Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2006 14.01.2004 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2006
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-2005 YILLAR DAVRIDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURINI AMALGA OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishda muhim rol oʻynaydigan mahalliy xomashyodan butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirishda va uni amalga oshirish jarayonida jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilgan tanqidiy tahlil shuni koʻrsatadiki, bir qator qoʻshma korxonalar ishlab chiqarishda mahalliy xomashyodan hamda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan chiqarilayotgan butlovchi buyumlar, uzellar va bloklardan keng foydalanish boʻyicha zimmalariga qabul qilgan majburiyatlarining toʻliq bajarilishini taʼminlashmayapti. Buning asosiy sababi - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish bozori marketingi boʻyicha ishlarning sust tashkil etilganligi va qoʻshma korxonalarni tashkil etishda eksport boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmayotganidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarishning mahalliy xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar hisobiga butlanishi uchun ishlab chiqaruvchilarni qiziqtiruvchi bojxona preferensiyalari va soliq imtiyozlarining samarali tizimini yaratish hisobiga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalarini hal etishga kompleks yondashuv amalda mavjud emas. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan korxonalar rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini ragʻbatlantirish masalalariga yetarli eʼtibor berilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish va ishlab chiqarishni texnika jihatidan yangilash, raqobatga bardoshli butlovchi buyumlar, uzellar va detallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalari aniq subyektlarning ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish bozorini kengaytirish, mahalliylashtirilayotgan ishlab chiqarishlar uchun texnik xodimlar tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha izchil ish olib borishdan manfaatdorligini oshirishning taʼsirchan mexanizmini yaratish bilan bogʻlangan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarini bosqichma-bosqich kengaytirishning oʻzaro bogʻliq kompleks dasturi deyarli shakllantirilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamchiliklarni bartaraf etish va koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish, mamlakatimizda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishni va turlarini kengaytirishni yanada ragʻbatlantirish, tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hisobiga tovarlar importini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida ishlayotgan va yangidan tashkil etilayotgan korxonalar uchun butlovchi buyumlar, uzellar va bloklar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini izchil amalga oshirish, buning uchun zamonaviy texnologik bazani yaratish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish, tegishli malakaga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash oʻtkazilayotgan tarkibiy siyosatning muhim, ustuvor vazifasi hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 11-noyabrdagi F-1863-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hamda ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulotlarni import qilish hajmlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar baholab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh tomonidan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpoјiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ishlab chiqilgan 2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat mahsulotlarining asosiy turlari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, ularga qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3- ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xomashyo, komponentlar va sanoat materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika korxonalarida ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun ishlab chiqarish-texnika va isteʼmol maqsadlaridagi materiallar va buyumlar roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 5-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirish masalalari boʻyicha 6-ilovaga* muvofiq Maxsus komissiya tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 6-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya (Oʻ.T.Sultonov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi ishtirokida 1—4-ilovalarda* koʻrsatilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo, komponentlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsin va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1—4 - ilovalar berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda mahsulotlarning tayyor turlarini ishlab chiqarayotgan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini aniqlasin, ular boʻyicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasining oshirilishi ustidan monitoring olib borish mexanizmi toʻјrisidagi takliflarni tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Vazirlar Mahkamasiga korxonalarning rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kengaytirilishidan manfaatdorligini oshirishni ragʻbatlantirishga doir takliflar kiritsinlar, bunda ular mehnatiga haq toʻlashni ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishi darajasiga yanada koʻproq bogʻlash nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvning barcha darajalarida ish yakunlarini chiqarishda rahbarlarning ishiga baho berish mezonlaridan biri sifatida ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishi darajasi, mahalliy xomashyo negizida raqobatbardoshli tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, uzellar va bloklar, materiallar ishlab chiqarish oʻzlashtirilishi koʻrsatkichidan foydalanilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar 2004-yil 1-yanvardan boshlab besh yil muddatga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chetdan olib kelinayotgan texnologiya asbob-uskunalari va ularga ehtiyot qismlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan va mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan materiallar va komponentlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliylashtirish dasturi loyihalariga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha daromad (foyda) soligʻi, yagona soliq toʻlovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan subyektlar uchun);
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-avgustdagi 198-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Adliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlarni qoʻllash va boʻshayotgan mablagʻlardan tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish uchun maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi respublikada ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlar toifasiga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi ikki hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan xulosalarni berishni tartibga soluvchi tegishli nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 14-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 17-modda; 2005-y., 32-33-son, 253-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda)