1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Birgalikda qabul qilinadigan qarorlar | Asosiy mazmuni | Oʻzbekiston Respublikasining masʼul davlat organlari | Konstitutsiyaviy Qonunning tegishli moddasi |
1. | Faoliyatni Moliya markazi hududiga taalluqli deb eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi qaror | Faoliyatning Moliya markazi hududiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlariga taalluqliligini aniqlash mezonlari va tartib-taomillari. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi | |
2. | Oʻzbekiston soliq rezidentlariga moliyaviy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi qaror | Moliya markazi ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida, biroq Moliya markazi hududidan tashqarida joylashgan shaxslarga moliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartlarini belgilovchi tartib. | Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi | |
3. | Moliya markazi va Markaziy bankning hisobot, axborot almashish va valyuta nazorati toʻgʻrisidagi qarori | Soddalashtirilgan hisobot, axborot almashish va nazorat mexanizmlari; valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobot; Moliya markazi organlari va Markaziy bank oʻrtasida axborot almashish; kapitalni erkin repatriatsiya qilish va valyutani erkin konvertatsiya qilish prinsiplari. | Markaziy bank | |
4. | Moliya markazining investitsiyaviy soliq rezidentligi dasturi toʻgʻrisidagi qaror | Dastur qoidalari, investitsiyalarning malakali shakllari, hajmlari va vositalari, eʼtirof etish mezonlari va ishtirok etish tartib-taomillari; halollikka oid maʼlumotlarni oshkor etish va soliq rezidentligiga oid tartiblar. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi | 13 va 18-moddalar |
5. | Moliya markazining soliq imtiyozlari, malakali ishtirokchi talablari va daromadlarni alohida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori | Soliq imtiyozlari shartlari, Moliya markazining malakali ishtirokchilariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar, iqtisodiy mohiyat va unga bogʻliq shartlar; soliqdan ozod qilingan daromadlar, soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlarni alohida hisobga olish; listingdagi qimmatli qogʻozlar va soliq rezidentligiga oid shartlar. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi | |
6. | Moliya markazida soliq tizimi va maʼmuriyatchiligi toʻgʻrisidagi qaror | Moliya markazida soliq tizimi va soliq maʼmuriyatchiligi. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi | |
7. | Moliya markazida bojxona maʼmuriyatchiligi toʻgʻrisidagi qaror | Moliya markazida foydalaniladigan yoki isteʼmol qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona maʼmuriyatchiligi. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi | |
8. | Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish, axborot almashishi va migratsiya hisoboti tartibi toʻgʻrisidagi qaror | Moliya markazi ishtirokchilari va organlariga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish, malaka talablari, kvotalar va axborot almashish tartibi. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi | |
9. | Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi qaror | Moliya markazi organlariga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat qilish tartib-taomillari. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi | |
10. | Konsolidatsiyalashgan nazorat va prudensial choralar boʻyicha hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi qaror | Moliya markazi ishtirokchisining Moliya markazi hududida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlarida tartibga solinadigan tashkilotlari yoki filiallari mavjud boʻlgan hollarda Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi va Markaziy bank oʻrtasida konsolidatsiyalashgan nazorat, axborot almashish va prudensial choralar boʻyicha hamkorlik. | Markaziy bank | 17 va 28-moddalar |
3-ILOVA
|
T/r |
Moliya markazi qarori |
Asosiy mazmuni |
|
1. |
Angliya va Uels huquqini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazida Angliya va Uels umumiy huquqini, shu jumladan adolat huquqi qoidalari va prinsiplarini qoʻllash, shuningdek, Angliyaning muayyan qonun hujjatlari roʻyxati va Moliya markazining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar. |
|
2. |
Moliyaviy xizmatlar va bozorlar toʻgʻrisidagi qaror |
Moliyaviy xizmatlar va bozorlarning asosiy huquqiy asoslari, shu jumladan avtorizatsiya, litsenziyalash, nazorat, tartibga solish vakolatlari, eʼtirof etilgan tashkilotlar, bozor infratuzilmasi, qimmatli qogʻozlarni taklif etish va listing, jamoaviy investitsiya fondlari, bozorda suiisteʼmol qilish, huquqni qoʻllash hamda moliyaviy xizmatlarga oid huquq va majburiyatlarni oʻtkazish. |
|
3. |
Kompaniyalar toʻgʻrisidagi qaror |
Kompaniyalar va Moliya markazining boshqa ishtirokchilarini tashkil etish, taʼsis etish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, korporativ boshqaruvi, hisoblari, auditi, hujjatlarni taqdim etishi, korporativ maʼmuriyatchiligi va tugatilishi. |
|
4. |
Bankrotlik va restrukturizatsiya toʻgʻrisidagi qaror |
Bankrotlik, toʻlovga qobiliyatsizlik, maʼmuriy boshqaruv, tashqi boshqaruv, restrukturizatsiya, kreditorlar bilan kelishuvlar, tugatish va likvidatsiya, toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha mutaxassislar hamda transchegaraviy toʻlovga qobiliyatsizlik. |
|
5. |
Koʻchmas mulk va ijara munosabatlari toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulk va binolarga egalik qilish, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijara, ipoteka va koʻchmas mulk bilan bogʻliq boshqa bitimlar. |
|
6. |
Mehnat munosabatlari toʻgʻrisidagi qaror |
Mehnat munosabatlari, mehnat shartnomalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari, xodimlarni biriktirish, ish joyida himoya choralari, mehnat munosabatlarini tugatish, huquqiy himoya vositalari va tegishli mehnat standartlari. |
|
7. |
Maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qaror |
Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va qayta ishlash, maʼlumotlar subyektlarining huquqlari, maʼlumotlar kontrolyorlari va qayta ishlovchilarning majburiyatlari, maʼlumotlarni xalqaro uzatish, nazorat, huquqni qoʻllash va konfidensiallik talablari. |
|
8. |
Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qaror |
Jamoaviy investitsiya fondlarini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish, boshqarish, korporativ boshqaruv, aktivlarni saqlash, faoliyat yuritish va marketing, shu jumladan investorlarni himoya qilish hamda zarur hollarda fondlarni pasportlash tartiblari. |
|
9. |
Professional xizmatlar toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazida professional xizmatlarni tartibga solish, shu jumladan yuridik, buxgalteriya, audit, soliq, korporativ va boshqa professional xizmat koʻrsatuvchilar uchun tegishli malaka, xulq-atvor, boshqaruv va talablarga rioya etish shartlari. |
|
10. |
Bank faoliyatini tiklash va sanatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror |
Tiklash va sanatsiya qilish, intervensiya, barqarorlashtirish va sanatsiya vakolatlari, himoya choralari, sanatsiyani moliyalashtirish hamda muammoli banklar va tegishli doiraga kiruvchi boshqa moliyaviy institutlarga nisbatan choralar koʻrish. |
|
11. |
Maʼmuriy masalalar toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazining tijorat qonunchiligi doirasida qoʻllaniladigan maʼmuriy tekshiruvlar, axborot toʻplash, huquqbuzarliklar, sanksiyalar, jarimalar, huquqni qoʻllash tartib-taomillari, protsessual adolat, kelishuvga erishish vakolatlari va boshqa maʼmuriy choralar. |
|
12. |
Benefitsiar mulkdorlik va nazorat toʻgʻrisidagi qaror |
Benefitsiar mulkdorlar va nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiya qilish, tekshirish, hisobga olish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish, mulkdorlar va nazorat qiluvchi shaxslar reyestrlari, xabar berish, shaffoflik majburiyatlari va tegishli talablarga rioya etish. |
|
13. |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazida chakana tovarlar va xizmatlarni taqdim etishning minimal standartlari, shu jumladan halol muomala, narx belgilash va axborotni oshkor qilish, qaytarish va huquqiy himoya vositalari, shikoyatlar, taqiqlangan amaliyotlar va tartibga soluvchi organ tomonidan huquqni qoʻllash. |
|
14. |
Masʼuliyati cheklangan sherikliklar toʻgʻrisidagi qaror |
Masʼuliyati cheklangan sherikliklarni tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish, huquqiy maqomi, aʼzolik, boshqaruv, korporativ maʼmuriyatchiligi, hisoblar, hujjatlarni taqdim etish, tugatish va likvidatsiya qilish. |
|
15. |
Korporativ nazoratni oʻzgartirish (Takeover) toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazining tegishli kompaniyalari ustidan nazoratni qoʻlga kiritish yoki bunday nazoratni birlashtirishga qaratilgan takliflar, qoʻshib yuborish (olish) va boshqa bitimlarni tartibga solish; axborotni oshkor qilish, teng munosabatda boʻlish hamda bunday bitimlar ustidan maxsus nazoratni amalga oshirish tartibi. |
|
16. |
Trastlar toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazi huquqi bilan tartibga solinadigan yoki Moliya markazida boshqariladigan trastlarga oid maxsus qoidalar, shu jumladan ishonchli boshqaruvchilar, himoyachilar, saqlab qolingan vakolatlar, huquqni tanlash, huquqni qoʻllash hamda Angliya trast huquqi va adolat huquqi prinsiplari bilan oʻzaro munosabat. |
|
17. |
Moliyaviy hisoblar boʻyicha axborotni avtomatik almashish yagona standarti (CRS) toʻgʻrisidagi qaror |
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Moliyaviy hisoblar boʻyicha axborotni avtomatik almashish yagona standartini (CRS) joriy etish, shu jumladan moliyaviy hisobvaraqlar boʻyicha lozim darajada tekshirish, identifikatsiya qilish, hisobot berish, hisob va hujjatlarni saqlash, talablarga rioya etish va axborot almashish talablari. |
|
18. |
Xorijiy hisobvaraqlar boʻyicha soliqqa rioya etish talablari (FATCA) toʻgʻrisidagi qaror |
FATCA doirasida tegishli moliyaviy institutlar va hisobvaraqlarga nisbatan lozim darajada tekshirish, hisobot berish, hisob va hujjatlarni saqlash hamda talablarga rioya etish majburiyatlarini joriy etish. |
|
19. |
Tijorat litsenziyalari toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazida tijorat faoliyati va yuridik shaxslarni litsenziyalash va roʻyxatdan oʻtkazish, shu jumladan litsenziya toifalari, shartlar, muddatini uzaytirish, oʻzgartirish, amal qilishini toʻxtatib turish va bekor qilish, nazorat qilinadigan faoliyat turlari va filiallarni roʻyxatdan oʻtkazish. |
|
20. |
Tijorat ruxsatnomalari toʻgʻrisidagi qaror |
Vaqtinchalik va muayyan faoliyat turiga oid tijorat ruxsatnomalari, talablarga muvofiqlik, ariza berish va tasdiqlash tartib-taomillari, shartlar, amal qilish muddati, uzaytirish, toʻxtatib turish, bekor qilish va talablarga rioya etish. |
|
21. |
Sharhlash toʻgʻrisidagi qaror |
Taʼriflar, talqin qilish qoidalari, umumiy prinsiplar, muddatlarni hisoblash, qonunchilikka havolalar, Moliya markazining quyi darajadagi qarorlarini qabul qilish vakolatlari hamda Moliya markazining huquqiy asoslariga umumiy tatbiq etiladigan boshqa qoidalar. |
|
22. |
Elektron bitimlar toʻgʻrisidagi qaror |
Elektron imzolar, elektron shartnomalar, elektron yozuvlar va hujjatlar, elektron kommunikatsiyalar hamda texnologiyalarga asoslangan boshqa bitimlar va hujjatlarni taqdim etishning yuridik tan olinishi va ijro etilishi. |
|
23. |
Fondlar toʻgʻrisidagi qaror |
Fondlarni tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish, boshqaruv, maʼmuriy yuritish, faoliyatni davom ettirish, migratsiya va tugatish, shu jumladan muassislar, kengashlar, vasiylar, benefitsiarlar hamda oilaviy boylikni boshqarish yoki vorislikni rejalashtirish tuzilmalari. |
|
24. |
Moliya markazida soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazi hududida qoʻllaniladigan soliq va bojxona qoidalari, shu jumladan Moliya markazi organlari va ishtirokchilariga soliq solish, soliq maʼmuriyatchiligi, tovarlar va xizmatlarga nisbatan bojxona tartibi, imtiyozlar va preferensiyalar, hisobot berish va talablarga rioya etish majburiyatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli soliq va bojxona organlari bilan muvofiqlashtirish. |
|
25. |
Toshkent xalqaro tijorat sudi toʻgʻrisidagi qaror |
Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish, uning tarkibi va yurisdiksiyasi; sud tizimi, sudyalarni tayinlash va intizomi; odil sudlovni amalga oshirish; fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar; sud xarajatlari va zararni qoplash; sud qarorlari va ajrimlari; sud qarorlari va qarzlarni ijro etish. |
|
26. |
Moliya markazi qarorlarini qabul qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qaror |
Moliya markazi qarorlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish, kuchga kiritish, oʻzgartirish va bekor qilish; rasmiy reyestrni yuritish; jamoatchilik muhokamasi; tartibga solish taʼsirini baholash va qarorlar qabul qilish jarayoniga oid boshqa talablar. |
|
Qoidalar |
||
|
27. |
Bozorlar va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qoidalar |
Qimmatli qogʻozlar va moliyaviy vositalarni taklif etish, chiqarish, prospektlar, listing, savdoga qoʻyish va savdo qilish, shuningdek birja, kliring, hisob-kitob va boshqa bozor infratuzilmasi talablari. |
|
28. |
Bozor toʻgʻrisidagi qoidalar |
Bozordagi xulq-atvorga oid talablar, shu jumladan bozorda suiisteʼmol qilish, insayderlik, manipulyatsiya, chalgʻituvchi xatti-harakatlar, axborotni oshkor qilish majburiyatlari hamda tartibli va shaffof bozorlar standartlari. |
|
29. |
Biznesni yuritish toʻgʻrisidagi qoidalar |
Mijozlarni tasniflash, muvofiqlik va maqbullik, axborotni oshkor qilish, moliyaviy targʻibot, manfaatlar toʻqnashuvi, mijoz aktivlari, shikoyatlar, investorlarni himoya qilish va tartibga solinadigan firmalar uchun biznesni yuritishning boshqa standartlari. |
|
30. |
Virtual aktivlar va raqamli qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qoidalar |
Moliyaviy xizmatlar doirasida virtual aktivlar va raqamli qimmatli qogʻozlarni tartibga solish, shu jumladan taʼriflar, ularni chiqarish, saqlash, savdo, birja faoliyati, brokerlik, bozor infratuzilmasi, tegishli derivativlar va texnologik xatarlar. |
|
31. |
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish va sanksiyalar toʻgʻrisidagi qoidalar |
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda sanksiyalarga rioya qilish, shu jumladan mijozlarni lozim darajada tekshirish, benefitsiar mulkdorlikni tekshirish, mablagʻlar va boylik manbaini nazorat qilish, operatsiyalarni monitoring qilish, shubhali faoliyat toʻgʻrisida xabar berish va hisoblarni saqlash. |