18.07.2025 yildagi PQ-226-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 11-iyun kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisi doirasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni tizimli amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi Oʻzbekiston tomonining yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Bunda Xorijiy investorlar kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash)ga uning huzurida yoʻnalishlar boʻyicha ishchi guruhlar tashkil qilish hamda ularning tarkibiga vazirlik va idoralar rahbarlari (xodimlari)ni jalb qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Kengash kotibiyati va ishchi guruhlar faoliyatini takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kengash aʼzolari va xalqaro moliya institutlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Kengash kotibiyatini nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etish hamda uning aʼzoligiga xalqaro moliya institutlarini ham jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash orqali mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya mablagʻlarini jalb qilishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bogʻliq faoliyatini Kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish, shuningdek, Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Kengash kotibiyati hamda ishchi guruhlarning faoliyati natijalari haqida har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Ishchi guruhlarning vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) har oyda Kengash kotibiyati bilan hamkorlikda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan harakatlar rejasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimini joriy qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadigan axborot tizimlari roʻyxatiga asosan integratsiya qilish ishlarini grafikka muvofiq yakunlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimiga manzilli va istiqbolli loyihalarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq kiritishga shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev bir hafta muddatda aniq muddat va masʼullarni belgilagan holda davlat xizmatlari koʻrsatiladigan axborot tizimlarini “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimi bilan integratsiya qilish mexanizmlari va grafigini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari mazkur qarorga 1-ilovadagi harakatlar rejasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning belgilangan muddatlarda samarali, soʻzsiz, sifatli va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakili A.Yu. Magrupov, Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev, J.A. Qoʻchqorov hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Kengashning uchinchi yalpi majlisi davomida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan muntazam va tizimli monitoring hamda qatʼiy nazorat olib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan harakatlar rejasining soʻzsiz ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirsin, har chorak yakunida hisobotlarini tanqidiy muhokama qilib borsin, shuningdek, chora-tadbirlarning ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi salbiy omillarni bartaraf etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 18-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-226-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HARAKATLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Hujjat shakli

Masʼul ijrochilar

1.

“Muqobil investitsiya jamgʻarmalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

venchur moliyalashtirish, “biznes farishtalar” va boshqalar;

“LP” / “GP” kabi investitsiya vositalarining ixtisoslashtirilgan tuzilmasi;

“Convertible notes”, “SAFE” kabi shartnomaviy moliyalashtirish vositalari;

amalga oshirilgan investitsiyalarni kapital qoʻyilmalar sifatida tan olishni koʻrib chiqish;

investitsiyalar bilan bogʻliq barcha operatsiya va boshqaruv xarajatlarini soliqqa tortish masalalarini aniqlashtirish;

maxsus valyuta rejimini joriy etish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil iyul

Tahliliy maʼlumot

Bosh vazir oʻrinbosari

J. Xodjayev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Xorijiy investorlar kengashi (Kengash)ning ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

 

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil sentabr

Qonun loyihasi

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil mart

 

2.

Garov reyestrini yuritishni takomillashtirish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Hukumatga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Zamonaviy garov shakllarini (garov hisobvaraqlari, mutlaq huquqlar, yuridik shaxslardagi ulushlar) joriy etish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Hukumatga taklif kiritish.

2025-yil dekabr

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

4.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining masʼuliyatli biznes yuritish qoidalarini joriy etish.

Bunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligini ushbu yoʻnalish boʻyicha masʼul vakolatli organ sifatida belgilash.

1. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining masʼuliyatli biznes yuritish qoidalarining tegishli yoʻnalishlari yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

“Yoʻl xaritasi”

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2026-yil mart

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

5.

Kengash doirasida “Yosh mutaxassislar — investorlar xazinasi” dasturini amalga oshirish.

1. Xorijiy kompaniyalarning amaliyot dasturlarini toʻplash va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oliy va professional taʼlim muassasalariga taqdim etish.

2025-yil avgust

Amaliy chora-tadbirlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy kompaniyalarning tajriba va dasturlari asosida taʼlim muassasalarida “Karyera markazlari”ni kengaytirish.

Doimiy ravishda

6.

Korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

yigʻilish oʻtkazish, unda qatnashish, ovoz berishni yanada takomillashtirish;

toʻlaqonli ishlovchi kuzatuv kengashlarini tashkil etish;

boshqaruv va nazorat organlari aʼzolarining masʼuliyatini oshirish;

opsion bitimlar institutini joriy etish;

bitimlarda xaridorni himoya qilish mexanizmini takomillashtirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil dekabr

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(V. Pak),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Hukumatga taklif kiritish.

2026-yil mart

7.

Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar oladigan va taʼsischiga yoʻnaltiradigan dividendlarni soliqqa tortish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

8.

Oʻzaro bogʻliq kompaniyalar oʻrtasida foizsiz qarz rasmiylashtirilganda daromad hisoblanishi va soliqqa tortish mexanizmini qayta koʻrib chiqish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

9.

Affillangan korxonalar uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobot taqdim etishda moliyaviy hisobotning 3 ta shakli boʻyicha mutaxassislarni majburiy taʼminlash talabini qayta koʻrib chiqish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Hukumatga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

10.

Investorlarga berilayotgan daromadga asoslangan imtiyozlardan xarajatlarga asoslangan imtiyozlarga oʻtish mexanizmini joriy etish.

1. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlar tajribasini oʻrganish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Hukumatga kiritish.

2025-yil dekabr

11.

Qiymati 10 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini bekor qilishda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish boʻyicha talabni qayta koʻrib chiqish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umrzakov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Hukumatga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

12.

Investorlarga yer ajratish tartibini yanada takomillashtirish.

1. Investorlarga yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq muammolarni atroflicha oʻrganish va hal qilish choralarini koʻrish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qonunchilikka oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Hukumatga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

13.

Strategik isteʼmolchilar uchun elektr taʼminotini uzoq muddatli shartnoma va kafolatli shartlarda yetkazib berish mexanizmini joriy etish.

1. Xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish va natijalari yuzasidan Hukumatga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

14.

Yirik isteʼmolchilarni taqsimlovchi elektr tarmoqlariga ulashni tartibga solish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tahlil natijalari asosida Hukumatga taklif kiritish.

2025-yil sentabr

15.

Xususiy sektorga elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini konsessiya shartnomasi asosida boshqarish imkoniyatini berish.

1. Amaldagi qonunchilikni ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida tahlil qilish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Kengash ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tahlil natijalari asosida tayyorlangan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2025-yil oktabr

16.

Yaponiya kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish.

1. Yaponiya kompaniyalarini jalb qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.

2025-yil iyul

Tahliliy maʼlumot

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

2. Istiqbolli loyihalarni aniqlash va ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2025-yil avgust

“Yoʻl xaritasi”

3. Oʻzbekistonga investorlarni keng jalb qilish boʻyicha Yaponiyada tadbirlar oʻtkazish (biznes forum, “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi va boshqalar).

2025-yil sentabr

Amaliy chora-tadbirlar

17.

Oʻzbekistondagi texnik standart, litsenziyalash talablarini va uskunalarni sinovdan oʻtkazishni xalqaro meʼyorlarga moslashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqish va uni amalga oshirish.

1. Mavjud texnik standartlar, litsenziyalash talablari va uskunalarni sinovdan oʻtkazish tartibini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

2. Xatlov natijasiga koʻra texnik standartlar, litsenziyalash talablari va uskunalarni sinovdan oʻtkazish tartibini xalqaro meʼyorlar bilan muvofiqlashtirish dasturini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

18.

Xususiy sektor ishtirokida raqamli platforma (agregator) joriy qilish orqali aholi bandligiga koʻmaklashish.

Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan raqamli platforma joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

19.

Ayrim mahsulotlarga (ip-kalava, mineral oʻgʻitlar) uchun eksport bojlarini qayta koʻrib chiqish.

Eksport qilishda amaldagi holatni tahlil qilish, natijalari boʻyicha takliflarni Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga kiritish.

2025-yil avgust

Tahliliy maʼlumot

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(O. Temirov)

20.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash konsepsiyasini ishlab chiqish.

1. Chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash boʻyicha ekspertlardan iborat ishchi guruh tashkil etish.

2025-yil avgust

Amaliy chora-tadbirlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Xorijiy tajriba va amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib, chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Tahliliy maʼlumot

21.

Kengash huzurida ishchi guruhlar tashkil qilish (muqobil investitsiya jamgʻarmalari, garov, masʼuliyatli biznes yuritish, professional kadrlar tayyorlash, korporativ boshqaruv, soliq maʼmurchiligi, yer ajratish, energetika yoʻnalishlari boʻyicha).

8 ta yoʻnalishda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari (xodimlari)dan iborat ishchi guruhlar tashkil qilish.

2025-yil iyul

Kengash qarori

Kengash

(J. Xodjayev, J. Qoʻchqorov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi Oʻzbekiston tomonining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

J.A. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari

2.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

3.

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

4.

A.B. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshligʻi

5.

A.Yu. Magrupov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakili

6.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi

7.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

8.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

9.

A.J. Tashkulov

adliya vaziri

10.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

11.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

12.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

13.

Sh.A. Vafayev

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

14.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi

15.

J.O. Urunov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari

16.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati rahbari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4519-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 3-bandning beshinchi xatboshisi va 5-banddagi “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 4-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-banddagi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “xalqaro moliya institutlari hamkorligida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-banddagi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” soʻzlari “xalqaro moliya institutlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-banddagi “investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari “investitsiyalar, sanoat va savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari “investitsiyalar, sanoat va savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining” soʻzlari “xalqaro moliya institutlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29 — 31-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“29. Kengash Kotibiyati xalqaro moliya institutlari va investorlar ishtirokidagi yuridik shaxs — nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomga muvofiq faoliyat yuritadi. Kengash Kotibiyatining shtatlar jadvali Kengash ijroiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Kengash Kotibiyati rahbari Kengash ijroiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Kengash Kotibiyatining faoliyati aʼzolik badallari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan tushadigan homiylik va moliyaviy yordam mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-banddagi “investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari “investitsiyalar, sanoat va savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Kengashning Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kengashning nufuzini oshirish maqsadida keng ishbilarmon doiralar, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan Kengashning oʻzaro hamkorligiga koʻmaklashadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi xatboshi “har oyda” soʻzlaridan oldin “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning “12-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Kengash Kotibiyati” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kengash Kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-179-son qaroriga 3-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qaroriga 3-ilovaning 1- va 2-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)