Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 03.07.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 942
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“TASDIQLAYMAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
moliya vaziri
R. Azimov

2000-yil 15-iyun
47-son

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORAKLIK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT TAQDIM ETISH MUDDATLARI TOʻGʻRISIDAgi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 3-iyuldagi 942-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3567, 04.11.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va buxgalteriya hisobining 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” milliy standartiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomda buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddatlari belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdorlarga (davlat mulkini boshqarishga vakolatli boʻlgan organlariga; taʼsis hujjatlariga muvofiq muassislarga (ishtirokchilarga));
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat statistika organlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
(muqqadimaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar hisobotni faqat joylardagi davlat statistika organlari va soliq organlariga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORAKLIK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOTNI TAQDIM ETISH MUDDATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar uchun umumlashtirilgan choraklik va yillik hisobotlarni taqdim etishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
choraklik hisobotlar uchun hisobot choragi tugagandan soʻng 40 (qirq) kun mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yillik hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15-martidan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va chet el firmalarining vakolatxonalari uchun yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddati hisobot yilidan keyingi yilning 25-martidan kechiktirmay belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkilotlari moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni moliya organlariga yilda bir marta hisobot yilidan keyingi yilning 15-martidan kechiktirmay taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar (mazkur Nizomning 1 — 3 bandlarida koʻrsatilgan subyektlardan tashqari) choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni quyidagi muddatlarda taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
choraklik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot davri tugagandan keyingi oyning 25-kuniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yillik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING JAVOBGARLIGI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, jamoatlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi subyektlar mazkur Nizomni buzganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAKUNIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Nizom kuchga kirgan paytdan boshlab quyidagi meʼyoriy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1993-yil 22-martdagi 21-sonli “Korxonalar va tashkilotlar choraklik buxgalteriya hisobotining hajmi va shakllari toʻgʻrisida”gi xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1993-yil 27-oktabrdagi 76-sonli “Korxonalar va tashkilotlar yillik buxgalteriya hisobotining hajmi va shakllari toʻgʻrisida”gi xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1994-yil 17-yanvardagi 8-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1993-yil 27-oktabrdagi 76-sonli xatini toʻldirish masalasi boʻyicha xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1993-yil 16-noyabrdagi 81-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq boshqarmasining 66-sonli “Choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida”gi xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1994-yil 30-iyundagi 17-02/35-sonli “Yarim yillik buxgalteriya hisobotini taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida”gi xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995-yil 19-apreldagi 44-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 34-sonli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobotini taqdim etish toʻgʻrisida”gi xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1996-yil 31-oktabrdagi 165-sonli “1996-yildan boshlab umumlashtirilgan choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlari va balanslarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1996-yil 6-fevraldagi 17-7/20-sonli “1996-yil uchun choraklik buxgalteriya hisobotlarining hajmi toʻgʻrisida”gi xati (oʻzbek tilida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1996-yil 6-fevraldagi 11-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 96-13-sonli xati.