Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2017 29.11.1994 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTAN RESPUBLIKASIDA INTERPOLnING MILLIY MARKAZIY BYuROSINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 343-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga kirishi munosabati bilan va bu xalqaro tashkilotning Ustavi talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ichki ishlar vazirligining tuzilmasida mustaqil boshqarma huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi tashkil etilsin va uning shtatdagi xodimlari soni 20 nafardan iborat etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi tuzilmasi va uning toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (1 va 2-ilovalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi yuridik shaxs hisoblanadi, Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti ramzi tasvirlangan muhrga hamda hisob-kitob schyotiga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligining shtatdagi xodimlari soni koʻpayganligi munosabati bilan uni mablagʻ bilan taʼminlasin hamda 1995-yilda va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Interpolga aʼzolik badallarini toʻlash uchun va Interpolning Milliy markaziy byurosi faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Respublika valyuta fondi hisobidan chet el valyutasida zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 29-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
573-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
29-noyabrdagi 573-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq oʻrinbosari, ayni paytda boʻlim boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotlarni tezkorlik bilan ishlash boʻlimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumjinoiy jinoyatlar va xalqaro qidiruv boʻlimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompyuterda hisobga olish va texnik taʼminot guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy taʼminot guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kanselyariya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
29-noyabrdagi 573-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning Milliy markaziy byurosi* Interpol Ustavining 4 va 32-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga aʼzoligi toʻgʻrisida berilgan Vazirlikning vakolatlariga muvofiq tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* keyingi oʻrinlarda — Interpolning MMB deb ataladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Interpolning MMB Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining boshqarma huquqidagi mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpolning MMB oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga boʻysunadi, vazir MMBning shtatlari va funksiyalarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Interpolning MMB jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz hamda ayni bir vaqtda — Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti tashkiliy tuzilmasining bir qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Interpolning MMBga boshliq rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Interpolning MMB oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa huquqiy hujjatlariga, Oʻzbekiston qatnashchisi hisoblangan xalqaro shartnomalarga, Jinoyat qidiruv politsiyasi xalqaro tashkilotining Ustaviga va boshqa normativ hujjatlariga, mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ hujjatlariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Interpolning MMBning asosiy vazifasi milliy qonunchilikka va insonning umum tan olingan huquq va erkinliklariga rioya qilgan holda jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining Interpolga aʼzo boʻlgan mamlakatlarning ana shunday organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Interpolning MMB oʻz funksiyasini faqat umumjinoiy jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari boʻyicha amalga oshiradi hamda siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy tusdagi faoliyatga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Interpolning MMB bu Tashkilotning Bosh kotibiyati, boshqa mamlakatlarning Interpol Milliy markaziy byurolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi opganlari bilan Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti Ustavida belgilab berilgan prinsiplar asosida va xalqaro politsiya hamkorligi Reglamenti va Interpolning hisobga olish ichki nazorati qoidalariga muvofiq hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Interpol orqali keluvchi va beriladigan barcha axborot bilan ishlash faqat Interpolning MMB apparati tomonidan amalga oshiriladi, u Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarida Interpolning xorijiy Milliy markaziy byurolaridan olinadigan soʻrovlarni belgilangan tartibda qayta ishlaydi. Interpolning MMB mazkur boʻlimning 7-bandida bayon qilingan talablarga zid boʻlgan soʻrovlarni bajarish uchun qabul qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Interpolning MMB zarur boʻlgan hollarda va tegishli idoralararo bitimlar tuzilgan taqdirda oʻz vakillarini tegishli milliy politsiya xizmatlari bilan tezkor oʻzaro hamkorlikni tashkil etish uchun xorijiy mamlakatlar Interpol Milliy markaziy byurolariga yuborishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Interpolning MMB xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari tegishli xizmatlari va xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan oʻz vakolati doirasida hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Interpolning MMB xodimlari Interpolning MMBga oʻz vakolatlari doirasida va amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq yuklangan funksiyalarni bajarish uchun tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Interpolning MMB Interpol Bosh kotibiyati, Interpolga aʼzo boʻlgan mamlakatlarning Milliy markaziy byurolari bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bilan axborot almashishda (berishda va olishda) radio, telefon, telegraf, pochta aloqasidan va aloqaning maxsus turlaridan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Interpolning MMB yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan muhrga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli boʻlimida hisob-kitob schyotiga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotiga ega boʻladi, oʻz faoliyatida Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti ramzidan foydalanadi. Interpol MMBning boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlari tegishli xizmat guvohnomasiga va belgilangan namunadagi maxsus jetonlarga ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Interpolning MMB, odatda, Interpolning bir yoki bir necha rasmiy tillarini biladigan, oʻzlarining shaxsiy, axloqiy va kasb-kor fazilatlariga koʻra Interpolning MMBga yuklangan vazifalarni bajarishga qodir boʻlgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslardan va xizmatchilardan butlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Interpolning MMBda ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq va Interpol Bosh kotibiyatining tavsiyalarini hisobga olgan holda respublikaning davlat tilida va Interpolning rasmiy tillarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Interpolning MMB schyotiga dotatsiyalar, badallar va xayr-ehsonlar tarzida tushuvchi mablagʻlardan belgilangan tartibda faqat uning oʻz funksiyalarini bajarish bilan bogʻliq faoliyatida, shu jumladan, moddiy-texnika taʼminoti maqsadlarida foydalaniladi. Ulardan foydalanishning toʻgʻriligini nazorat qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Interpol MMB xodimlarining xorijiy xizmat safarlari bilan bogʻliq chet el valyutasidagi xarajatlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan pul mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Interpol MMB har yili respublika Moliya vazirligiga Respublikaning Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga aʼzolik badallari toʻlash, xodimlarning xizmat safarlari boʻyicha zarur hisob-kitoblarni taqdim etadi, shuningdek, foydalanilgan valyuta mablagʻlari uchun belgilangan tartibda hisob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Interpol MMBning asosiy funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpolning MMV Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro darajadagi hamkorligining muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblangan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha rasmiy va maxfiy (tezkor-qidiruv) axborot almashishni taʼminlaydi, buning uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar xizmatlari va xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari, Interpolning Bosh kotibiyati va Interpolning boshqa mamlakatlar Milliy markaziy byurolari bilan, shuningdek, zarur boʻlgan hollarda boshqa manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpolning Bosh kotibiyatiga va Interpolga aʼzo boʻlgan davlatlarning MMBga Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatlar va jinoyatchilar haqidagi, shaxslarni, buyumlar va hujjatlarni qidirish, jinoiy faoliyatda shubha qilinayotgan shaxslarni kuzatishni amalga oshirish haqida axborot berish, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish va ularni ochish toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etish haqidagi iltimosnomalari bildirishnomalarini yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpolning Bosh kotibiyati va Interpolga aʼzo boʻlgan davlatlar MMBning shunga oʻxshash iltimosnomalari va bildirishnomalarini ijro etish uchun qabul qiladi, tarjima qilishni taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli organlari orqali shaxslarni, buyumlar va hujjatlarni topish, jismoniy va yuridik shaxslarni tekshirish zarur axborotni izlab topishga oid chora-tadbirlar koʻrilishini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday soʻrovlarning ijro etilishi muddatlari va sifati ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlgan hollarda xorijiy fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi shuningdek jinoyat sodir etishda shubha ostiga olingan, Oʻzbekiston Respublikasida ushlangan, jinoiy javobgarlikka tortilgan va hukm qilingan ajnabiy fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Interpolning Bosh kotibiyatiga va manfaatdor davlatlarning MMBga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Interpol faoliyatida nazarda tutilgan hisobotlarni tuzadi va ularni tashkilotning kotibiyatiga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro hamkorligi jarayonida olingan axborot asosida shaxslar, faktlar, buyumlar va hujjatlar haqidagi maʼlumotlar bankini shakllantiradi. MMBda tezkor-maʼlumotlar hisobini yuritish ulardan foydalanish tartibini Interpolning tavsiyalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlarini zarur hollarda esa boshqa davlat organlarini Interpol tizimida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik qilish talablari va shartlari toʻgʻrisida, jinoyatlarning oldini olish ularni ochish boʻyicha birgalikda harakat qilish amaliyoti haqida xabardor qiladi, uni yanada takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz vakolati doirasida Interpol Bosh Assambleyasining jinoyatchilikka qarshi kurash, tashkilotning faoliyatini yaxshilash muammolari boʻyicha qarorlari va tavsiyalari bajarilishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpol Bosh kotibiyatining kutubxonasidan tashkilotga aʼzo boʻlgan mamlakatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarini, shu sohadagi xalqaro hamkorlikni tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, xorijiy mamlakatlar politsiya organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot soʻrab oladi. Bunday axborot fondini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpolning va boshqa davlatlar politsiya xizmatlarining Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik qilish muammolari boʻyicha materiallari yuzasidan tahliliy sharhlar, maʼruzalar va xabarlar tayyorlaydi. Bunday axborotni Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga, boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlarining Interpolga aʼzo boʻlgan davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan aniq jinoyatlarning oldini olish va ularni ochib tashlashda, ish tajribasi almashishda amaliy hamkorlik qilishlariga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpol Bosh kotibiyati tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda, Interpol Bosh Assambleyasining ishchi kengashlarida va konferensiyalarida, sessiyalarida qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Interpol MMB boshligʻining huquq va burchlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpol MMB boshligʻi Interpol Ustaviga, mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ hujjatlariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpolning MMBga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interpolning MMB tuzilmasini va shtatlarini takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga takliflar kiritadi. Interpolning MMB tarkibiy boʻlinmalari, ular xodimlarining (funksional majburiyatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi. Tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Interpolning MMB xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Interpolning MMB xodimlariga maxsus unvonlar berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Interpolning MMV xodimlarini xizmat attestatsiyasidan oʻtkazadi, berilgan vakolatlar doirasida ularni taqdirlaydi va ularga intizomiy jazolar beradi, ushbu masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Interpolning MMB xodimlariga navbatdagi mehnat taʼtillari beradi, xizmat safarlariga borishga ruxsat beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining belgilangan normativ hujjatlari doirasida moliyaviy taʼminot masalalarini hal etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Interpol doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligini taʼminlash masalalariga oid topshiriqlarini bajaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, tashkilotlari, muassasalari, korxonalari va jamoat birlashmalari bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek Interpol Bosh kotibiyati, bu tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlarning MMBlari, xorijiy mamlakatlarning politsiya xizmatlari, xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy diplomatik vakolatxonalari bilan oʻzaro munosabatlarda Interpolning nomidan vakillik qiladi.