18.05.2026 yildagi 253-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Soliq bazasini tovarlarning bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlash orqali teng raqobat muhitini yaratish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son va “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son farmonlari ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablariga muvofiq soliq bazasini bozor tamoyillari asosida aniqlash, shuningdek, teng raqobat muhitini yaratish orqali insofli soliq toʻlovchilar va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 248-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning bozor narxini aniqlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi ushbu qaror kuchga kirgan sanadan keyin tuzilgan bitimlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar davlat xaridlari, birja va auksion savdolari ishtirokchilari tomonidan tuzilgan shartnomalar hamda ularning ijrosi boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura maʼlumotlarini (har bir lot va tovarlar nomenklaturasi kesimida) real vaqt rejimida oʻzaro almashish boʻyicha axborot tizimlarini integratsiya qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovarlarning bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Soliq-servis” aksiyadorlik jamiyati tomonidan soliq solish maqsadida soliq toʻlovchilarga bozor narxini aniqlash boʻyicha bepul xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Pulatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 18-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
253-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-maydagi 253-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda — Soliq kodeksi) muvofiq soliq bazasini koʻchmas mulk obyektlari hamda yogʻoch mahsulotlarining (keyingi oʻrinlarda — tovarlar) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan oʻxshash tovarlar — bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega boʻlgan tovarlar soliq solish maqsadida aynan oʻxshash tovarlar deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim narxi — shartnoma, elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari yoki boshqa hisob hujjatlarida aks ettirilgan narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir xil turdagi tovarlar — aynan oʻxshash boʻlmagan holda, bir xil xususiyatlarga ega boʻlgan hamda ayni bir vazifani bajarish imkoniyatini beradigan oʻxshash tarkibiy qismlardan iborat boʻlgan va (yoki) tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa oladigan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqqoslanadigan bozor narxlari usuli — tovarlarni aynan oʻxshash yoki bir xil turdagi tovarlar boʻyicha tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlganda, shunday tovarlar bilan qiyoslashga asoslangan baholash usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning bozor narxi — soliq organlari tomonidan soliq bazasini aniqlashda qoʻllanadigan va erkin bozorda mustaqil tomonlar oʻrtasida shakllanadigan narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob hujjatlari — tovarlarni sotish narxini tasdiqlovchi shartnoma, elektron hisobvaraq-faktura, dalolatnoma, onlayn nazorat-kassa texnikasi cheki va boshqa hisob hujjatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq kodeksiga muvofiq transfert narxni belgilash doirasida nazorat qilinadigan bitimlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlari davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tabiiy monopoliya korxonalarining tovarlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan arzonlashtirilgan narxlarda sotilgan tovarlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki chet davlat qonunchiligiga muvofiq oʻtkazilgan birja savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan bitimlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan qatʼiy narx belgilangan bitimlarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizom talablari soliq toʻlovchilar tomonidan sotilgan tovarlarning hisob hujjatlarida aks ettirilgan narxi shunday tovarlar boʻyicha aniqlangan bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori boʻlgan holatda qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Nizom talablari faqat soliq solish maqsadlarida qoʻllanadi, tovarlarni haqiqatda sotilgan narxi esa buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash uchun foydalanadigan usul va uni qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan yogʻoch mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Soliq organlari soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlashda taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Koʻchmas mulk obyektlarining bozor narxi koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ tomonidan bozor narxi aniqlanmagan koʻchmas mulk obyektlarining bozor narxi soliq organlari tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Taqqoslanadigan bozor narxlari usulida aynan oʻxshash yoki bir xil turdagi tovarlarni sotish (xarid qilish) narxlari ularni sotish boʻyicha tuzilgan shartnomalarning, shuningdek, haqiqatda tovarlarni yetkazib berishning oʻziga xos xususiyatlarini, hududlarni (tuman/shahar) hamda soliq organlariga maʼlum boʻlgan boshqa axborotlarni inobatga olgan holda qiyoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi koʻrinishidagi arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin hamda ularning fizik xususiyatlari, sifati, moʻljallangan vazifasi, kelib chiqqan mamlakati va ishlab chiqaruvchisi, uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi, foydalaniladigan tovar belgisi, shuningdek, Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi identifikatsiya kodlari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqeyi, tovar belgisi, kelib chiqqan mamlakati, shuningdek, Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi pozitsiyalari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan usul orqali soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash uchun soliq organlarida mavjud elektron-hisobvaraq faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Soliq organlari soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlashda quyidagi maʼlumotlardan ham foydalanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalanilgan tovarlar qiymati haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja narxlari va kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion va davlat xaridlari platformalari maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchilarning narxnomalari (preyskurant)dagi maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalaridan va internet resurslaridan olingan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda narxlarni belgilovchi vakolatli organlarning maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan garovga olingan tovarlarni qayta baholash maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan obyektlarning bozor narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agar tovarlarning narxi koʻrsatib oʻtilgan manbalarda turlicha boʻlsa, soliq solish maqsadlarida ularning oʻrtacha bozor narxi inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning oʻrtacha bozor narxi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrtacha bozor narxi = (X1*Y1+X2*Y2+...+ Xn*Yn) / (X1+X2+...+Xn), bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X1,2...n — kun (hafta, oy) davomida har bir bitim boʻyicha realizatsiya qilingan tovarlar hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Y1,2....n — kun (hafta, oy) davomida har bir bitim uchun sotilgan tovarlarning narxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Birja va boshqa elektron platformalar orqali sotilgan tovarlarning bozor narxini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tovarlarning bozor narxi birja savdolarida sotilayotgan aynan oʻxshash (ular mavjud boʻlmaganda, bir turdagi) tovarlar narxlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar boʻyicha sotilgan tovarlar narxi sotish sanasidagi birja savdolarida aynan oʻxshash (ular mavjud boʻlmaganda, bir turdagi) tovarlar narxidan farq qilsa, soliq bazasini aniqlashda birja savdosida sotilgan tovarlarning narxi (kotirovkasi) qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tovarlarni sotish sanasida birja savdolarida aynan oʻxshash (ular mavjud boʻlmaganda, bir turdagi) tovarlar sotilgan taqdirda, soliq bazasini aniqlashda birja savdolarida hafta mobaynida sotilgan tovarlarning oʻrtacha narxi, haftalik maʼlumot mavjud boʻlmagan hollarda, oylik sotilgan tovarlarning oʻrtacha narxi (kotirovkasi) qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar boʻyicha sotilgan tovarlarning bozor narxini birja maʼlumotlari asosida aniqlashning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning narxidan kelib chiqib, ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Birja yoki davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tovarlarning bozor narxini aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda, ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan manbalar maʼlumotlaridan foydalanilgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Soliq organlari tovarlarning bozor narxlarini baholash faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidan hamda baholash milliy standartlari qoidalaridan foydalangan holda ham aniqlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tovarlarni sotish narxi soliq solish maqsadida qoʻllanadigan bozor narxidan past ekanligi aniqlansa, soliq organlari tomonidan qoʻllanadigan bozor narxi va soliq toʻlovchining sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq bozor narxidan past sotilgan tovarlar hajmiga koʻpaytiriladi hamda hosil boʻlgan summa soliq bazasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qoʻshimcha hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi chegiriladigan xarajat sifatida eʼtirof etiladi, Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tovarlarni xarid qilish narxi soliq organlari tomonidan qoʻllanadigan bozor narxidan yuqori ekanligi aniqlansa, soliq toʻlovchining xarid qilish narxi va soliq organlari tomonidan aniqlanadigan bozor narxi oʻrtasidagi ijobiy farq summasi boʻyicha hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tovarlarning ushbu Nizomda belgilangan tartibda aniqlangan bozor narxidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga muvofiq foyda soligʻining bazasiga tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agar bozor narxining belgilanishi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi va foyda soligʻi boʻnak toʻlovi summalarining kamaytirilishiga olib kelgan boʻlsa, soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoboti va foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisoblash uchun maʼlumotnomaga mustaqil ravishda tuzatishlar kiritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda aniqlangan qoʻshimcha soliq bazasi va soliq summasiga nisbatan Soliq kodeksida belgilangan moliyaviy jarimalar qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash va soliqlarni hisoblash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shartli misollar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Soliq toʻlovchi soliq organlari tomonidan soliq solish maqsadida aniqlangan tovarlarning bozor narxidan norozi boʻlgan taqdirda, tovarlarning bozor narxini aniqlash boʻyicha boshqa mustaqil baholovchini jalb qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Soliq toʻlovchi bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganining asoslarini taqdim etish orqali soliq organlarining soliq bazasiga tuzatish kiritish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan nizolashishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Soliq organlari sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda tovarlarning bozor narxini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat xaridini amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Soliq bazasi bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan yogʻoch mahsulotlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

Guruh

Sinf

Sinf tavsifi

Mahsulotning identifikatsiya kodi

1.

044

04403

Xom yogʻoch

04403001002

2.

04403003002

3.

04403004001

4.

04403005001

5.

04403006001

6.

04406

Shpallar

04406001001

7.

04406002001

8.

04406004001

9.

04407

Yogʻoch

04407001001

10.

04407001002

11.

04407001003

12.

04407001004

13.

04407001005

14.

04407001006

15.

04407001011

16.

04407001012

17.

04407001013

18.

04407001014

19.

04407001015

20.

04407001016

21.

04407001017

22.

04407001018

23.

04407001019

24.

04407001020

25.

04407002001

26.

04407002002

27.

04407002003

28.

04407002004

29.

04407002005

30.

04407002006

31.

04407002007

32.

04407002008

33.

04407002010

34.

04407002011

35.

04407002012

36.

04407002013

37.

04407002014

38.

04407002015

39.

04407002016

40.

04407002101

41.

04407002102

42.

04407002103

43.

04407002104

44.

04407002105

45.

04407002106

46.

04407002107

47.

04408

Yopish choyshablari

04408001001

48.

04409

Yogʻoch

04409001002

49.

04409004002

50.

04409004003

51.

04410

Zarrachalar taxtasi

04410001001

52.

04410001002

53.

04410002001

54.

04411

Elyaf plitalari

04411001001

55.

04411001003

56.

04411001004

57.

04411001005

58.

04411001006

59.

04411002001

60.

04411002002

61.

04412

Yelimlangan faner

04412001001

62.

04412001005

63.

04412001006

64.

04413

Siqilgan yogʻoch

04413001001

65.

04418

Duradgorlik va duradgorlik mahsulotlari

04418001002

66.

04418001003

67.

04418001005

68.

04418001006

69.

04418003001

70.

04421

Boshqa yogʻoch buyumlar

04421001006

71.

04421001026

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash va soliqlarni hisoblashga doir
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SHARTLI MISOLLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-misol. Koʻchmas mulkni sotish boʻyicha bozor narxi asosida soliqni hisoblash (taqqoslanadigan bozor narxi usuli).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2025-yil

mln soʻm

Tovar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Elektron hisobvaraq-faktura boʻyicha sotish narxi

Oʻrtacha bozor narxi

Kamaytirib koʻrsatilgan soliq bazasi

(QQSsiz)

QQS

Foyda soligʻi

narx

soliq bazasi

narx

soliq bazasi

Koʻchmas mulk

m2

216,04

1,07

231,2

6,1

1 317,8

970,2

116,4

128,1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “A” MCHJ tomonidan 2025-yil 5-aprelda tuzilgan shartnomaga asosan 3-qavatda joylashgan, maydoni 216,04 m2dan iborat boʻlgan turar joy fuqaro “N.X”ga 1 m2 uchun 1,07 mln soʻmdan — jami 231,2 mln soʻmga sotilgani toʻgʻrisida notarial idoralar tomonidan shartnoma tasdiqlangan (elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandida nazarda tutilgan formula asosida Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan yangi qurilgan koʻchmas mulk obyektlarining 1 m2 uchun oʻrtacha bozor narxi 2025-yil aprel oyida shakllantirilgan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanib aniqlanganda, 1 m2 uchun 6,1 mln soʻmni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkning oʻrtacha bozor narxi va sotish narxi oʻrtasidagi farq 20 foizlik ogʻishdan koʻp (6,1 — 1,07=4,7 (5,03/1,07)*100=470,1 foiz > 20 foiz).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan kelib chiqib, soliq bazasi tovarlarning bozor narxi asosida hisoblanganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6,1 mln soʻm * 216,04 m2 = 1 317,8 mln soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona tomonidan hisobotda koʻrsatilgan soliq bazasi:

1,07 mln soʻm (EHF boʻyicha) * 216,04 m2 = 231,2 mln soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kamaytirib koʻrsatilgan soliq bazasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 317,8 mln soʻm — 231,2 mln soʻm = 1 086,6 mln soʻmni yoki QQSsiz 970,2 mln soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamaytirib koʻrsatilgan tushumdan soliqlar qoʻshimcha hisoblanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQS = 970,2 mln soʻm * 12 foiz stavka = 116,4 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foyda soligʻi = 853,8 mln soʻm (970,2-116,4)*15 foiz stavka = 128,1 mln soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami 244,5 mln soʻm qoʻshimcha soliq hisoblanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-misol. Yogʻoch mahsulotini sotish boʻyicha bozor narxi asosida soliqni hisoblash (taqqoslanadigan bozor narxi usuli).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Realizatsiya qilingan tovarning nomi

Tovar-xomashyo birja maʼlumoti boʻyicha tovarning bozor narxi

Tovarning EHFdagi narxi

Sotilgan tovar hajmi

(kub metr)

Soliq bazasi

(bozor narxi boʻyicha, mln soʻm)

Soliq bazasi

(korxona hisoboti boʻyicha, mln soʻm)

Kamaytirib koʻrsatilgan soliq bazasi,

mln soʻm

Qoʻshilgan qiymat soligʻi,

mln soʻm

Foyda soligʻi,

mln soʻm

Yogʻoch

4 200

2 000

1 000

4 200

2 000

1 964,3

235,7

259,3

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari maʼlumotlar bazasida “A” korxona tomonidan 1 000 kub metr yogʻoch mahsulotini “V” korxona bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzib, bir kub metrini QQS bilan 2 000 ming soʻmdan — jami 2 mlrd soʻmga sotilgani boʻyicha 2025-yil 10-aprel kuni elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-xomashyo birjasi maʼlumotlari oʻrganilganda, 2025-yil 2-aprel kuni “S” korxona tomonidan yogʻoch mahsulotining bir kub metrini 4 200 ming soʻmdan (QQS bilan) 500 kub metr yogʻoch mahsulotini sotish boʻyicha bitim tuzilgani maʼlum boʻldi (bunda agar xuddi shu turdagi tovarni sotish boʻyicha shu sanada bir qancha bitim tuzilgan boʻlsa, bozor narxi sifatida ushbu tovarning oʻrtacha narxi olinadi). Yogʻoch mahsulotining bozor narxi va sotish narxi oʻrtasidagi farq 20 foizlik ogʻishdan koʻp (4200-2000=2200, (2200/1000)*100=220 foiz>20 foiz).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilarga asosan, “A” korxona tomonidan bir kub metr yogʻochni sotishdan tushgan tushum hisob hujjatlarida 2 200 ming soʻmga (birja narxi 4 200 ming soʻm — EHF narxi 2 000 ming soʻm) kamaytirib koʻrsatilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan kelib chiqib, soliq bazasi tovarlarning bozor narxi (birja narxi) asosida hisoblanganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4 200 ming soʻm (QQS bilan birja narxi) * 1 000 kub metr = 4,2 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona tomonidan hisobotda koʻrsatilgan soliq bazasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 000 ming soʻm (QQQS bilan EHF narxi) * 1 000 kub metr = 2 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan kamaytirib koʻrsatilgan soliq bazasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4,2 mlrd soʻm — 2 mlrd soʻm = 2,2 mlrd soʻmni yoki QQSsiz 1,9 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamaytirib koʻrsatilgan tushumdan soliqlar qoʻshimcha hisoblandi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQS = 1,9 mlrd soʻm * 12 foiz = 235,7 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foyda soligʻi = (1,9 mlrd soʻm — 235,7 mln soʻm) * 15 foiz = 259,3 mln soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami 495 mln soʻm qoʻshimcha soliq hisoblanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini bitim narxi bozor narxidan yuqori boʻlgan holatlarda taqqoslanadigan bozor narxi usulini qoʻllagan holda aniqlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-misol. Yogʻoch mahsuloti xaridi boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tovar nomi

Tovarning qiymati

(ming soʻmda)

Xarid qilingan tovar hajmi,

kub metr

Korxona hisoboti boʻyicha xarajatda hisobga olingan summa,

mln soʻm)

Tashqi manba maʼlumotlari (bozor narxi) boʻyicha xarajatda hisobga olinishi lozim,

(mln soʻm)

Tovarning shartnomadagi narxi, 1 kub metr uchun

Tashqi manbalardan olingan maʼlumot boʻyicha narx, 1 kub metr uchun

Oshirib koʻrsatilgan soliq bazasi

Hisobdan chiqariladigan QQS,

(mln soʻm)

Yogʻoch

6 000

4 200

1 000

6 000

4 200

1 800

192,8

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarida mavjud maʼlumotga asosan “A” korxona tomonidan 2025-yil 6-noyabrda “V” korxona bilan tuzilgan shartnomaga asosan Rossiya Federatsiyasining “Rossles” jamiyatida ishlab chiqarilgan “Yogʻoch” mahsulotini 1 kub metr uchun 6,0 mln soʻmdan (QQS bilan) kelishilib, 1000 kub metr tovar jami 6 mlrd soʻmga xarid qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-xomashyo birjasida (davlat xaridlari yoki boshqa manbalar) 2025-yil 7-noyabrda tuzilgan bitimga asosan “Rossles” jamiyatida ishlab chiqarilgan “Yogʻoch” mahsulotining narxi 1 kub metr uchun 4,2 mln soʻm (QQS bilan) ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilarga asosan “A” korxona tomonidan 1000 kub metr yogʻoch 1,8 mln soʻmdan (6 mln soʻm — 4,2 mln soʻm) — jami 1,8 mlrd soʻmga oshirilgan narxda xarid qilingan. Ushbu holatda “A” korxona hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritishi va 192,8 mln soʻm (1,8 mlrd soʻm * 12/112) QQSni hisobdan chiqarishi lozim boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 09/26/253/0497-son)