15.04.2026 yildagi PQ-138-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning qonunga rioya etgan holda faoliyat yuritishlarini ragʻbatlantirish, tadbirkorlik sohasini tartibga solishda ortiqcha byurokratik toʻsiq va eskirgan tartib-taomillarni bartaraf etish, shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazorati samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllashga oid tartib-taomillarni unifikatsiya qilish orqali tartibga solish yukini kamaytirish hamda nazorat qiluvchi organlar va sudlarning bu boradagi vakolatlarini aniqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) huquqbuzarliklar natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilishini ragʻbatlantirish orqali ularning xarajatlar yukini 2 baravargacha qisqartirish uchun sharoit yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish orqali qonuniylikni taʼminlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy toʻlashni ragʻbatlantirish va sud nazorati samaradorligini oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektining tanloviga koʻra quyidagi shakllardan birida ixtiyoriy ijro etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan boshlab bir oy muddatda jarima miqdorining 50 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlash sharti bilan jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) qoʻllangan moliyaviy jarima summasini olti oy davomida teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash. Bunda tadbirkorlik subyekti moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab bir oy davomida jarima summasining oltidan bir qismi miqdoridagi dastlabki toʻlovni toʻlaganda, moliyaviy jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi avtomatik ravishda amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, undirilgan mablagʻlar, shu jumladan, moliyaviy jarima hamda penya yoʻnaltirilgan manbalar (tegishli budjet va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari va boshqalar) hisobidan 15 kun muddatda mutanosib ravishda qaytariladi va belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga nisbatan qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida foiz toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Moliyaviy jarimalarni qoʻllash jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan yuritiladigan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllangan moliyaviy jarimalarning elektron reyestri joriy etiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) vakolatli organlarning moliyaviy jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kunida majburiy tartibda ushbu elektron reyestrga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, mazkur jarayon toʻliq raqamlashtirilgan hollarda esa bunday qarorlar oʻzaro integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) elektron reyestrga kiritilmagan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ular asosida moliyaviy jarima undirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) elektron reyestrda tadbirkorlik subyekti tomonidan sodir etilgan qilmishning takroriyligiga oid maʼlumotlar bazasi yuritiladi va xavfni boshqarish tizimi yordamida tahlil qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2026-yil yakuniga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllangan moliyaviy jarimalarning elektron reyestrini ishga tushirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Soliq qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllangan moliyaviy jarimalar hisobini yuritish, monitoring qilish hamda ularni soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali onlayn toʻlash imkoniyatini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda oʻzlarining axborot tizimlarini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi doirasida integratsiya qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2027-yil 1-aprelga qadar Soliq qoʻmitasi, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda soliq toʻlovchi — tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti orqali vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan sudga onlayn shikoyat berish imkoniyatini yaratsin. Bunda ish yurituvga qabul qilingan shikoyatlar boʻyicha qarorlarning ijrosini toʻxtatib turish haqida sud tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar avtomatik ravishda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil Adliya vazirligi, Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun bir vaqtning oʻzida tadbirkorlik subyekti va uning rahbari yoki xodimiga nisbatan tegishincha moliyaviy jarima va maʼmuriy javobgarlik chorasini qoʻllash amaliyotini bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy toʻlashni ragʻbatlantirish boʻyicha mexanizmlarni soliq qonunchiligiga joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oliy sud hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibini unifikatsiya qilish va takomillashtirishga qaratilgan “Huquqiy taʼsir choralari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul hamda shaxsan javobgar etib Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A.A. Buriyev, Oliy sud raisi B.D. Islamov, Adliya vaziri A.D. Tashkulov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 15-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-138-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 07/26/138/0353-son)