Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.09.1998 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOZORLARDA SIFATSIZ OZIQ-OVQAT TOVARLARI SOTILISHINI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, isteʼmol qilish uchun yaroqsiz boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari sotilishining oldini olish, aholi salomatligiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oziq-ovqat tovarlari savdosini tashkil etishda tartib oʻrnatish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yil 10-sentabrdan boshlab, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan un, qand-shakar, mol yogʻi, margarin, quruq sut, bolalar oziq-ovqati, choy, makaron va qandolatchilik mahsulotlari, goʻsht, baliq va meva-sabzavot konservalari, pishloq, kolbasa mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar bilan chakana savdo qilish, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan, muvofiqlik va sifat sertifikatlari, tayyorlangan sanasi va yaroqlilik muddatlari, narxnomalar, tovarlarni saqlash va sotish uchun sanitariya shart-sharoitlari, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar mavjud boʻlishini nazarda tutuvchi savdo qoidalariga albatta rioya qilingan holda faqat turgʻun savdo korxonalari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda aholiga oʻsimlik yogʻi, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish faqat yuridik shaxs shaklidagi chakana savdo tashkilotlari tomonidan nazorat-kassa apparatlari va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish terminallari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 244-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning 1-bandi bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Ichki ishlar vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuklansin. Ushbu qarorning 1-bandi bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil 1-noyabrda maʼlumot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlarga rioya qilinmaganda, shuningdek, tovarlar savdo qoidalari buzilgan holda sotilganda, ushbu tovarlar savdosi toʻxtatiladi, uning sotuvchilariga nisbatan amaldagi qonunlarga muvofiq qattiq maʼmuriy javobgarlik, qonunchilikda belgilangan tartibda tovarni olib qoʻyib keyinchalik uni musodara qilishgacha boʻlgan jazo choralari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini sotishni tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 29-iyuldagi 373-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. 3. Usmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 4-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
378-son