1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi
raisining birinchi oʻrinbosari
S.A. ARIPOV
2000-yil 7-fevral 02/20-12-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston pochta va
telekommunikatsiya agentligi
bosh direktorining oʻrinbosari
M.M. MAXMUDOV
2000-yil 7-fevral
“KELIShILGAN”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 11-fevralda 896-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 4-martdagi 12/02-22-00480-sonli “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalari, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 896-6, 11.03.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoʻllanish doirasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazoratining qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi asosida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga joʻnatiladigan va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kelib tushadigan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qoidalar bojxona organlari hamda pochta aloqasining operator va provayderlariga majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qoidalar yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik valizasiga tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Ushbu Qoidalarda tegishli tariflarga ega quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro pochta joʻnatmalari (keyingi oʻrinlarda — XPJ) — tegishli qadoqdagi manzili koʻrsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va bosma nashrlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro kuryerlik joʻnatmalari (keyingi oʻrinlarda — XKJ) — joʻnatilishi qisqa muddatlarda qoʻldan-qoʻlga yetkazib berilgan (topshiriladigan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro pochta almashinuvi joyi — kiruvchi va chiquvchi XPJlarni toʻliq qayta ishlov beruvchi, shuningdek ularni manzil boʻyicha joʻnatuvchi milliy pochta aloqa operatorining alohida boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJ va XKJlar ustidan bojxona nazorati — Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini taʼminlash uchun bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kelib tushadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga joʻnatiladigan XPJ va XKJ nazoratini amalga oshirish chora-tadbirlar majmui;
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida tovar, transport va shaxslarning maxsus harakatlanish rejimini oʻrnatish uchun Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida bojxona organlari tomonidan tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi;
(2.1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Keluvchi, chiquvchi va tranzit bilan joʻnatiladigan XPJlariga toʻliq ishlov berish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga joʻnatish pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadigan xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keluvchi, chiquvchi va ochiq tranzit bilan joʻnatiladigan XKJlariga toʻliq ishlov berish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga joʻnatish pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJ va XKJlarda yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki joʻnatuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda XPJlari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan joylardan yuboriladigan XKJlari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Barcha XPJ va XKJlariga Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik, ushbu Qoidalar va Umumjahon pochta ittifoqi aktlari asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. XPJ va XKJlarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona nazoratidan oʻtishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJ va XKJ bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga joʻnatilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJlarning bojxona nazorati boshlanadi: kelib tushadiganlar boʻyicha — XPJning bojxona chegarasini kesib oʻtishida, chiquvchilar boʻyicha — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan vaqtdan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJning bojxona nazorati, uning bojxona organlari tomonidan bitish yoki bojxona chegarasini kesib oʻtish vaqtida tamomlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.41. Chegara tashqarisidan kelib tushayotgan XPJ va XKJlar bojxona nazorati zonasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 31-bobida belgilangan tartibda yetkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.42. Pochta sohasi operator va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga XPJ va XKJlar topshirilishi va transport tashkilotlari vakillaridan pochta sohasi operator va provayderlari xodimlari tomonidan XPJ va XKJlar qabul qilinishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga XPJlarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga XKJlarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga kelib tushadigan va joʻnatiladigan XPJ va XKJlarga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan hollarda XPJ va XKJlarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJ va XKJlarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim boʻlgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.51. Har bir XPJlar boʻyicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga qabul qiluvchi, tovarning nomi, vazni, miqdori va maʼlum qilingan qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar XPJlar boʻyicha bojxona deklaratsiyalarida ushbu bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan maʼlumotlar koʻrsatilmagan boʻlsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalangan holda bojxona koʻzdan kechiruvini oʻtkazish vaqtida zarur boʻlgan hollarda XPJlarni ochishni talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XKJlar boʻyicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga bojxona deklaratsiyasi hamda majburiy ravishda elektron xabar shaklida oldindan berilishi lozim boʻlgan quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qiluvchining manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qiluvchining pasport seriyasi va raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joʻnatuvchi davlat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joʻnatmaning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joʻnatmaning qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldindan kelib tushgan elektron maʼlumotlar bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan nomuvofiqligi aniqlanganda yoxud elektron maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, bojxona qonunchiligi bilan oʻrnatilgan bojxona nazorati shakllari va choralari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldindan kelib tushgan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda va/yoki ular qisman taqdim etilsa, XKJlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi mazkur bandning toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar bojxona organlariga pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan taqdim etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldindan kelib tushgan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlganda va ular bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan muvofiq boʻlsa hamda bojxona nazoratini amalga oshirgandan soʻng biror-bir tafovut aniqlanmasa, XKJlarning bojxona nazorati qonunchilik hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2.51-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Kelib tushgan XPJ va XKJlar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi. Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan XPJ va XKJlar bojxona koʻrigidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarga yozilgan holda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari maxsus ajratilgan va ish hajmini hisobga olgan holda yetarli darajada jihozlangan binoda XPJ va XKJlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish uchun topshiradi. Bojxona nazoratiga taqdim etilgan XPJ va XKJlarni hujjatli solishtirish, ochish, tortish va qadoqlash hamda yuborilayotgan predmetlarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan sanash, oʻlchash va tortish bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.7. XPJ va XKJlarni ochish orqali bojxona koʻrigidan oʻtkazish Bojxona organining mansabdor shaxsi va pochta aloqasi operatori yoki provayderining ikki xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJ va XKJlar bunday bojxona koʻrigi natijasi pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlari tomonidan mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda koʻrik qaydini tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Koʻrik qaydi ikki nusxada tuziladi va pochta aloqasi operatori yoki provayderining ikki xodimi va bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa pochta aloqasi operatori yoki provayderida qoladi, ikkinchi nusxa XPJ va XKJlar bilan birga adresatga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJ va XKJ bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona koʻrigi dalolatnomasini imzolaydi.
(2.7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.8. Bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiritilgan va qandaydir sabablarga koʻra orqaga yoki respublika tashqarisidan qaytarilgan XPJ va XKJlar majburiy bojxona koʻrigidan oʻkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.9. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanayotgan XPJ va XKJlarning bojxona nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 18-bobi talablari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.10. Boshqa davlat organlarining (veterinar, karantin va h.k.) nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan XPJ va XKJlarning bojxona rasmiylashtiruvi ushbu organlarning chiqarish toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha tegishli kuzatuv hujjatlariga belgi qoʻyilgandan soʻng tugallanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.11. Bojxona nazorati zonasidan bojxona chegarasi tashqarisiga yuborilayotgan XPJ va XKJlar bojxona organi tomonidan kuzatuv hujjatlariga “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi bosish orqali chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan XPJ va XKJlarni bojxona nazorati zonasida ishlovdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Ushbu Qoidalarning 2.2-bandida koʻrsatilgan joylarda XPJ va XKJlarning bojxona nazoratini oʻtkazishda bojxona deklaratsiyasida “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan, XPJ va XKJga qoʻshilmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan boʻlsa, keyinchalik manzilga yoʻnaltirish va manzilga yetkazish uchun XPJ va XKJlarni pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlariga topshiradi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.11. Pochta aloqasi operatori va provayderi xodimlari XPJ va XKJlarning manzilga yuborilgandan soʻng oʻn besh kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organiga qabul qiluvchining tasdiqlovchi hujjatlari va joʻnatish sanasi haqida maʼlumot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotlarni bojxona organlarining avtomatlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish orqali taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.12. XPJ va XKJ orqali yuborilgan tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari vakolatli shaxs tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joʻnatiladigan XPJ va XKJlardagi tovarlar notijorat maqsadlarda olib kelinib, qiymati va (yoki) miqdori respublikaga bojsiz olib kirish meʼyorlaridan ortiq boʻlgan taqdirda, tovarlarga shu ortiq uchun bojxona toʻlovlariga tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari tomonidan XPJ v XKJlardagi tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari hisoblangan taqdirda, ular bojxona toʻlovlari toʻlanganidan soʻng vakolatli shaxsga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.13. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlari ushbu Qoidalarning 2.5-bandiga muvofiq bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan xolda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona kirim orderi toʻldirish va bojxona toʻlovlarini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.14. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlari summasini hisoblash bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan Umumjahon pochta ittifoqini bitimlari va tijorat hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning qiymati toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 44-bandi talablariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona toʻlovlarini hisoblash va ularni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining VIII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. XPJ va XKJlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan bojxona toʻlovlari ushbu Qoidalarning 4.12 va 4.14-bandlarida belgilangan tartibda bunday XPJ va XKJlarni qabul qilib oluvchilar tomonidan toʻlangandan keyingina amalga oshiriladi.
(4.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona toʻlovlari hisoblangan XPJ oluvchisi bojxona nazorati amalga oshirilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan yuk kuzatuv hujjatlariga “Bojxona nazoratidagi yuk” shtampi va shaxsiy muhr namunasi bilan tasdiqlagan holda yuk oluvchi joylashgan pochta aloqa tashkilotiga bojxona nazorati ostida yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XKJ ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona nazorati ostida oluvchining joylashgan hududidagi bojxona organiga yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnatilayotgan XPJ va XKJlarga bojxona nazorati zonalarida ishlov berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Joʻnatilayotgan XPJ va XKJlarga ishlov berilishi va kiritilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududida uni joʻnatuvchilardan bojxona nazorati zonalarida qabul qilib olinishida boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Har bir joʻnatuvchi XPJ va XKJlarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqishi va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda toʻldirishga majburdir. Har bir XPJ va XKJ joʻnatuvchi tomonidan amaldagi qoidalarga binoan ushbu operatsiyalarni nazorat qilish yuklatilgan pochta aloqasi operatori va provayderi ishchisi ishtirokida qadoqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan qabul qilingan chiqish XPJ va XKJlar kuzatuv hujjatlari bilan bojxona nazorat zonasiga tushadi va u erdan ularni tortish, dastlabki ajratish va nakladnoylarga yozish uchastkalariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XPJ va XKJlar ajratish uchastkalaridan kuzatuv hujjatlari bilan bojxona tekshiruviga tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.4. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari ishchilari bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida XPJ va XKJlarning kuzatuv hujjatlarini oldindan tekshirib chiqadilar va joʻnatish taqiqlangan buyumlarni egasiga qaytarish uchun ajratadilar. Ushbu XPJ va XKJlaring kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.5. Yuridik shaxslar, operatorlar va pochta aloqasi provayderlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnatilayotgan XPJ va XKJlarni qabul qilish bojxona rasmiylashtirilgandan soʻng va bojxona deklaratsiyasining blankida “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampining qoʻyilgandan soʻnggina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.6. Eksport qiluvchilar Oʻzbekiston Respublikasining banklaridagi oʻz hisobraqamlariga toʻliq toʻlov kelib tushgandan va ushbu maʼlumotlar Tashqi savdo operatsiyalarning yagona elektron axborot tizimiga kiritilgandan soʻng, eksport kontraktlari tuzmasdan internet-doʻkonlari orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qilish huquqiga egadirlar, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(5.6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha besh ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(5.6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-75-sonli qarori (roʻyxat raqami 896-5, 14.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/896-5/2479-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarlarni oʻz ichiga olgan XPJ va XKJlarni joʻnatish Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalariga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
________________________________________________________________________ (pochta aloqasi operatori/provayderining familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari)
_______________ (imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 13-noyabrdagi 01-02/12-46-son (roʻyxat raqami 896-1, 2015-yil 11-dekabr), 2016-yil 8-iyundagi 01-02/12-41-son (roʻyxat raqami 896-2, 2016-yil 30-iyun), 2018-yil 6-martdagi 01-02/12-28-son (roʻyxat raqami 896-3, 2018-yil 27-mart), 2018-yil 26-avgustdagi 01-02/12-58-son (roʻyxat raqami 896-4, 09.29.2018-y.), 2018-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-75-son (roʻyxat raqami 896-5, 14.01.2019-y.), (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) qarorlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan.