19.10.2026 yildagi PQ-379-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim tizimida inson kapitali sifatini oshirish, yoshlarning psixologik farovonligini taʼminlash, psixologik xizmatning ilmiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini tubdan takomillashtirish, sohada fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, taʼlim tashkilotlarida psixologik qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini hamda mazkur yoʻnalishda yagona ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) taʼlim oluvchilarning barkamol shaxs sifatida shakllanishi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun hamrohlik qilish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) taʼlim tashkilotlarida psixologik xizmatni amaliy jihatdan takomillashtirish hamda pedagog va tarbiyachilarning kasbiy emotsional holati va ruhiy charchash omillarini oʻrganish tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) psixologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etishda yagona yondashuvni joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya oʻquv-ilmiy markazi negizida psixologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tayanch muassasa hisoblanuvchi Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin hamda Taʼlim va ilm-fan vazirligi boʻysunuviga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra barcha taʼlim tashkilotlarining pedagog (tarbiyachi) va oʻquvchilari (tarbiyalanuvchilari, talabalari) (keyingi oʻrinlarda — pedagog va oʻquvchilar) bir oʻquv yilida kamida bir marotaba maqsadli psixologik diagnostikadan oʻtkaziladi. Bunda ushbu tizim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) birinchi bosqichda — 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ikkinchi bosqichda — 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, taʼlim tashkilotlarida psixologik diagnostika quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Institut tomonidan xalqaro standartlar asosida pedagog va oʻquvchilarning yosh toifasi va (yoki) faoliyat xususiyati boʻyicha dastlabki skrining va chuqurlashtirilgan psixologik diagnostika uchun yagona standartlashtirilgan uslubiyot va testlar toʻplami ishlab chiqiladi va tegishli vazirliklarga taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) psixologik diagnostika Institut tomonidan maxsus elektron platformada yuritiladi. Bunda shaxsga doir maʼlumotlar, psixologik diagnostika va psixologik yordam koʻrsatilishi natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlarning sir saqlanishi taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) taʼlim tashkilotlarining psixologlari Institut tomonidan tashkil etiladigan kaskadli malaka oshirish tizimi orqali oʻqitiladi hamda hududlar kesimida mentor psixologlar guruhi shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) kaskadli malaka oshirish kursiga oʻqituvchi sifatida jalb etilgan psixologlarga ushbu davrda asosiy ish joyidagi lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustama asosiy ish joyining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) pedagog va oʻquvchilarning psixologik diagnostika natijalari sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq qilish orqali tahlil qilinib, yagona standart boʻyicha ular “psixologik barqaror”, “psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj” va “faol psixologik qoʻllab-quvvatlash zarur” guruhlariga ajratiladi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj” va “faol psixologik qoʻllab-quvvatlash zarur” guruhlariga kiritilgan pedagog va oʻquvchilar bilan individual ish-reja boʻyicha faoliyat yoʻlga qoʻyiladi hamda uning natijalari Institut tomonidan monitoring qilib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) “psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj” guruhiga kiritilgan pedagog va oʻquvchilarga tegishli taʼlim tashkilotining psixologi biriktiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) “faol psixologik qoʻllab-quvvatlash zarur” guruhiga kiritilgan pedagog va oʻquvchilarga tegishli hudud boʻyicha mentor psixolog biriktiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) oʻquv yili davomida psixologik barqarorlikni taʼminlashda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan 150 nafar mentor psixologlar Davlat budjet mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 20 barobari miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Taʼlim va ilm-fan vazirligi — taʼlim tashkilotlarida pedagog va oʻquvchilarni psixologik diagnostikadan oʻtkazish yoʻnalishlarini belgilaydi, psixologik diagnostika oʻtkazilishini tashkil etadi hamda Institut tavsiyasiga muvofiq “Kelajak soati” darslari dasturlariga oʻquvchi va talabalarning psixologik bilimlarini oshirishga qaratilgan mavzular kiritilishiga masʼul hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi — navbatdagi oʻquv yili uchun darsliklarni tayyorlashda psixologik diagnostika natijalari boʻyicha Institut tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar inobatga olinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Institut — taʼlim tashkilotlari psixologlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda har oʻquv yili yakunida diagnostika natijalari tahlili asosida pedagog va oʻquvchilarning psixologik salomatligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Taʼlim tashkilotlari psixologik xizmat xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Institut davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari psixologik xizmat xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim mazmunini shakllantirishga masʼul muassasa hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) taʼlim tashkilotlari psixologik xizmat xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati oʻquv-uslubiy jihatdan Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Institutga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) tegishli vazirlik va idoralarga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalari psixologik xizmat xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Bunda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi taʼlim tashkilotlari psixologlarining malakasini oshirish bevosita Institutda, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va boshqa viloyatlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida Institut tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) shartnoma asosida davlat oliy taʼlim va nodavlat taʼlim tashkilotlarining psixologik xizmat xodimlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) taʼlim tashkilotlari psixologik xizmat xodimlari besh yilda kamida bir marotaba malakasini oshirishi shart etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Institut faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, Institutning ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida zarur laboratoriyalar xalqaro standartlar asosida 2027 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Institutda 2027-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi laboratoriyalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) asosiy faoliyat yoʻnalishi quyidagilardan iborat boʻlgan Raqamli psixologiya va sunʼiy intellekt laboratoriyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) raqamli muhitda inson xulq-atvori, raqamli qaramlik (internet, oʻyin, ijtimoiy tarmoq), kiberbulling va onlayn xavfsizlik masalalarini ilmiy tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) sunʼiy intellekt texnologiyalarini psixologik diagnostika, maslahat va profilaktika jarayonlariga joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) virtual yordamchilar asosidagi psixologik yordam vositalarini yaratish, sinovdan oʻtkazish va ilmiy baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) asosiy faoliyat yoʻnalishi quyidagilardan iborat boʻlgan Taʼlim psixologiyasi va psixologik xizmat laboratoriyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmatning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) taʼlim oluvchilarda bilim olish motivatsiyasi, akademik stress, oʻzlashtirishdagi qiyinchiliklar va ijtimoiy moslashuv muammolarini tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) taʼlim tashkilotlari psixologlari faoliyatining milliy standartlari, etika kodeksi va ish yuritish tartibini xalqaro andozalar asosida ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) taʼlim tashkilotlarida psixologik xizmat samaradorligini baholash mezonlari va monitoring tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va taʼlim texnologiyalarini joriy etish hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) asosiy faoliyat yoʻnalishi quyidagilardan iborat boʻlgan Psixologik salomatlik va profilaktika laboratoriyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) aholining psixologik salomatlik holatini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti uslubiyoti asosida oʻrganish va monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) stress, emotsional toliqish, xavotir va depressiv holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika dasturlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) suitsidal xulq-atvor profilaktikasi boʻyicha ilmiy asoslangan milliy dasturlar va erta aniqlash mexanizmlarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) inqiroz holatlarida (tabiiy ofat, favqulodda vaziyatlar) psixologik yordam va zararli odatlar profilaktikasining psixologik texnologiyalarini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Institut ilmiy-uslubiy, amaliy va axborot-tahliliy faoliyatni amalga oshiruvchi davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Institut direktori taʼlim va ilm-fan vaziri tomonidan, direktor oʻrinbosarlari Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Institutning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 59 ta shtat birligidan iborat boʻlib, ular:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Nizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya oʻquv-ilmiy markazi tugatilishi munosabati bilan uning 18 ta shtat birligi hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Taʼlim va ilm-fan vazirligi tizim tashkilotlarining 41 ta boshqaruv xodimlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Institut tuzilmasi Institut direktori tomonidan Taʼlim va ilm-fan vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Institut rahbar va ilmiy xodimlarining lavozim maoshlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy muassasalar rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga, boshqa xodimlarining lavozim maoshlari esa tegishlicha Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Institut direktoriga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xodimlarga lavozim maoshiga ustama miqdorini mustaqil belgilash vakolati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) hududiy mentor psixologlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlari hamda pedagogika yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari bazasida tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, taʼlim muassasalari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sud-psixologik va boshqa turdagi psixologik ekspertizalarni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarning xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida malaka oshirishi hamda stajirovka oʻtashi bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar, psixologik ekspertiza va tahlillar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda Kasbiy taʼlim agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) grantlar va homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2026-yilda Institut faoliyatini moliyalashtirish hamda laboratoriyalarni tashkil etish bilan bogʻliq Davlat budjeti hisobidan xarajatlar birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga budjetdan ajratilgan mablagʻlarni Taʼlim va ilm-fan vazirligiga qayta taqsimlash hamda Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2027-yildan boshlab Institut faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Institut Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bratislava koʻchasi 3-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Psixologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmatni ilmiy asosda rivojlantirish hamda sohada ilmiy-tadqiqot, uslubiy va innovatsion faoliyatni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar psixologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashning vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) psixologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash va psixologik xizmat koʻrsatish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) psixologik diagnostika tizimini joriy etishda vazirlik va idoralar hamkorligini muvofiqlashtirish, tashkiliy-amaliy koʻmaklashish va monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) psixologik diagnostika natijalari tahlili hamda Institut tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohalarning psixolog kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, qabul parametrlari va maqsadli kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Taʼlim va ilm-fan vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri E.O. Turdimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari O.A. Xakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 19-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-379-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi PQ-379-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Psixologiya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamiyatda sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish, aholining psixologik madaniyatini oshirish, yoshlarning psixologik barqarorligi va ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, ularni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan ilmiy asoslangan uslubiyot va dasturlarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Taʼlim tashkilotlarida psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlar faoliyatining kasbiy standartlari, samaradorlik mezonlari, diagnostika va baholash vositalari hamda ilmiy-uslubiy taʼminoti meʼyorlarini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Taʼlim oluvchilarning psixologik rivojlanishi, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan psixologik hamrohlik qilish modellari, diagnostika va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pedagog va tarbiyachilarning kasbiy emotsional holati, ruhiy charchash va stress omillarini oʻrganish, ularning psixologik sogʻlomligini saqlash va profilaktika qilish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlarni psixologik qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan adaptiv dasturlar, psixokorreksion va psixoreabilitatsion uslubiyotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tavsiya etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Internetga qaramlik, bulling, kiberbulling, suitsidal xulq-atvor va boshqa psixologik xavflarning oldini olish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, profilaktik dasturlar hamda amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish va tavsiya etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Psixologiya sohasida sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy psixodiagnostika vositalarini joriy etish boʻyicha ilmiy yechimlarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Psixologiya sohasida yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni shakllantirish, ilmiy-metodik materiallar, standartlar, tavsiyalar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy psixodiagnostik metodikalar, psixologik testlar va baholash instrumentlarini ishlab chiqish, xorijiy metodikalarni milliy muhitga adaptatsiya qilish, ularni psixometrik baholash va standartlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xorijiy ilmiy markazlar, oliy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilgʻor xorijiy tajribani milliy amaliyotga moslashtirish hamda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, psixologiya sohasida ilmiy maktablarni rivojlantirish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish choralarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi PQ-379-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Psixologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

E. Turdimov

—

taʼlim va ilm-fan vaziri, Idoralararo kengash raisi

Yu. Risyukova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

B. Abduxalimov

—

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

A. Xudaykulov

—

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

O. Pekos

—

raqamli texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Sattarov

—

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

O. Fazilkarimov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

O. Xasanov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

A. Saʼdullayev

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori

M. Nurmatova

—

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

U. Begimkulov

—

Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori

A. Ismailov

—

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti rektori

Gʻ. Shoumarov

—

Profi universiteti rektori (kelishuv asosida)

X. Maxmudova

—

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi raisi

Lavozim boʻyicha

—

Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Idoralararo kengash kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Idoralararo kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi PQ-379-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutini 2030-yilgacha rivojlantirishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maqsadli koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Ilmiy darajali kadrlar ulushi

foiz

30

35

40

45

50

2.

Fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot loyihalari soni

ta

-

2

3

4

5

3.

Amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqot ishlanmalari soni

ta

-

2

4

6

8

4.

Ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar soni

ta

5

15

20

25

30

5.

Psixodiagnostika, psixokorreksiya va profilaktika dasturlari soni

ta

2

4

6

8

10

6.

Malaka oshirishdan oʻtkazilgan psixolog mutaxassislar soni

nafar

-

2000

2000

2000

2000

7.

Qayta tayyorlangan mutaxassislar soni

nafar

-

150

150

150

150

8.

Xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy loyihalar soni

ta

-

2

2

2

2

9.

“Scopus” va “Web of Science” bazalarida maqolalar soni

ta

-

4

6

8

10

10.

Ilmiy daraja olgan tadqiqotchilar soni

nafar

3

15

20

25

30

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi PQ-379-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmatni ilmiy asosda rivojlantirish hamda sohada ilmiy-tadqiqot, uslubiy va innovatsion faoliyatni yoʻlga qoʻyish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Institut faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish

1.

Psixologiya ilmiy-amaliy tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini tashkil etish.

1. Mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Institut ustavini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

-

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Adliya vazirligi,

Institut

2. Institut ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2026-yil dekabr

2.

Xalqaro dasturlar asosida psixologiya sohasining yagona milliy kasbiy standarti va kasbiy etika qoidalarini ishlab chiqish.

1. Xalqaro dasturlar asosida psixologiya sohasining yagona milliy kasbiy standarti va kasbiy etika qoidalari taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish.

2026-yil noyabr

-

Institut,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi

2. Psixologiya sohasining yagona milliy standarti va kasbiy etika qoidalarini ishlab chiqish.

2027-yil mart

3. Ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2027-yil sentabr

3.

Davlat va nodavlat sektorda faoliyat yuritayotgan psixologiya sohasi mutaxassislarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish tartibini tasdiqlash.

1. Psixologiya sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibini tasdiqlashga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

-

Institut,

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

4.

Taʼlim tashkilotlarida psixodiagnostika oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

1. Taʼlim tashkilotlarida psixodiagnostika oʻtkazish tartibi loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

-

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Institut

2. Taʼlim tashkilotlarida psixodiagnostika oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

2026-yil dekabr

II. Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish hamda kadrlar salohiyatini oshirish

5.

Institutni psixologiya sohasida zamonaviy bilim, malaka va koʻnikmaga hamda amaliy ish tajribasiga ega malakali kadrlar bilan toʻldirish.

1. Institutga xodimlarni ochiq tanlov asosida tanlab olish boʻyicha tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish va tanlov tashkil etish.

2026-yil noyabr

-

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

2. Ochiq tanlov asosida saralangan nomzodlarni oʻrnatilgan tartibda ishga qabul qilish.

2026-yil dekabr

6.

Institutning rahbar kadrlari, ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlari xorijiy davlatlarda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish.

1. Institutning rahbar kadrlari va ilmiy xodimlarini xorijiy universitet va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirishga yuborish reja-grafigini ishlab chiqish.

2027-yil yanvar

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Institut,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

2. Xorijiy hamkorlar va xalqaro tashkilotlar yordamida Institutning rahbar kadrlari, ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlari stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkillashtirish.

Har yili tasdiqlangan reja-grafik asosida

7.

Institut huzuridagi psixologiya ixtisosliklari boʻyicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Institut talabnomasi asosida “Psixologiya tarixi va nazariyasi”, “Shaxs psixologiyasi”, “Psixofiziologiya”, “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”, “Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi”, “Maxsus psixologiya”, “Klinik psixologiya”, “Din psixologiyasi”, “Psixometriya va psixodiagnostika”, “Adaptiv va sport psixologiyasi”, “Raqamli va mediapsixologiya” ixtisosliklari boʻyicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash uchun kvota ajratish.

2. Kvota doirasida qabul jarayonlarini amalga oshirish.

2027-yildan boshlab bosqichma-bosqich

Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Institut

8.

Institut huzurida psixologiya ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kengashlarni tashkil qilish.

1. Institut huzurida tashkil etiladigan ilmiy kengashlar tarkibini shakllantirish.

2027-yil mart

-

Fanlar akademiyasi,

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Institut

2. Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy kengashlar tarkibini tasdiqlash.

2027-yil aprel

3. Ilmiy kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish.

doimiy

9.

Institut ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatiga yetakchi xorijiy taʼlim va tadqiqot muassasalari olimlari va ekspertlari hamda davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning tajribali mutaxassislarini jalb etish.

1. Psixologiya sohasida yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2. Hamkorlik asosida xorijiy professor-oʻqituvchilar, olimlar va ekspertlarni Institutning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatiga jalb etish.

Bunda xorijlik professor-oʻqituvchilar va ekspertlar mehnatiga haq toʻlash ular bilan tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

2026-yil noyabrdan boshlab doimiy

Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Institut,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

manfaatdor

vazirlik va idoralar

10.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida psixologiya sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-meʼyoriy va uslubiy taʼminotni ishlab chiqish va kurslarni tashkil etish.

1. Psixologiya sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslari oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari va alohida oʻquv modullarini ishlab chiqish.

2. Oʻquv dasturi va modullar asosida zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualar, videodarslar, interaktiv oʻquv resurslari va boshqa materiallarni ishlab chiqish hamda muntazam yangilab borish.

3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarning buyurtmanomalarini qabul qilish, ularni koʻrib chiqish, tinglovchilar kontingentini shakllantirish va oʻquv guruhlarini tashkil etish.

4. Oʻquv jarayonini anʼanaviy, masofaviy va gibrid taʼlim shakllarida tashkil etish, tinglovchilar bilimini baholash hamda belgilangan tartibda sertifikatlashtirish tizimini joriy etish.

5. Aholining psixologik savodxonligini oshirish maqsadida ommaviy ochiq masofaviy oʻquv kurslarini ishlab chiqish va tashkil etish.

2027-yildan boshlab doimiy

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida, buyurtmachi tashkilotlar mablagʻlari

Institut,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

III. Sohani raqamlashtirish, xalqaro va ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish

11.

Psixologik xizmat koʻrsatishni raqamlashtirish va yagona elektron platformani joriy etish.

1. Psixologik diagnostika, monitoring, maslahat berish, elektron portfolio va tahliliy hisobotlarni yurituvchi yagona raqamli platformani ishlab chiqish.

2. Raqamli platformani bosqichma-bosqich taʼlim muassasalarida joriy etish.

2027-2028-yillar

Institutga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, grant mablagʻlari, xalqaro loyihalar

Institut,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

12.

Xalqaro moliya institutlari, donor va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish.

1. Xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish.

2. Institut ilmiy tadqiqotlari uchun xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, ilmiy xodimlarning ilmiy anjumanlarda ishtirokini taʼminlash.

3. Ilmiy xodimlarning innovatsion, amaliy va fundamental tadqiqotlar loyihalari tanlovlarida ishtirok etishini taʼminlash.

2027-yil yanvardan boshlab doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Institut,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Innovatsion rivojlanish agentiligi

13.

Psixologik xizmatda ijtimoiy hamkorlik va jamoatchilik ishtirokini rivojlantirish.

1. Ota-onalar, mahalla, NNTlar, tibbiyot muassasalari va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda profilaktik dasturlar, maʼrifiy tadbirlar va psixologik qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish.

2. Taʼlim tashkilotlarida psixologik diagnostika oʻtkazish, ularga zarur tavsiyalarni berish.

3. Taʼlim dasturlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni manfaatdor tomonlarga yetkazish.

2027-yildan boshlab kelishilgan muddatlarda

Davlat budjeti, mahalliy budjetlar, homiylik va grant mablagʻlari

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

mahalliy hokimliklar, fuqarolik jamiyati institutlari

14.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar buyurtmalari asosida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish hamda ilmiy-uslubiy va maslahat xizmatlari koʻrsatish.

1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida maqsadli ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish.

2. Ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari asosida buyurtmachi tashkilotlarga ilmiy-uslubiy va konsultativ xizmatlar koʻrsatish.

3. Buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologiya sohasi boʻyicha oʻquv kurslari, seminarlar va treninglarni tashkil etish.

2027-yildan boshlab doimiy

Buyurtmachilarning mablagʻlari doirasida

Institut,

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish va ommalashtirish.

1. Institut huzurida “Oʻzbekiston psixologiyasi” elektron ilmiy jurnalini tashkil etish.

2027-yil may

Institutga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Institut,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2. Psixologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish, Institut ilmiy jurnali xalqaro nufuzini oshirish hamda xorijiy ilmiy jurnallar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Doimiy

IV. Institutning infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

16.

Institutning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash.

1. Institutning shtat birliklari va faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, xizmat xonalarini ajratish hamda ularni taʼmirlash.

2. Institutni zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika, mebel jihozlari hamda boshqa zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan taʼminlash.

2027-yil mart

Institutga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Institut

3. Ichki axborot telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish.

2027-yildan boshlab

4. Institutga xizmat avtotransport vositalarini ajratish.

2026-yil dekabr

17.

Institutning amaliy va raqamli taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Oʻquv auditoriyalari, amaliy psixologiya, psixologik diagnostika va konsalting xonalari hamda trening zallarini tashkil etish va ularni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash.

2027-yil mart

Institutga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Institut

2. Xona va zallardan foydalangan holda masofaviy va mustaqil taʼlim uchun elektron oʻquv materiallari hamda multimedia mahsulotlarini ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish.

2027-yildan boshlab doimiy

18.

2030-yilgacha institutning zamonaviy laboratoriyalari va markazlarini bosqichma-bosqich jihozlash.

1. Zamonaviy laboratoriya va maxsus uskunalarga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish, zarur jihozlar roʻyxatini shakllantirish.

2027-yil 1-martga qadar

Institutga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Institut

2. Belgilangan moliyalashtirish manbalari doirasida jihozlarni xarid qilish va laboratoriya hamda markazlarni bosqichma-bosqich jihozlash.

2027 — 2030-yillar davomida

V. Psixologik xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish va aholining psixologik savodxonligini oshirish

19.

Psixologik xizmat koʻrsatish sohasida yagona ilmiy-uslubiy maktabni shakllantirish hamda davlat va nodavlat sektor psixologlarining kasbiy rivojlanish tizimini joriy etish.

1. Psixologiya sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil dekabr

-

Institut,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

2. Davlat taʼlim talablari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishning oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari hamda baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil dekabr

3. Psixologlarning kasbiy kompetensiyalarini baholash va akkreditatsiya qilishning yagona mezonlari, baholash vositalari hamda elektron portfolio tizimini joriy etish.

2027-yil iyun

4. Psixologik diagnostika, psixokorreksiya, psixoprofilaktika va psixologik maslahat xizmatlari boʻyicha milliy standartlar va kasbiy etika qoidalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

2027-yildan boshlab

20.

Taʼlim tashkiloti, oila va psixolog oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning yagona tartibini joriy etish.

1. Taʼlim tashkiloti, oila va psixolog oʻrtasidagi hamkorlik tartibini belgilovchi reglamentni tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2027-yil sentabr

Ishtirokchilarning mablagʻlari

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maktab psixologlari uchun ota-onalar bilan ishlash boʻyicha majburiy oʻquv modulini joriy etish hamda ota-onalarning psixologik savodxonligini oshirishga qaratilgan muntazam psixologik-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab

21.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida psixologik xizmatning yagona elektron platformasini joriy etish hamda psixologik muhitning milliy monitoring tizimini shakllantirish.

1. Taʼlim tashkilotlari va akkreditatsiyalangan psixologlar faoliyatiga oid anonimlashtirilgan statistik maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va xavf omillarini erta aniqlash imkonini beruvchi yagona elektron platformani ishlab chiqish va joriy etish.

2027-yil sentabr

Ishtirokchilarning mablagʻlari

Institut,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Yagona elektron platforma asosida respublika va hududlar kesimida psixologik muhitning doimiy monitoringini tashkil etish, har yili “Oʻzbekiston yoshlari psixologik salomatligi” milliy monitoringini oʻtkazish.

2027-yil oktabrdan boshlab doimiy

3. Elektron platforma orqali xavf guruhiga kiruvchi bolalar va oilalarni erta aniqlash, ularga manzilli psixologik xizmat koʻrsatish hamda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish.

2027-yil noyabrdan boshlab

22.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun psixologik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish.

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga psixologik xizmat koʻrsatish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat psixologlar va boshqa tashkilotlarni jalb qilish tartibini joriy etish.

2027-yil avgust

Ishtirokchilarning mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Institut,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Psixologik xizmatlarni vaucher (sertifikat) asosida moliyalashtirish mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish.

2027-yil sentabr

3. Davlat va nodavlat sektorda psixologik xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarning yagona reyestrini shakllantirish hamda aholi uchun ular haqidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini yaratish.

2027-yil oktabr oyidan boshlab

4. Psixologik xizmatlarni koʻrsatish sifati, samaradorligi va davlat mablagʻlaridan foydalanish natijadorligini baholash hamda monitoring qilish tizimini joriy etish.

2027-yil dekabr oyidan boshlab

23.

Yoshlar psixologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish va aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

1. Yoshlar psixologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish.

2027-yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlar,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Institut,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Ilmiy-uslubiy tavsiyalar asosida podkastlar, videokontentlar va boshqa mediamahsulotlarni tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

2027-yil sentabr

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026-y., 07/26/379/1052-son)