1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
3.1-ILOVA


3.2-ILOVA



3.3-ILOVA

3.4-ILOVA


3.5-ILOVA






3.6-ILOVA






4-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
I. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar | ||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish) boʻyicha tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish. | 2025-yil 15-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Roʻyxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarning lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil 15-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi | ||
3. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi | ||
II. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish | ||||
2. | Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash. | 2025-yil 15-oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari |
2. Hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2025-yil 20-oktabr | |||
3. Tuman (shahar)larda roʻyxatga olish shtabi faoliyatini tashkil etish. | 2025-yil 1-noyabr | |||
3. | Aholi punktlarida yashovchi aholi soni koʻrsatilgan holda koʻchalar boʻyicha xonadon va uylar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Tuman va shaharlar boʻyicha aholi soni koʻrsatilgan holda koʻchalar boʻyicha xonadon va uylarning roʻyxatini yangilash. 2. Yangilangan xonadonlar roʻyxatini hududiy statistika organlariga taqdim etish. | 2025-yil 15-oktabr | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
4. | Roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish. | 1. Tuman va shaharlarni roʻyxatga olish uchastkalariga boʻlgan holda tashkiliy rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil25-oktabr | Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — respublika komissiyasi), Milliy statistika qoʻmitasi, hududiy komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha yigʻma tashkiliy rejalarni tasdiqlash. | 2025-yil 1-noyabr | |||
3. Respublika boʻyicha yigʻma tashkiliy rejani tasdiqlash. | 2025-yil 15-noyabr | |||
5. | Roʻyxatga olish ishlariga jalb etiladigan “mahalla yettiligi” xodimlarining roʻyxatini shakllantirish. | 1. Roʻyxatga olishda ishtirok etadigan xodimlar va koʻzda tutilmagan holatlarni inobatga olgan holda zaxira (roʻyxatga olish uchastkalariga bir nafardan) xodimlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Roʻyxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimlar (Ichki ishlar va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklaridan olingan zaxira xodimlarini qoʻshgan holda) roʻyxatini tasdiqlash. | 2025-yil 1-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Milliy statistika qoʻmitasi, hududiy komissiyalar |
6. | “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish axborot tizimi) ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va uzluksiz ishlashini taʼminlash. | 1. Xavfsizligi taʼminlangan holda, Internet jahon axborot tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda — internet tarmogʻi) orqali va planshet qurilmalari yordamida shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish va natijalarini chiqarish imkoniyatini beruvchi roʻyxatga olish axborot tizimini ishlab chiqish. | 2025-yil 15-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh |
2. Roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Roʻyxatga olish axborot tizimini sinovdan oʻtkazish. 4. Roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish axborot tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash. | 2026-yil yanvar-fevral | |||
7. | Shaxsga doir va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid maʼmuriy maʼlumotlarni shakllantirish. | 1. Oʻzlarining maʼlumotlar bazasidagi shaxsga doir maʼmuriy maʼlumotlarni fuqarolar boʻyicha 2026-yil 15-yanvar holatiga Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etish. 2. Qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid maʼmuriy maʼlumotlarni xoʻjaliklar kesimida Milliy statistika qoʻmitasiga 2026-yil 15-yanvar holatiga taqdim etish. | 2026-yil 15-fevral | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Kadastr agentligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar |
8. | “Mahalla yettiligi” xodimlarini bir martalik ragʻbatlantirish. | 1. Milliy statistika qoʻmitasidan roʻyxatga olishda ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” xodimlarining sonini olish. | 2025-yil 20-dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. “mahalla yettiligi” xodimlarini bir martalik ragʻbatlantirish toʻgʻrisida ishlarni tashkil etish. | 2026-yil 5-mart | |||
9. | Roʻyxatga olish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Roʻyxatga olishni oʻtkazishga jalb qilinadigan xodimlarni oʻqitish uchun yaroqli boʻlgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha binolar yoki xonalar ajratish. | 2025-yil 15-dekabrdan — 2026-yil 15-yanvargacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Tuman (shahar) roʻyxatga olish shtablarini va roʻyxatga olish uchastkalarini kanselyariya (ruchka, qalam, A4 qogʻoz, stepler, skrepka, roʻyxatga olish kitobi, papka va boshqalar) jihozlari, zarur hollarda transport vositalari bilan taʼminlash. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | |||
3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha monitoring qilish. | Doimiy | |||
10. | “Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarining xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etish. | “Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil 15-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh |
11. | Roʻyxatga olish jarayonlarini texnik qoʻllab-quvvatlash. | 1. Roʻyxatga olish axborot tizimi uchun zarur boʻladigan server quvvatlarini aniqlash va xarid qilish. | 2025-yil 20-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh |
2. Roʻyxatga olish axborot tizimi uchun “OneID” tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash. | 2026-yil yanvar-fevral | |||
3. Roʻyxatga olish jarayonini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun “Koll-markaz” tashkil etish. | 2025-yil 1-noyabrga qadar | |||
12. | Roʻyxatga olishni planshet qurilmalari bilan taʼminlash. | 1. Xatlov natijasida aniqlangan planshet qurilmalari sonini Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhidan olish. 2. Planshet qurilmalari nosoz yoki mavjud boʻlmagan “mahalla yettiligi” xodimlarini planshet qurilmalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025-yil 1-dekabr | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
13. | Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hududlarni yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan taʼminlash va roʻyxatga olish axborot tizimi hamda maʼlumotlar bazasi uchun maxsus joy ajratish. | 1. Roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi uchun “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash yagona markazidan zarur quvvatlarni ajratish. | 2025-yil 1-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida statistika organlari hamda tuman (shahar) roʻyxatga olish shtablariga yuqori tezlikdagi aloqa kanallarini ajratish. | 2025-yil 1-dekabr | |||
3. Roʻyxatga olish jarayonlarida shaxsga doir maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida “mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini himoyalangan virtual shaxsiy tarmoq (VPN) aloqa kanali bilan taʼminlash. | 2025-yil dekabr — 2026-yil fevral | |||
14. | Axborot tizimining maxsus mobil ilovasini planshet qurilmalariga oʻrnatishni tashkil etish. | 1. Roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini “mahalla yettiligi” xodimlari va boshqa jalb qilinadigan xodimlarning planshet qurilmalariga oʻrnatishni taʼminlash. | 2025-yil 1-dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. “Mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalariga JPS kuzatuv tizimini oʻrnatish. | 2025-yil 1-dekabr | |||
3. Oʻrnatilgan maxsus mobil ilovani toʻliq ishlash holatiga keltirish. | 2026-yil 15-yanvar | |||
15. | Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazishning roʻyxatga olish axborot tizimini ekspertizadan oʻtkazish. | Roʻyxatga olish axborot tizimini axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish. | 2025-yil 15-dekabr | “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Milliy statistika qoʻmitasi |
16. | Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar aʼzolari, statistika organlari va hududiy oliy taʼlim tashkilotlari xodimlarini oʻqitish. | 1. Oʻqitish dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. | 2025-yil oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi |
2. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalari xodimlarini oʻqitish. | 2025-yil oktabr | |||
3. Hududiy komissiya aʼzolari, statistika organlari va oliy taʼlim tashkilotlaridan tanlangan trenerlarni oʻqitish. | 2025-yil noyabr-dekabr | |||
17. | Roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni oʻqitish. | 1. Oʻqitish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi |
2. “Mahalla yettiligi” xodimlarini (zaxiraga olingan xodimlarni qoʻshgan holda) oʻqitish. | 2026-yil noyabr-dekabr | |||
18. | Respublikadagi taniqli sanʼatkorlar, kino va teatr aktyorlari, yozuvchilar, shoirlar ishtirokida roʻyxatga olish tadbirini aholi oʻrtasida keng ommalashtirish va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlash boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish. | 1. Ssenariy asosida videorolik va ijtimoiy reklamalar tayyorlash. | 2025-yil 15-noyabr | Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Kinematografiya agentligi |
2. Respublika va mahalliy OAVda maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish. 3. Gazeta va jurnallarda maqolalar berib borish. | 2025-yil noyabr — 2026-yil fevral | |||
19. | Roʻyxatga olishning targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish. | 1. OAV va davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida turkum maqolalar, koʻrsatuvlar, eshittirishlar berib borish. 2. Videoroliklar va ijtimoiy reklamalar tayyorlash hamda ularni televideniyeda namoyish etish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. 3. Tarqatma materiallar (buklet, flayer va boshqalar) tayyorlash va ularni aholining keng ommasiga yetkazish. 4. Bannerlar tayyorlash va oʻrnatish. 5. Mahallalar, oliy taʼlim tashkilotlari, maktablar, litseylar, sogʻliqni saqlash tashkilotlari hamda boshqa korxona va tashkilotlarda seminarlar tashkil etish. 6. Belgilangan tartibda SMS-xabarnoma yuborishni tashkil etish va boshqa axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil noyabr — 2026-yil fevral | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish hududiy komissiyalar, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi |
III. Roʻyxatga olishni oʻtkazish | ||||
20. | Roʻyxatga olish ishlarining sifatli oʻtkazilishini tashkil etish. | 1. Internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olish jarayonlarini belgilangan muddatlarda sifatli oʻtkazilishini tashkil etish. | 2026-yil 15 — 31-yanvar | Respublika komissiyasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, hududiy komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Planshet qurilmalari orqali roʻyxatga olish ishlarini respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib soʻrov oʻtkazish orqali sifatli oʻtkazilishini tashkil etish. | 2026-yil 4-fevral — 28-fevral | |||
21. | Internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish. | 1. Vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari oʻz tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtishlarini tashkil etish. 2. Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan roʻyxatga olish davrida kunlik tartibda Milliy statistika qoʻmitasiga oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtganliklari boʻyicha shaxslar kesimida maʼlumot taqdim etish. | 2026-yil 15 — 31-yanvar kunlari | Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda ularning tizim tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari |
22. | Roʻyxatga olishning qishloq xoʻjaligi faoliyatiga tegishli maʼlumotlarni toʻplash. | 1. Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarga roʻyxatga olishning mazmun-mohiyatini yetkazish. | 2025-yil oktabr — 2026-yil yanvar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, hududiy komissiyalar, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlar tomonidan internet tarmogʻi orqali maʼlumotlarni yuborishni tashkil etish. | 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral | |||
23. | Roʻyxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimlarning va roʻyxatga olish uchun ajratiladigan bino va inshootlarning xavfsizligini taʼminlash. | 1. Jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʻir oilalar roʻyxatlarini shakllantirish va hududiy statistika organlariga taqdim etish. | 2025-yil 1-noyabr | Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya |
2. Roʻyxatga olish jarayonlarida jamoat tartibini saqlash maqsadida roʻyxatga oluvchi guruhlarga bir nafar xodim biriktirish. 3. Roʻyxatga olish ishlariga jalb etilgan shaxslarning va roʻyxatga olish uchun ajratiladigan bino va inshootlarning xavfsizligini taʼminlash. 4. Hududlarda tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibini, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash. | 2025-2026-yil yanvar-fevral | |||
24. | Aholining ayrim toifalari boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash, roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini toʻldirish. | 1. Aholining ayrim toifalari boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga jalb etiladigan xodimlar roʻyxatini tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan shakllantirish. | 2025-yil 1-noyabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “SOS Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi va boshqa maxsus kontingentga ega muassasalar |
2. Planshet qurilmalari yordamida, biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan aholining ayrim toifalari boʻyicha roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini toʻldirish. | 2025-yil noyabr — dekabr | |||
IV. Moddiy-texnik va moliyaviy taʼminot | ||||
25. | Roʻyxatga olishning xarajatlar hisob-kitobini ishlab chiqish. | Roʻyxatga olish xarajatlari hisob-kitobini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish: ish haqi xarajatlari; ragʻbatlantirish xarajatlari; asosiy vositalar xarid qilish va maxsus roʻyxatga olish axborot tizimini ishlab chiqish uchun xarajatlar; xodimlarni oʻqitish xarajatlari; xizmat safari xarajatlari; transport ijarasi xarajatlari; meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va chop etish xarajatlari; videorolik, ijtimoiy reklama va tarqatma materiallar tayyorlash xarajatlari; roʻyxatga olish natijalarini chop etish xarajatlari; kutilmagan va boshqa xarajatlar. | 2025-2026-yillar davomida | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar |
26. | Roʻyxatga olish jarayonlarida zarur boʻladigan moddiy-texnik vositalar, hujjatlar va boshqa zarur vositalar xarid qilish hamda hududlarga yetkazish. | 1. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni zaruratga koʻra xarid qilish. 2. Xarid qilingan moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni hududlarga yetkazib berish. | 2025-2026-yillar davomida | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
V. Roʻyxatga olishning yakunlari | ||||
27. | Roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini tayyorlash. | 1. Internet tarmogʻi orqali va planshet qurilmalari yordamida yigʻilgan shaxsga doir birlamchi maʼlumotlarni umumlashtirish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini shakllantirish. | 2026-yil 1-iyul | Milliy statistika qoʻmitasi |
28. | Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini tayyorlash. | 1. Maxsus axborot tizimidan foydalangan holda aholini roʻyxatga olishning natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish. 2. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlar bazasini shakllantirish. 3. Respublika va hududlar darajasida tahliliy maʼlumotlar va jadvallarni tayyorlash. | 2027-yil 1-iyul | Milliy statistika qoʻmitasi |
29. | Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini eʼlon qilish va hujjatlarni saqlash. | 1. Yakuniy maʼlumotlarni eʼlon qilish. 2. Yakuniy maʼlumotlarni rasmiy nashr ettirish va tarqatish. | 2027-yil 1-noyabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzarxiv” agentligi |
3. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning dastlabki va yakuniy maʼlumotlarini hamda boshqa hujjatlarini arxivda saqlashga tayyorlash. | 2028-yil 31-mart | |||
4. Doimiy saqlash muddatiga ega hujjatlarni davlat arxiviga topshirish. | Belgilangan muddatlarda | |||
5-ILOVA
B.S. Hamrayev | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari |
O.M. Umarov | — | raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
Z.M. Ziyayev | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
J.S. Inagamov | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
N.U. Muxammadiyev | — | adliya vazirining oʻrinbosari |
Z.K. Kurbanov | — | ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
J.I. Abdiyev | — | Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
M.S. Mirmaksudov | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari |
A.R. Mansurov | — | “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori |
O.N. Mirzayev | — | “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori |
U.B. Usmanov | — | “UNICON SOFT” MCHJ bosh direktori |
6-ILOVA
T/r | Maʼlumotlar va media mahsulotlar turi | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Ijrochilar |
1. | Aholi orasida roʻyxatga olish tadbirini keng targʻib qilish maqsadida ommaviy joylarda tashviqot banner va plakatlarini oʻrnatish. | Qisqa va taʼsirchan shiorlar ishlab chiqilib, tuman-shahar hokimliklari bilan hamkorlikda aholi gavjum joylar (bozorlar, yirik savdo markazlari, markaziy koʻchalar) aniqlanadi hamda ularda banner va plakatlar oʻrnatiladi. | 2025-yil oktabr — dekabr | Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Milliy statistika qoʻmitasi |
2. | Roʻyxatga olish tadbirining ahamiyatini aholiga keng targʻib etish maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mashhur shaxslar ishtirokida intervyu va reportajlar tayyorlash. | Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik faollari hamda mashhur shaxslar (sportchilar, sanʼatkorlar, deputatlar, blogerlar) ishtirokida videorolik va intervyular tayyorlanib, ular televideniye, radio, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatilib, keng tarqatiladi. | 2025-yil oktabr — dekabr | Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, vazirlik va idoralar, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Milliy statistika qoʻmitasi |
3. | Ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiriga keng jamoatchilik eʼtiborini qaratish, tadbirning ahamiyati va maqsadlarini keng targʻib etish. | “Telegram”, “Instagram”, “Facebook”, “X” va “YouTube” kabi ijtimoiy tarmoqlarda infografika, videorolik, intervyu va podkastlar tayyorlanib, ular keng tarqatiladi, xeshteglar orqali fleshmob va chellenjlar tashkil etiladi hamda faol blogerlar bilan samarali hamkorlik qilinadi. | Doimiy | Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
4. | Aholiga roʻyxatga olish jarayoni haqida mobil aloqa operatorlari orqali “SMS-xabarnoma” yuborish. | Mobil operatorlar bilan hamkorlik oʻrnatilib, aholining barcha qatlamiga qisqa va aniq matnli SMS-xabarnomalar yuboriladi. Xabarlarda rasmiy veb-sayt va “Koll-markaz” raqamlari koʻrsatilib, aholiga toʻgʻri yoʻnalish beriladi. | 2025-yil dekabr — 2026-yil fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
5. | Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mashhur shaxslarning birinchilardan boʻlib onlayn roʻyxatdan oʻtganligi haqida qisqa reportajlar tayyorlab, ularni keng tarqatish. | Vazirlik va idoralar rahbarlari, jamoatchilik faollari, sportchilar, sanʼatkorlar, deputatlar va blogerlarning onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayonlari tasvirga olinib, qisqa reportajlar tayyorlanadi, tayyorlangan materiallar televideniye, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi. | 2026-yil yanvar-fevral | Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, vazirlik va idoralar, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Milliy statistika qoʻmitasi |
6. | Jamoat joylari, taʼlim tashkilotlari va jamoat transportlarida aholiga roʻyxatga olish tadbiri haqida tarqatma materiallar tarqatish. | Maxsus bukletlar tayyorlanib, ular maktab va oliy taʼlim tashkilotlari, metro bekatlari, avtobus va elektropoyezdlar, samolyotlar, bozorlar hamda boshqa gavjum joylarda aholiga tarqatiladi. | 2025-yil dekabr | Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Transport vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
7. | Bozorlar, vokzallar va boshqa jamoat joylarida aholini roʻyxatga olish tadbiri haqida radio va audio xabarlarni doimiy berish. | Bozorlar, vokzallar, aeroportlar, savdo markazlari va boshqa gavjum joylarda ovoz uzatish tizimlari orqali qisqa, aniq va taʼsirchan audio xabarlar tayyorlanib, doimiy ravishda aholiga yetkaziladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Transport vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
8. | Maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida aholini onlayn roʻyxatdan oʻtishga keng jalb etish, ularni ragʻbatlantirib borish hamda ushbu jarayonni keng yoritish. | Maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida aholini onlayn roʻyxatdan oʻtishga jalb etish uchun targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, mashhur shaxslar va blogerlarni jalb qilish, qulay onlayn platforma va jamoat joylarida QR-kodlar orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatini yaratish, ishtirokchilarni ragʻbatlantirish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
9. | Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomalarini toʻldirish tartibi boʻyicha video qoʻllanma tayyorlash va tarqatish. | Savolnomalarni toʻldirish jarayonini qadamma-qadam koʻrsatadigan oddiy va tushunarli video qoʻllanma tayyorlanib, unda har bir bosqich amaliy misollar bilan tushuntiriladi. Tayyorlangan videolar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt va “YouTube” kanali orqali tarqatiladi. | 2026-yil yanvar | Milliy statistika qoʻmitasi, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
10. | Targʻibot materiallarida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri ahamiyatini aniq misollar orqali yoritish, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi demografiyasiga oid muhim koʻrsatkichlarni qamrab olish orqali tadbirning ahamiyatini chuqur ochib berish. | Infografika, maqola, videorolik va bukletlarda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning kelgusidagi natijalarini targʻib etish orqali roʻyxatga olish aholi soni, uy-joy, mehnat bozori, oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy xizmatlar va qishloq xoʻjaligi rivojiga qanday taʼsir koʻrsatishini aniq misollar orqali koʻrsatiladi. Shu bilan birga, mamlakatdagi oziq-ovqat xavfsizligi, demografik siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda roʻyxatga olishning oʻrni keng targʻib qilinadi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Milliy statistika qoʻmitasi, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
11. | Aholini firibgarlik holatlaridan ogohlantirish maqsadida maxsus videorolik tayyorlash va uni keng jamoatchilikka tarqatish. | Videorolik orqali aholiga roʻyxatdan oʻtish jarayonida hech qanday kod yoki shaxsiy maʼlumotlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali soʻralmasligi, faqat maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma orqali amalga oshirilishi tushuntiriladi. “Shaxsiy maʼlumotlaringizni firibgarlarga bermang — onlayn roʻyxatdan oʻting” shiori ostida maxsus videorolik tayyorlanib, tarqatiladi. | 2026-yil yanvar-fevral | Milliy statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
12. | Yosh bolalar auditoriyasi uchun roʻyxatga olish jarayonining ahamiyatini sodda va qiziqarli shaklda tushuntiruvchi multiplikatsion roliklar tayyorlash. | Bolalar uchun multfilm uslubida videoroliklar tayyorlanib, ularda roʻyxatga olishning ahamiyati va aholi hayotiga taʼsirini oddiy misollar orqali koʻrsatiladi. Tayyorlangan roliklar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar va maktablarda namoyish etiladi. | 2025-yil oktabr — dekabr | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi, Milliy statistika qoʻmitasi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
13. | Savolnomalarni toʻldirish jarayonida aholida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan savollarga tez va aniq javob berish uchun sunʼiy intellekt chat-botlari faoliyatini keng targʻib qilish. | Roʻyxatga olish jarayonida savollarga javob beruvchi maxsus chat-bot yaratilib, uning imkoniyatlari haqida videoroliklar va maqolalar tayyorlanadi. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlar orqali aholi chat-bot xizmatidan foydalanishga yoʻnaltiriladi. | 2025-yil oktabr — dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
14. | Ommaviy axborot vositalari orqali aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlari, uning ahamiyati va yangiliklari haqida doimiy intervyular va reportajlar tashkil etish. | Roʻyxatga olish jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassislar, faol fuqarolar va masʼul shaxslar bilan televideniye va radiolarda maxsus koʻrsatuvlar tayyorlanadi, gazeta va jurnallarda maqolalar nashr etiladi, internet nashrlari orqali materiallar eʼlon qilib boriladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Milliy statistika qoʻmitasi |
15. | Mavzu yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida qiziqarli podkastlar tayyorlash va tarqatish. | Roʻyxatga olishning ahamiyati va jarayon bosqichlari yuzasidan ekspertlar, olimlar va jamoatchilik faollari bilan suhbatlar yozib olinib, “YouTube” va “Telegram” orqali yoritiladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Milliy statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
16. | OAV va keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani va brifinglar tashkil etish. | Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida roʻyxatga olish jarayonining maqsadi, ahamiyati va bosqichlari haqida masʼul rahbarlar va mutaxassislar ishtirokida matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil etilib, aholi xabardor qilib boriladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi, Xalqaro press-klub, Milliy statistika qoʻmitasi |
17. | Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida maxsus sahifa yaratish va unda roʻyxatga olish jarayoniga oid savol-javoblar, qoʻllanmalar va yangiliklarni doimiy joylashtirib borish. | Barcha vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida “Roʻyxatga olish — 2026” maxsus sahifasi ishga tushiriladi, unda fuqarolar uchun yoʻriqnomalar, videoqoʻllanmalar va yangiliklar tizimli ravishda joylashtirib boriladi. Fuqarolar uchun onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Milliy statistika qoʻmitasi |
18. | Televideniyeda “Savol va javob” koʻrsatuvini tashkil etish, unda mutaxassislar ishtirokida aholining savollariga jonli efirda javob berish. | Televideniye orqali muntazam efirga uzatiladigan maxsus interaktiv koʻrsatuv tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Unda aholi tomonidan onlayn va telefon orqali yoʻllangan savollarni toʻplab, mutaxassislar ishtirokida jonli efirda ularga javob berib boriladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Milliy statistika qoʻmitasi |
19. | Oliy va oʻrta taʼlim tashkilotlarida maxsus seminar va ochiq darslar oʻtkazish, yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash. | Oliy va oʻrta taʼlim tashkilotlarida soha mutaxassislari ishtirokida ochiq darslar tashkil etiladi. Seminarlarda roʻyxatga olishning ahamiyati, savolnomalarni toʻldirish jarayoni va yoshlarning faol ishtirokiga oid maʼruzalar qilinadi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil yanvar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
20. | “Men roʻyxatdan oʻtdim!” shiori ostida onlayn fleshmob va chellenjlar tashkil qilish (selfi yoki video shaklida). | Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus heshteglar bilan fleshmob uyushtiriladi, roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar oʻz selfi va videolarini ulashishi targʻib qilinadi, mashhur blogerlar fleshmobga jalb etiladi. Eng yaxshi post va videolar mualliflari ragʻbatlantirilib boriladi. | 2026-yil yanvar — fevral | Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Milliy statistika qoʻmitasi |
21. | Maktablar, sogʻliqni saqlash muassasalari, banklar, davlat xizmatlari markazlari va aholi gavjum boʻladigan boshqa tashkilot hamda muassasalarda elektron ekranlar orqali roʻyxatga olish jarayonlari haqidagi maʼlumotlarni tarqatish. | Maktablar, sogʻliqni saqlash muassasalari, banklar, davlat xizmatlari markazlari va aholi gavjum boʻladigan boshqa tashkilot hamda muassasalarda elektron ekranlarda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning maqsadi, ahamiyati haqidagi maʼlumotlar, infografika va videoroliklar muntazam joylashtirib boriladi. | 2025-yil dekabr — 2026-yil fevral | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, tijorat banklari, Milliy statistika qoʻmitasi |
22. | Chet elda yashovchi vatandoshlar uchun alohida targʻibot dasturini ishlab chiqish va ularga onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyatlari haqida tushuntirish. | Elchixona va boshqa diplomatik aloqalar orqali maxsus axborot materiallari tarqatiladi, vatandoshlar uchun vebinarlar va onlayn uchrashuvlar tashkil qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni boʻyicha videoqoʻllanmalar yuboriladi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Tashqi ishlar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
23. | Korxona va tashkilotlarda “Roʻyxatga olish kuni” aksiyalarini tashkil qilish — xodimlarni birgalikda roʻyxatdan oʻtkazish. | Korxona va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda xodimlar bir kun davomida uyushgan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi va bu jarayonlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi. | 2026-yil yanvar — fevral | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
24. | Roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar uchun maxsus “elektron sertifikat” berish va uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish imkoniyatini yaratish. | Roʻyxatdan oʻtish platformasiga elektron sertifikat berish funksiyasi qoʻshiladi. Roʻyxatdan oʻtgan har bir fuqaro sertifikatni PDF yoki JPG formatda yuklab olish va ijtimoiy tarmoqlarda maxsus xeshteg bilan ulashish imkoniyatiga ega boʻladi. Sertifikat dizayni yoshlar va turli toifadagi aholi uchun motivatsion tarzda ishlab chiqiladi. | 2026-yil yanvar — fevral | Milliy statistika qoʻmitasi |
25. | Jamoat joylari, maktab, oliy taʼlim tashkilotlari, metro va boshqa jamoat transportlarida maxsus QR-kod oʻrnatish, undan savolnomaga telefon orqali kirish imkoniyatini yaratish. | Jamoat joylariga yorqin va koʻzga koʻrinadigan banner hamda stikerlar koʻrinishida QR-kodlar oʻrnatiladi. QR-kod orqali fuqarolar telefonlari orqali maxsus platformaga yoʻnaltirilib, savolnomani toʻldirish imkoniyatiga ega boʻladi. QR-kodlar jamoat transporti ichida, metro bekatlarida, taʼlim tashkilotlari va bozorlarda joylashtiriladi. | 2025-yil dekabr — 2026-yil fevral | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Transport vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
26. | Stat.uz saytida Oʻzbekiston xaritasi orqali hududlarda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarining bajarilish darajasini foiz hisobida aks ettiruvchi interaktiv doska joylashtirish. | Stat.uz veb-saytida maxsus interaktiv modul ishlab chiqiladi. Har bir hudud boʻyicha maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanib boriladigan, xaritada turli ranglarda koʻrsatiladigan va foydalanuvchilar uchun qulay interfeys yaratiladi. Interaktiv doska ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targʻib qilinib, keng jamoatchilikka yetkaziladi. | 2026-yil yanvar — fevral | Milliy statistika qoʻmitasi |
27. | Mobil ilovalar orqali push-xabarlar yuborish. | Ommabop ilovalar orqali roʻyxatdan oʻtish haqida eslatmalar va maʼlumotlarni push-xabarnoma shaklida tarqatish tavsiya etiladi. | 2026-yil yanvar — fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
28. | Statistika organlarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil qilish. | Barcha aholi uchun ochiq muloqot maydonini yaratiladi. Fuqarolarga roʻyxatga olish jarayoni, uning ahamiyati va axborot xavfsizligi haqida atroflicha maʼlumot berib boriladi. Mutaxassislar ishtirokida savol-javob sessiyalari tashkil etilib, roʻyxatga olish jarayoni amaliy namoyish qilib boriladi. | 2025-yil oktabr — dekabr | Hududiy statistika boshqarmalari, tuman-shahar statistika boʻlimlari |
29. | Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini eng yaxshi targʻib qilgan jurnalist va blogerlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish. | Ommaviy axborot vositalarida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini eng yaxshi targʻib qilgan jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida “Eng yaxshi targʻibot materiali” tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblar taqdirlanadi. | 2025-yil dekabr — 2026-yil yanvar | Milliy statistika qoʻmitasi |
30. | Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyatini keng aholiga, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarga surdotarjimon orqali yetkazish. | Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha tayyorlangan videoroliklar va “Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatiladigan materiallarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun surdotarjimondan foydalaniladi. | 2025-yil dekabr — 2026-yil yanvar | Milliy statistika qoʻmitasi, OʻzMTRK |
31. | Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri targʻibotiga oid materiallar monitoringini yuritish. | Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aholi hamda qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini targʻib qilishga oid materiallarni muntazam monitoring qilinib, jamoatchilik bildirgan takliflar oʻrganiladi va aholi tomonidan eng koʻp beriladigan savollarga javoblar tayyorlanadi. | 2025-yil oktabr — 2026-yil fevral | Milliy statistika qoʻmitasi, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
7-ILOVA