“OʻZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
Qarori
YILLIK ISHLAB CHIQARISH HAJMLARINI SHAKLLANTIRISH, MOLIYALASHTIRISH HAMDA AJRATILGAN MABLAGʻLAR MAQSADLI VA SAMARALI SARFLANISHINI NAZORAT QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-iyulda 1385-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 16-martdagi PF-3407-sonli “Kinomatografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 126-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi 126-sonli “Oʻzbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 128-modda) muvofiq, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablagʻlar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng oʻn kun muddatdan keyin kuchga kiradi.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori M. MUHAMMAD DOʻST
Toshkent sh.,
2004-yil 16-iyun,
18-son
Moliya vaziri M. NURMUROTOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-iyun,
85-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 327-modda; 2008-y., 8-9-son, 47-modda)