24.03.2026 yildagi PQ-107-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda sport sohasidagi subyektlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sohani rivojlantirish uchun sport federatsiya (uyushma)lari va professional sport klublari boshqaruviga bosqichma-bosqich tadbirkorlarni hamda sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy yoʻnalishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) sport sohasini moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlari va muqobil moliyalashtirish manbalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sport sohasiga ajratilayotgan mablagʻlar yoʻnaltirilishini markazlashtirish, budjet mablagʻlari hajmini kengaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sport sohasida biznesni rivojlantirish maqsadida zamonaviy mexanizmlarni joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) professional futbol klublarida korporativ boshqaruvni joriy etish orqali ularning faoliyatini tijoratlashtirish hamda ularga qulayliklar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Sport vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Sport sohasida tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarmaning vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Jamgʻarmani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasiga sport sohasi uchun, istisno tariqasida, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning tizimidagi korxonalarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda homiy sifatida biriktirish hamda homiylik mablagʻlari miqdorini belgilab borishga ruxsat berilsin. Bunda mazkur homiylik mablagʻlari Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilda Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 700 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini, 2027-yildan boshlab Sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan zarur mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutib borilishini taʼminlasin. Bunda 2026-yilda Jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 200 milliard soʻm 2026-yil 1-aprelga qadar, qolgan qismi yil yakuniga qadar har chorakda ajratib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga 2026-yil 1-iyunga qadar 100 milliard soʻm ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Superligadagi har bir futbol klubi uchun 2026-yilda 35 milliard soʻmdan, 2027-yilda 30 milliard soʻmdan va 2028-yilda 25 milliard soʻmdan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish, Milliy paralimpiya qoʻmitasini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar uchun hamda mamlakatimizda nufuzli xalqaro sport tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Milliy olimpiya qoʻmitasiga 55 milliard soʻm, Milliy paralimpiya qoʻmitasiga 50 milliard soʻm ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari tegishliligi boʻyicha Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalarining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq oʻrnatilgan tartibda ushbu tashkilotlarga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalarini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni moliyalashtirish, milliy terma jamoalarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari hamda boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishi va ularning ishtirokini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) sport federatsiya (uyushma)lari faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) respublika hududida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlari xarajatlarini qoplab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga professional futbol klublari faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sport federatsiya (uyushma)lariga ularning faoliyatini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari respublika bosqichi — “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarini tashkil qilishga doir (oʻtkazish, joylashtirish, taqdirlash va boshqalar) xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) professional futbol klubini boshqaruvga olgan va sport federatsiya (uyushma)siga jalb etilgan tadbirkorlarning sohani rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalari uchun grantlar ajratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra sport federatsiya (uyushma)lariga rahbar sifatida saylangan davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlariga oʻzlari rahbar boʻlgan sport federatsiya (uyushma)lariga tegishli davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning mablagʻlari hisobidan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi. Bunda sport federatsiya (uyushma)lariga tadbirkorlarni jalb qilish, ushbu tadbirkorlarga koʻmaklashish hamda tegishli federatsiyaning moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari professional futbol klublariga koʻmakchi sifatida biriktirilsin. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda professional futbol klublarini boshqaruvga oladigan tadbirkorlarga tashkiliy masalalarda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) professional futbol klublariga moliyaviy faoliyatini taʼminlash uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari mablagʻlarini ajratib borishiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-son qarori bilan Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga har yili ajratilishi belgilangan 50 milliard soʻm mablagʻlar ushbu federatsiyalarga Jamgʻarma orqali yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlangunga qadar mablagʻlarni ajratish Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda ushbu bandda koʻzda tutilgan sport federatsiya (uyushma)lari soʻrovnomalariga asosan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) har yili Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sport sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab sport sohasini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) sport federatsiya (uyushma)si faoliyati bilan bogʻliq yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablagʻi kiritgan tadbirkorni sport federatsiya (uyushma)larining ijro organlariga kiritish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) boshqaruvda tadbirkorlar ishtirok etadigan sport federatsiya (uyushma)lari roʻyxati Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan Sport vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) tadbirkor sport federatsiya (uyushma)si ijro organi aʼzoligiga oliy boshqaruv organi qarori bilan kiritilishi hamda sport federatsiya (uyushma)si rahbarligiga saylanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) sport federatsiya (uyushma)lari boshqaruviga kiritilgan tadbirkorlar bilan sport federatsiya (uyushma)sining oliy boshqaruv organi tomonidan bir yil muddatga oʻzaro majburiyatlar kelishuvi tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) sport federatsiya (uyushma)lari boshqaruviga kiritilgan tadbirkorlar sport federatsiya (uyushma)lari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, strategiyalar va yillik smetalarni tuzishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tadbirkor sport federatsiya (uyushma)si faoliyatini qoʻllab-quvvatlash xayriyalari va kraudfanding jamgʻarmalari tizimini yoʻlga qoʻyish, musobaqalarga chiptalar sotilishini raqamlashtirish va turli lotereya oʻyinlari, sport obyektlari hududida turli koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish yoki ijaraga berish va boshqalar hisobiga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) professional futbol klublari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablagʻi kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berilishi rejalashtirilayotgan professional futbol klublari roʻyxati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan eʼlon qilinadi va tanlov muddati 15 kun etib belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) professional futbol klubi faoliyatini saqlash xarajatlariga eng koʻp homiylik mablagʻi kiritishni taklif qilgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhi gʻolib deb topiladi. Bunda professional futbol klubiga oʻtgan yillarda homiylik qilib kelgan tadbirkorlarga ustunlik beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) tanlov ishtirokchilarining homiylik mablagʻi kiritish toʻgʻrisidagi takliflari qiymati bir xil boʻlganda, tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan professional futbol klubini rivojlantirish boʻyicha eng yaxshi taklif bergan talabgor gʻolib deb eʼlon qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) tanlov gʻolibi boʻlgan tadbirkor hamda professional futbol klubi taʼsischilari oʻrtasida ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) mazkur tartib muassislari tarkibida tadbirkorlarning ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan professional futbol klublariga tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(vi) professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga berishda qonunchilikda nazarda tutilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga qoʻyiladigan umumiy talablar tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ishonchli boshqaruvga berilgan professional futbol klublarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) klubni moliyaviy va strategik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda moliyaviy shaffoflikni taʼminlash maqsadida Kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tadbirkor Kuzatuv kengashiga raislik qilishi mumkin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) klub rahbariyati Kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Kuzatuv kengashi klub faoliyatini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va uzoq muddatli biznes-rejani tasdiqlaydi, klub istiqboli uchun marketing va transfer siyosatini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) tadbirkorlar klub faoliyatini mustaqil ravishda tashkil etadi. Davlat idoralari va boshqa mansabdor shaxslarning klub moliyaviy faoliyatiga noqonuniy aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) tadbirkorlar klubni qoʻllab-quvvatlash xayriyalari va kraudfanding jamgʻarmalari tizimini yoʻlga qoʻyish, futbol oʻyinlariga chiptalar sotilishini raqamlashtirish va turli lotereya oʻyinlari, oʻyingoh hududida koʻngilochar tadbirlar tashkil etish yoki ijaraga berish orqali moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Professional futbol klublari ishonchli boshqaruviga va sport federatsiya (uyushma)lariga jalb qilingan tadbirkorlar ularning samarali faoliyat yuritishi hamda belgilangan maqsad va vazifalarga erishilishiga masʼul hisoblanadi, shuningdek, sifat koʻrsatkichlariga erishish yuzasidan tegishliligi boʻyicha Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilansinki, professional futbol klublari ishonchli boshqaruviga va sport federatsiya (uyushma)lariga jalb qilingan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) foyda soligʻini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiya (uyushma)lari hamda professional futbol klublarining faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan homiylik xayriyalari shaklidagi mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning 10 foizidan oshmagan miqdorda kamaytiriladi. Bunda mazkur imtiyoz futbol klublariga va sport federatsiya (uyushma)lariga homiylik mablagʻlari ajratayotgan barcha tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yil 1-apreldan 2029-yil 1-aprelga qadar boʻlgan davrda Superliga va Proligada ishtirok etuvchi futbol klublari futbolchilari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi hamda ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozlar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha milliy terma jamoalarni tayyorlash uchun jalb etiladigan xorijiy hamda Oʻzbekistonda tugʻilgan yoki Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlgan, ilgʻor xorij tajribasini oʻzlashtirgan trenerlar, sport mutaxassislariga nisbatan ham qoʻllanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) likvidli garov taʼminotini (sport federatsiya (uyushma)lari va professional futbol klublarining balansida boʻlgan bino, inshoot va yer maydonlari bundan mustasno) hamda istiqbolli biznes-rejalarni taqdim etgan holda tijorat banklari tomonidan professional futbol klublarini sotib olish yoki sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) tijorat banklarining marjasi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) professional futbol klublari uchun sport obyektlarini qurish, ularning balansidagi sport obyektlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash xarajatlari summasi professional futbol klublari ustav kapitaliga ularning boshqaruv organlari qarorlari asosida bozor qiymatida tadbirkor ulushi sifatida kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) professional futbol klubini boshqaruvga olgan va sport federatsiya (uyushma)siga jalb qilingan tadbirkorlarning oʻz mahsulot (xizmat)lari sportni ommalashtirish va yanada targʻib qilishga yoʻnaltirilgan efirlarni translyatsiya qilish davomida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi markaziy va hududiy telekanallarda reklama qilishda 50 foizli chegirmalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) barcha professional futbol klublarining mol-mulklari toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin, balans qiymatlarini aniqlash va hisobotlarda aks ettirilishini hamda faoliyatiga tegishli boʻlmagan mol-mulklarni tasarruf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) “katta toʻrtlik” turkumiga kiruvchi hamda shu kabi audit va konsalting tashkilotlarini jalb qilgan holda professional futbol klublarining bozor narxini baholash va ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ushbu bandda koʻzda tutilgan tartib taʼsischilari xususiy korxonalar (jismoniy shaxslar) boʻlgan professional futbol klublariga tavsiya etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Milliy olimpiya qoʻmitasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) sport federatsiya (uyushma)lari faoliyatini xatlovdan oʻtkazish va yillik moliyaviy faoliyati boʻyicha auditdan oʻtish tizimi va moliyaviy hisobdorligini yuritish hamda eʼlon qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash uchun konsalting kompaniyasini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) oʻtkazilgan audit natijasiga koʻra sport federatsiya (uyushma)lari tuzilmasi va reglamentlarini xalqaro sport federatsiyalari qoidalariga moslashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Hisob palatasi mazkur qaror bilan belgilangan moliyaviy mablagʻlarning samarali ishlatilishini hamda budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini doimiy nazoratga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sport vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xalqaro konsalting tashkilotini jalb qilgan holda professional futbol klublari faoliyatini xalqaro futbol tashkilotlari talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) klublarning moliyaviy faoliyatini yuritish va har yili majburiy auditdan oʻtkazish, klublarning budjetdan tashqari va homiylik mablagʻlarini jalb qilish va tijorat faoliyati samaradorligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) klublarning boshqaruv tuzilmasini zamonaviy korporativ boshqarish talablariga moslashtirish va xodimlar uchun KPI koʻrsatkichlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) klublar tomonidan oʻz faoliyati va moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda eʼlon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda professional futbol klublarining taʼsis va ichki hujjatlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini hamda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimiga mos boʻlgan oʻzgartirishlar kiritilishini tashkil qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Professional futbol klublarining faoliyat yuritish tartibi. Bunda professional futbol klublari tomonidan mahalliy va chet ellik futbolchilar, shuningdek, klub xodimlariga ish haqi va boshqa toʻlovlar mutanosib miqdorlarda toʻlanishi koʻzda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda sport federatsiya (uyushma)lari ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur qaror ijrosini tashkil qilish uchun Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va sport vaziri A.I. Ikramov masʼul va shaxsan javobgar etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 24-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-107-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-martdagi PQ-107-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport sohasida tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vasiylik kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri — Vasiylik kengashi raisi

2.

O.M. Umarov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

O.R. Fazilkarimov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

Sh.Sh. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari

5.

M.M. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi

6.

R.S. Irmatov

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti

7.

O.O. Kasimov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi

8.

A.Ya. Kamilov

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi

9.

S.J. Polatov

Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari

10.

X.M. Xusanov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi departament direktori

11.

A.A. Nizametdinov

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi boshqarma boshligʻi, Vasiylik kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 07/26/107/0273-son)