Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2021 13.05.1998 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli ““El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga hamda taʼlimga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, bilimlar asoslarini puxta oʻrganish hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hozirgi zamon talablariga javob beradigan bilimli, malakali mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalashning bosqichli boʻgʻini sifatida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifasi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 315-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylar, qoidaga koʻra, oliy taʼlim muassasalari huzurida, ishlab turgan oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, boshqa taʼlim muassasalari negizida va yangi qurilish hisobiga tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar kollejlari ishlab turgan oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va ularga tenglashtirilgan taʼlim muassasalari negizida, shuningdek yangi qurilish hisobiga tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan oʻquv yurtlari oʻquvchilarining oʻqishni tamomlashlari ushbu oʻquv yurtlari negizida tashkil etilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tomonidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 1-iyunga qadar — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartini ishlab chiqsinlar, unda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta va oliy taʼlim bilan uzluksizlik va izchillik prinsipini amalga oshirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sifati va mazmuniga talablarni belgilashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseyda bilimlar asoslarini puxta oʻrganish hamda kasb-hunar kollejida mutaxassislar tayyorlash uchun zarur boʻlgan oʻquv fanlarini, taʼlim dasturlarini va maxsus dasturlarni, oʻquv soatlari hajmlarini shakllantirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga nisbatan malaka talablarini belgilashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqishni nazarda tutsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standarti sinab koʻrilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 1-iyulga qadar — sinov natijalarini hisobga olgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat standartini puxta ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 1-sentabrgacha — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standarti asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tajriba oʻquv dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlasin, ularga umumtaʼlim maktablarining 10-11 sinflari oʻquv yuklamalari va dasturlari bir qismining oʻtkazilishini nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab — koʻrsatib oʻtilgan oʻquv dasturlarini ishlab turgan hamda tashkil etiladigan akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida tajriba tariqasida sinab koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 1-iyulgacha — tajriba oʻquv dasturlarini joriy etishni tajriba tariqasida sinab koʻrish yakunlarini hisobga olgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy va xalq taʼlimi tizimi oʻqituvchilari, mutaxassislari, rahbarlarining xulosalarini umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tajriba oʻquv dasturlari ishlab chiqilishi va ularning sinab koʻrilishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek kiritilgan takliflarni umumlashtirish maqsadida 2-ilovaga* muvofiq Respublika komissiyasi va maxsus ishchi guruhlari tashkil etilsin. Komissiyaga va ishchi guruhlariga akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquv dasturlarini tayyorlash, shuningdek ularning respublikada tajriba tariqasida sinab koʻrilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ham shunday komissiyalar tuzilsin. Komissiyalarga vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalar va korxonalarning zarur mutaxassislarini ishga jalb qilishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi tadbirlar ish rejasini tayyorlasin hamda tajribaning toʻplangan natijalarini, maxsus ishchi guruhlar va hududiy komissiyalar takliflarini hisobga olgan holda, 2000-yil 1-avgustgacha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar tayyorlash dastur-topshiriqlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Darsliklarni tayyorlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari va Davlat matbuot qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyadan oʻtkazish test usullarining tajriba sinovini bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutgan holda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi Nizomni 1999-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ustoz jamgʻarmasi bilan birgalikda Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash dasturini ikki oy muddatda tayyorlasin, unda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi pedagoglari va muhandis-pedagog xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek mehnatga haq toʻlash boʻyicha tegishli tarif setkasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflaridan, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlaridan boʻshab qolayotgan oʻqituvchilarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ishlashga jalb qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy taʼlim va ilm-fan markazlarida tayyorgarlikdan oʻtgan pedagog xodimlarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimiga yuborilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan, oliy taʼlim, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va madaniyat sohasidan amaliyotchi mutaxassislarning pedagogik faoliyatga faol jalb etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab — tayanch pedagogika institutlari va universitetlar talabalarini tayyorlash dasturiga yangi taʼlim, kasb-hunar dasturlari hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish uslubiyoti boʻyicha maxsus kurslar kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashda fan va ishlab chiqarish muassasalarining moddiy-texnika bazasi va uslubiy imkoniyatlaridan keng foydalanishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi va ulardan foydalanuvchi tayanch oliy taʼlim muassasalarida, ilgʻor taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tarkibini, pedagoglar va muhandis-pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha muntazam kurslar tashkil etilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 13-may.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
204-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 315-modda)