ilovaning 7-bandida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlari tegishli direksiyalarning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan, muayyan lot boʻyicha qoʻyiladigan talablar esa interaktiv xaritada tegishli lotning parametrlariga oldindan kiritilgan va auksion shartlarida koʻrsatilgan taqdirda majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Auksion va tanlovlarda lotlar koʻpi bilan olti oy muddatda qurilish ishlarini boshlash sharti bilan qurilishga tayyor yer shaklida realizatsiya qilinadi, bunda qurilish davrida va obyekt foydalanishga topshirilganda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartlar (ruxsatnoma) oldindan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Lotning boshlangʻich (eng past) narxi loyiha qiymatidan kelib chiqib quyidagicha belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar

Investitsiya summasi

mln dollar

50 mln dollar gacha

50 — 100 mln dollar

100 — 250 mln dollar

250 — 500 mln dollar

500 mln dollardan koʻp

1.

Lotning boshlangʻich narxi*

har 1 m2/AQSH doll.

200

150

100

50

1

2.

Boshlangʻich toʻlov

(boʻnak)

%

30%

20%

15%

10%

-

3.

Qolgan summani foizsiz boʻlib toʻlash muddati

yil

(qurilish davridan oshmagan holda)

4

5

6

7

-

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Lotning boshlangʻich narxi Samarqand shahri “Shirin” massivi uchun 0,6 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyent hisoblangan holda qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yer uchastkasining birlamchi ijara muddati obyektning investitsiya bitimida koʻrsatiladigan qurilish davriga teng boʻladi hamda auksion va tanlov shartlarida oldindan eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yengib boʻlmas kuch (fors-major) taʼsiri oqibatida yoki boshqa obyektiv sabablarga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlari kechikkanda birlamchi ijara muddati tegishli direksiya tomonidan uch yil muddatdan oshmagan holda bir marta uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tashabbuskor birlamchi ijara muddati davomida obyektni foydalanishga topshira olmagan hollarda ushbu lot (qurilishi tugallanmagan obyekt mavjud boʻlsa, u bilan birga) investitsiya bitimida belgilangan shartlarda direksiya tomonidan realizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Direksiyalarga maxsus hududdagi davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar hamda butalarni toʻlov toʻlamasdan oʻziga tegishli pitomniklarga yoki boshqa hududlarga Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari vakillari nazorati ostida qonunchilikda belgilangan tartibda koʻchirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Birlamchi ijaraga berilgan yerga qurilgan loyiha obyektini foydalanishga qabul qilishga ruxsatnoma rasmiylashtirilganda, u asosida koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tashabbuskor nomiga quyidagi huquqlardan birini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini — qonunga muvofiq xususiylashtirish obyekti va subyekti mavjud boʻlgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yer uchastkasiga keyinchalik uzaytirish huquqi bilan 49 yilgacha ijara huquqini — qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkin boʻlmagan hollarda, shu jumladan, yerga boʻlgan huquq egasi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona boʻlgan hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Obyektni foydalanishga qabul qilishga ruxsatnoma asosida yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi yoki ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda davlat orderi, ijara shartnomasi yoki boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish, yer uchun qoʻshimcha ravishda haq toʻlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Barcha hollarda auksion va tanlov natijasi boʻyicha gʻolib bilan direksiya oʻrtasida birlamchi ijara shartnomasi va investitsiya bitimi rasmiylashtiriladi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tashabbuskor auksion yoki tanlov natijalari haqidagi bayonnomani tasdiqlash vaqtida oldindan shakllantirilgan va direksiya tomonidan imzolangan birlamchi ijara shartnomasi va investitsiya bitimini ham avtomatik tarzda imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) imzolangan birlamchi ijara shartnomasi — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga va investitsiya bitimi — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga, har ikki hujjat direksiyaga va gʻolibga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi Toshkent shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Hokim

Yordamchi

Hokimning birinchi oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari

Axborot xizmati rahbari — davlat tili boʻyicha maslahatchi

Tashkiliy-nazorat guruhi

1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh hisobchi

1

Bosh yuriskonsult

1

Bosh mutaxassislar

(Devonxona)

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 14 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokim oʻrinbosarlariga, hududni rivojlantirish rejalari va ixtisoslashuvidan kelib chiqib, hokim tomonidan tegishli yoʻnalishlar biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv xodimlarining shtat birliklari soni*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

1.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi

1

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

2

3.

Statistika boʻlimi

1

4.

Iqtisodiyot va moliya boʻlimi

3

5.

Investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi

2

6.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

2

7.

Taʼlim boʻlimi

1

8.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

2

9.

Tibbiyot birlashmasi

2

10.

Madaniyat boʻlimi

1

11.

Soliq inspeksiyasi

4

12.

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

2

13.

Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi

1

14.

Kadastr agentligi boʻlimi

1

15.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi

2

16.

Mahalla fuqarolar yigʻini

3

Jami:

30

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hamda shtat birliklari doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi Toshkent shahri va hududlarda qurilish ishlarini jadallashtirish va ayrim tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Asosiy vazifalar

Muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

Mazkur Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlarga muvofiq Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Bir oy muddatda

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2.

2026-2027-yillarda har chorakda kamida bir marta respublika hududida va xorijiy davlatlarda mazkur Farmonga 1-ilovada nazarda tutilgan maxsus hududlardagi loyihalarga yirik investorlarni jalb qilish maqsadida investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar (“Road Show”) va marketing kampaniyalarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Xolxoʻjayev),

direksiyalar

3.

Mazkur Farmon doirasida shaharsozlik loyihalarini amalga oshiruvchi investorlar (tashabbuskorlar) bilan direksiyalar ishtirokida tuziladigan investitsiya bitimlarini “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qarorida belgilangan investitsiya shartnomalariga tenglashtirish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Xolxoʻjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

direksiyalar

Bunda mahalliy investorlar bilan ham investitsiya bitimlari tuzilishini, tegishli direksiyalar ham investitsiya bitimlarini tuzishini inobatga olib, mazkur Qonunga hamda Hukumat qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritish.

Ikki oy muddatda

4.

Direksiyalar tomonidan umumiy foydalanishdagi hududlar va yashil maydonlar, ijtimoiy va infratuzilma obyektlari barpo etiladigan, mavjud infratuzilma obyektlari koʻchiriladigan yerlar hamda tegishli direksiya buyurtmachiligida qurilib, boshqa shaxslarga realizatsiya qilinmaydigan obyektlar uchun moʻljallangan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishdagi amalga oshirilgan kompensatsiya xarajatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasidan qaytarib berishni taʼminlash.

Doimiy ravishda

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

Birinchi navbatda, mazkur yoʻnalishda “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasiga 260 mlrd soʻm, “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasiga 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratish.

2026-yil 15-dekabr

5.

Loyihalarga “yashil” sertifikat olish toʻlovlarini davlat hisobidan toʻliq qoplash tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, uni idoraviy normativ-huquqiy hujjat shaklida tasdiqlash yoki qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Badriddinov)

6.

Maxsus hududlarda restoran, sport va shaharsozlik obyektlari boʻyicha xorijiy brendlarni jalb qilishdagi franshiza toʻlovlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

Turizm qoʻmitasi

(Aqqulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

7.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hisobidan Yangi Toshkent shahrining Olimpiya shaharchasidan Temur Malik koʻchasigacha boʻlgan qismida yoʻl qurish choralarini koʻrish.

2026 — 2028-yillar davomida

Transport vazirligi

(Maxkamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

8.

Yangi Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri tumanlariga biriktirilgan hududlarning master rejasini ishlab chiqish.

2027-yil 1-fevral

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi

(Adilov)

9.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri tumanlariga Yangi Toshkent shahridan biriktirilgan hududlarni hamda Shirin shaharchasini yoʻl va muhandislik infratuzilmalari bilan taʼminlash, mavjud obyektlarni koʻchirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov, Ramatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi

(Adilov)

10.

Yangi Toshkent shahri hududida tanlangan yer maydonida “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining maʼmuriy binosini Federatsiya mablagʻlari hisobidan barpo etish ishlarini boshlash.

2027-yil 1-fevral

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi

(Adilov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Rafikov)

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining har bir tumaniga Yangi Toshkent shahri hududida oʻrtacha 100 gektardan hudud biriktirilganligini inobatga olib, biriktirilgan hududlardagi lotlar boʻyicha oʻtkaziladigan birinchi auksionda alohida modul ochgan holda faqat ushbu hududda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini taʼminlash.

Oʻn kunlik muddatdan boshlab doimiy

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Murodov),

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi

(Adilov)

12.

Yangi Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar tuzilmasining umumiy belgilangan amaldagi shtat birliklari doirasida xodimlarni joylashtirish, shuningdek, shartnoma asosida qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish va ularni moliyalashtirish choralarini koʻrish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2026-yil 25-noyabr

Ichki ishlar vaziri

(Tashpulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

13.

Maxsus hududlarga koʻchiriladigan vazirlik, idora va davlat tashkilotlari hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining amalda bino va inshootlarini realizatsiya qilish tartibini takomillashtirish orqali maxsus hududlarda ushbu tashkilotlar uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda yangi maʼmuriy binolar qurilishini tashkil etish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Murodov)

14.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari har oyda kamida bir nafardan xorijiy investorlarni maxsus hududlarga olib kelishlarini taʼminlash.

Doimiy

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov, Azimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov, Aliyev)

15.

Yangi Toshkent hududida barpo etiladigan “Deep Tech” innovatsion texnopark rezidentlariga 2035-yilga qadar Oʻzbekiston IT-Park rezidentlari uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

Bunda Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga “Deep Tech” innovatsion texnopark rezidentlari roʻyxatini tasdiqlash hamda rezidentlar uchun direksiya buyurtmachiligida barpo etilgan bino va inshootlarni ijaraga berish narxini nol stavkagacha pasaytirish huquqi berilishini nazarda tutish.

2026-yil 31-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

direksiyalar

16.

Maxsus hududlarda investorlar (tashabbuskorlar), pudratchilar va subpudratchilar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bojxona boji toʻlamasdan olib kiriladigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, mebel va jihozlar, metall konstruksiyalar roʻyxatini shakllantirish, bunda:

tegishli franshiza bitimi shartlarida, xususan, turli xalqaro sertifikat va brendlarga ega tovarlardan foydalanish boʻyicha talablar belgilanishini inobatga olish;

imtiyozli shartlarda olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ortiqcha byurokratik toʻsiqlarsiz amalga oshirilishini nazarda tutish.

2026-yil 31-dekabr

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Turizm qoʻmitasi

(Aqqulov)

17.

Yangi Toshkent shahrida va Shirin shaharchasida barpo etilgan va qurilayotgan ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlari tegishli tashkilotlar tomonidan foydalanishga qabul qilinishini taʼminlash.

Doimiy

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Transport vazirligi

(Maxkamov),

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(Suvankulov),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

(Jurayev),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Isakulov),

Yangi Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi

(Adilov)

18.

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan quyidagilar boʻyicha qarorlar qabul qilish va eʼlon qilish:

(a) lotlarning turi va xususiyatidan kelib chiqib, ularga qoʻyiladigan texnik shartlarni, auksion va tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablarni belgilash;

(b) auksionga qoʻyiladigan lotlar boʻyicha investitsiya bitimi loyihalarini namunaviy shaklda oldindan tasdiqlash;

(v) tanlov tashabbuskorining taklifi asosida tanlovning asosiy shartlarini hamda tanlov gʻolibi bilan tuziladigan investitsiya bitimi loyihasini tasdiqlash.

Bir oy muddatda, keyinchalik doimiy ravishda

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Xolxoʻjayev),

direksiyalar

19.

Koʻchmas mulk investitsiya trastlari (REIT) faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

investitsiya portfeli va daromadlarni taqsimlashga qoʻyiladigan majburiy talablar, bunda REIT aktivlarining kamida 75 foizini daromad keltiruvchi tijorat va turar joy koʻchmas mulk obyektlariga yoʻnaltirish va olingan sof daromadning kamida 90 foizini har yili investorlar oʻrtasida dividend shaklida taqsimlash;

davlat mulki obyektlari bazasida tajriba-sinov (pilot) tariqasida REIT fondini tashkil etish va uni foyda soligʻidan ozod etish;

REIT aksiyalarini IPOga chiqarish.

2026-yil 31-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Xolxoʻjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Ishmetov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2026-y., 06/26/243/1115-son)