Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2019 07.10.1998 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILIShGA TAYYORLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-sonli “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakat aholisi va hududini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan (keyingi oʻrinlarda — favqulodda vaziyatlar deb ataladi) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda (shu jumladan taʼlim muassasalarida) va tashkilotlarda, shuningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishtirokida davlat taʼlim standartlari va umumtaʼlim dasturlarini ishlab chiqishda ularga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish minimumi kiritilishini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qizil Yarim oy jamiyati markaziy qoʻmitasi, respublika davlat hokimiyati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, keng tashviqot qilinishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 7-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
427-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 7-oktabrdagi 427-son qaroriga
ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi aholisini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan (keyingi oʻrinlarda — favqulodda vaziyatlar deb ataladi) muhofaza qilish sohasida, shuningdek favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan oʻtayotgan aholi guruhlarini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholi, umumtaʼlim maktablari va idoraviy boʻysunishi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, boshlangʻich, oʻrta va oliy kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, respublika va viloyat boʻysunishida boʻlgan shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi mutaxassislari (keyingi oʻrinlarda — mutaxassislar deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining barcha guruhlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullarini, jamoa va yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini oʻrgatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruvning barcha darajadagi rahbarlarini aholini favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish boʻyicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni oʻtkazish uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash va ularni boshqarish koʻnikmalarini hosil qilish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda xodimlarning oʻz vazifalarini amaliy egallashi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholini tayyorlash ish joylarida mashgʻulotlar oʻtkazish va tavsiya qilinadigan dasturlarga muvofiq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni mustaqil ravishda oʻrganish, keyinchalik oʻquv mashqlarida va mashgʻulotlarda olingan bilimlar va malakalarni mustahkamlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Umumtaʼlim maktablari, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar taʼlimi oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining talabalarini tayyorlash favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi umumtaʼlim dasturlariga muvofiq oʻqish vaqtida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Respublika fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan oʻtkaziladigan har yilgi yigʻinlar, oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiylashtirilmagan qoʻshilmalarning rahbarlari boshliqlar tarkibi avariya-qutqaruv, harbiylashtirilgan va doimiy tayyor maxsus qoʻshilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari — Favqulodda vaziyatlar boʻyicha rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida, shuningdek oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiylashtirilmagan qoʻshilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari — bevosita ish joylarida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Aholining favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasidagi tayyorgarligini tekshirish maqsadida komanda shtab, taktik-maxsus va kompleks oʻquv mashqlari va mashgʻulotlar muntazam oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uch kecha-kunduzgacha davom etadigan komanda-shtab oʻquv mashqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida 5 yilda bir marta, shaharlar va tumanlarda 3 yilda bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komanda-shtab oʻquv mashqlari yoki mashgʻulotlar vazirliklar va idoralarda, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda bir yilda bir marta oʻtkaziladi va bir kecha-kunduz davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komanda-shtab oʻquv mashqlarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga toʻgʻridan toʻgʻri va operativ boʻysunadigan harbiy qismlar va avariya-qutqarish kuchlarining operativ guruhlari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qoʻshilmalarining olti soatgacha davom etadigan taktika-maxsus oʻquv mashqlari 3 yilda bir marta, tayyorgarligi oshirilgan qoʻshilmalari bilan — har yili oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki kecha-kunduzgacha davom etadigan kompleks oʻquv mashqlari xodimlari soni 300 dan ortiq boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan davolash-profilaktika muassasalarida 3 yilda bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa tashkilotlarda 6 soatgacha davom etadigan mashgʻulotlar 3 yilda bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda boshlangʻich, oʻrta va oliy kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari bilan mashgʻulotlar har yili oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholini tayyorlash mahalla fuqarolar yigʻinlarining oʻquv-maslahat punktlarida favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish masalalari boʻyicha suhbatlar oʻtkazish, leksiyalar oʻqish, oʻquv filmlari koʻrish, yashash joyida oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etish, shuningdek qoʻllanmalar va eslatmalarni mustaqil oʻrganish, radioeshittirishlarni tinglash, teledasturlarni koʻrish orqali amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 650-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 892-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasida aholining tayyorgarligiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni, ishlarni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Fuqaro muhofazasi institutida va Favqulodda vaziyatlar boʻyicha rahbarlar tarkibini tayyorlash hududiy markazlarida oʻqitish dasturlari hajmi va davriyligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Favqulodda vaziyatlardan himoyalanish sohasida oʻquv mashqlariga va mashgʻulotlarga jalb qilinadigan fuqarolar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv mashqlari va mashgʻulotlar davomida oʻzlari duch kelishi mumkin boʻlgan xavf toʻgʻrisida xabardor qilinish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarda sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarda qatnashish davrida oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarni rejalashtiruvchi va oʻtkazuvchi tashkilotlar hisobiga ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinishi huquqiga ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlashni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan oʻtkaziladigan favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasidagi oʻquv mashqlari va mashgʻulotlar tashkil etilishini mablagʻ bilan taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy harbiylashtirilmagan qoʻshilmalar tarkibida rahbarlarni tayyorlash va xodimlarni oʻqitish, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan oʻtkazilayotgan oʻquv mashqlari va mashgʻulotlar, shuningdek ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholini oʻqitish mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.