06.11.2026 yildagi 610-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksporti va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport va import qilishda mahsulotlarga nisbatan miqdoriy cheklovlarni joriy etish shartlari va ularni qoʻllash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import va eksport kvotalari hajmlarini taqsimlash mexanizmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi miqdoriy cheklovlar haqida bildirishnoma yuborish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga rasman aʼzo boʻlgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 6-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
610-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-noyabrdagi 610-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom eksport va import qilishda ayrim mahsulot turlariga nisbatan miqdoriy cheklovlarni joriy etish, qoʻllash, maʼmuriy boshqarish, kvotalar hajmini taqsimlash hamda ular toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom tarif kvotalarini qoʻllashga hamda muhofaza choralari sifatida qoʻllanadigan miqdoriy cheklovlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tarif kvotalari va muhofaza choralari sifatida qoʻllanadigan miqdoriy cheklovlar alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anʼanaviy import qiluvchilar — oldingi davr maʼlumotlari asosida aniqlanadigan hamda import kvotasi qoʻllanadigan mahsulot importining jami hajmida kamida 5 foiz ulushga ega boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anʼanaviy eksport qiluvchilar — oldingi davr maʼlumotlari asosida aniqlanadigan hamda eksport kvotasi qoʻllanadigan mahsulot eksportining jami hajmida kamida 5 foiz ulushga ega boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“aralash taqsimot” usuli — kvota umumiy hajmining bir qismini anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilar oʻrtasida oldingi davrdagi tegishli import yoki eksport ulushlariga mutanosib ravishda, qolgan qismini esa “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli — bojxona yuk deklaratsiyalari Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YAAAT) tomonidan qabul qilingan kalendar kunlar xronologik ketma-ketligi asosida kvota ajratish usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyasi — mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish (IM-40) yoki bojxona hududidan olib chiqish (EK-10) boʻyicha tegishli bojxona rejimida rasmiylashtiriladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Jahon savdo tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — JST) bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy rezerv — bojxona yuk deklaratsiyasi YAAAT tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab ushbu deklaratsiya boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar kvota doirasida vaqtincha hisobga olinadigan, biroq kvota hajmining yakuniy ajratilishini anglatmaydigan hajm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvotalar — mahsulotlar eksporti va (yoki) importi hajmiga nisbatan muayyan davr uchun qoʻllanadigan miqdoriy cheklov chorasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvotalar hajmi — eksport va (yoki) import kvotalari doirasida muayyan davr uchun eksport yoki import qilinishi mumkin boʻlgan mahsulotning fizik yoki qiymat jihatidan miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul organ — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
miqdoriy cheklovlar — mahsulotlar eksporti va (yoki) importiga nisbatan qoʻllanadigan taqiqlar, kvotalar, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun joriy etiladigan litsenziyalash yoki boshqa maʼmuriy choralar shaklidagi cheklovlar (bojxona bojlari, soliqlar va boshqa yigʻimlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldingi davr — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotning ishlab chiqarish, isteʼmol, eksport va (yoki) import hajmlarini tahlil qilish va kvota hajmlarini taqsimlash uchun asos sifatida olinadigan, qoida tariqasida, soʻnggi 3 yillik davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — kvota qoʻllanadigan mahsulotni eksport va (yoki) import qilish maqsadida bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Miqdoriy cheklovlarni joriy etish shartlari va holatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahsulotlarni eksport va import qilishda miqdoriy cheklovlar quyidagi hollarda joriy etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oziq-ovqat mahsulotlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan boshqa mahsulotlarning keskin yetishmovchiligining oldini olish yoki uni bartaraf etish maqsadida (faqat eksport uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xalqaro savdoda mahsulotlarni tasniflash, navlarga ajratish yoki sotishga doir qoidalar, standartlar va texnik talablarni qoʻllash zarur boʻlgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) quyidagi davlat choralarining ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlgan taqdirda, qishloq xoʻjaligini yoki baliqchilik mahsulotlarini har qanday shaklda import qilishga doir taqiq yoki cheklovlar joriy etish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻxshash mahalliy mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotishga ruxsat etilgan miqdorlarni cheklashga qaratilgan choralar, yoxud (oʻxshash mahsulotning mahalliy ishlab chiqarish hajmi sezilarli boʻlmagan taqdirda) import qilinadigan mahsulot bilan bevosita oʻrni almashtirilishi mumkin boʻlgan mahalliy mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotishga ruxsat etilgan miqdorlarni cheklashga qaratilgan choralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻxshash mahalliy mahsulotning vaqtinchalik ortiqcha zaxiralarini, yoxud (oʻxshash mahsulotning mahalliy ishlab chiqarish hajmi sezilarli boʻlmagan taqdirda) import qilinadigan mahsulot bilan bevosita oʻrni almashtirilishi mumkin boʻlgan mahalliy mahsulotning vaqtinchalik ortiqcha zaxiralarini ayrim mahalliy isteʼmolchilar guruhlariga bepul yoki joriy bozor narxlaridan arzonroq narxlarda taqdim etish orqali bartaraf qilishga qaratilgan choralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilishi toʻliq yoki asosan import qilinadigan tovarga bevosita bogʻliq boʻlgan hayvonot mahsulotlarini ishlab chiqarishga ruxsat etilgan miqdorlarini cheklashga qaratilgan choralar, (agar mazkur import qilinadigan tovarning mahalliy ishlab chiqarish hajmi nisbatan ahamiyatsiz boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning 3-kichik bandiga muvofiq baliqchilik mahsulotlari importiga nisbatan qoʻllanadigan taqiq yoki cheklovlar umumiy import hajmining umumiy ichki ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ulushi kamayishiga olib kelmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) JST bitimlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansini muvozanatlashtirish maqsadida (faqat import uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) milliy xavfsizlikni taʼminlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ijtimoiy axloq-odob qoidalarini saqlash hamda noqonuniy faoliyatlarning oldini olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) inson hayoti va sogʻligʻini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, epidemiyalarning oldini olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) oltin va kumush importi hamda eksportini mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tamoyillariga muvofiq ravishda boshqarishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qamoqxona mehnati yoki majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mamlakat hududiga import qilishni taqiqlash yoki cheklashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston xalqining madaniy boyliklarini saqlash, ularning noqonuniy eksporti va importining oldini olish, shuningdek, mulk huquqlarini himoya qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) tiklanmaydigan tabiiy resurslarni saqlash bilan bogʻliq choralarni qoʻllashda, agar bunday choralar ichki ishlab chiqarish yoki ichki isteʼmolga nisbatan cheklovlar bilan birgalikda amalga oshirilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) davlat tomonidan amalga oshiriladigan barqarorlashtirish choralari doirasida mahalliy xomashyo mahsulotining ichki narxi jahon narxidan past darajada ushlab turilgan davrda mahalliy qayta ishlash sanoati ehtiyojlari uchun ushbu xomashyoning zarur miqdorini taʼminlash maqsadida, shu bilan birga, mahalliy qayta ishlash sanoati eksportining oʻsishiga yoki unga nisbatan qoʻllanadigan himoya darajasining oshishiga olib kelmaydigan hamda kamsitmaslik tamoyiliga zid boʻlmagan cheklovlarni qoʻllash (faqat eksport uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) umumiy yoki mahalliy miqyosda yetishmovchilik kuzatilayotgan mahsulotlarni xarid qilish yoki taqsimlashni taʼminlash zarurati tugʻilganda, JST aʼzolarining ushbu mahsulotlarning xalqaro taklifidan adolatli ulushda foydalanishiga toʻsqinlik qilmaydigan hamda ularni joriy etishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng bekor qilinadigan cheklovlarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) JST bitimlariga zid boʻlmagan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, shu jumladan, bojxona nazorati, monopoliyalar faoliyatini tartibga solish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, aldovchi yoki chalgʻituvchi amaliyotlarning oldini olish hamda shu kabi aniq belgilangan qonuniy talablar bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) JST bitimlariga muvofiq boʻlgan hukumatlararo mahsulot bitimlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) xalqaro talablarga javob bermaydigan, shu jumladan, noqonuniy yoʻl bilan qazib olingan va rasmiy sertifikatlashdan oʻtmagan “xom” olmoslarning importi va eksportini taqiqlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) JST bitimlarida yoki JSTning vakolatli organlari qarorlarida bevosita ruxsat etilgan yoxud JST qoidalariga muvofiq xalqaro shartnoma majburiyatini bajarish uchun zarur boʻlgan hollarda, bunday chora Oʻzbekiston Respublikasining JST doirasidagi majburiyatlariga zid boʻlmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Miqdoriy cheklovlar zarur, mutanosib, kamsitmaydigan, shaffof va imkon qadar vaqtinchalik boʻlishi, savdoni yashirin cheklash vositasi sifatida qoʻllanmasligi hamda ularni joriy etishga sabab boʻlgan hollar tugagach, bekor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Miqdoriy cheklovlarni joriy etish va qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Miqdoriy cheklovlar quyidagilarga nisbatan qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qilishda — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotgan (EK-10 rejimida) mahsulotlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilishda — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan (IM-40 rejimida) mahsulotlarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Miqdoriy cheklovlarni joriy etish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulotlarga nisbatan miqdoriy cheklovlarni joriy etish zarurati yuzaga kelganda, masʼul organ bunday cheklovlarni joriy etish toʻgʻrisida taklif tayyorlash maqsadida Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrov olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida quyidagi maʼlumotlar masʼul organga taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy statistika qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan — respublikadagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanish darajasi hamda ishlab chiqarish va isteʼmol hajmlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qoʻmitasi tomonidan — mazkur mahsulotlarning eksport va import hajmlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan — ichki bozorning toʻyinganlik darajasi hamda mavsumiylik omillari boʻyicha xulosa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda masʼul organ miqdoriy cheklovlarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifni har tomonlama asoslantirish uchun bir ish kuni ichida boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ham tegishli maʼlumotlar, tahliliy materiallar va xulosalarni taqdim etish boʻyicha soʻrov yuboradi. Bunda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan besh ish kuni ichida zaruriy maʼlumotlar masʼul organga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul organ barcha soʻralgan maʼlumotlarning oxirgisi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida ularni tahlil qiladi hamda tegishli hisob-kitoblar va asoslantiruvchi materiallarni tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul organ tahlil yakunlangan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida vakolatli organga quyidagilarni kiritadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
miqdoriy cheklov turini belgilash boʻyicha asoslantirilgan taklifni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
miqdoriy cheklov qoʻllanadigan mahsulotlar nomi, TIF TN kodi, tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvotalar joriy etilganda, kvotalarning hajmi va amal qilish muddatiga oid takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatning dastlabki loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahlil natijalariga asoslangan hisob-kitoblar va boshqa asoslantiruvchi materiallarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar masʼul organ tomonidan kiritilgan taklif qaror qabul qilish uchun yetarlicha asoslantirilmagan boʻlsa, vakolatli organ bir ish kuni ichida takliflarni qayta ishlash uchun masʼul organga yuboradi. Ushbu holatda qayta ishlangan takliflar uch ish kuni ichida vakolatli organga kiritilishi lozim. Vakolatli organ masʼul organning taklifini olgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida miqdoriy cheklovlarni joriy etish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taklif etilayotgan miqdoriy cheklov chorasini joriy etish, oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun vakolatli organ qarori yetarli boʻlmasa hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni yoki qarori, Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish yoki amaldagi normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish talab etilsa, vakolatli organ ushbu masala yuzasidan oʻz xulosasini taqdim etadi va tegishli vazirlik yoki idoraga zarur normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq beradi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Miqdoriy cheklovlarni joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran masʼul organ hamda Bojxona qoʻmitasi ushbu qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni ichida oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Miqdoriy cheklovlarning amal qilish muddati ularni joriy etishga asos boʻlgan holatlarning davomiyligi bilan cheklanadi. Masʼul organ cheklov amal qilish davrida uning zarurligi va mutanosibligini zarur hollarda qayta koʻrib chiqadi. Cheklovni uzaytirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish ushbu Nizomda cheklovlarni joriy etish uchun belgilangan tartibda va tegishli asoslantiruvchi materiallar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu Nizomni amalga oshirish doirasida masʼul organ, vakolatli organ hamda maʼlumot taqdim etuvchi tegishli vazirlik va idoralar oʻzlariga taqdim etilgan tijorat, soliq va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday maʼlumotlardan faqat miqdoriy cheklovlarni joriy etish, oʻzgartirish, uzaytirish, bekor qilish, kvotalar hajmini taqsimlash hamda tegishli bildirishnomalarni tayyorlash maqsadlarida foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik hujjatlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiq oshkor etilishi lozim boʻlgan hollardan tashqari, mazkur maʼlumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi hamda ochiq manbalarda eʼlon qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kvotalarni taqsimlash qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kvotalar hajmlari talabgorlar oʻrtasida, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, import kvotalari boʻyicha mahsulotning kelib chiqish mamlakatidan va eksport kvotalari boʻyicha mahsulot yuboriladigan davlatdan qatʼi nazar, taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvotalarni talabgorlar oʻrtasida taqsimlash ularning teng huquqliligi va mulkchilik shakli hamda roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha kamsitilmaslik tamoyillariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvotalarning amal qilish muddati davomida mahsulot yetkazib berishda ajratilgan kvota hajmidan toʻliq foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi shartlar, cheklovlar, ortiqcha talablar yoki ushbu Nizomda nazarda tutilmagan qoʻshimcha rasmiylashtirish talablari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish yoki bankrotlik jarayonlari boshlangan talabgorlarga kvotalar ajratilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kvotalarni taqsimlash usullari va mexanizmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Taqsimlash usulini aniqlash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kvotalarni taqsimlashda quyidagi ikki usuldan biri qoʻllaniladi “aralash taqsimot” usuli yoki “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvotalarni taqsimlash usuli vakolatli organ qaroriga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvotalar, qoida tariqasida, oldingi davr maʼlumotlari anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilarning ulushini aniqlash hamda ularga ajratiladigan kvota hajmini oylar kesimida taqsimlash imkonini beradigan darajada yetarli va reprezentativ deb topilgan hollarda, “aralash taqsimot” usuli asosida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi davr maʼlumotlarining yetarliligi va reprezentativligi vakolatli organ tomonidan baholanadi. Vakolatli organ oldingi davr maʼlumotlarining yetarliligi va reprezentativligini baholashda quyidagi mezonlarni inobatga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import yoki eksport hajmlarining oylar va yillar boʻyicha barqarorligi, shu jumladan, ularda keskin va bir martalik oʻzgarishlarning mavjud emasligi, savdo hajmlarining odatiy dinamikasi hamda oldingi davr maʼlumotlarining amaldagi savdo oqimlarini xolis aks ettirish darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotga boʻlgan talab yoki uni yetkazib berishning mavsumiy xususiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldingi davrlarda amalga oshirilgan bir martalik yirik yetkazib berishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar, vaqtincha cheklovlar yoki favqulodda holatlar taʼsiri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIF TNdagi oʻzgarishlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar vakolatli organ oldingi davr maʼlumotlari bozorning odatdagi holatini, tegishli mahsulotning import yoki eksport tarkibini hamda talab yoki taklif dinamikasini yetarli darajada aks ettirmaydi deb topsa, muayyan davr uchun belgilangan kvotaning umumiy hajmi faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. “Aralash taqsimot” usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Aralash taqsimot” usulida import yoki eksport kvotasining muayyan davr uchun belgilangan umumiy hajmining 50 foizi “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida, qolgan 50 foizi esa oldingi davrdagi import yoki eksport koʻrsatkichlari asosida aniqlangan anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import kvotasi joriy etilgan taqdirda, uning umumiy hajmi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kium — muayyan davr uchun belgilangan import kvotasining umumiy hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kif — import kvotasining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kia — anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan import kvotasi qismi.

Import kvotasining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kif = 0,5 × Kium
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan import kvotasi qismi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kia = 0,5 × Kium
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport kvotasi joriy etilgan taqdirda, uning umumiy hajmi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keum — muayyan davr uchun belgilangan eksport kvotasining umumiy hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kef — eksport kvotasining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kea — anʼanaviy eksport qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan eksport kvotasi qismi.

Eksport kvotasining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kef = 0,5 × Keum
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anʼanaviy eksport qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan eksport kvotasi qismi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kea = 0,5 × Keum
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan kvota qismi kvotaning butun amal qilish davri uchun yagona hajm sifatida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilar oʻrtasida kvota hajmi oldingi davrdagi import yoki eksport hajmlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import kvotasi boʻyicha:

I — mahsulotning tegishli oldingi davrdagi barcha anʼanaviy import qiluvchilar tomonidan amalga oshirilgan jami import hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ii — “i” anʼanaviy import qiluvchining tegishli oldingi davrdagi import hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ui — “i” anʼanaviy import qiluvchining import ulushi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“i” anʼanaviy import qiluvchining import ulushi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ui = Ii / I
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“i” anʼanaviy import qiluvchiga ajratiladigan import kvotasi hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ki = Kia × Ui
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ki — “i” anʼanaviy import qiluvchiga kvotaning amal qilish davri uchun ajratiladigan import kvotasi hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kia — anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan import kvotasi qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport kvotasi boʻyicha:

E — mahsulotning tegishli oldingi davrda barcha anʼanaviy eksport qiluvchilar tomonidan amalga oshirilgan jami eksport hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ej — “j” anʼanaviy eksport qiluvchining tegishli oldingi davrdagi eksport hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uj — “j” anʼanaviy eksport qiluvchining eksport ulushi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“j” anʼanaviy eksport qiluvchining eksport ulushi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uj = Ej / E
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“j” anʼanaviy eksport qiluvchiga ajratiladigan eksport kvotasi hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kj = Kea × Uj
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kj — “j” anʼanaviy eksport qiluvchiga kvotaning amal qilish davri uchun ajratiladigan eksport kvotasi hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kea — anʼanaviy eksport qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan eksport kvotasi qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvotaning amal qilish muddati bir oydan ortiq boʻlganda, anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchiga ajratilgan kvota hajmi kvota amal qiladigan oylar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import kvotasi boʻyicha tegishli oy uchun ajratilgan hajm quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioy = Ki / M
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport kvotasi boʻyicha tegishli oy uchun ajratilgan hajm quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoy = Kj / M
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
M — kvotaning amal qilish davridagi oylar soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioy — “i” anʼanaviy import qiluvchi uchun tegishli oy boʻyicha ajratilgan import kvotasi hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoy — “j” anʼanaviy eksport qiluvchi uchun tegishli oy boʻyicha ajratilgan eksport kvotasi hajmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oylar boʻyicha ajratilgan hajmlarni hisoblashda yuzaga keladigan kasr koʻrsatkichlari belgilangan oʻlchov birligining eng kichik qiymatigacha yaxlitlanadi. Yaxlitlash natijasidagi farq kvotaning amal qilish davrining oxirgi oyida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilar uchun oylar kesimidagi ajratilgan hajmlar kvotani joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchi kvotaning amal qilish davri uchun oʻziga ajratilgan umumiy hajm doirasida mahsulotni tegishli oy uchun belgilangan hajmdan ortiq miqdorda olib kirishga yoki olib chiqishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import kvotasi boʻyicha “i” anʼanaviy import qiluvchi uchun tegishli oy boshida foydalanish mumkin boʻlgan qoldiq hajm quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aioy = Ki — Kifaktcum — Kioqcum
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aioy — “i” anʼanaviy import qiluvchi uchun tegishli oy boshida foydalanish mumkin boʻlgan import kvotasi qoldigʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kifaktcum — tegishli oy boshiga qadar “i” anʼanaviy import qiluvchi tomonidan amalda foydalanilgan import kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioqcum — tegishli oy boshiga qadar “i” anʼanaviy import qiluvchining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkazilgan import kvotasining jami hajmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport kvotasi boʻyicha “j” anʼanaviy eksport qiluvchi uchun tegishli oy boshida foydalanish mumkin boʻlgan qoldiq hajm quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aeoy = Kj — Kefaktcum — Keoqcum
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aeoy — “j” anʼanaviy eksport qiluvchi uchun tegishli oy boshida foydalanish mumkin boʻlgan eksport kvotasi qoldigʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kefaktcum — tegishli oy boshiga qadar “j” anʼanaviy eksport qiluvchi tomonidan amalda foydalanilgan eksport kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoqcum — tegishli oy boshiga qadar “j” anʼanaviy eksport qiluvchining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkazilgan eksport kvotasining jami hajmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchi kvotaning amal qilish davri uchun oʻziga ajratilgan umumiy hajmdan toʻliq foydalangandan soʻng, kvotaning “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi doirasida boshqa talabgorlar bilan teng asoslarda ushbu Nizomning 14 — 17-bandlarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agar anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchi tomonidan muayyan oy yakuniga qadar kvotaning ushbu oyga toʻgʻri keladigan jamgʻarma hajmi toʻliq foydalanilmasa, foydalanilmagan hajm “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import kvotasi boʻyicha “i” anʼanaviy import qiluvchining muayyan oy yakuniga koʻra oʻtkazilishi lozim boʻlgan foydalanilmagan hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioq = Kioycum — Kifaktcum — Kioqcum,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Kioycum ≤ Kifaktcum + Kioqcum boʻlsa, Kioq = 0.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioq — “i” anʼanaviy import qiluvchining tegishli oy yakuniga koʻra avtomatik tarzda “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkaziladigan import kvotasining foydalanilmagan hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioycum — “i” anʼanaviy import qiluvchiga kvotaning amal qilish davri boshidan tegishli oy yakuniga qadar oylar kesimida ajratilgan import kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kifaktcum — “i” anʼanaviy import qiluvchi tomonidan kvotaning amal qilish davri boshidan tegishli oy yakuniga qadar amalda foydalanilgan import kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioqcum — “i” anʼanaviy import qiluvchining tegishli oy boshiga qadar “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkazilgan import kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioycum = Kioy1 + Kioy2 + ... + Kioym
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioy1, Kioy2, ... Kioym — “i” anʼanaviy import qiluvchi uchun kvotaning amal qilish davrining birinchi oyidan tegishli “m” oyiga qadar ajratilgan import kvotasi hajmlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport kvotasi boʻyicha “j” anʼanaviy eksport qiluvchining muayyan oy yakuniga koʻra oʻtkazilishi lozim boʻlgan foydalanilmagan hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoq = Keoycum — Kefaktcum — Keoqcum,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Keoycum ≤ Kefaktcum + Keoqcum boʻlsa, Keoq = 0.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoq — “j” anʼanaviy eksport qiluvchining tegishli oy yakuniga koʻra avtomatik tarzda “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkaziladigan eksport kvotasining foydalanilmagan hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoycum — “j” anʼanaviy eksport qiluvchiga kvotaning amal qilish davri boshidan tegishli oy yakuniga qadar oylar kesimida ajratilgan eksport kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kefaktcum — “j” anʼanaviy eksport qiluvchi tomonidan kvotaning amal qilish davri boshidan tegishli oy yakuniga qadar amalda foydalanilgan eksport kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoqcum — “j” anʼanaviy eksport qiluvchining tegishli oy boshiga qadar “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkazilgan eksport kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoycum = Keoy1 + Keoy2 + ... + Keoym
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keoy1, Keoy2, ... Keoym — “j” anʼanaviy eksport qiluvchi uchun kvotaning amal qilish davrining birinchi oyidan tegishli “m” oyiga qadar ajratilgan eksport kvotasi hajmlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan oy yakuniga koʻra barcha anʼanaviy import qiluvchilar boʻyicha “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajmga oʻtkaziladigan umumiy qoʻshimcha import hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kiqf = ΣKioq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan oy yakuniga koʻra barcha anʼanaviy eksport qiluvchilar boʻyicha “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajmga oʻtkaziladigan umumiy qoʻshimcha eksport hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keqf = ΣKeoq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kiqf va Keqf tegishli oy yakunlariga koʻra “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajmga avtomatik tarzda qoʻshiladigan umumiy qoʻshimcha hajmlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan avtomatik tarzda aniqlangan foydalanilmagan hajm tegishli oy yakunlari boʻyicha “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismning umumiy hajmiga qoʻshiladi va talabgorlar oʻrtasida ushbu Nizomning 14 — 17-bandlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchi oʻziga ajratilgan kvota hajmidan umuman foydalanishni rejalashtirmagan taqdirda, kvotani joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlon rasmiy eʼlon qilinganidan soʻng imkon qadar tezroq, biroq kvotaning amal qilish muddati boshlanishidan kamida uch kalendar kun oldin Bojxona qoʻmitasini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qoʻmitasi mazkur xabarnomani olgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida tegishli anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchiga ajratilgan kvotaning toʻliq hajmini “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan kvota qismi tarkibiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hajm anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchi uchun oylar kesimida ajratilgan kvota hajmlaridan chiqariladi, ushbu bandda nazarda tutilgan foydalanilmagan hajmlarni hisoblashda qaytadan inobatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur oʻzgarishlar Bojxona qoʻmitasining tegishli axborot tizimlarida aks ettiriladi hamda ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. “Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. YAAAT kvotalar hajmlarini bojxona yuk deklaratsiyalari qabul qilingan sanalarning xronologik ketma-ketligiga muvofiq “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Talabgor toʻgʻridan-toʻgʻri deklarant sifatida yoki bojxona brokeri vositasida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etadi. Kvota qoʻllanadigan mahsulotga nisbatan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish kvotadan foydalanish boʻyicha soʻrovni yuborish deb hisoblanadi. Import kvotasi boʻyicha mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish, eksport kvotasi boʻyicha esa mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun rasmiylashtiriladigan bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvota qoʻllanadigan mahsulotga oid bojxona yuk deklaratsiyasi YAAAT tomonidan ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq dastlabki avtomatlashtirilgan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona yuk deklaratsiyasi va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq deb topilsa, bojxona yuk deklaratsiyasi YAAAT tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan sana, vaqt hamda unda koʻrsatilgan hajm qayd etiladi va kvota taqsimotidagi navbat shu sana va vaqt asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAAAT tomonidan qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyalari ular qabul qilingan kalendar kun yakunlari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Bunda mazkur kun davomida soat 00:00 dan 23:59 gacha qabul qilingan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan barcha bojxona yuk deklaratsiyalari aynan shu kun yakuni boʻyicha inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agar bir xil kalendar kunda YAAAT tomonidan qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyalarida koʻrsatilgan jami hajm tegishli kvotaning mazkur kun boshiga qolgan hajmidan oshib ketsa, qolgan kvota hajmi ushbu kun doirasida bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan talabgorlar oʻrtasida deklaratsiyalarda koʻrsatilgan hajmga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir talabgorga ajratiladigan kvota hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qi = Q × Si / S
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Q — tegishli kalendar kun boshiga qolgan kvota hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Si — i-talabgorning bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan va hisob-kitobda inobatga olinadigan hajm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — mazkur kalendar kunda YAAAT tomonidan qabul qilingan barcha bojxona yuk deklaratsiyalarida koʻrsatilgan jami hajm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qi — i-talabgorga ajratiladigan kvota hajmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitob natijasida yuzaga keladigan kasr koʻrsatkichlari belgilangan oʻlchov birligining eng kichik qiymatigacha YAAAT tomonidan yaxlitlanadi. Yaxlitlash natijasida umumiy ajratilgan hajm tegishli kvota qismining qolgan hajmidan oshib ketmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda, kalendar kun yakunlari boʻyicha hisob-kitob amalga oshirilgandan soʻng talabgorning joriy rezerv qilingan hajmi unga ajratiladigan Qi hajmiga muvofiqlashtiriladi. Bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan hajmning Qi hajmidan ortiq qismi avtomatik ravishda joriy rezervdan chiqariladi va erkin qoldiq hajmi tarkibiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. YAAAT tomonidan qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyasi va unga ilova qilingan hujjatlar Bojxona qoʻmitasi tomonidan keyingi bosqichda tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mazkur tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa, talabgorga ularni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi hamda kamchiliklar va ularning mazmuni haqida batafsil maʼlumot taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati bir ish kunini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAAAT tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin Bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan keyingi tekshiruv kalendar kun yakunidan soʻng ham davom ettirilishi mumkin. Bojxona qoʻmitasi YAAAT tomonidan qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, yakuniy qarorni imkon qadar tezroq, biroq keyingi ish kunidan kechiktirmay qabul qiladi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda, yakuniy qaror ularni bartaraf etish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyingi ish kunidan kechiktirmay qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aniqlangan kamchiliklar ushbu Nizomning 21-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan ahamiyatsiz buzilishlar jumlasiga kirsa va ular belgilangan muddatda bartaraf etilsa, bojxona yuk deklaratsiyasi YAAAT tomonidan qayd etilgan dastlabki qabul qilingan sana va vaqtga muvofiq kvota taqsimotidagi oʻz navbatini saqlab qoladi, ajratilgan yoki joriy rezervga qoʻyilgan kvota hajmi saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa yoki ular ushbu Nizomning 21-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan qoʻpol buzilishlar hisoblansa hamda bojxona yuk deklaratsiyasi rad etilsa, mazkur deklaratsiya kvota taqsimotidagi ustuvorligini yoʻqotadi. Bunday hollarda ajratilgan yoki joriy rezervga qoʻyilgan kvota hajmi avtomatik ravishda bekor qilinadi va tegishli hajm erkin qoldiqqa qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Kvotalar boʻyicha eʼlon, rezerv va axborotni yangilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kvotani joriy etish boʻyicha eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvota qoʻllanadigan mahsulotlarning nomi, TIF TN kodi, tavsifi hamda zarur hollarda ayrim mahsulotlarga oid identifikatsiya qiluvchi texnik-parametrik koʻrsatkichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvotaning import yoki eksportga nisbatan qoʻllanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvotaning umumiy hajmi va amal qilish davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvotani taqsimlash usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyalarini YAAAT orqali qabul qilish boshlanadigan sana va vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish tartibi va unga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aralash taqsimot” usuli qoʻllanganda, kvotani joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilar roʻyxati, ular kesimida ajratilgan umumiy hamda oylar boʻyicha taqsimlangan kvota hajmlari, shuningdek, “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismning dastlabki umumiy hajmi koʻrsatiladi. Zarur hollarda ushbu Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilarga ajratilgan kvota hajmlarida oʻzgarish yuz berganda, yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan kvota qismiga oid maʼlumotlar YAAATda shakllantiriladi va Bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ochiq foydalanish uchun real vaqt rejimida yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvotaning umumiy hajmi faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanganda, kvotani joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda ushbu usul asosida taqsimlanadigan kvotaning dastlabki umumiy hajmi koʻrsatiladi hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq maʼlumotlar YAAATda shakllantirilib, Bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ochiq foydalanish uchun real vaqt rejimida yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Joriy rezerv faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan kvota qismidan foydalanish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan talabgorlarga nisbatan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kvota qoʻllanadigan mahsulotga oid bojxona yuk deklaratsiyasi YAAAT tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab, deklaratsiyada koʻrsatilgan hajm “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tegishli kvota qismi doirasida joriy rezerv sifatida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilarga ajratilgan kvota hajmlaridan foydalanish uchun alohida soʻrov yuborish talab etilmaydi va ularga nisbatan joriy rezerv yuritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy rezerv axborot va navbatni yuritish maqsadida amalga oshiriladi hamda u talabgorga kvotaning tegishli hajmi yakuniy ravishda ajratilganligini anglatmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan kvota qismi boʻyicha YAAATda quyidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan kvota qismining hisob-kitob vaqtidagi umumiy hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) foydalanilgan hajm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) joriy rezerv qilingan (koʻrib chiqilayotgan) hajm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) erkin qoldiq hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) bojxona yuk deklaratsiyalari navbati toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborot (deklaratsiya qabul qilingan sana, vaqt va hajm), tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor etilmagan holda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin qoldiq hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qe = Qu — Qf — Qj
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qe — erkin qoldiq hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qu — “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan kvota qismining hisob-kitob vaqtidagi umumiy hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qf — foydalanilgan hajm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qj — joriy rezerv qilingan hajm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qe manfiy qiymatga ega boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import kvotasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qu = Kif + Kix + Kiqfcum
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport kvotasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qu = Kef + Kex + Keqfcum
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvotaning umumiy hajmi faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlangan hollarda, import kvotasi boʻyicha Kif = Kium, eksport kvotasi boʻyicha Kef = Keum deb qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kix — anʼanaviy import qiluvchilar tomonidan kvota hajmidan umuman foydalanmaslik toʻgʻrisidagi xabarnomalar asosida kvota amal qilish muddati boshlanguniga qadar “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismga oʻtkazilgan import kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kex — anʼanaviy eksport qiluvchilar tomonidan kvota hajmidan umuman foydalanmaslik toʻgʻrisidagi xabarnomalar asosida kvota amal qilish muddati boshlanguniga qadar “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismga oʻtkazilgan eksport kvotasining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kiqfcum — kvotaning amal qilish davri boshidan hisob-kitob vaqtiga qadar tegishli oylar yakunlari boʻyicha aniqlangan Kiqf koʻrsatkichlarining jami hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kiqfcum = Kiqf1 + Kiqf2 + ... + Kiqfm
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keqfcum — kvotaning amal qilish davri boshidan hisob-kitob vaqtiga qadar tegishli oylar yakunlari boʻyicha aniqlangan Keqf koʻrsatkichlarining jami hajmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keqfcum = Keqf1 + Keqf2 + ... + Keqfm
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy qaror qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha tegishli hajm joriy rezervdan chiqarilib, foydalanilgan hajm tarkibiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rad etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha joriy rezerv avtomatik ravishda bekor qilinadi va tegishli hajm erkin qoldiqqa qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish va qoidabuzarlik holatlarida choralar qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Talabgor tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasiga majburiy tarzda quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tashqi savdo shartnomasi (kontrakt);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hisob-faktura (invoys) va (yoki) yuk hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan mahsulotlar nomi, ularning TIF TN kodi va tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) zarur hollarda, kvota mahsulotning muayyan turiga yoki subkategoriyasiga nisbatan qoʻllangan hollarda, ushbu subkategoriyani tasdiqlovchi texnik-parametrik koʻrsatkichlar, jumladan, markasi, tarkibi, oʻlchami, qalinligi, standarti va boshqalar (kvotalarni joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlmaganda, bojxona yuk deklaratsiyasi rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. YAAAT tomonidan roʻyxatga olingan va koʻrib chiqishga qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyalari boʻyicha talablarni buzgan talabgorlarga nisbatan quyidagi choralar qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) talabgor tomonidan talablar ahamiyatsiz darajada buzilgan taqdirda, yozma ogohlantirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talablarning ahamiyatsiz buzilishlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilingan hujjatlarda yoki bojxona yuk deklaratsiyasida texnik xatolar (imzo, rekvizitlar, format, oʻlchov birligi) mavjud boʻlib, biroq mahsulotning TIF TN kodi va tavsifi toʻgʻri koʻrsatilgan, mazkur xatolar mahsulotni identifikatsiya qilishga va kvota qoʻllanishiga bevosita taʼsir koʻrsatmagan hamda ular qisqa muddatda talabgor tomonidan bartaraf etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) hujjatlarning notoʻgʻri formatda yoki sifatsiz skanerlangan nusxa koʻrinishida yuklanishi, biroq mazkur hujjatlarning mazmuni oʻzgarmagan holda qayta taqdim etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyasida aniqlangan kamchiliklar talabgorga (yoki brokerga) maʼlum qilinganidan soʻng, ularni belgilangan muddatda bartaraf etish boʻyicha bir martalik kechikish, biroq bu holat kvotani asossiz band qilish yoki ataylab notoʻgʻri maʼlumot taqdim etish alomatlarini oʻz ichiga olmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) talabgor tomonidan talablar qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda, vakolatli organ bunday talabgorni 12 oygacha boʻlgan muddatga keyingi kvotalar taqsimotlarida ishtirok etishdan cheklash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talablarning qoʻpol buzilishlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ketma-ket ikki marta yoki turli vaqtlarda ikki martadan ortiq hollarda notoʻgʻri maʼlumot taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni soxtalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvota doirasida ajratilgan hajm boʻyicha mahsulotni asosli sabablarsiz belgilangan muddatlarda olib kirmaslik yoki olib chiqmaslik, shuningdek, kvotadan foydalanish maqsadi yoki imkoni mavjud emasligi haqida belgilangan muddatda Bojxona qoʻmitasini xabardor qilmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Cheklov muddati talablar buzilishining xususiyati va ogʻirlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bojxona qoʻmitasi kvota qoʻllanadigan mahsulotga oid bojxona yuk deklaratsiyalari boʻyicha xavf tahlilini oʻtkazadi. Kvota hajmidan foydalanish jarayonida asossiz rezerv qilish, takroran bajarilmaydigan yoki rad etiladigan bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzaro bogʻliq shaxslar tomonidan kvotani egallashga urinish, shuningdek, ayrim TIF TN kodlari boʻyicha qisqa muddat ichida noodatiy talab yuzaga kelishi alomatlarini aniqlaydi va ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash boʻyicha vakolatli organga taklif kiritadi yoki vakolatli organni xabardor qilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Cheklovlar haqida bildirishnoma yuborish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi JSTga aʼzo boʻlgan sanadan boshlab masʼul organ JSTning Bozorga kirish boʻyicha qoʻmitasiga JST Kotibiyati orqali eksport va importga nisbatan amalda qoʻllanayotgan miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Miqdoriy cheklovlar boʻyicha bildirishnomalar JST Kotibiyatiga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq hamda JSTning “Miqdoriy cheklovlar boʻyicha bildirishnomalar taqdim etish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qarori” (G/L/59/Rev.1) hujjatida nazarda tutilgan format asosida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi barcha miqdoriy cheklovlar boʻyicha toʻliq bildirishnoma JSTning “Miqdoriy cheklovlar boʻyicha bildirishnomalar taqdim etish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qarori” (G/L/59/Rev.1) hujjatida belgilangan ikki yillik davriylikda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bildirishnomada qayd etilgan miqdoriy cheklovlarga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda, bu haqda imkon qadar tezroq, biroq tegishli oʻzgartirish kuchga kirgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay JST Kotibiyati xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istalgan vaqtda bildirishnomaga qoʻshimchalar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo manfaatlariga taʼsir etuvchi boshqa JST aʼzolarining miqdoriy cheklovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, zaruratga koʻra, JST Kotibiyatiga qarshi bildirishnoma tarzida taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agar chora importni litsenziyalash orqali amalga oshirilsa, masʼul organ yuqoridagi tartib boʻyicha bildirishnoma yuborish bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon savdo tashkilotining Importni litsenziyalash qoʻmitasiga bildirishnoma yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ham tegishli bildirishnomani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga nisbatan cheklov joriy etilganda, bu haqdagi yozma bildirishnoma, imkon qadar, chorani joriy etishdan oldin yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Masʼul organ

Mahsulotlarga nisbatan miqdoriy cheklovlarni joriy etish zarurati yuzaga kelganda, bunday cheklovlarni joriy etish toʻgʻrisida taklif tayyorlash maqsadida tegishli tashkilotlarga maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Milliy statistika qoʻmitasi hamda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanish darajasi hamda ishlab chiqarish va isteʼmol hajmlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni masʼul organga taqdim etadi

5 ish kunida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

Mahsulotlarning eksport va import hajmlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni masʼul organga taqdim etadi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Ichki bozorning toʻyinganlik darajasi hamda mavsumiylik omillari boʻyicha xulosani masʼul organga taqdim etadi.

3.1-bosqich

Masʼul organ

Zarur hollarda miqdoriy cheklovlarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifni har tomonlama asoslantirish uchun boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ham tegishli maʼlumotlar, tahliliy materiallar va xulosalarni taqdim etish boʻyicha soʻrov yuboradi.

1 ish kunida

3.2-bosqich

Tegishli vazirlik va idoralar

Masʼul organga soʻralgan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etadi.

5 ish kunida

3.3-bosqich

Masʼul organ

Barcha soʻralgan maʼlumotlarning oxirgisi kelib tushgan kundan eʼtiboran ularni tahlil qiladi hamda tegishli hisob-kitoblar va asoslantiruvchi materiallarni tayyorlaydi.

5 ish kunida

4-bosqich

Masʼul organ

Tahlil yakunlangan kundan eʼtiboran vakolatli organga yakuniy takliflarni kiritadi.

5 ish kunida

5.1-bosqich

Vakolatli organ

Agar masʼul organ tomonidan kiritilgan taklif qaror qabul qilish uchun yetarlicha asoslantirilmagan boʻlsa, takliflarni qayta ishlash uchun masʼul organga yuboradi.

1 ish kunida

5.2-bosqich

Masʼul organ

Qayta ishlangan takliflarni vakolatli organga kiritadi.

3 ish kunida

5.3-bosqich

Vakolatli organ

Miqdoriy cheklovlarni joriy etish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorni qabul qiladi.

10 ish kunida

6-bosqich

Vakolatli organ

Agar taklif qilinayotgan miqdoriy cheklov choralarini qoʻllash uchun normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi zarur boʻlsa, ushbu masala yuzasidan xulosa taqdim etadi hamda tegishli vazirlik yoki idoraga normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq beradi.

Zarur hollarda

7-bosqich

Tegishli vazirlik yoki idora

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqadi.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda

8-bosqich

Masʼul organ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

Miqdoriy cheklovlarni joriy etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

3 ish kunida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“Aralash taqsimot” usuli qoʻllanganda anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilar roʻyxati, umumiy hajmlari va oylar boʻyicha ajratilgan hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tashqi savdo faoliyati ishtirokchisining nomi

Mahsulot nomi va TIF TN kodi

Kvota turi

(import/eksport)

Ajratilgan umumiy kvota hajmi**

Oylar boʻyicha taqsimlangan kvota hajmlari*

1.

……

……

……

1-oy — ……, 2-oy — ……, 3-oy — ……, 4-oy — ……, 5-oy — ……, 6-oy — ……, 7-oy — ……, 8-oy — ……, 9-oy — ……, 10-oy — …, 11-oy — ……, 12-oy — …

2.

3.

4.

……

……

……

1-oy — ……, 2-oy — ……, 3-oy — ……, 4-oy — ……, 5-oy — ……, 6-oy — ……, 7-oy — ……, 8-oy — ……, 9-oy — ……, 10-oy — …, 11-oy — ……, 12-oy — …

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

* Kvotaning amal qilish muddatiga qarab tegishli oylar boʻyicha ustunlar toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Anʼanaviy import qiluvchi yoki anʼanaviy eksport qiluvchi kvotaning amal qilish davri uchun oʻziga ajratilgan umumiy hajm doirasida mahsulotni tegishli oy uchun koʻrsatilgan hajmdan ortiq miqdorda olib kirishga yoki olib chiqishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

“Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qism boʻyicha umumiy hajm va foydalanish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Mahsulot nomi va TIF TN kodi

Kvota turi

(import/eksport)

Hisob-kitob vaqtidagi umumiy hajm*

Foydalanilgan hajm

Joriy rezerv qilingan hajm

Erkin qoldiq hajmi

…

……

……

……

……

……

……

…

……

……

……

……

……

……

…

……

……

……

……

……

……

…

……

……

……

……

……

……

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* “Aralash taqsimot” usuli qoʻllanganda, ushbu hajmga anʼanaviy import qiluvchilar yoki anʼanaviy eksport qiluvchilar tomonidan foydalanilmaganligi sababli “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismga oʻtkazilgan qoʻshimcha hajmlar ham kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksport va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisida bildirishnoma shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

A. Bildiruvchi aʼzo davlat:

B. Bildirishnoma sanasi:

V. Birinchi marta bildirilmoqda:

  • Ha
  • Yoʻq, oxirgi bildirishnoma quyidagi raqamli hujjat bilan taqdim etilgan (hujjat raqami):

G. Bildirishnoma turi:

1. Toʻliq (yaʼni amaldagi barcha miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisida bildirishnoma)

2. Ilgari berilgan bildirishnomaga oʻzgartirishlar (hujjat belgisi) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

2.1. Yangi miqdoriy cheklovlar kiritilishi, 1-boʻlimda koʻrsatilgan.

2.2. Miqdoriy cheklovlarning bekor qilinishi, J-bandda keltirilgan.

2.3. Ilgari bildirilgan miqdoriy cheklovning oʻzgartirilishi 1-boʻlimda bayon qilingan.

3. Boshqa aʼzo davlatlar kiritgan miqdoriy cheklovlar boʻyicha qarshi bildirishnoma:

D. Bildirishnoma quyidagi ikki yillik davrga tegishli (masalan, 2023 — 2025-yillar):

va (sanadan boshlab) amal qilayotgan cheklovlarga taalluqli:

E. Ushbu bildirishnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:

1-boʻlim: Amaldagi miqdoriy cheklovlar roʻyxati.

2-boʻlim: JSTning boshqa bildirishnomalarida keltirilgan amaldagi miqdoriy cheklovlarga oid maʼlumotlar va qoʻshimcha maʼlumotlar.

J. Umumiy izohlar, shu jumladan, G.2.2-bandiga muvofiq ilgari bildirilgan miqdoriy cheklovlarni bekor qilish va ularning amal qilishini toʻxtatish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-boʻlim: Amaldagi miqdoriy cheklovlar roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Cheklovning umumiy tavsifi

Cheklov turi

(JSTning G/L/59/Rev.1 qaroriga 2-ilovadagi belgisi)

TIF TN kodi

Mahsulotning batafsil tavsifi

JST asosi (masalan, GATTning XX(g) moddasiga muvofiq) va cheklov sabablari

(masalan, boshqa xalqaro majburiyatlar, Monreal protokoli, CITES va boshqalar)

Milliy huquqiy asos va kuchga kirish sanasi (qonun yoki qaror)

Ilgari bildirilgan miqdoriy cheklovlarning boshqarilishi, oʻzgartirilishi va boshqa izohlar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-boʻlim: JSTning boshqa bildirishnomalarida amaldagi miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligi boʻyicha bitim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A. Miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisida bildirishnoma berilganmi? Ha/Yoʻq.

B. Agar javob “ha” boʻlsa, quyida tegishli hujjat belgisini keltiring va bildirishnomadagi yetishmayotgan maʼlumotlarni kiriting:

Hujjat belgisi

Umumiy tavsif

Cheklov turi

TIF TN kodi

Mahsulotning batafsil tavsifi

JST asoslari va cheklov sabablari

Milliy huquqiy asos va kuchga kirish sanasi

Ilgari bildirilgan miqdoriy cheklovlar boshqarilishi va boshqa izohlar

2. Toʻlov balansi boʻyicha bitim

3. Himoya choralari boʻyicha bitim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A. Miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisida bildirishnoma berilganmi? Ha/Yoʻq

4. Importni litsenziyalash boʻyicha tartiblar (avtomatik boʻlmagan litsenziyalar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A. Miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisida bildirishnoma berilganmi? Ha/Yoʻq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B. Agar javob “ha” boʻlsa, quyida tegishli hujjat belgisini keltiring va bildirishnomadagi yetishmayotgan maʼlumotlarni kiriting:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Hujjat belgisi

Umumiy tavsif

Cheklov turi

TIF TN kodi

Mahsulotning batafsil tavsifi

JST asoslari va cheklov sabablari

Milliy huquqiy asos va kuchga kirish sanasi

Ilgari bildirilgan miqdoriy cheklovlar boshqarilishi va boshqa izohlar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Boshqa bildirishnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A. Boshqa bildirishnomalarda miqdoriy cheklovlar toʻgʻrisida bildirishnoma berilganmi? Ha/Yoʻq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B. Agar javob “ha” boʻlsa, quyida tegishli hujjat belgisini keltiring va bildirishnomadagi yetishmayotgan maʼlumotlarni kiriting:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Hujjat belgisi

Umumiy tavsif

Cheklov turi

TIF TN kodi

Mahsulotning batafsil tavsifi

JST asoslari va cheklov sabablari

Milliy huquqiy asos va kuchga kirish sanasi

Ilgari bildirilgan miqdoriy cheklovlar boshqarilishi va boshqa izohlar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2026-y., 09/26/610/1112-son)