Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2024 02.11.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 833
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

Vazir oʻrinbosari

E. GADOYEV

1999-yil 19-oktabr

EG/17-19-2075-son

“TASDIQLANGAN”

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
INVENTARIZATSIYANI TASHkIL ETISH VA oʻTKAZISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBIning MILLIY STANDARTI
19-SONli BHMS
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 833]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3548, 12.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi oʻrinlarda — standart) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qoʻshgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan solishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiyatlar hisobda toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qatʼi nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xoʻjalik yurituvchi subyektga qarashli boʻlmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (masʼul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga koʻra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. Quyidagi hollarda inventarizatsiya oʻtkazilishi majburiy:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini oʻzgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da;
(1.5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktabridan keyin oʻtkazilgan mol-mulk mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablagʻlari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qatʼiy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilgʻi-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yoʻriqnomalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻgʻirlik yoki suiisteʼmol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy ofatlar, yongʻinlar, falokatlar yoki gʻayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(1.5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.6. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari oʻzgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq aʼzolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta aʼzolari talabi bilan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Inventarizatsiyani oʻtkazishning asosiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.7. Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni oʻtkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar roʻyxati xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur standartning 1.5 va 1.6-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.8. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning oʻrinbosari (komissiya raisi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh buxgalter;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi oʻrinlarda — bosh buxgalter).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlar hajmi katta boʻlganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda oʻtkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiyani tayinlagan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi oʻrinlarda — buxgalteriya) va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlangʻich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga* muvofiq buyruq, qaror, farmoyish).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiyani oʻtkazishda komissiyaning hattoki bitta aʼzosi yoʻq boʻlsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.9. Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymatliklar saqlanishini taʼminlashga doir profilaktika ishlarini oʻtkazadi, zarurat boʻlganda oʻz majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari boʻyicha sex, boʻlim, shuʼbalar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiya oʻtkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari aʼzolariga yoʻl-yoʻriq berishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy qiymatliklarni tanlab inventarizatsiyadan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiya natijalari toʻgʻri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida qiymatliklarni qayta oʻzaro oʻrniga hisobga olish boʻyicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda (inventarizatsiya oʻtkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirigʻiga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yoʻl qoʻygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni koʻrib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda qiymatliklarni buzilishidan koʻrilgan yoʻqotishlarni bir izga solish tartibi toʻgʻrisida taklif beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablagʻlarini inventarizatsiyasini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yoʻqolish meʼyorlari doirasida kamomadlarni hisobdan oʻchirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek meʼyordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi hollar uchun javobgar boʻladi :
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrugʻiga muvofiq inventarizatsiyani oʻz vaqtida oʻtkazish va uni oʻtkazish tartibiga rioya qilish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblar vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga toʻliq va aniq qayd etilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant boʻyicha tartib raqami, artikuli va h.k.) roʻyxatda toʻgʻri koʻrsatilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya komissiyalari aʼzolari tovarlar, materiallar va boshqa qiymatliklar kamomadi va rastratasini yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida roʻyxatga qiymatliklarning haqiqatdagi qoldiqlari toʻgʻrisida ataylab notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng soʻnggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarni olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb koʻrsatgan holda viza qoʻyadi, bu esa buxgalteriyaga hisob maʼlumotlari boʻyicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha qiymatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan oʻchirilgani toʻgʻrisida tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilishga hisobdor summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari boʻlgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.11. Inventarizatsiyani oʻtkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari aʼzolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish davri davomida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarizatsiyani oʻtkazish boʻyicha ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mol-mulkni inventarizatsiya bir necha kun mobaynida oʻtkazilsa, moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xona inventarizatsiya komissiyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarizatsiya komissiyalari ishida tanaffus boʻlganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga koʻra) roʻyxatlar inventarizatsiya oʻtkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruqlar buxgalteriya tomonidan inventarizatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish kitobida roʻyxatga oladi (2-ilova*).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.12. Tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordamchi binolar, yertoʻlalar va qiymatliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari boʻlgan boshqa joylarni plombalashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻirlikni oʻlchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishga va ularni tamgʻalashning belgilangan muddatlariga rioya qilishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.13. Toʻsatdan oʻtkaziladigan inventarizatsiyalarda barcha tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida, qolgan hollarda esa — oldindan tayyorlab qoʻyiladi. Qiymatliklar guruhlarga boʻlinishi, navlarga ajratilishi va ular sonini sanash uchun qulay boʻlgan maʼlum tartibda nomlari, navlari, hajmlari boʻyicha joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.14. Asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablagʻlari va boshqa qiymatliklarni inventarizatsiyasi ularning har bir joylashgan joyi va ana shu qiymatliklarni saqlayotgan javobgar shaxs boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xoʻjalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) majburiy ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish, oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol yetkazib beruvchining ochilmagan oʻramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar boʻyicha ushbu qiymatliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu qiymatliklar bir qismini naturada (tanlab olib) majburiy tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Idishsiz uyulgan mahsulotlar ogʻirligi (yoki hajmi)ni oʻlchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi; oʻlchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar roʻyxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan koʻp miqdordagi tovarlar inventarizatsiya qilinganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarizatsiya komissiyasining aʼzolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar maʼlumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarizatsiya roʻyxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari roʻyxatga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.15. Inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori roʻyxatlarda nomenklatura boʻyicha va hisobda qabul qilingan oʻlchov birliklarida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.16. Roʻyxatlar ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Roʻyxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya qiymatliklarni ularning ishtirokida tekshirganini, komissiya aʼzolariga nisbatan hech qanday daʼvolar yoʻqligi va roʻyxatda keltirilgan qiymatliklar masʼul saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishda moddiy javobgar shaxslar oʻzgargan holda inventarizatsiya roʻyxatlariga qiymatliklarni qabul qilgan shaxs ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalikka tegishli boʻlmagan, biroq unda saqlanayotgan qiymatliklarga alohida roʻyxatlar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.17. Inventarizatsiyada mazkur Standart bilan tasdiqlangan inventarizatsiya boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlashtirishning namunaviy shakllari qoʻllaniladi. Inventarizatsiyada inventarizatsiya boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlariga aktivlar va majburiyatlar xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadigan qoʻshimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, koʻp yillik oʻsimliklar, koʻchatzorlar inventarizatsiya qilinganda qishloq xoʻjalik korxonalari uchun tasdiqlangan roʻyxat shakllari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.18. Inventarizatsiya roʻyxatlari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qoʻlda toʻldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻlda tuziladigan inventarizatsiya roʻyxatlari aniq va tushunarli qilib toʻldiriladi. Hech qanday boʻyash va oʻchirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya roʻyxatining har bir sahifasida soʻz bilan tovar-moddiy qiymatliklar tartib raqamlari soni va ushbu qiymatliklar qanday oʻlchov birliklarida koʻrsatilganidan qatʼi nazar, mazkur sahifada yozilgan barcha qiymatliklar miqdorining umumiy yakuni koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish notoʻgʻri yozuvlar ustiga chizish va chizilganlari ustiga toʻgʻri yozuvlarni qoʻyish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar izoh berilgan va inventarizatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya roʻyxatlarida toʻldirilmagan satrlarni qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Roʻyxatlarning oxirgi varaqlarida toʻldirilmagan satrlar ustiga chizib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.19. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan keyin inventarizatsiya roʻyxatlarida xatolarni aniqlagan hollarda ular tezda (ombor, omborxona, shuʼba va hokazolar ochilguniga qadar) buni ishchi inventarizatsiya komissiyasiga maʼlum qilishlari kerak. Moddiy javobgar shaxslarning kamomad yoki ortiqcha chiqish tovar-moddiy qiymatliklar nomidagi xato, oʻtkazib yuborish, yanglishish va hokazolar tufayli yuz bergani xususidagi tushuntirishlari ombor, omborxona, shuʼba ochilguniga qadar qabul qilinadi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi koʻrsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan holda aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.20. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablagʻlarining toʻgʻri hamda oʻz vaqtida oʻtkazilishi va ularning kutilmaganda oʻtkazilishini taʼminlash uchun javobgardir. Ular qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda toʻliq va aniq tekshirishni taʼminlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh buxgalter tegishli boʻlinmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarizatsiya oʻtkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.21. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi barcha tegishli schyotlar boʻyicha yozuvlarni korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy vositalar boʻyicha (kapital qoʻyilmalarning tegishli schyotlari bilan kelishtirilgan holda) foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olinganligi; tovar-moddiy qiymatliklar boʻyicha — barcha kelib tushgan qiymatliklar kirim qilinganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan chiqarilganligi va hisobda aks ettirilganligi; tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha — barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotga hisobdan chiqarilganligi va hokazolar aniqlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.22. Inventarizatsiyani rasmiylashtirish uchun 5 — 18-ilovalarga* muvofiq aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlari shakllari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.23. Inventarizatsiya tugaganidan keyin inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar oʻtkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya komissiyalari aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarizatsiya oʻtkazilgan ombor, omborxona, shuʼba va hokazolar ochilishiga qadar oʻtkazish kerak. Inventarizatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi (3-ilova*) va inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish kitobida roʻyxatga olinadi (4-ilova*).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Alohida turlardagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini oʻtkazish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalarni inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.24. Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki roʻyxatlarining mavjudligi va holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarni hujjatlarining mavjudligi. Hujjatlar yoʻq boʻlsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini taʼminlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar yoxud noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va aniqlashtirishlar kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.25. Asosiy vositalarni inventarizatsiyasini oʻtkazayotganda komissiya majburiy tartibda obyektlarni naturada koʻzdan kechiradi va inventarizatsiya roʻyxatlariga ularning toʻliq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish koʻrsatkichlarini qayd etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni tavsiflaydigan maʼlumotlar boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan obyektlar aniqlanganda komissiya inventarizatsiya roʻyxatiga ana shu obyektlar boʻyicha yetishmaydigan yoki toʻgʻri maʼlumotlarni va texnik koʻrsatkichlarni kiritishi kerak, masalan: binolar boʻyicha — ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan oʻlchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yertoʻla, yarim yertoʻla va hokazolarsiz), qurilgan yili va hokazolar; kanallar boʻyicha — uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi boʻyicha), sunʼiy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, koʻpriklar boʻyicha — joylashgan yeri, materiallar turi va asosiy oʻlchamlari; yoʻllar boʻyicha — yoʻl turi (tosh yoʻl, profilli yoʻl), uzunligi, qoplash materiallari va mashina qatnaydigan eni va hokazolar koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat boʻyicha amalga oshirilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati boʻyicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalar roʻyxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari boʻyicha qayd etiladi. Agar obyekt qayta tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijada uning asosiy vazifasi oʻzgargan boʻlsa, u roʻyxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar komissiya kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va hokazolar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar boʻyicha obyekt boshlangʻich qiymatining koʻpayish yoki kamayish summasini aniqlashi va roʻyxatda qilingan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keltirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning oʻzida komissiya bunda aybdor boʻlgan shaxslarni va u yoki bu obyektlarni konstruktiv oʻzgartirish hisob registrlarida aks ettirilmaganligining sabablarini aniqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.26. Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalari inventarizatsiya roʻyxatlariga yakka tartibda, inventar raqami, tayyorlagan zavodi, chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va hokazolar koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtda bir sex yoki boʻlimga kelib tushgan va guruh hisobining namunaviy inventar kartochkasida qayd etiladigan bir xil qiymatdagi xoʻjalik inventarlari, asboblar, dastgohlar va hokazo bir turdagi buyumlar inventarizatsiya roʻyxatlarida mazkur buyumlar miqdori koʻrsatilib nomlari boʻyicha keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalarning inventar obyektlariga berilgan raqamlar, qoidaga koʻra, oʻzgarmasligi kerak. Obyektlar oʻzlarining texnik-ishlab chiqarish vazifasiga koʻra kiritilishi kerak boʻlgan asosiy vositalar guruhidan boshqa guruhga xato ravishda kiritilgan hollarda, shuningdek, notoʻgʻri raqam qoʻyilganligi aniqlangan hollarda raqamlar oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.27. Inventarizatsiya paytida xoʻjalik yurituvchi subyektdan tashqarida boʻlgan asosiy vositalar obyektlari (uzoq reyslarda boʻlgan dengiz va daryo kemalari, temir yoʻl harakatdagi tarkibi, avtomashinalar, kapital taʼmirlashga yuborilgan mashina va uskunalar va hokazo) doimiy ishlaydigan yoki ishchi komissiya tomonidan ular xoʻjalikdan vaqtincha chiqib ketishi paytiga qadar inventarizatsiya qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.28. Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklab boʻlmaydigan asosiy vositalar inventarizatsiya roʻyxatiga kiritilmaydi. Bunday obyektlarga inventarizatsiya komissiyasi alohida roʻyxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (buzilishi, toʻliq eskirish va hokazolar) koʻrsatiladi. Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumoʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.29. Oʻziga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan va masʼul saqlashda boʻlgan asosiy vositalar ham tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha alohida roʻyxat tuziladi, unda mazkur obyektlar masʼul saqlash yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarga havola beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.30. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilinganda quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda toʻgʻri va oʻz vaqtida aks ettirilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy qoʻyilmalarni inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.31. Moliyaviy qoʻyilmalarni inventarizatsiya qilinganda qimmatli qogʻozlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarga qilingan haqiqatdagi xarajatlar tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.32. Qimmatli qogʻozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar toʻgʻri rasmiylashtirilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar saqlanishi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslash orqali);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar boʻyicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida oʻz vaqtida va toʻliq aks ettirilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.33. Qimmatli qogʻozlar tashkilotda saqlanganida ularni inventarizatsiyasi kassadagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.34. Qimmatli qogʻozlarni inventarizatsiyasi alohida emitentlar boʻyicha oʻtkazilib, dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy summasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir qimmatli qogʻoz rekvizitlari xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatlari (reyestrlari, kitoblari) maʼlumotlari bilan taqqoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.35. Maxsus tashkilotlarga (qimmatli qogʻozlarni saqlaydigan maxsus joy bank-depozitariy va h.k.) saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlarni inventarizatsiyasi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida qayd etilgan summalar qoldiqlarini ushbu maxsus tashkilotlar koʻchirmalari maʼlumotlari bilan solishtirishdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.36. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy qoʻyilmalar, shuningdek, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga berilgan qarzlar inventarizatsiyada hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.37. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi, qoidaga koʻra, mazkur xonada qiymatliklarning joylashish tartibida bajarilishi kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy qiymatliklardan boshqasiga tartibsiz oʻtishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy qiymatliklar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda saqlanganda inventarizatsiya saqlash joylari boʻyicha ketma-ketlikda oʻtkaziladi. Qiymatliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.38. Tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi roʻyxatiga nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va miqdori koʻrsatilib har bir nom boʻyicha kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.39. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra komissiya aʼzolari ombor (omborxona) mudiri va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini ularni majburiy sanash, tarozida tortish yoki qayta oʻlchash yoʻli bilan tekshiradilar. Roʻyxatlarga qiymatliklar qoldigʻi haqidagi maʼlumotlarni moddiy javobgar shaxslar ogʻzidan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob maʼlumotlari boʻyicha qayd etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.40. Inventarizatsiya vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari ishtirokida qabul qilinadi va inventarizatsiyadan soʻng reyestr yoki tovar hisoboti boʻyicha kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar” nomi bilan alohida roʻyxatga kiritiladi. Roʻyxatda ular qachon, kimdan kelib tushgani, kirim hujjatining sanasi va raqami, nomi, miqdori, narxi va summasi koʻrsatiladi. Bir vaqtning oʻzida kirim hujjatida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu qiymatliklar qayd etilgan roʻyxat sanasiga havola qilgan holda “inventarizatsiyadan keyin” belgisi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.41. Inventarizatsiya uzoq vaqt oʻtkazilganda alohida hollarda va faqat xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining yozma ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari ishtirokida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida berilgan tovar-moddiy qiymatliklar” deb nomlangan alohida inventar roʻyxatiga kiritiladi. Bu roʻyxat inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklarga oid hujjatlarga oʻxshab rasmiylashtirilishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.42. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli boʻlgan va masʼul saqlashda boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklar oʻzining tovar-moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi. Ushbu qiymatliklarga alohida inventarizatsiya roʻyxati tuziladi va unda ushbu qiymatliklarni masʼul saqlashga qabul qilingani tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.43. Yoʻlda boʻlgan, yuklab joʻnatilgan, xaridorlar tomonidan haqi muddatida toʻlanmagan, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar omborlarida boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi tegishli schyotlarda koʻrsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu tovar-moddiy qiymatliklarni (yoʻldagi, yuklab joʻnatilgan va hokazo tovarlar) hisobga oluvchi schyotlarda tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan summalargina qolishi mumkin: yoʻlda boʻlganlari boʻyicha — mol yetkazib beruvchilarning schyot — toʻlov talabnomalari yoki ularning oʻrnini bosadigan hujjatlar bilan; yuklab joʻnatilganlari boʻyicha — xaridorlarga taqdim etgan schyot-fakturalar nusxalari va toʻlov talabnomalari nusxalari bilan; toʻlash muddati oʻtganlar boʻyicha — bank muassasasining kartotekalarda toʻlov talabnomalari mavjudligini albatta tasdiqlashi bilan; boshqa tashkilotlarning omborlarida joylashganlari boʻyicha — inventarizatsiya sanasiga yaqin boʻlgan sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan; bitta shahardagi mol yetkazib beruvchilarning omborlarida boʻlganlari boʻyicha — inventarizatsiyani oʻtkazish sanasida qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu schyotlar boshqa korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan oldindan solishtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridorlar yoki buyurtmachilarga realizatsiya qilingan tovarlar, mahsulot (ish, xizmat) lar uchun haq toʻlashda uzoq vaqt kechikish yuz berganda ushbu kechikishning sabablari aniqlanadi va inventarizatsiya komissiyasining bayonnomasida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar kirim qilinmaganligi faktlari aniqlanganda ularni olgan shaxslarning tushuntirishlari talab qilinishi, suiisteʼmollik holatida esa materiallar tergov organlariga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.44. Yoʻlda boʻlgan, yuklab joʻnatilgan, xaridorlar tomonidan muddatida toʻlanmagan va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning omborlarida boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarga alohida inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlda boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir roʻyxatlarda har bir joʻnatma boʻyicha quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: nomi (hujjatga muvofiq), miqdori va qiymati (hisob maʼlumotlariga binoan), yuklab joʻnatish sanasi, shuningdek, ushbu qiymatliklar tegishli schyotlarda hisobga olinishiga asos boʻlgan hujjatlarning roʻyxati va raqamlari. Bunda belgilangan muddatda kelib tushmagan hamda hisobda yoʻldagi materiallar va tovarlar sifatida qayd etilgan yuklar boʻyicha ularni qidirib topish uchun qanday choralar koʻrilganligini tekshirish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.45. Yuklab joʻnatilgan va xaridorlar haqini muddatida toʻlamagan tovar-moddiy qiymatliklarga doir roʻyxatlarda har bir alohida joʻnatma boʻyicha xaridorning nomi, tovar-moddiy qiymatliklarning nomi, yuklab joʻnatish sanasi, schyot-faktura yozilgan sana, schyot-fakturaning raqami va schyot-fakturaga doir summa keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.46. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning omborlarida saqlanayotgan tovar-moddiy qiymatliklar roʻyxatlarga ushbu qiymatliklarni masʼul saqlashga topshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida kiritiladi. Ushbu qiymatliklarga doir roʻyxatlarda ularning nomi, miqdori, navi, haqiqatdagi qiymati (hisob hujjatlari boʻyicha), yukni saqlashga qabul qilish sanasi, saqlash joyi, hujjatlarning raqamlari va sanasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qiymatliklar masʼul saqlashida boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan inventarizatsiya roʻyxatlarining nusxalari olinganda komissiya qiymatliklarning haqiqatdagi mavjudligini (inventarizatsiya roʻyxatlari nusxalarining maʼlumotlari asosida) hujjatlarga binoan belgilangan miqdor bilan taqqoslaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.47. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayta ishlashda boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir roʻyxatlarda qayta ishlovchi korxonaning nomi, qiymatliklar nomi, miqdori, hisob maʼlumotlari boʻyicha haqiqatdagi qiymati, qiymatliklarni qayta ishlashga berish sanasi, hujjatlarning raqamlari va sanasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.48. Foydalanishda boʻlgan inventar va xoʻjalik jihozlari ular joylashgan joyi va masʼul saqlashda boʻlgan shaxslar boʻyicha inventarizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya har bir buyumni koʻzdan kechirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Inventarizatsiya roʻyxatlariga inventar va xoʻjalik jihozlari buxgalteriya hisobida qabul qilingan nomenklaturaga muvofiq nomlari boʻyicha kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarga yakka tartibda foydalanish uchun berilgan inventar va xoʻjalik jihozlari inventarizatsiya qilinganda guruhiy inventarizatsiya roʻyxatlarini tuzishga yoʻl qoʻyiladi, ularda ana shu jihozlar uchun masʼul boʻlgan, ularga shaxsiy kartochkalar ochilgan shaxslar koʻrsatilib, inventraizatsiya yozuv roʻyxatlarida tilxatga imzo chektiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatlarda inventar va xoʻjalik jihozlarining boshlangʻich qiymati koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuvish va tuzatishga yuborilgan maxsus kiyim (korjoma) va sochiq-dasturxonlar inventarizatsiya roʻyxatiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining qaydnoma-yukxatlari yoki kvitansiyalari asosida yozilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilmagan inventar va xoʻjalik jihozlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan foydalanish vaqti, yaroqsiz boʻlish sabablari, ushbu buyumlardan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari koʻrsatilib dalolatnomalar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.49. Idish roʻyxatlarga turlari, maqsadli vazifasi va sifat holatiga (yangi, ishlatilgan, tuzatishni taqozo etadigan va h.k.) binoan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish oldidan boʻsh idish (tara) turlari boʻyicha tanlanishi kerak, yaʼni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yogʻoch idishlar (yashiklar, bochkalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
karton idishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metall idishlar (flyagalar, barabanlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqimachilik idishlari (qoplari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaroqsiz holga kelgan idishlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan sabablari va idish uchun masʼul shaxslar koʻrsatilib dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davrlar xarajatlarini inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.50. Tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiyasi uning hajmlari va haqiqiy tannarxini Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi toʻgʻrisidagi nizom va uning asosida ishlab chiqilgan tarmoq yoʻriqnomalari bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq belgilash maqsadini qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat korxonalariga kelsak, misol uchun, quyidagilar zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishda boʻlgan buyumlarga doir zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yigʻilishi tugallanmagan buyumlarning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olinmagan yaroqsiz mahsulotni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugallanmagan ishlab chiqarish (zaxiralar)ning haqiqatda komplektlangani va yigʻishning detallar bilan taʼminlanganini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek, bajarilishi toʻxtatib qoʻyilgan buyurtmalar boʻyicha tugallanmagan ishlab chiqarish qoldigʻini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishda boʻlgan zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yigʻilishi tugallanmagan buyumlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.51. Inventarizatsiya boshlanishidan oldin omborlarga sexlar uchun zarur boʻlmagan barcha materiallar, xarid qilingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, ishlov berilishi mazkur bosqichda tugallangan barcha detallar, uzellar va agregatlar topshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sexlarda boʻlgan tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini toʻgʻri va qulay usulda sanashni taʼminlaydigan tartibga keltirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.52. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari (detallar, uzellar, agregatlar) qoldigʻini tekshirish haqiqatda sanash, tarozida tortish, oʻlchash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatlar har bir sex (uchastka, boʻlim) boʻyicha zaxiralar nomi, ularning tayyorlik bosqichi yoki darajasi, miqdori yoki hajmini koʻrsatib, qurilish-montaj ishlari boʻyicha esa — ularga doir hisob-kitoblar ularga doir ishlar toʻla tugallanganidan keyin, oraliq toʻlovlarsiz amalga oshiriladigan tugallanmagan korxonalar, ularning navbatlari, obyektlari, ishga tushiriladigan majmualar boʻyicha ishlar hajmini koʻrsatib; konstruktiv elementlar va ish turlarining tugallanmagan qismlari boʻyicha tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish joylarida boʻlgan, ishlov berilmagan xom ashyo, materiallar va xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish roʻyxatiga kiritilmaydi, balki alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida roʻyxatlarda qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzil-kesil yaroqsizga chiqarilgan detallar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.53. Bir xildagi massa boʻlmagan yoki aralashma boʻlgan (tegishli sanoat tarmoqlarida) tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha inventarizatsiya roʻyxatlarida, shuningdek, solishtirish qaydnomalarida ikkita miqdoriy koʻrsatkich keltiriladi: ushbu massa yoki aralashma miqdori va uning tarkibiga kiradigan xom ashyo yoki materiallar (alohida nomlar boʻyicha) miqdori. Xom ashyo yoki materiallar miqdori tarmoq yoʻriqnomalarida oʻrnatilgan tartibda texnik hisob-kitoblar bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.54. Tugallanmagan kapital qurilishning mavjudligi va hajmi inventarizatsiya paytida uning toʻlangan qismini naturada tekshirish yoʻli bilan belgilanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida obyekt nomi va mazkur obyekt boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi har bir alohida ish turi, konstruktiv unsurlar, uskunalar va hokazolar boʻyicha koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshirishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji boshlanmagan uskuna yoʻqligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konservatsiyalangan va vaqtincha qurilishi toʻxtatilgan obyektlarning holatini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur obyektlar boʻyicha, xususan, ularni konservatsiyalash uchun sabablar va asosni aniqlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.55. Qabul qilinishi va foydalanishga topshirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallangan, haqiqatda toʻliq yoki qisman foydalanishga topshirilgan obyektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Tugallangan, lekin nimagadir foydalanishga topshirilmagan obyektlarga ham alohida dalolatnomalar tuziladi. Dalolatnomalarda koʻrsatilgan obyektlarni foydalanishga topshirishni rasmiylashtirish kechikish sabablarini ham koʻrsatish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.56. Qurilishi tugallangan obyektlarga, shuningdek, amalga oshirilmagan, balansdan oʻchirilishi kerak boʻlgan qurilish boʻyicha loyihalash-tadqiqot ishlariga dalolatnomalar tuziladi va ularda qurilishni toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan holda bajarilgan ishlar xarakteri va ularning qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlarni topshirish dalolatnomalari, qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlardan foydalanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.57. Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik qurilmalar va boshqa obyektlarning tugallanmagan kapital taʼmirlarini inventarizatsiyasi naturada ishlar holatini tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugallanmagan kapital taʼmirga taʼmirlanayotgan obyekt nomi, ishlar nomi va bajarish foizi, bajarilgan ishlarning smetadagi va haqiqiy qiymatlari koʻrsatiladigan dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.58. Inventarizatsiya komissiyasi hujjatlar boʻyicha kelgusi davrlar xarajatlari schyotida aks ettirilishi kerak boʻlgan summani aniqlaydi va roʻyxatga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan xarajatlarni hisobga olish tartibi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr)da belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlar va yosh hayvonlarni inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.59. Katta yoshli mahsuldor va ish hayvonlari inventarizatsiya roʻyxatlarida qayd etiladi va ularda: hayvonning raqami (birka, tamgʻasi), hayvonning laqabi, tugʻilgan yili, nasli, semizligi, hayvonning tirik vazni (ogʻirligi) (vazni (ogʻirligi) koʻrsatilmaydigan otlar, tuyalar, xachirlar, bugʻulardan tashqari) va boshlangʻich qiymati koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonning nasli uni bonitirovkalash maʼlumotlari asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoramollar, ish hayvoni, choʻchqalar (urgʻochi va erkak choʻchqalar), qoʻy va boshqa hayvonlarning alohida qimmatli nusxalari (nasldor oʻzagi) roʻyxatlarga yakka tartibda kiritiladi. Guruh tartibida hisobga olinadigan asosiy podaning boshqa hayvonlari roʻyxatlarga yosh va jins guruhlari boʻyicha kiritilib, har bir guruh boʻyicha boshlar soni va tirik vazni (ogʻirligi) koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.60. Yosh qoramollar, yosh nasldor otlar va ish hayvonlari inventarlash roʻyxatlariga yakka tartibda inventar raqamlari, laqablari, jinsi, nasli va hokazolar koʻrsatilib kiritilib.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boquvdagi hayvonlar, yosh choʻchqalar, qoʻy va echkilar, parranda hamda guruh tartibida hisobga olinadigan boshqa tur hayvonlar roʻyxatlarga hisob registrlarida qabul qilingan nomenklaturaga koʻra har bir guruh boʻyicha boshlar soni va tirik vazn (ogʻirlik) koʻrsatilib kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatlar hayvon turlari boʻyicha sexlar, fermalar, boʻlimlar, brigadalar boʻyicha, hisob guruhlari va moddiy javobgar shaxslarga kesimida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablagʻlari, qiymatliklar va qatʼiy hisobdagi blanklarni inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.61. Kassa inventarizatsiya qilinganda pul mablagʻlari va kassada boʻlgan boshqa qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qatʼiy hisobot blanklari ham tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassada pul mablagʻlarining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech qanday hujjat yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldigʻiga kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli boʻlmagan pul mablagʻlari va boshqa qiymatliklar borligi toʻgʻrisidagi bayonotlari eʼtiborga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.62. Naqd pul mablagʻlarini inventarizatsiya dalolatnomasida qiymatliklar qoldigʻi inventarizatsiya kunida naturada va hisob maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatiladi va inventarizatsiya natijasi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatʼiy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari boʻyicha u yoki bu blanklarning boshlangʻich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus roʻyxat bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.63. Yoʻldagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarni bank muassasalari, pochta boʻlimi va hokazolarning kvitansiyalari maʼlumotlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.64. Bankda hisob-kitob va joriy schyotlar, akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa schyotlarda boʻlgan pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasining maʼlumotlari boʻyicha tegishli schyotlarda qayd etilgan summalar qoldigʻini bank koʻchirmasidagi maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.65. Ssudalar boʻyicha banklar, budjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi tegishli hujjatlar boʻyicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar schyotlari boʻyicha qarzlarning paydo boʻlishi, ularning realligi va shunday boʻlgan taqdirda, daʼvo etish muddatlarini oʻtkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining yoʻldagi tovarlar va faktura qilinmagan mollar boʻyicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar summalariga doir qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak. U hujjatlar va korrespondensiyalanuvchi schyotlari bilan muvofiqlashuvi boʻyicha tekshiriladi. Bunda faktura qilinmagan yetkazib berishlar tarkibida majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda toʻlangan va olingan, lekin yoʻlda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilmaganligi aniqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol yetkazib beruvchilarning schyotlarida faktura qilinmagan mollar boʻyicha qolgan summalarga, ushbu schyot buxgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan schyot-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar xaridorlarga schyot-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini maʼlum qilishlari kerak. Agar mol yetkazib beruvchida qarz boʻlmasa, u buni xaridorga maʼlum qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.66. Ishchi va xizmatchilarga qarzlar boʻyicha oʻz vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar schyotiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan ish haqi summalari, shuningdek, ishchi va xizmatchilarga ortiqcha toʻlovlar summalarini va yuzaga kelish sabablari aniqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.67. Hisobdor shaxslarga berilgan summalar inventarizatsiya qilinganda maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarga berilgan boʻnaklar boʻyicha hisobotlari, shuningdek har bir hisobdor shaxs boʻyicha berilgan boʻnaklar summalari, ularni berish sanalari va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.68. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi hujjatli tekshirish yoʻli bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar, xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlimlari bilan hisob-kitoblarning aynanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
balans boʻyicha qayd etilgan kamomad va oʻgʻirliklarga doir qarz summalari toʻgʻriligi va asosliligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
balans boʻyicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlari summalarining toʻgʻriligi va asoslangani, shuningdek, debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga daʼvolar taqdim etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Inventarizatsiya boʻyicha solishtirish qaydnomalarini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.69. Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiyada hisob maʼlumotlaridan tafovutlar aniqlangan qiymatliklar boʻyicha tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, yaʼni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatkichlar va inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy qiymatliklarning ortiqcha va kamomadi qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining koʻrsatkichlari birlashtirilgan yagona registrlar qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonaga tegishli boʻlmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (masʼul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) qiymatliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Solishtirish qaydnomalari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qoʻlda tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.70. Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi maʼlumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki budjet tashkilotini moliyalashtirishni (fondlarni) koʻpaytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan meʼyorlar doirasida qiymatliklarning yoʻqolishi xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga koʻra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yoʻqotish meʼyorlari haqiqatda kamomad aniqlangan hollardagina qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oʻrnatilgan meʼyorlar doirasida qiymatliklarning yoʻqolishi qiymatliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga eʼtibor beriladi. Agar belgilangan tartibda oʻtkazilgan qayta navlarga ajratish boʻyicha hisobga olingandan keyin ham qiymatliklar kamomadi mavjud boʻlsa, tabiiy yoʻqolish meʼyorlari kamomad aniqlangan qiymatliklar nomi boʻyichagina qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasdiqlangan meʼyorlar boʻlmagan taqdirda yoʻqolish meʼyorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻqolish meʼyorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi, shuningdek, qiymatliklar buzilishidan koʻrilgan yoʻqotishlar aybdor shaxslardan undirib olishga qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suiisteʼmolliklar oqibati boʻlgan kamomad va yoʻqotishlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va yoʻqotishlar aniqlangandan soʻng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va yoʻqotishlar summasiga esa fuqarolik daʼvosi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, qiymatliklarning yoʻqotish meʼyorlaridan ortiqcha kamomadi va qiymatliklar buzilishidan yoʻqotishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yoki budjet tashkilotida moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga aks ettirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qiymatliklar yoʻqotish meʼyorlaridan ortiqcha kamomadini va qiymatliklarni buzilishidan yoʻqotishlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda shunday kamomad va yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qabul qilingan choralar koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymatliklar buzilishi holati toʻgʻrisidagi xulosalar texnik nazorat boʻlimi yoki sifat boʻyicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy yoʻqolish meʼyorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi va buzilishini hisobdan chiqarilishini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov yoki sud organlarining aybdor shaxslar yoʻqligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat boʻlimi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat boʻyicha inspeksiyalar va hokazolardan) olingan qiymatliklar buzilishi holati toʻgʻrisida xulosa boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta navlarga ajratish orqali oʻzaro qoplash natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning oʻzaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy qiymatliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga koʻra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl qoʻyilgan qayta navlarga ajratish toʻgʻrisida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy javobgar shaxslar aybi boʻlmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil boʻlgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida uzil kesil tushuntirish berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.71. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik inventarizatsiyada esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.72. Hisobot yilida oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari maʼlumotlari inventarizatsiyada aniqlangan natijalar qaydnomasida (5-ilova*) umumlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 18-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.73. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qiymatliklar haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi takliflar koʻrib chiqish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kuchga kirish sanasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.74. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.