1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 10-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 4-sentabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek ularni boshqarish sohasidagi munosabatlarni hamda ishtirokchilarning oʻzaro munosabatlarini tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning huquqiy holati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga boʻlingan xoʻjalik jamiyati masʼuliyati cheklangan jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi boʻlishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat, agar uning taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri koʻrsatilgan dumaloq shakldagi muhrga ega boʻlishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga koʻra taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻzining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, oʻz emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar va (yoki) xizmat koʻrsatish belgilariga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi boshqa vositalarga ega boʻlishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega boʻladi, oʻz nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi, sudda daʼvogar yoki javobgar boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxati qonunda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida shugʻullanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi. Jamiyat ishtirokchilari jamiyatning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun jamiyatga oʻzi qoʻshgan hissalari qiymati doirasida javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning oʻz hissasini toʻliq qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismi qiymati doirasida solidar javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyatning toʻlovga qobiliyatsizligi shu jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning), kollegial ijro etuvchi organining, kuzatuv kengashi aʼzosining yoki jamiyat ishtirokchisining yoxud ishonchli boshqaruvchining gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, bunday shaxs zimmasiga oʻz majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Bunda, agar zarar bir necha shaxs tomonidan yetkazilgan boʻlsa, ular birgalikda solidar javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bundan ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Jamiyatning firma nomi va joylashgan manzili
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga koʻra boshqa tillardagi toʻliq firma nomiga ega boʻlishi mumkin va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishga haqlidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning toʻliq firma nomi “masʼuliyati cheklangan jamiyat” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak. Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning toʻliq yoki qisqartirilgan nomini hamda “masʼuliyati cheklangan jamiyat” degan soʻzlarni yoki “MChJ” qisqartmasini oʻz ichiga olishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan oʻzlashtirilgan boshqa atamalar va qisqartmalarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz ichiga olishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini koʻrsatuvchi qayd kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq jamiyatning taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyga koʻra belgilanadi. Jamiyatning taʼsis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan yer yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan yeri deb belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻzi bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʻlishi kerak va yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organni oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Jamiyatning vakolatxonalari va filiallari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirokchilarning kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan koʻproq soni zarurligi nazarda tutilmagan boʻlsa) qabul qilingan qarorga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatxona jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan alohida boʻlinmadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning vakolatxonasi va filiali yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda jamiyat tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatxonaning yoki filialning rahbari jamiyat ijro etuvchi organining qaroriga asosan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, vakolatxona va filial faoliyati uchun ularni tashkil etgan jamiyat javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning vakolatxonalari va filiallari Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrida koʻrsatilishi shart.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, vakolatxonalar va filiallar joylashgan yerdagi mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu Qonun 8-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari yuridik shaxs hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bir (asosiy) xoʻjalik jamiyati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) undan ustunlik mavqeyiga ega boʻlgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqacha tarzda ikkinchi xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega boʻlsa, ushbu ikkinchi xoʻjalik jamiyati shuʼba xoʻjalik jamiyati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻzining mulkida oʻz asosiy jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻz asosiy jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻz asosiy jamiyati ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xoʻjalik jamiyatining ovoz beruvchi ulushining yigirma foizidan ortigʻiga ega boʻlsa, xoʻjalik jamiyati qaram deb eʼtirof etiladi, bundan ushbu Qonun 8-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaram xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega boʻlishga haqli emas. Ishtirok etuvchi boshqa jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xoʻjalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar haqli emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻz asosiy jamiyatining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan asosiy jamiyat bunday koʻrsatmalarni bajarish uchun shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan solidar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga faqat ushbu huquq shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuʼba xoʻjalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda ega boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolgan taqdirda, asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼba xoʻjalik jamiyatining toʻlovga qobiliyatsizligi faqat asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolishini oldindan bila turib, shunday harakatlarni amalga oshirishi uchun shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatma bergan va (yoki) shuʼba xoʻjalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollarda asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuʼba xoʻjalik jamiyatining ishtirokchilari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning zarar koʻrishini oldindan bila turib, oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan taqdirda zarar asosiy jamiyatning aybi bilan yetkazilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Jamiyat ishtirokchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilari boʻlishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilishi mumkin va u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi boʻlgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaxsdan iborat boshqa jamiyatga ega boʻlishi mumkin emas, bundan bir aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi boʻlgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan meʼyordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tashkil etilishi kerak. Agar koʻrsatilgan muddat ichida jamiyat qayta tashkil etilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan meʼyorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning murojaatiga asosan sud tartibida tugatilishi kerak.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari oʻrtasidagi murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul qilish uchun ovozlar soni yetarli boʻlmaganligi tufayli jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish imkoni boʻlmaganda nizoli vaziyat sud tomonidan yoki jamiyat taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirda, mediatsiya yoki hakamlik sudi tartibida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Jamiyat ishtirokchilarining huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga hamda uning moliyaviy hisobotlari va boshqa hujjatlari bilan tanishishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydani taqsimlashda ishtirok etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxslarga oʻtkazishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar, ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jamiyatdan chiqishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida ularning huquqlarini amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda korporativ shartnomalar tuzishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari ustavda belgilangan oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning kelgusi faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan, uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchining yoki ishtirokchilarning jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari qonunchilikda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirokchilar tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga oid maʼlumotlar (oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili) oʻzgarganligi haqida jamiyatni xabardor qilishi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor etmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining zimmasida qonunchilikda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamiyatni taʼsis etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Jamiyatni taʼsis etish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat muassislarning (muassisning) qaroriga koʻra taʼsis etiladi. Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror taʼsischilar yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan taʼsis etilgan taqdirda, jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda jamiyat muassislarining ovoz berish natijalari va ular tomonidan jamiyatni tashkil etish, uning firma nomini, joylashgan yerini va ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini belgilash, jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa masalalar koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning muassislari taʼsis shartnomasini tuzadi va jamiyat ustavini tasdiqlaydi, bundan ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydi (tayinlaydi), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qoʻshilgan taqdirda, ularning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlaydi, bundan ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jamiyat muassislari tomonidan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning muassislari jamiyatni taʼsis etish bilan bogʻliq boʻlgan va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar boʻladi. Jamiyatning muassislari jamiyatni taʼsis etish bilan bogʻliq majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan maʼqullangan taqdirda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Jamiyatning taʼsis hujjatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼsis shartnomasi va jamiyat ustavi jamiyatning taʼsis hujjatlaridir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilsa, ushbu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning taʼsis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga koʻpaysa, ular oʻrtasida taʼsis shartnomasi tuzilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning taʼsis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyat taʼsis shartnomasining va ustavining koʻchirma nusxalarini berishi shart. Koʻchirma nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kiritiladi. Taʼsis shartnomasi qoidalari va jamiyat ustavi qoidalari oʻzaro muvofiq boʻlmagan taqdirda, jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Jamiyatning taʼsis shartnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼsis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tashkil etish majburiyatini oladi va uni tashkil etish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydi. Taʼsis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat taʼsis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hissalarni qoʻshish boʻyicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari hamda tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqishi hamda uchinchi shaxslarni jamiyatga qabul qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼsis shartnomasi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Jamiyat ustavi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat faoliyatining predmeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar, jamiyat ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan taqdirda, kuzatuv kengashining vakolatlari, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan qabul qilinadigan masalalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqishi tartibi va uning oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar hamda shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda, bunday oʻzgartirishlar yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan eʼtiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) tarkibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravaridan koʻp boʻlgan naqd pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va u baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdori foizlarda yoki kasr tarzida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib boʻlgan bir qismiga mos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini oʻzgartirish imkoniyati cheklanishi mumkin. Bunday cheklovlar jamiyatning ayrim ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan qoidalar jamiyat taʼsis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, oʻzgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmaydigan muddat ichida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyatning taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning oʻz hissasini qoʻshmagan ishtirokchilari, agar ushbu harakatlar jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan boʻlsa yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirishga olib kelsa, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan, jamiyat ijro etuvchi organining arizasiga asosan sud tartibida ishtirokchilar safidan chiqarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning toʻliq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ixtiyoriga koʻra yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hisobi shartnoma asosida “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan, boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pulda ifodalangan bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkning muddat oʻtguniga qadar ushbu mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, jamiyatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi jamiyatning talabiga binoan jamiyatga shunday mol-mulkdan qolgan muddat mobaynida, shunga oʻxshash sharoitlarda foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqiga teng pul tovoni toʻlashi shart. Pul tovoni jamiyat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan eʼtiboran, agar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan tovon toʻlashning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, bir oy ichida bir yoʻla toʻlanishi kerak. Bunday qaror jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan jamiyat ishtirokchisining ovozi hisobga olinmagan holda, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼsis hujjatlarida jamiyat ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkdan foydalanish huquqi muddatidan ilgari tugatilganligi uchun jamiyat ishtirokchisi tomonidan tovon toʻlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qancha muddatga berilgan boʻlsa, shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining ulushlari bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻzgartirishlar kiritish sud tartibida cheklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan koʻproq soni zarurligi nazarda tutilmagan boʻlsa) qabul qilingan qaroriga binoan koʻpaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobidan va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlanmagan boʻlsa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hamda taqsimlanmagan foyda hisobidan koʻpaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan koʻpaytirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.05.00 Auditorlik xulosasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror faqat bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning tashqi audit xulosasi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan koʻpaytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) hamda zaxira fondining yigʻindisi oʻrtasidagi farqdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ushbu moddaga muvofiq koʻpaytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari oʻzgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda koʻpayadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobidan koʻpaytirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobidan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorida qoʻshimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq qoʻshish muddati belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish haqida jamiyat ishtirokchisining qoʻshimcha hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi arizasiga (jamiyat ishtirokchilarining arizalariga) va (yoki), agar bu jamiyatning taʼsis hujjatlarida taqiqlanmagan boʻlsa, uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) uni (ularni) jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish haqidagi arizasiga (arizalariga) asosan bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining yoki uchinchi shaxsning arizasida hissani qoʻshish tartibi, uning miqdori, usullari va muddati, shuningdek jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) ega boʻlishni xohlagan ulush miqdori koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Arizada hissalarni qoʻshish va jamiyatga aʼzo boʻlib kirishning boshqa shartlari ham koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror bilan bir vaqtda uning taʼsis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining) qoʻshimcha hissalarini qoʻshish hisobidan va (yoki) jamiyatga uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha koʻpaytirilishi va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdori aniqlanishi munosabati bilan oʻzgartirishlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushining miqdorlari oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qoʻshimcha hissasi qiymatidan koʻproq summaga koʻpaytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qoʻshimcha hissalarni qoʻshish muddati tugagan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning hissalarini qoʻshish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini koʻpaytirish, qoʻshimcha hissalar qoʻshgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini koʻpaytirish va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qoʻshish jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddat oʻtganidan keyin, belgilangan qoʻshimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan toʻliq yoki qisman qoʻshilmagan boʻlsa, umumiy yigʻilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlab belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilari amalda qoʻshgan qoʻshimcha hissalarni hisobga olgan holda, ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi tegishlicha oʻzgartirilib, amalda qoʻshilgan hissalar miqdoriga qadar kamaytirish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini oldingi yigʻilishning jamiyat ishtirokchilarining jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bu holda jamiyat oldingi yigʻilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan oʻsha qoʻshgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga oʻn kun muddat ichida qaytarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat ustavidagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar va (yoki) uchinchi shaxslar tomonidan hissalar toʻliq miqdorda qoʻshilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatiga doir oʻzgartirishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida tasdiqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Ustavdagi mazkur oʻzgartirishlar ular yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etilmagan taqdirda yoki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoʻshimcha hissalar barcha ishtirokchilar tomonidan toʻliq qoʻshilmagan yoxud ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi amalga oshmagan deb eʼtirof etiladi. Bu holda jamiyat jamiyatning ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qoʻshimcha pul hissalarini oʻn kun muddat ichida qaytarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul hissalari ushbu modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pulsiz hissalar qoʻshgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat ushbu modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida koʻrsatilgan hollarda uch oylik muddatda ularning hissalarini qoʻshilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar koʻrsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana olinmaganligi oqibatida boy berilgan foydaning oʻrnini ham qoplashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa jamiyat oʻz ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini toʻlash orqali oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida uning ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlanmagan taqdirda jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) amalda toʻlangan miqdorgacha kamaytirishini eʼlon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishi yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam boʻlib qolsa, jamiyat oʻz ustav fondi (ustav kapitali) oʻzining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini eʼlon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida jamiyatdan jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bogʻliq ustavdagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda, agar jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki oʻzining tugatilishi toʻgʻrisida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar jamiyat majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki ijro etilishini va oʻzlari koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining) jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga oʻtishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga oʻtkazishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlanmagan boʻlsa, oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq oʻtkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim, agar uni notarial shaklda amalga oshirish haqidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan boʻlsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (ulushining bir qismiga) boʻlgan huquq boshqa shaxsga bu haqda Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi hamda mazkur reyestrdan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ulush (ulushning bir qismi) oʻtishi haqidagi yozuvni tegishli ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan bitimning ushbu moddada yoki jamiyat ustavida belgilangan shakliga, shuningdek uni mazkur moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabiga rioya etmaganlik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining ulushi ushbu Qonunning 15-moddasida koʻrsatilgan muddat davomida toʻliq toʻlanguniga qadar boʻlgan davrda u faqat toʻlangan qismi boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan oʻtkazilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi, bundan jamiyat ustavida davlat ulushini (davlat ulushining bir qismini) ommaviy savdolar orqali sotish nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunday huquqdan jamiyatning har bir ishtirokchisi foydalanishi mumkin. Agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun ulushni olishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilari tomonidan ulush (ulushning bir qismi) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari jamiyatning ishtirokchisi tomonidan oʻtkazilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) olishda oʻzining imtiyozli huquqidan foydalanmagan boʻlsa, jamiyat mazkur ulushni (ulushning bir qismini) olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga oʻtkazish niyatida boʻlgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) bahosini va boshqa shartlarni koʻrsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning oʻzini yozma shaklda xabardor qilishi shart, bundan jamiyat ustavida davlat ulushini (davlat ulushining bir qismini) ommaviy savdolar orqali sotish nazarda tutilgan hollar mustasno. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli olish huquqini amalga oshirish istagida boʻlgan jamiyat ishtirokchisi oʻz ulushini (ulushining bir qismini) oʻtkazishni taklif etayotgan jamiyat ishtirokchisini yetti kun muddatda bu haqda xabardor qilishi, bunda oʻtkazish taklif etilayotgan ulushni toʻliq yoki uning muayyan qismini olmoqchi ekanligini koʻrsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori oʻtkazilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har biri ulushning oʻz xabarnomasida koʻrsatilgan qismini oladi. Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga oʻtkazilguniga qadar jamiyat ishtirokchilaridan qoʻshimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaxsga oʻtkazilishi mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori oʻtkazilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan boʻlsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat oʻtkazish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning bir qismini) olishda imtiyozli huquqdan shunday xabar berilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga maʼlum boʻlgan bahoda hamda shartlarda uchinchi shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga nomutanosib ravishda olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar jamiyat ustavida uni taʼsis etish chogʻida nazarda tutilishi, jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yigʻilish qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, oʻzgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulush (ulushning bir qismi) uni olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda oʻtkazilgan taqdirda, jamiyatning ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir qismini) olishda jamiyat imtiyozli huquqqa ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday buzilishni bilgan yoxud uni bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida oluvchining huquqlari va majburiyatlarini oʻziga oʻtkazishni sud tartibida talab qilishga haqli. Mazkur imtiyozli huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga oʻtkazilganligi haqida jamiyat bunday oʻtkazishning dalillari taqdim etilgan holda yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur oʻtkazish toʻgʻrisida jamiyat yozma ravishda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushni (ulushning bir qismini) boshqa shaxsga oʻtkazguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxoʻrlariga va jamiyat ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, uning kreditorlari bilan hisob-kitob tugallanganidan keyin qolgan unga qarashli ulush, agar qonunchilikda yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tugatilayotgan yuridik shaxs ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavida ushbu moddaning oʻn oltinchi va oʻn yettinchi qismlarida belgilangan ulushning (ulushning bir qismining) oʻtishi va taqsimlanishiga faqat jamiyatning qolgan ishtirokchilari roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat vafot etgan ishtirokchisining merosxoʻri tomonidan meros qabul qilinguniga qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining huquqlari vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi, uning majburiyatlari esa shu shaxs tomonidan bajariladi, bunday shaxs boʻlmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilariga yoki uchinchi shaxslarga oʻtkazish, ulushning (ulushning bir qismining) merosxoʻrlarga yoki huquqiy vorislarga oʻtishi yoxud ulushni (ulushning bir qismini) tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning barcha ishtirokchilarining yozma roziligi olingan boʻlsa yoxud jamiyat ishtirokchilarining birortasidan ham rozilik berishga yozma raddiya olinmagan boʻlsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilariga yoki uchinchi shaxslarga oʻtkazish uchun jamiyatning roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyatga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki jamiyat ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning yozma roziligi olingan boʻlsa yoxud jamiyatdan rozilik berishga yozma raddiya olinmagan boʻlsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda, mazkur ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi jamiyatning yoki uning ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar, jamiyat ishtirokchisiga aylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning ellik va undan ortiq foizining egasiga aylangan shaxs (bundan davlat mustasno), agar shaxs bungacha jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga egalik qilmagan yoki ulushning ellik foizidan kamrogʻiga egalik qilgan boʻlsa, minoritar ishtirokchilarga ulushlarini bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishni oʻn besh kun ichida taklif etishi shart. Jamiyatning ustavida ushbu taklif jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ishtirokchisining oʻziga tegishli ulushini sotishi toʻgʻrisida oʻttiz kun ichida yozma roziligi olinsa, jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning ellik va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi shaxs taklif etilgan ulushni sotib olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar garovi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻziga tegishli ulushni (ulushning bir qismini) jamiyatning boshqa ishtirokchisiga yoki, agar bu jamiyatning ustavida taqiqlanmagan boʻlsa, jamiyatning roziligi bilan uchinchi shaxsga jamiyat barcha ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan, agar bunday qarorni qabul qilish uchun jamiyatning ustavida bundan ham koʻproq ovozlar soni nazarda tutilmagan boʻlsa, qabul qilingan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan garovga qoʻyishga haqli. Oʻz ulushini (ulushining bir qismini) garovga qoʻyish niyatida boʻlgan jamiyat ishtirokchisining ovozlari ovoz berish natijalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat tomonidan olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga oʻtkazish taqiqlangan boʻlsa, jamiyatning boshqa ishtirokchilari esa uni olishni rad etsa, shuningdek ulushni (ulushning bir qismini) jamiyatning ishtirokchisiga yoki uchinchi shaxsga oʻtkazish rad etilgan taqdirda, agar bunday rozilikni olish zarurligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) olishi shart. Bunda jamiyat oʻz ishtirokchisiga bu ulushning (ulushning bir qismining) jamiyat ishtirokchisi shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning moliyaviy hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatni taʼsis etish chogʻida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini oʻz muddatida toʻliq miqdorda qoʻshmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu Qonun 16-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan pul tovonini muddatida taqdim etmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat jamiyatning ishtirokchisiga ulushning (mol-mulk jamiyat foydalanishida boʻlgan muddatga) u qoʻshgan hissaning qismiga mutanosib ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart. Ulushning bir qismining haqiqiy qiymati hissani qoʻshish yoki tovonni taqdim etish muddati oʻtadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning moliyaviy hisobotlari maʼlumotlariga asosan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustavida ulushning hissaning toʻlanmagan qismiga yoki pul tovoni summasiga (qiymatiga) mutanosib qismi jamiyatga oʻtishi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 21-moddasining oʻn oltinchi, oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushning oʻtishiga yoki taqsimlanishiga rozilik berishni rad etsa, agar jamiyatning ustaviga muvofiq bunday rozilik olinishi zarur boʻlsa, ulush jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat vafot etgan ishtirokchisining merosxoʻrlariga, qayta tashkil etilgan jamiyat ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning huquqiy vorislariga yoki jamiyat ishtirokchisi boʻlgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilariga tegishincha vafot etgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning moliyaviy hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini toʻlashi yoxud ularning roziligi bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 25-moddasiga muvofiq jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan toʻlangan taqdirda, ulush haqiqiy qiymatining jamiyat boshqa ishtirokchilari tomonidan toʻlanmagan qismi jamiyatga oʻtadi, ulushning qolgan qismi jamiyatning ishtirokchilari oʻrtasida ular qoʻshgan toʻlovga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatning ishtirokchisi u jamiyat tomonidan olinishi toʻgʻrisida talabnoma taqdim etgan yoki hissani qoʻshish muddati oʻtgan yoxud tovon berilgan yoki ishtirokchini jamiyatdan chiqarish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan yoki jamiyatning istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi boʻlgan jismoniy shaxslarning merosxoʻrlariga (yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga) oʻtishiga yoxud uning jamiyat ishtirokchisi boʻlgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishiga rozilik berishni rad etgan yoki jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan jamiyat tomonidan toʻlangan paytdan eʼtiboran jamiyatga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida, agar jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori oʻrtasidagi farq hisobidan toʻlanadi. Agar bunday farq yetarli boʻlmasa, jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Jamiyatga qarashli ulushlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga oʻtgan kundan eʼtiboran bir yil ichida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyatning barcha ishtirokchilari oʻrtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud jamiyatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavida taqiqlanmagan boʻlsa, uchinchi shaxslarga sotilishi hamda toʻliq toʻlanishi kerak. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) tegishlicha kamaytirilgan holda toʻlanishi kerak. Ulushni jamiyat ishtirokchilarining ulushlari miqdorlari oʻzgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar jamiyatning taʼsis hujjatlariga jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga asosan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan, jamiyatning ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda esa, jamiyat tomonidan sotilgan ulushning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ham yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga jamiyat ishtirokchilari ulushlarining haqini toʻlash yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning taʼsis hujjatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Undiruvni jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorlarning talabiga binoan jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruvni jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratishga qarzlarni toʻlash uchun jamiyat ishtirokchisining boshqa mol-mulki yetarli boʻlmaganda, faqat sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratilgan taqdirda, jamiyat kreditorlarga jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undiruv jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratilganda ushbu ulush jamiyat tomonidan sotib olinmagan taqdirda, mol-mulkiga undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan kreditorlarga jamiyatning qolgan ishtirokchilari tomonidan, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qarorida haq toʻlash miqdorini aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda toʻlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati undiruvni jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha uning ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish toʻgʻrisida jamiyatga talab qoʻyilgan sanadan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning moliyaviy hisobotlari maʼlumotlariga asosan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat kreditorlari tomonidan talab taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida jamiyat yoki uning ishtirokchilari undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi butun ulushining (butun ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlamasa, undiruvni jamiyat ishtirokchisining ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish uni ochiq kim oshdi savdosida sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta qaror qabul qilishga haqli. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash uchun moʻljallangan qismi (dividendlar) ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni toʻlash muddati jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida foydani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlashdagi cheklovlar. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilariga toʻlashdagi cheklovlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat quyidagi hollarda oʻz foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlanguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati toʻlanguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bunday qarorni qabul qilish paytida jamiyatda qonunga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlsa yoki, agar mazkur alomatlar jamiyatda shunday qaror qabul qilinishi natijasida paydo boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar shunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam boʻlsa yoki shunday qaror qabul qilinishi natijasida ularning miqdoridan kamroq boʻlib qolsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan foydani jamiyat ishtirokchilariga toʻlashga quyidagi hollarda haqli emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar toʻlash paytida jamiyatda qonunga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlsa yoki, agar mazkur alomatlar jamiyatda toʻlov natijasida paydo boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar toʻlash paytida jamiyatning sof aktivlari qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam boʻlsa yoki toʻlash natijasida ularning miqdoridan kamroq boʻlib qolsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan holatlar tugaganidan keyin jamiyat oʻz ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan foydani toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Jamiyatning zaxira fondi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat oʻz ustavida nazarda tutilgan miqdorda zaxira fondini tashkil etishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yoʻli bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning zaxira fondi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda uning zararlari oʻrnini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun moʻljallangandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat obligatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarishga va joylashtirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni chiqarish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qaroriga yoki, agar jamiyat ustavida jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish vakolati berilgan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tomonidan obligatsiyalar chiqarishga uning ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlanganidan keyin ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obligatsiyalarni chiqargan jamiyat tomonidan joylashtirish yoʻli bilan oshkor etilishi majburiy boʻlgan muhim fakt va boshqa axborot qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarini chiqarish haqidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Korporativ axborotning yagona portaliga va oʻz rasmiy veb-saytiga muhim fakt sifatida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamiyatda boshqaruv
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Jamiyatning boshqaruv organlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat boshqaruvining oliy organidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning joriy faoliyatiga jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi tomonidan rahbarlik qilinadi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlariga hamda ularning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar umumiy yigʻilish tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashiga yoki jamiyatning ijro etuvchi organiga hal etish uchun topshirilishi mumkin emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, lekin yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustavida jamiyat faoliyatining yillik natijalari tasdiqlanadigan jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishini oʻtkazish muddati belgilanishi kerak. Jamiyat ishtirokchilarining mazkur umumiy yigʻilishi moliya yili tugaganidan keyin kechi bilan olti oy ichida oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat ustavida belgilangan hollarda, shuningdek, agar bunday umumiy yigʻilish oʻtkazilishini jamiyat va uning ishtirokchilari manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ishtirokchilaridan birining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat kuzatuv kengashining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi zarur hollarda jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan uning tashabbusiga binoan chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida mazkur talabni koʻrib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqida yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan faqat quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabni taqdim etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalardan birortasi ham uning vakolatlari jumlasiga kirmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab olingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida bu talabni kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritishi shart. Kuzatuv kengashi uch kun ichida mazkur talabni koʻrib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida yoki ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalarning biri yoki bir nechtasi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jumlasiga kirmasa yoki qonunchilik talablariga mos boʻlmasa, mazkur masalalar kun tartibiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalar taʼrifiga oʻzgartirishlar kiritishga, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazishning taklif qilingan shaklini oʻzgartirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar bilan bir qatorda jamiyatning ijro etuvchi organi oʻz tashabbusi bilan kun tartibi rasmiy ravishda oʻqib eshittiriladigan kundan kechiktirmay, unga qoʻshimcha masalalar kiritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday umumiy yigʻilish uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran qirq besh kundan kechiktirmay oʻtkazilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni oʻtkazishni talab qilayotgan organlar yoki shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday holda jamiyatning ijro etuvchi organi mazkur organlarga yoki shaxslarga jamiyat ishtirokchilarining manzillari koʻrsatilgan roʻyxatni taqdim etishi shart. Umumiy yigʻilishga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish xarajatlarining oʻrni jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyatning mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha topshirilganligi maʼlum qilinadigan tilxat asosida yoki xabarnoma olinganligini tasdiqlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda yoxud jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining kun tartibiga qoʻshimcha masalalarni kiritish toʻgʻrisida uni oʻtkazishdan kamida oʻn besh kun oldin takliflar kiritishga haqli. Qoʻshimcha masalalar, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jumlasiga kirmaydigan masalalarni istisno etganda, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan qoʻshimcha masalalar taʼrifiga oʻzgartirish kiritishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining dastlabki kun tartibiga oʻzgartirishlar kiritiladigan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar kun tartibiga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilarini umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan usulda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish chogʻida jamiyat ishtirokchilariga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot va materiallar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning yillik hisoboti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy hisobotlarning toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning ijro etuvchi organlariga, jamiyatning kuzatuv kengashiga va jamiyatning taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzod (nomzodlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat taʼsis hujjatlarining yangi tahrirdagi loyihalari, shuningdek ularga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa axborot va materiallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ustavida jamiyat ishtirokchilarini axborot va materiallar bilan tanishtirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar ularga axborot va materiallarni jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda yuborishi shart, kun tartibi oʻzgartirilgan taqdirda, tegishli axborot va materiallar ana shunday oʻzgartish toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda yuboriladi. Koʻrsatilgan axborot va materiallar jamiyat ijro etuvchi organining binosida tanishish uchun jamiyatning barcha ishtirokchilariga jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilguniga qadar oʻttiz kun ichida taqdim etilishi kerak. Jamiyatning ustavida ushbu moddada koʻrsatib oʻtilganidan qisqaroq muddatlar nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan boʻlsa, mazkur umumiy yigʻilish vakolatli deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ushbu Qonunda, jamiyatning ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish tartibi ushbu Qonun, jamiyatning ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ochilishidan oldin jamiyat ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqli. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (ishonchnomani) koʻrsatishi kerak. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi bilan beriladi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining koʻrsatib oʻtilgan huquqlarini cheklovchi taʼsis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat organlarining shunday qarorlari haqiqiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatni taʼsis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga oʻzgartirishlar kiritish yoʻli bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday tartibni belgilaydigan qoidalarini oʻzgartirish va chiqarib tashlash jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning roʻyxatdan oʻtmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan vaqtda yoki, agar jamiyatning barcha ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtib boʻlgan boʻlsa, oldinroq ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi faqat ushbu Qonun 34-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilariga xabar qilingan kun tartibidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishga haqli, bundan mazkur umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 31-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan masalalarga, shuningdek jamiyatning ustavida belgilangan boshqa masalalarga doir qarorlar, agar shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 31-moddasi ikkinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisidakoʻrsatilgan masalaga doir qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarorlari, agar jamiyatning ustavida qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bayonnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan vaqt va joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigʻilishda ishtirok etayotgan ishtirokchilar ega boʻlgan ovozlarning umumiy soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilishning kun tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasida maʼruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qoʻyilgan masalalar va ular boʻyicha ovoz berish yakunlari, yigʻilishda qabul qilingan qarorlar aks ettirilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bayonnomasi yigʻilish oʻtkazilganidan keyin uch kundan kechiktirmay umumiy yigʻilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnomasi rasmiylashtirilganidan keyin besh ish kuni ichida yigʻilish kotibi uning koʻchirma nusxasini barcha ishtirokchilarga pochta aloqasi yoki elektron pochta orqali yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinadigan qarori
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori yigʻilishni oʻtkazmay (kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qoʻyilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun jamiyat ishtirokchilari birgalikda hozir boʻlmay) sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki uzatib beriladigan va qabul qilinadigan xabarlarning toʻgʻri boʻlishini va ularning hujjatlar bilan tasdiqlanishini taʼminlovchi boshqa aloqa vositasida hujjatlarni ayirboshlash yoʻli bilan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 31-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ustavida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilish tartibi nazarda tutilgan boʻlsa, unda sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) ovoz berish taklif qilinayotgan kun tartibini jamiyatning barcha ishtirokchilariga xabar qilish majburiyligi, jamiyatning barcha ishtirokchilari ovoz berish boshlanguniga qadar barcha zarur axborot va materiallar bilan tanishib chiqishi imkoniyati, kun tartibiga qoʻshimcha masalalarni kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritish imkoniyati, ovoz berish boshlanguniga qadar jamiyatning barcha ishtirokchilariga oʻzgartirilgan kun tartibini, shuningdek ovoz berish tartib-taomilining tugash muddatini xabar qilish majburiyligi nazarda tutilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalar yuzasidan jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir ishtirokchidan tarkib topgan jamiyatda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarga doir qarorlar jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash tartibi jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar, agar taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining tarkibiga uch yil muddatga saylangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar jamiyat ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi jamiyat ustavi bilan belgilanadi, bunda kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladigan mustaqil aʼzolar soni alohida koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustavida jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilishi nazarda tutilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish jamiyatning ustavi bilan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilgan boʻlsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish va uning faoliyati tartibi, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining vakolatlarini va jamiyat kuzatuv kengashi raisining vakolatini tugatish tartibi jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi hamda kollegial ijro etuvchi organining, uning shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining aʼzolari hamda ayni shu shuʼba, qaram xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolariga haq toʻlanishi va (yoki) ularning oʻz majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni qoplanishi mumkin. Haqlar va tovonlarning miqdorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining jamiyat ishtirokchilari boʻlmagan aʼzolari jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosining ovoz berish huquqini oʻzga shaxslarga, shu jumladan kuzatuv kengashining boshqa aʼzolariga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini oʻtkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilanadi, biroq u jamiyatning kuzatuv kengashiga saylangan aʼzolarning yetmish besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ustavida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining uchdan ikki qismining (malakali koʻpchilikning) ovozi bilan qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki uzatib beriladigan hamda qabul qilinadigan xabarlarning toʻgʻri boʻlishini va ularning hujjatlar bilan tasdiqlanishini taʼminlovchi boshqa aloqa vositasida hujjatlarni ayirboshlash yoʻli bilan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirtdan (soʻrov yoʻli bilan) ovoz berish imkoniyatini yaratish majburiyatlari ushbu Qonun 37-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi ellik foizdan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil aʼzo kiritilishi kerak. Bunda mustaqil aʼzolikka nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun tanlov asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi uch yil ichida jamiyatda va (yoki) uning affillangan shaxslarida ishlagan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (toʻgʻridan-toʻgʻri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlgan shaxs. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan koʻp boʻlgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud boʻlsa, oʻsha shaxslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega boʻlgan shaxs, bundan kuzatuv kengashi aʼzosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan kelishuvlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining aʼzosi boʻlgan shaxsning yoki soʻnggi uch yil ichida ularga aʼzo boʻlgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oʻgʻillari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) boʻlgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning ustavida yoki jamiyat umumiy yigʻilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi kuzatuv kengashining boshqa aʼzolari bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari boʻlmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi etib saylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs oʻrtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yigʻilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining faoliyati va u tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan, shuningdek jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra jamiyat ijro etuvchi organining vakolatlari shartnoma asosida tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan, kuzatuv kengashi mavjud boʻlmaganda esa, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyatning ustavida jamiyatning kollegial ijro etuvchi organini (boshqaruvi, direksiyasi va boshqalarni) tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday organ jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat ustavida belgilangan miqdorda va muddatga saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining aʼzosi etib faqat jismoniy shaxs saylanadi, u jamiyatning ishtirokchisi boʻlmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi jamiyatning ustavi bilan oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi raisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining faoliyati va u tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyat hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining aʼzosi ovoz berish huquqini oʻzga shaxslarga, shu jumladan jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining boshqa aʼzolariga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi va kollegial ijro etuvchi organlarining majburiyatlari (fidutsiar majburiyatlari)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolarining majburiyatlari (fidutsiar majburiyatlari) jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vazifalari va majburiyatlarini amalga oshirishda vijdonan harakat qilib, jamiyat va ishtirokchilar manfaatlarini eng koʻp aks ettiruvchi usullardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustaviga va ichki hujjatlariga zid ravishda va (yoki) ishtirokchilar umumiy yigʻilishining va (yoki) kuzatuv kengashining qarorlarisiz shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik yoki boshqa shaxslar tomonidan bunday tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga taqdim etilgan (maʼlum boʻlgan), jamiyatga tegishli yoki jamiyatning qiziqish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan biznes imkoniyatlaridan jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz, oʻzining yoki boshqa shaxslarning shaxsiy foydasini koʻzlab, oʻz vazifalarini bajarishda yoki mavqeyidan kelib chiqqan holda foydalanmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz jamiyatning asosiy faoliyati yoʻnalishlariga xos boʻlgan sohada tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka va shartnomaga muvofiq jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutiladigan axborotni oshkor qilmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilish evaziga bundan manfaatdor boʻlgan shaxslardan moddiy qimmatliklar olmaslik yoki mulkiy manfaatdor boʻlmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda, jamiyatning ustavida va ichki hujjatlarida jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning), jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolarining boshqa fidutsiar majburiyatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Jamiyat boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsata olishi mumkin boʻlmasa va (yoki) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik jiddiy boʻlmasa va (yoki) qaror jamiyatning ushbu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan boʻlsa, shikoyatga sabab boʻlgan qarorni oʻz kuchida qoldirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, kollegial ijro etuvchi organining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyat ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchisining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori jamiyat mazkur ishtirokchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, kollegial ijro etuvchi organi aʼzolarining javobgarligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini koʻzlab, halol va oqilona harakat qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari jamiyatga oʻz aybli harakatlari (harakatsizligi) yoki fidutsiar (muayyan majburiyat olgan shaxsning unga ishonch bildirgan shaxs manfaatlari yoʻlida harakat qilishi) majburiyatlarini bajarmaganligi tufayli yetkazilgan zarar uchun, agar qonun hujjatlarida boshqa asoslar va javobgarlik miqdorlari koʻrsatilmagan boʻlsa, jamiyat oldida javobgar boʻladi. Bunda jamiyatga zarar yetkazilishiga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari, kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari javobgar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, kollegial ijro etuvchi organi aʼzolarining javobgarligi asoslari va miqdorini aniqlashda ish muomalasi odatlari hamda ish uchun ahamiyatli boshqa holatlar eʼtiborga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat yoki uning ishtirokchisi jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi va kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat etishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Jamiyat boshqaruvida minoritar ishtirokchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi kun tartibidagi masala boʻyicha ovoz berish natijalariga oʻz ovozi taʼsir qilmaydigan ishtirokchi minoritar ishtirokchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Minoritar ishtirokchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar ishtirokchilar qoʻmitasi tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Minoritar ishtirokchilar qoʻmitasi jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatiga, kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organi esa minoritar ishtirokchilar qoʻmitasining faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Minoritar ishtirokchilar qoʻmitasini tashkil etish tartibi va uning vakolatlari jamiyat ustavida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Jamiyat boshqaruvida majoritar ishtirokchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ellik foizdan ortiq ulushga egalik qiluvchi yoxud ulushi miqdori jamiyatning boshqa har bir ishtirokchisi ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan hamda ovozi qaror natijasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishtirokchi majoritar ishtirokchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning majoritar ishtirokchisi jamiyat va boshqa ishtirokchilar manfaatlariga zarar yetkazilishi oʻziga ayon boʻlgan taqdirda, oʻziga tegishli ulushlar boʻyicha ustunlik mavqeyidan shaxsiy manfaatini koʻzlab foydalanmasligi va qarorlar qabul qilmasligi hamda jamiyat boshqaruv organlari yigʻilishi kun tartibiga jamiyatning va boshqa ishtirokchilarning manfaatlariga mos kelmaydigan yoki ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilinishi natijasida jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilishi oldindan maʼlum boʻlgan masalalarni hal etish uchun kiritmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning majoritar ishtirokchisi ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida jamiyatga va boshqa ishtirokchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi. Yirik bitimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs, kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi yoki oʻz affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchisi tuzilishidan manfaatdor boʻlgan bitimlar jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining roziligisiz tuzilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ularning eri (xotini), ota-onasi, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari quyidagi hollarda jamiyat tomonidan bitim tuzilishidan manfaatdor shaxslar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular bitim taraflari deb hisoblansa yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini ifodalasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxs aksiyalarining (paylarining, ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlsa (har biri alohida-alohida yoki jamlangan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar jamiyat ustavida belgilangan boshqa hollarda ham jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi eʼtiboriga quyidagi axborotni yetkazishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining, oʻz eri (xotini), ota-onasi, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) affillangan shaxslarining aksiyalarining (paylarining, ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining, oʻz eri (xotini), ota-onasi, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular tuzilishidan manfaatdor deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan tuziladigan yoki taxmin qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni jamiyat tuzishi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning uning tuzilishidan manfaatdor boʻlmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitim jamiyat bilan boshqa taraf oʻrtasida, bitim tuzilishidan manfaatdor shaxs ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq shunday shaxs deb eʼtirof etiladigan paytga qadar boʻlgan odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuzilgan boʻlsa, manfaatdorlik boʻlgan bitimni tuzish ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarorini talab qilmaydi (jamiyat ishtirokchilarining keyingi umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanaga qadar qaror talab qilinmaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan va ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor shaxs jamiyat oldida oʻzi jamiyatga yetkazgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Agar bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tashkil etilgan taqdirda, tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish jamiyatning ustavi bilan uning vakolatlari jumlasiga kiritilishi mumkin, bundan bitimning yoki bitim predmeti boʻlgan mol-mulkning qiymati boʻyicha haq toʻlash summasi jamiyatning oxirgi hisobot davridagi moliyaviy hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq boʻlgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Yirik bitimlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilmagan boʻlsa, bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlarning maʼlumotlari asosida aniqlangan jamiyat sof aktivlari miqdorining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyat olishi, oʻz tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan bitim yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb eʼtirof etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning maqsadlari uchun yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, qiymati jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma beshdan ellik foizigachasini tashkil etadigan mol-mulkni olish, tasarrufdan chiqarish yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan yirik bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish jamiyatning ustaviga binoan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilishi mumkin. Bunda jamiyat kuzatuv kengashining aybi bilan yirik bitim tuzilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi umumiy yigʻilish oldida javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Jamiyatning faoliyati ustidan nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning ishtirokchisi boʻlmagan shaxs ham jamiyat taftish komissiyasining aʼzosi (taftishchisi) boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) vazifasini jamiyat, jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, ishonchli boshqaruvchi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi shaxs, kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari va jamiyat ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bogʻlab turmaydigan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari jamiyat taftish komissiyasining aʼzolari (taftishchisi) boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat taftish komissiyasi aʼzolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati taftish komissiyasining (taftishchisining) tashabbusiga, ishtirokchilar umumiy yigʻilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida oʻndan bir qismiga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchilarining talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga koʻra tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari, shuningdek jamiyatning xodimlari ogʻzaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyatning yillik hisobotlarini va buxgalteriya balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanguniga qadar majburiy tartibda tekshirishdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda. Ichki audit xizmati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan koʻp boʻlgan, davlat ulushi ellik foiz va undan ortiq boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Kredit tashkiloti boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi. Jamiyatning kuzatuv kengashi ichki audit xizmatini tashkil etadi va uning xodimlarini tayinlaydi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xizmati jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonunchilikka, taʼsis hujjatlariga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari hamda shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-modda. Jamiyatning auditorlik tekshiruvi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotning hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan qonunchilikda belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti jalb etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi yoki aʼzolaridan biri saylab qoʻyiladigan lavozimda boʻlish muddati tugashidan yoxud ulardan biri oʻz arizasiga asosan lavozimidan ozod etishni soʻrab murojaat etganidan keyin jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga asosan jamiyat faoliyati tashqi auditdan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tekshiruvi jamiyat ishtirokchisining talabi bilan oʻtkazilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining xizmatlari uchun auditorlik tekshiruvi oʻtkazishni talab qilgan jamiyat ishtirokchisining mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining auditorlik tashkiloti xizmatlariga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan jamiyat mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning moliyaviy hisobotlari qonunchilik hujjatlarida yoki jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda oshkor etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hujjatlarni ustavda belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning taʼsis hujjatlarini, shuningdek jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat muassislari yigʻilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa qarorlarni oʻz ichiga olgan bayonnomasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning oʻz balansida turgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning filiallari va vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatning shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishlarining, jamiyatning kuzatuv kengashi, kollegial ijro etuvchi organi va taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni oʻzining ijro etuvchi organi joylashgan yerda yoki jamiyat ishtirokchilariga maʼlum boʻlgan va ular uchun qulay boʻlgan boshqa joyda saqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni qonunchilikda yoki jamiyat ustavida belgilangan tartibda va muddatda jamiyat ishtirokchilarining va boshqa shaxslarning talabiga koʻra taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlar jamiyat bilan jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxslar oʻrtasida ularni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Jamiyatning affillangan shaxslari hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor boʻlgan shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi yuridik shaxsning ishtirokchilari, agar uning ulushi yigirma foizdan ortiqni tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu jamiyatning yigirma va undan ortiq foiz ulushiga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoxud jamiyat kollegial ijro etuvchi organi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ushbu jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlsa, oʻsha jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma va undan ortiq foiz ulushiga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) yoxud jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi boʻlgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijro etuvchi organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijro etuvchi organi aʼzosining vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) ushbu jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoki kollegial ijro etuvchi organi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) ushbu jamiyat bilan bitta xoʻjalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxsi boʻlgan jamiyat ishtirokchisi – jismoniy shaxsning affillangan shaxslari deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu jismoniy shaxs va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foiziga va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu jamiyat ishtirokchisi yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu jamiyat ishtirokchisi yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda ijro etuvchi organning aʼzosi vakolatlarini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 5, 7-bandlari va uchinchi qismining 1-bandi ishonchli boshqaruvchi yoki ishtirokchining vakili sifatida ish yuritayotgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Affillangan shaxs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi toʻgʻrisida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar, bitim predmeti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tegishli bitimning muhim shartlarini batafsil koʻrsatgan holda yozma bildirishni jamiyatning rasmiy veb-saytiga joylashtirish, pochta aloqasi yoki elektron pochta orqali yuborish yoʻli bilan jamiyatni xabardor etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar boʻyicha qabul qilingan qarorlarning toʻliq taʼriflari, qaror qabul qilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻidagi manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamiyat yillik hisobotining ajralmas qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni oʻrganish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitim toʻgʻrisidagi, tuzilishi kutilayotgan bitim tarafining yozma bildirishida koʻrsatiladigan axborot jamiyatning ijro etuvchi organi va ichki audit xizmati (agar u mavjud boʻlsa) tomonidan oʻrganiladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan oʻrganish yozma bildirish olinganidan keyin uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. Mazkur bitimni oʻrganishga ushbu bitimdan manfaatdor boʻlmagan jamiyat xodimlari jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoki kollegial ijro etuvchi organining qaroriga koʻra qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni jamiyat ijro etuvchi organi va ichki audit xizmati tomonidan oʻrganish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda bitimni oʻrganishda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomada bitimning yuridik, moliyaviy, texnik va boshqa muhim jihatlari hamda uning jamiyat faoliyatiga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri nazarda tutilgan boʻlishi kerak. Bayonnomada keltirilgan fikrlarga rozi boʻlmagan shaxslar alohida fikrini ilova qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni maʼqullash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ijro etuvchi organi affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitim toʻgʻrisida uni oʻrganish natijalari bayonnomasini ilova qilgan holda jamiyat kuzatuv kengashini yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning kuzatuv kengashi affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim toʻgʻrisidagi axborotni oʻrganadi va affillangan shaxsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay bitim boʻyicha qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamiyat kuzatuv kengashining ikki va undan ortiq aʼzosi affillangan shaxs boʻlsa, bitim boʻyicha qaror ushbu Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning kuzatuv kengashi yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi mazkur bitim yuzasidan qaror qabul qilayotganda muhokamada ishtirok etishga haqli emas va ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni maʼqullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan bir ovozdan yoxud jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ishtirokchilar umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda affillangan shaxs bilan tuzilayotgan, qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn yoki undan koʻp foizini tashkil etadigan bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror mol-mulkning baholovchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitim shartlari oʻrganilgan holda, majburiy tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ijro etuvchi organi affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim boʻyicha qabul qilingan qaror haqida oʻzi bilan ushbu bitim tuzilishi kutilayotgan tarafni yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim ayni bir vaqtda yirik bitim boʻlsa, bitimni tuzish tartibiga nisbatan ushbu Qonunning 5-bobida belgilangan yirik bitim tuzishga doir qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha nizolashish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning ishtirokchilari affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni maʼqullash haqida qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan yoxud jamiyat ishtirokchisi qarorni qabul qilishda ishtirok etmagan taqdirda, ushbu bitim boʻyicha nizolashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining talabiga koʻra unga jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) yoki kollegial ijro etuvchi organi tomonidan imzolangan, affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim haqidagi tegishli axborot bilan birga quyidagilarning koʻchirma nusxalari uch ish kuni ichida taqdim etilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitim tarafi yozma bildirishining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni oʻrganish natijasi bayonnomasining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni maʼqullash toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli shartnomaning, agar u tuzilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchisining talabiga koʻra, unga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimga taalluqli boʻlgan boshqa axborot ham taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, jamiyat ishtirokchisi oʻsha bitimni haqiqiy emas deb topish yuzasidan sudga murojaat qilishga haqli.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatning besh foizdan kam boʻlmagan miqdordagi ulushiga egalik qiluvchi ishtirokchisi affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, oʻsha bitimni tuzishga doir talablar buzilishining mavjud belgilarini oʻrganish uchun mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli. Bitim tuzishga doir talablar buzilganligi fakti sud tomonidan aniqlangan taqdirda, jamiyat sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddatda jamiyat ishtirokchisining auditorlik tashkilotini jalb etishga doir xarajatlarining oʻrnini mazkur xizmatlarning bozor qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi hollarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda bitim tuzish boʻyicha belgilangan talablarga rioya etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning jamiyatga zarar yetkazishiga doir asoslar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni tuzishda manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilgan ishtirokchining ovoz berishi ushbu bitimni maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan umumiy yigʻilishda uning ishtirok etishidan yoki ishtirok etmasligidan qatʼi nazar, ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsatmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bitimning tuzilishi jamiyatga yoki daʼvo bilan sudga murojaat qilgan jamiyat ishtirokchisiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlganligi yoki zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkinligi isbotlanmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bitim boʻyicha zararlar bitim taraflarining harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasi boʻlganligi isbotlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bitimning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda keyinchalik maʼqullanganligiga oid dalillar ishni sudda koʻrib chiqish paytida taqdim etilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyat ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatni qayta tashkil etish qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat qayta tashkil etish natijasida tuzilgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, bundan qoʻshib olish shaklidagi qayta tashkil etish hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat unga boshqa jamiyatni qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganda ulardan birinchisi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qoʻshib olingan jamiyat faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish, shuningdek ustavga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat jamiyatni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran, jamiyat qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganda esa, qoʻshilishda yoki qoʻshib olishda ishtirok etayotgan jamiyatlardan oxirgisi tomonidan bu haqda qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatning oʻziga maʼlum barcha kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini va koʻrgan zararlarining oʻrni qoplanishini oʻziga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yozma ravishda talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish faqat ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda kreditorlar xabardor qilinganligining dalillari taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki boʻlish shaklida qayta tashkil etilsa, faoliyati tugatilayotgan jamiyatning tijorat banklaridagi barcha hisobvaraqlari yopiladi va undagi mavjud pul mablagʻlari belgilangan tartibda tegishincha taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-modda. Jamiyatlarni qoʻshib yuborish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini oʻtkazish yoʻli bilan yangi jamiyatni tashkil etish jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ana shunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida, qoʻshib yuborish shartnomasini va qoʻshib yuborish natijasida tuzilayotgan jamiyatning ustavini tasdiqlash haqida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolangan qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnoma ustav bilan birgalikda uning taʼsis hujjati hisoblanadi hamda u Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va ushbu Qonun bilan taʼsis shartnomasiga qoʻyiladigan barcha talablarga mos boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan shunday qayta tashkil etish haqida va qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomani, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ustavini va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilingan taqdirda, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar ishtirokchilarining qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi. Bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazish muddatlari va tartibi qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatlar qoʻshib yuborilganda ulardan har birining barcha huquqlari va majburiyatlari, bu topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilgan jamiyatga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62-modda. Jamiyatni qoʻshib olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni qoʻshib olish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida, qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi, qoʻshib olinayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi esa topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida ham qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshib olishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qoʻshma umumiy yigʻilishi qoʻshib olinayotgan jamiyatning taʼsis hujjatlariga jamiyatning ishtirokchilari tarkibi oʻzgarishi, ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni, qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa oʻzgartirishlarni kiritadi, shuningdek zarur boʻlganda boshqa masalalarni, shu jumladan birlashtirilayotgan jamiyatning organlarini saylash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi. Bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazish muddatlari va tartibi qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir jamiyat boshqasiga qoʻshib olinganda qoʻshib olinayotgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari qoʻshib olayotgan jamiyatga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63-modda. Jamiyatni boʻlish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil etilgan jamiyatlarga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni boʻlish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish, jamiyatni boʻlish tartibi va shartlari, yangi jamiyatlarni tashkil etish va boʻlish balansini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyatning ishtirokchilari taʼsis shartnomasini imzolaydi. Boʻlish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat ustavini tasdiqlaydi va uning organlarini saylaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat boʻlinganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻlish balansiga muvofiq boʻlish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar boʻlish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini oʻtkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi jamiyatni (yangi jamiyatlarni) tashkil etish va boʻlish balansini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning taʼsis hujjatlariga jamiyat ishtirokchilari tarkibining oʻzgarishi, ularning ulushlari miqdorlari aniqlanishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirishlarni va ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan boshqa oʻzgartirishlarni kiritadi, shuningdek zarur boʻlgan taqdirda oʻzga masalalarni, shu jumladan jamiyatning organlarini saylash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ishtirokchilari taʼsis shartnomasini imzolaydi. Ajratib chiqarilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat ustavini tasdiqlaydi va jamiyatning organlarini saylaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ajratib chiqarilayotgan jamiyatning yagona ishtirokchisi qayta tashkil etilayotgan jamiyat boʻlsa, uning umumiy yigʻilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ustavini va boʻlish balansini tasdiqlaydi, ajratib chiqarilayotgan jamiyatning organlarini saylaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatdan bir yoki bir necha jamiyat ajratib chiqarilganda qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi boʻlish balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar boʻlish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65-modda. Jamiyatni oʻzgartirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkiloti etib oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish, oʻzgartirish tartibi va shartlari, jamiyat ishtirokchilarining ulushlarini oʻzgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) ayirboshlash tartibi va ushbu yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarini tasdiqlash, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari ushbu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi qonun talablariga muvofiq uning organlarini saylash haqida qaror qabul qiladi va tegishli organga oʻzgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishni topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari, bu topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, jamiyatni oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66-modda. Jamiyatni tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda, belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga koʻra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish hamda tugatuvchini tayinlash toʻgʻrisidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatuvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra jamiyat ushbu jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda tugatiladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan jamiyatni tugatishda tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning vakili kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatni tugatish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi 736-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 11, 1062-modda; 2024-yil, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 4, 520, 522-moddalar) 7-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi oʻz ulushini garovga qoʻyishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 4, 522-modda) 483-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismdagi “qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ishtirokchilari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismdagi “qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda) 119-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1286-modda; 2025-yil, № 3, 373-modda) 116-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyulda qabul qilingan “Raqobat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-850-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 7, 533-modda; 2024-yil, № 9, 955-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 3, 370-modda) 26-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismning uchinchi xatboshisidagi “yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismning beshinchi xatboshisidagi “yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi 310-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 311-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 11-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-28-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) 9-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-104-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda) 5-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish tartibini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-127-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 598-modda) 5-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-311-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 8-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-345-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 336-modda) 15-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 2-modda) 22-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-372-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 130-modda) 22-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-391-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 27-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 26-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-459-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 4-modda) 14-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martda qabul qilingan “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-531-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 3, 166-modda) 10-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-592-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 886-modda) 5-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-597-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 891-modda) 12-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-603-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 4-modda) 9-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-629-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 449-modda) 6-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 132-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martda qabul qilingan “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-760-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 217-modda) 4-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-765-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 340-modda) 41-moddasining 3-bandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvarda qabul qilingan “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-814-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 1, 1-modda) 2-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-815-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 1, 2-modda) 5-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-910-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 110-modda) 3-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevralda qabul qilingan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-911-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 111-modda) 12-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-980-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 10, 1079-modda) 4-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevralda qabul qilingan “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1025-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 2, 188-modda) 17-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 21-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-1137-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)