17.09.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1411
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining qarori, 17.09.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1411
Дата вступления в силу
27.09.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2018
 LexUZ sharhi
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 20-son) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2001-y., 20-son, 142-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibini belgilaydi.
7. Buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga qayta hisoblash sanasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 23-martdagi 51-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” ning (2004-yil 21-may, ro‘yxat raqami 1364, — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 246- modda) ilovasida keltirilgan.
Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.1.12-bandiga, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.
24. Jamg‘arilgan kurs farqlarini moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijalariga mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan tartibda olib borish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: