13.05.2025 yildagi 317-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoni hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuridik shaxs boʻlmagan Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari bilan bogʻliq qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklanishi munosabati bilan jami 23 ta shtat birligi, shundan markaziy apparatga 10 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga 1 tadan — 13 ta shtat birligi ajratilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan soddalashtirilgan tartibda foydalanish va tezkor qarorlar qabul qilishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishgan holda, ushbu qarorda belgilangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlarini oʻzgartirishga va yangi turlarini joriy etishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Onlayn mahalla” elektron platformasi va “Agrosubsidiya” axborot tizimi oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 13-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
317-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 317-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston fermerlar kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan transfertlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy mehnat organlari) Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) har yili 500 ta mahalladagi bittadan xonadon tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;

b) usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida har bir kurs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.

v) usta dehqonlarga muayyan mahallada bir turdagi yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyganligi uchun:

kamida 10 ta xonadon tomorqasida tashkil etilganda — 2 million soʻm;

mahalla xonadonlarining kamida 30 foizida joriy etilganda — 75 million soʻm miqdorida subsidiya ajratish;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v1) aholi tomorqalari hamda ijara yer uchastkalari boʻyicha samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun subsidiyalar ajratish;
(6-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan “v1” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalarini sugʻorish uchun tik (vertikal) quduqlarni burgʻilash, ishga tushirish, suv chiqarish vositalarini sotib olish va irrigatsiya tarmoqlarini tortish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya ajratish. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi tomorqasini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida 30 ta xonadon tomorqasini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
(6-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilgan, yonma-yon joylashgan hamda har birining yer uchastkasi 15 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
(6-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida 30 ta xonadon tomorqasiga yoki kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlariga 500 metrgacha boʻlgan masofadagi mavjud suv taʼminotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish, zarur hollarda suv chiqarish vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) mahallalarda har yili 500 tagacha namunali xonadon tomorqasini tashkil etish uchun xonadon egasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;

j) dehqon xoʻjaliklari yerlarida yiliga 84 tagacha namunaviy oʻquv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;

z) yiliga 1 300 tagacha kambagʻal oila xonadonining koʻcha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok soʻrisi) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorda subsidiya ajratish;

i) dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punkt yuqori stavkada (shundan, 5 foiz bank marjasi) kredit ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga yuqoridagi shartlar asosida Jamgʻarmaning resurslari hisobidan kreditlar davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari orqali Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan kredit ajratish mexanizmi boʻyicha ham ajratiladi;
(6-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga berish;
(6-band “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati boʻyicha Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining xorijiy xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) tijorat banklariga joylashtirilgan resurs va depozitdan tushgan daromadlarning 30 foizi miqdorida Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) dehqon xoʻjaliklariga investitsiyalarni jalb qilish va tomorqa yerlarini rivojlantirish maqsadida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsiya va boshqa loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq yoʻnalishlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) xalqaro va milliy konferensiyalar, forumlar, maslahatlashuvlar, seminarlar, treninglar davra suhbatlari oʻtkazish, maqolalar, risolalar, qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallari tayyorlash, shu jumladan, videoroliklar va filmlar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatiga taalluqli boshqa tadbirlarni tashkil etish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) Vazirlik huzuridagi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ va hududiy mehnat organlari orqali quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar uchun xorijiy va milliy ekspertlarni (agronom, veterinar va boshqa mutaxassislar) jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati boʻyicha targʻibot-tashviqot, shu jumladan, axborot-maʼlumot va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni lizingga berish;
(6-band “p” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
r) Vazirlik huzuridagi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ orqali qishloq xoʻjaligi va sanoat sohalariga oid loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish, amaliyot va ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab chiqish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishni shartnomaga asosan moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan oʻtkaziladigan mablagʻlarning jamlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning moliyaviy holati muntazam tahlil qilinishi va prognozlashtirilishini, shuningdek, uning moliyaviy barqarorligini qoʻllab-quvvatlash uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati bilan bogʻliq moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlarini oʻzgartirish va yangi turlarini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusi davrga moʻljallangan budjet soʻrovi tayyorlanishini, shuningdek, daromad manbalari, mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha prognoz loyihasi ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatda taqdim etilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarmaning Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar va boshqa manbalar hisobidan shakllanadigan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi hamda Vazirlik tomonidan hududlardagi Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hududiy mehnat organlarining talabnomalari asosida moliyalashtirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning hududlardagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlari keyinchalik taqsimlash uchun respublika darajasiga yoʻnaltirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan tasdiqlangan Jamgʻarma budjetining asosiy parametrlarini olganidan keyin Jamgʻarmaning tushumlar manbalari, mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va tasdiqlangan smeta doirasida xarajatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlikning Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini muvofiqlashtirish boʻlimi Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ijro etuvchi organ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha prognozni va hisobot balanslarini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari boʻyicha hisob va hisobot yuritilishini taʼminlaydi, Jamgʻarma mablagʻlari taqsimlovchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma moliyaviy hisobotining ishonchliligini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish auditini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari boʻyicha izohlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Jamgʻarma tushumlari va mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish hamda javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlik va hududiy mehnat organlari Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing (keyingi oʻrinlarda — moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlari) ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari — dehqon xoʻjaligi meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xoʻjaligi boshligʻiga berilgan yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dehqon xoʻjaligi aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan xoʻjalik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambagʻallik va bandlik sohasida loyihalarni boshqarish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla yettiligi” — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan, mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat boʻlgan guruh;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy mehnat organlari), tumanlarning (shaharlarning) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomorqa yer egalari — shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanuvchi shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
usta dehqon — tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va dehqonchilik sohasida yuqori bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), hududiy va mahalliy mehnat organlari xodimlari hamda “mahalla yettiligi” ishtirokida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) har yili 500 ta mahalladagi bittadan xonadon tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida har bir kurs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) usta dehqonlarga muayyan mahallada bir turdagi yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyganligi uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida 10 ta xonadon tomorqasida tashkil etilganda — 2 million soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla xonadonlarining kamida 30 foizida joriy etilganda — 75 million soʻm miqdorida subsidiya ajratish;
(4-band “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v1) aholi tomorqalari hamda ijara yer uchastkalaridagi samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha subsidiyalar ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir sotixga yomgʻir suvini yigʻish va (yoki) tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish uchun 160 ming soʻmgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatga ega mevali daraxt koʻchati narxining 50 foizi, biroq har bir koʻchat uchun meva turiga qarab 30 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan har bir tirgak (ustun)lar xarajatlarining 50 foizi, biroq 70 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
(4-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan “v1” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer maydonlarini sugʻorish uchun tik (vertikal) quduqlarni burgʻilash, ishga tushirish, suv chiqarish vositalarini sotib olish va irrigatsiya tarmoqlarini tortish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya ajratish. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi tomorqasini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida 30 ta xonadon tomorqasini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
(4-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilgan, yonma-yon joylashgan hamda har birining yer uchastkasi 15 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
(4-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida 30 ta xonadon tomorqasiga yoki kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlariga 500 metrgacha boʻlgan masofadagi mavjud suv taʼminotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish, zarur hollarda suv chiqarish vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartib asosida ajratiladi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom boʻyicha 2025-yil 1-iyulga qadar tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatlarga kiritilgan obyektlar uchun subsidiya ajratish saqlanib qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) mahallalarda har yili 500 tagacha namunali xonadon tomorqasini tashkil etish uchun xonadon egasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) dehqon xoʻjaliklari yerlarida yiliga 84 tagacha namunaviy oʻquv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) yiliga 1 300 tagacha kambagʻal oila xonadonining koʻcha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok soʻrisi) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorda subsidiya ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punkt yuqori stavkada (shundan, 5 foiz bank marjasi) kredit ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga yuqoridagi shartlar asosida Jamgʻarmaning resurslari hisobidan kreditlar davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari orqali Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan kredit ajratish mexanizmi boʻyicha ham ajratiladi;
(4-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga berish.
(4-band “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlarini ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun grantlar ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Mahalla yettiligi” tomonidan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari xatlovdan oʻtkazilib, eng namunali va innovatsiya loyihalari mahalliy mehnat organi orqali hududiy mehnat organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Hududiy mehnat organi eng namunali va innovatsiya loyihalarini jamlagan holda Vazirlikka tanlab berish uchun taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlik oʻn ish kunida takliflarni oʻrganib chiqib, grant ajratiladigan eng namunali va innovatsiya loyihasini tanlaydi, ularning hududiy va mahalliy mehnat organlari orqali “mahalla yettiligi”ga yetkazilishini taʼminlaydi. Bunda eng namunali va innovatsiya loyihasi yil davomida koʻpi bilan ikki marta tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hokim yordamchisi ikki ish kunida tanlangan eng namunali va innovatsiya loyiha boʻyicha grant ajratiladigan tomorqa egasi yoki uning oila aʼzosining murojaatini va unga tegishli bank kartasi haqidagi maʼlumotlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “Onlayn mahalla” elektron platformasida grant ajratiladigan loyihalar boʻyicha barcha maʼlumotlar shakllantiriladi va 5 yil muddatda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tushgan murojaatlar va ularga ajratilishi belgilangan grant miqdorlari hamda bank kartalari roʻyxatini shakllantirgan holda umumlashtirilgan soʻrovnomani Jamgʻarmaga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida mablagʻlarni hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Hududiy mehnat organi bir ish kunida grant mablagʻlarini “Onlayn mahalla” elektron platformasi roʻyxatidagi murojaatchilarning bank kartalariga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu grantdan foydalanish huquqi har bir oilaga faqat bir marta beriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Onlayn mahalla” elektron platformasida grantlardan foydalangan har bir oilaning aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar doimiy hisobga olib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila aʼzolaridan biri avval boshqa oilalar tarkibida grantlardan foydalangani aniqlanganda, ularga grantlar ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Mahalla yettiligi” yuqori daromad olayotgan usta dehqon bilan birgalikda mahallada dehqonchilik va tomorqa yoʻnalishida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlardan kelib chiqib, mahalliy mehnat organlari bilan kelishilgan holda oʻquv kurslarini tashkil etish uchun tinglovchilar soni, oʻquv kurslarini oʻtkazish vaqti va manzillari koʻrsatilgan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish rejasini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda har bir kursda kamida 15 nafar tinglovchilar (bir xonadondan faqat 1 nafar fuqaro ishtirok etadi) jamlanishi shart va kurs uchun usta dehqonlarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida subsidiya ajratilishi inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hokim yordamchisi oʻquv kurslarini tashkil etish rejasi tasdiqlangandan soʻng ikki ish kunida subsidiya ajratiladigan usta dehqonning murojaati va unga tegishli boʻlgan bank kartasi boʻyicha maʼlumotlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasida kelib tushgan arizalar, belgilangan subsidiya miqdorlari, bank kartalarining banklar kesimida roʻyxatini shakllantirgan holda umumlashtirilgan soʻrovnomani Jamgʻarmaga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tasdiqlangan reja asosida oʻquv kursi oʻtkazilgani toʻgʻrisida dalolatnoma “mahalla yettiligi”, usta dehqon va qatnashgan tinglovchilar tomonidan imzolanib (oʻqish jarayoni suratlari bilan birga), “Onlayn mahalla” elektron platformasiga avval kiritilgan murojaatning davomi sifatida hokim yordamchisi tomonidan yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hududiy mehnat organi oʻquv kursi yakunlari boʻyicha “Onlayn mahalla” elektron platformasiga yuklangan maʼlumotlar asosida bir ish kunida subsidiyani usta dehqonning bank kartasiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Subsidiya ajratilishi jarayonida tinglovchilar oʻquv kursida faqat bir marta ishtirok etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Muayyan mahalladagi aholi tomorqalarida yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻygan usta dehqonlarga subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tuman (shahar) mehnat organi “mahalla yettiligi” tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahalla xonadonlari tomorqasini yuqori daromadli mahsulot yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirish loyihalarini oʻrganib chiqadi va buni yoʻlga qoʻyadigan usta dehqonlar toʻgʻrisidagi ariza (taklif)larni tegishli “mahalla yettiligi” bilan kelishgan holda “Onlayn mahalla” platformasi orqali hududiy mehnat organiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihada har bir xonadon tomorqasi ekin maydonining 60 foizdan yuqori qismida aynan ushbu yuqori daromadli mahsulot ekilishini taʼminlash talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Hududiy mehnat organi kelib tushgan arizalarni 3 ish kunida jamlagan holda “Onlayn mahalla” platformasi orqali Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasiga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi uch ish kunida takliflarni oʻrganib chiqib, moliyalashtirish manbalari va ularni zaxiralash yuzasidan Jamgʻarma bilan kelishgan holda qabul qilingan va rad etilgan arizalar toʻgʻrisida xabarni “Onlayn mahalla” platformasi orqali hududiy va mahalliy mehnat organlari hamda “mahalla yettiligi”ga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Hokim yordamchisi ikki ish kunida arizalar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida usta-dehqonni xabardor qiladi va arizasi qabul qilingan usta-dehqon tomonidan loyihalar ijrosi boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ixtisoslashtirish yoʻlga qoʻyilib, yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish jarayoni boshlanganidan soʻng usta-dehqon hokim yordamchisini xabardor qiladi va hokim yordamchisi bu haqda bir kun muddatda tuman (shahar) mehnat organiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241. Tuman (shahar) mehnat organi “mahalla yettiligi” bilan tegishli mahallada amalga oshirilgan ishlarni oʻrganib, natijasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiradi hamda mablagʻ ajratish uchun hududiy mehnat organiga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali usta dehqonning pasport va bank karta maʼlumotlarini ilova qilgan holda mazkur bayonnomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasida bayonnomalarni dastlabki kiritilgan arizalar bilan solishtirgan holda, bank kartalarining banklar kesimida roʻyxatini shakllantiradi va umumlashtirilgan soʻrovnomani Jamgʻarmaga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Hududiy mehnat organi bir ish kunida subsidiyani “Onlayn mahalla” elektron platformasidagi usta dehqonlarning bank kartalariga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu subsidiya har ikki holat boʻyicha taqdim qilinganda ham ularning miqdori har bir mahalla boʻyicha jami 75 million soʻmdan oshmasligi lozim.
(3-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-§. Aholi tomorqalari hamda ijara yer uchastkalaridagi samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
281. Tomorqa yoki ijara yer egalari (keyingi oʻrinlarda — talabgor) muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan mevali daraxt koʻchati xarid qilish, yomgʻir suvini yigʻish va (yoki) tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish hamda oʻrnatilgan tirgak (ustun)lar xarajatlarining bir qismini qoplash uchun “Onlayn mahalla” platformasi orqali loyiha uchun zarur boʻladigan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda ariza bilan mazkur nizomning ilovasi bilan tasdiqlangan Subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) ishchi guruhi)ga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgor bir yoʻla yuqoridagi yoʻnalishlarning barchasidan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282. Tuman (shahar) ishchi guruhi tomonidan murojaatni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topilganda, hokim yordamchisi tuman (shahar) ishchi guruhi xulosasi va mavjud eski bogʻning foto hisobotlarini “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali hududiy mehnat organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda talabgorga rad javobi yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283. Hududiy mehnat organi ikki ish kunida tuman (shahar) ishchi guruhi xulosasi va mavjud eski bogʻning foto hisobotlari bilan birga arizalar va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar mosligini koʻrib chiqib, Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasiga kelishish uchun tavsiya yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
284. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi uch ish kunida tavsiyalarni oʻrganib chiqib, maqsadga muvofiq deb topganda moliyalashtirish manbalari yuzasidan Jamgʻarma bilan kelishgan holda tavsiya qabul qilinganligi toʻgʻrisida hududiy mehnat organiga xabar yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya qabul qilinganda, Jamgʻarmaning xarajatlar smetasida arizada koʻrsatilgan mablagʻlar besh oy uchun zaxiralanadi va talabgorning mazkur subsidiyani olish muddati oʻtgan taqdirda murojaatga asosan yuqoridagi jarayon qayta amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda hududiy mehnat organiga rad javobi yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
285. Hududiy mehnat organi tavsiya qabul qilinganidan soʻng uch ish kunida tegishli hokim yordamchisi orqali talabgorni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
286. Talabgor tegishli xabarni olgandan soʻng loyihani amalga oshirish ishlarini yakuniga yetkazib, bu haqda tuman (shahar) ishchi guruhini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
287. Tuman (shahar) ishchi guruhi talabgordan xabar kelgandan soʻng besh ish kunida loyiha toʻliq yakunlanganligi va unga sarflangan mablagʻlarni tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqib, dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomada haqiqatda ajratiladigan subsidiya miqdori koʻrsatilib, mazkur mablagʻ dastlabki murojaatda koʻrsatilgan mablagʻ miqdoridan oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
288. Hokim yordamchisi ikki ish kunida “Onlayn mahalla” platformasi orqali foto hisobotlar, talabgorning bank plastik karta raqamlariga oid maʼlumotni ilova qilgan holda dalolatnomani hududiy mehnat organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
289. Hududiy mehnat organi kelib tushgan dalolatnomani ikki ish kunida Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2810. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi kelib tushgan dalolatnomani uch ish kunida koʻrib chiqib maqsadga muvofiq deb topilganda, mablagʻ ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2811. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2812. Hududiy mehnat organi subsidiyani ikki ish kunida talabgorning bank karta raqamiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2813. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga faqat bir marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2814. Tuman (shahar) ishchi guruhi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilgan yangi bogʻlarni har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar 6 oy davomida monitoring qilib boradi va koʻchatlarning holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirib, “Onlayn mahalla” platformasiga yuklab boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring davomida belgilangan ishlar talab darajasida bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, oʻtkazib berilgan subsidiyani Jamgʻarmaning hisobiga qaytarish yuzasidan yozma ravishda talabnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2815. Talabnoma boʻyicha talabgor mablagʻni 30 kun ichida qaytarmagan taqdirda ushbu masala sud tartibida hal qilinadi.
(31-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Aholi tomorqasini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Hududiy mehnat organi mahalliy tuman hokimligi bilan birgalikda aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish boʻyicha roʻyxatni shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Roʻyxatda subsidiya ajratilgan fuqarolar, bajariladigan ishlar va ishni bajaruvchi talabgor maʼlumotlari koʻrsatiladi hamda tuman hokimining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Vazirlik uch ish kunida hududiy mehnat organi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan roʻyxatni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan maʼqullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar boʻyicha ishlar amalga oshiriladi.

33. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib, subsidiya ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Jamgʻarma uch ish kunida soʻrovnomaga asosan belgilangan subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Kamida 30 ta xonadon tomorqasini sugʻorishga moʻljallangan tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish uchun subsidiya ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Hududiy mehnat organi tuman hokimligi bilan birgalikda kamida 30 ta xonadon tomorqasini sugʻorishga moʻljallangan katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan ishga tushirish boʻyicha roʻyxatni shakllantiradi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Roʻyxatda subsidiya ajratiladigan fuqarolar, bajariladigan ishlar va sotib olinadigan vositalar roʻyxati hamda ishni bajaruvchi talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va tuman hokimining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Hududiy mehnat organi tomonidan uch ish kunida buyurtmanoma va unga tasdiqlangan roʻyxat ilova qilingan holda belgilangan tartibda Vazirlikka koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan maʼqullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar boʻyicha ishlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Talabgorlar tik (vertikal) sugʻorish quduqlari ishga tushirilgandan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya olish uchun amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini (gidrogeologiya xulosasi, korxona va talabgor oʻrtasida tuzilgan shartnoma, hisob-faktura, nazorat-oʻlchov xulosasi, suv bilan taʼminlanadigan kamida 30 ta tomorqa yer egalarining mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati, talabgorning bank rekvizitlari, pudrat tashkiloti tomonidan olinadigan yerosti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma, qazilgan quduqqa tayyorlangan va gidrogeologiya stansiyalarida roʻyxatga qoʻyilgan texnik pasport, quduqdan foydalanish uchun isteʼmolchi tomonidan olinadigan yerosti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma, talabgor va burgʻilovchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan qazilgan quduqni 1 yil davomida kuzatib borishni va uni tuzatish shartnomasi hamda “mahalla yettiligi” va talabgor oʻrtasida tuzilgan talabgor tomonidan quduqdan kamida 2 yil davomida samarali foydalanish boʻyicha kelishuv shartnomasi), amalga oshirilgan qurish va rekonstruksiya ishlari xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar) tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib, subsidiya ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Jamgʻarma uch ish kunida soʻrovnomaga asosan subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Qazilgan tik (vertikal) sugʻorish quduqlari hujjatlarining (loyiha-smeta) toʻgʻriligi va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Ijaraga berilgan 15 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlarini sugʻorishga tik (vertikal) quduq burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish uchun subsidiya ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Hududiy mehnat organi tuman hokimliklari bilan birgalikda ijaraga berilgan va unga yonma-yon joylashgan, har birining maydoni 15 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlarini sugʻorish uchun tik (vertikal) quduq burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan ishga tushirish boʻyicha roʻyxatni shakllantiradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Roʻyxatda subsidiya ajratiladigan fuqarolar, bajariladigan ishlar va sotib olinadigan vositalar roʻyxati hamda ishni bajaruvchi talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va tuman hokimining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Hududiy mehnat organi tomonidan uch ish kunida buyurtmanoma va unga tasdiqlangan roʻyxat ilova qilingan holda belgilangan tartibda Vazirlikka koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan maʼqullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar boʻyicha ishlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Talabgorlar tik (vertikal) sugʻorish quduqlari ishga tushirilgandan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya olish uchun amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini (gidrogeologiya xulosasi, korxona va talabgor oʻrtasida tuzilgan shartnoma, hisob-faktura, nazorat-oʻlchov xulosasi, suv bilan taʼminlanadigan kamida 30 ta tomorqa yer egalarining mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati, talabgorning bank rekvizitlari, pudrat tashkiloti tomonidan olinadigan yerosti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma, qazilgan quduqqa tayyorlangan va gidrogeologiya stansiyalarida roʻyxatga qoʻyilgan texnik pasport, quduqdan foydalanish uchun isteʼmolchi tomonidan olinadigan yerosti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma, talabgor va burgʻilovchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan qazilgan quduqni 1 yil davomida kuzatib borishni va uni tuzatish shartnomasi hamda “mahalla yettiligi” va talabgor oʻrtasida tuzilgan talabgor tomonidan quduqdan kamida 2 yil davomida samarali foydalanish boʻyicha kelishuv shartnomasi), amalga oshirilgan qurish va rekonstruksiya ishlari xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar) tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib, subsidiya ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Jamgʻarma uch ish kunida soʻrovnomaga asosan subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Qazilgan tik (vertikal) sugʻorish quduqlari hujjatlarining (loyiha-smeta) toʻgʻriligi va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Aholi tomorqalarini va dehqon xoʻjaliklari yerlarini sugʻorish uchun mavjud suv taʼminotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Hududiy mehnat organi mahalliy tuman hokimligi bilan birgalikda kamida 30 ta xonadon tomorqasiga yoki kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlariga 500 metrgacha boʻlgan masofadagi mavjud suv taʼminotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish, zarur hollarda sotib olinadigan suv chiqarish vositalari roʻyxatini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Roʻyxatda subsidiya ajratiladigan fuqarolar, bajariladigan ishlar va sotib olinadigan vositalar roʻyxati hamda ishni bajaruvchi talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va tuman hokimining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Hududiy mehnat organi tomonidan uch ish kunida buyurtmanoma va unga tasdiqlangan roʻyxat ilova qilingan holda belgilangan tartibda Vazirlikka koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan maʼqullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar boʻyicha ishlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga yuklaydi va subsidiya ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Jamgʻarma uch ish kunida soʻrovnomaga asosan subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Mahalla xonadonlarida namunali aholi tomorqasini tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Hududiy mehnat organi “mahalla yettiligi” bilan birgalikda mahallalarda, ayniqsa, ogʻir mahallalarda bitta xonadon tomorqasini namunaviy oʻquv-tajriba tomorqasiga aylantirish boʻyicha oʻrganadi va takliflarni tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. “Mahalla yettiligi” namunaviy oʻquv-tajriba tomorqasiga aylantirish boʻyicha bajariladigan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hamda tomorqani namuna sifatida aholiga koʻrsatish uchun xonadon egasining rozilik xatini hududiy mehnat organiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Hududiy mehnat organi uch ish kunida maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Vazirlikka kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi besh ish kunida takliflarni oʻrganib chiqadi va namunali aholi tomorqasini tanlab, sarflanadigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan soʻrovnomani Jamgʻarmaga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Hududiy mehnat organi uch ish kunida tomorqasini namunaviy oʻquv-tajriba tomorqasiga aylantirish uchun xonadon egasining bank kartasiga talab etiladigan subsidiyaning 30 foizini oldindan oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan 70 foiz subsidiya “mahalla yettiligi”, xonadon egasi va ishni bajaruvchi tomonidan namunaviy oʻquv-tajriba tomorqasiga aylantirish boʻyicha bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan xonadon egasining bank kartasiga oʻtkazib beriladi.

67. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi tomorqa yer egalariga faqat bir marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Dehqon xoʻjaligining yerlarida namunaviy oʻquv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Hududiy mehnat organi “mahalla yettiligi” bilan birgalikda dehqon xoʻjaliklarining 50 sotixgacha boʻlgan yer uchastkalarini namunaviy oʻquv-tajriba yer uchastkasiga aylantirish boʻyicha oʻrganadi va takliflarni tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. “Mahalla yettiligi” dehqon xoʻjaligining yer uchastkalarida namunaviy oʻquv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish boʻyicha bajariladigan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hamda dehqon xoʻjaligi yer uchastkasini namuna sifatida aholiga koʻrsatish uchun yer egasidan olingan rozilik xatini hududiy mehnat organiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Hududiy mehnat organi uch ish kunida umumlashtirilgan maʼlumotlarni Vazirlikka kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi besh ish kunida takliflarni oʻrganib chiqadi va namunaviy oʻquv-tajriba yer uchastkalarini tanlab, sarflanadigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan soʻrovnomani Jamgʻarmaga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Hududiy mehnat organi uch ish kunida tomorqasini namunaviy oʻquv-tajriba tomorqasiga aylantirish uchun xonadon egasining bank kartasiga talab etiladigan subsidiyaning 30 foizini oldindan oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan 70 foiz subsidiya “mahalla yettiligi”, xonadon egasi va ishni bajaruvchi tomonidan namunaviy oʻquv-tajriba tomorqasiga aylantirish boʻyicha bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan xonadon egasining bank kartasiga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi dehqon xoʻjaliklariga faqat bir marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-§. Kambagʻal oila xonadoni koʻcha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok soʻrisi) tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. “Mahalla yettiligi” mahalladagi koʻcha va ichki tomorqasida avvaldan uzumchilik (tok soʻrisi oʻrnatilmagan) yoʻlga qoʻyilmagan kambagʻal oila xonadonlari boʻyicha uzumchilikni (tok soʻrisi) tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqadi va talabgor oilalar roʻyxatini shakllantirib, mahalliy mehnat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda har bir kambagʻal oila xonadoni koʻcha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok soʻrisi) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Hokim yordamchisi uch ish kunida subsidiya ajratiladigan kambagʻal oila aʼzosining tegishli murojaatini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi va oʻrganish uchun skoring tizimiga yuboradi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor kambagʻal oilaning aʼzosi ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor soʻralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmagani oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda, hokim yordamchisi subsidiya ajratiladigan murojaat egasining bank kartasi maʼlumotlarini va tasdiqlangan roʻyxatni “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali hududiy mehnat organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar roʻyxatini (tuman (shahar) va mahallalar kesimida) shakllantiradi hamda umumlashtirilgan soʻrovnomani Jamgʻarmaga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida mablagʻlarni hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Hududiy mehnat organi uch ish kunida koʻcha va ichki tomorqalarida uzumchilik (tok soʻrisi) tashkil etish uchun murojaat egasining bank kartasiga ajratiladigan subsidiyaning 30 foizini oldindan oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan 70 foiz subsidiya “mahalla yettiligi”, murojaat egasi va ishni bajaruvchi tomonidan tasdiqlangan bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan murojaat egasining bank kartasiga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi har bir kambagʻal oilaga faqat bir marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-§. Tijorat banklari orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun kredit ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlar oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga, “mahalla bankiri”ga yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalariga kredit ajratish boʻyicha murojaat qiladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Hokim yordamchisi “mahalla yettiligi”ning qolgan aʼzolari hamda “mahalla bankiri” bilan birgalikda kollegial qaror qabul qilgan holda mahallaga biriktirilgan tijorat bankiga tavsiya yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Tegishli tijorat banki hududlardan kelgan tavsiyalarni umumlashtirgan holda, resurs mablagʻlarini ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Jamgʻarma tijorat bankining murojaati boʻyicha Vazirlik va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan bosh kelishuvga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan bir foiz past stavkada tegishli resurs mablagʻlarini ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Tijorat banki kredit oluvchi bilan belgilangan tartibda kredit ajratish shartnomasini tuzgan holda, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Jamgʻarma mablagʻlaridan tijorat banki tomonidan ajratiladigan kredit boʻyicha garov taʼminoti sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablagʻlari va kredit boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Mahallalardagi hokim yordamchilari “mahalla bankiri” bilan birgalikda loyihalar uchun ajratiladigan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§12-§. Aholi tomorqalari va ijara yerlarida hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni lizingga berish tartibi
(12-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Tomorqa va ijara yer egalari yoki ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni lizingga olish boʻyicha hududiy mehnat organiga murojaat qiladi.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali lizing ajratish boʻyicha murojaatni Jamgʻarmani xabardor qilgan holda, “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ kelib tushgan murojaatda koʻrsatilgan loyiha boʻyicha joyiga chiqqan holda tegishli biznes-rejalarni ishlab chiqadi, yetkazib beruvchini aniqlaydi va loyiha egasi bilan uch taraflama lizing shartnomasini tuzadi hamda zarur mablagʻlar ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Jamgʻarma loyiha boʻyicha zarur mablagʻlarni “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan bir foiz past stavkada oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ va loyiha egasi lizing shartnomasida koʻrsatilgan loyihani ishga tushirib, tomorqa yoki ijara yer egasiga 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilga boʻlib toʻlash sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz yuqori stavkada lizingga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda lizing mablagʻlarini qaytarish boʻyicha toʻlov grafigi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan loyiha toʻliq ishga tushirishga tayyor holatga keltirilib, belgilangan tartibda lizingga oluvchiga topshirilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
(92-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Tomorqa yoki ijara yer egasi yoki ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti lizing shartnomasi asosida toʻlovlarni belgilangan muddatlarda “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga toʻlab boradi.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ har oy yakuni bilan ajratiladigan barcha mablagʻlar boʻyicha solishtirma dalolatnoma tuzilgan holda tegishli qarzdorliklarni Jamgʻarmaga toʻlab boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda lizing boʻyicha Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlar toʻliq qaytarilib, hisoblangan foiz toʻlovlari “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Hududiy mehnat organi lizingga berilgan loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha monitoring natijalarini har oy yakuni bilan “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Manfaatdor shaxslar moliyaviy qullab-quvvatlash turlari ajratilishi asossiz rad etilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya mablagʻlarini ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (shahar) ishchi guruhining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh rahbari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tegishli mahalla raisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tegishli mahalladagi hokim yordamchisi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2025-y., 09/25/317/0438-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)