08.05.2025 yildagi PQ-171-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish qamrovi va turlarini kengaytirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lamini yanada oshirish hamda ushbu jarayonda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy maqsad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi oilalardagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar turlari va qamrovini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. “Faol hayotga qadam” dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2025-yil 1-iyundan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) uy sharoitida qarab turish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) shaxsiy yordamchi xizmati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Dastur doirasida yo‘lga qo‘yiladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish tizimi joriy etiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) vaucher qiymati Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar va Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to‘lanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Dastur doirasida yo‘lga qo‘yiladigan ijtimoiy xizmatlar Agentlikning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va tizim tashkilotlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) vaucher berish va uning qiymatini to‘lash hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan shartnomalar imzolash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) vaucher Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan toifadagi shaxslarga beriladi;
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Agentlikka Dastur doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 2027-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish va uning bajarilishini monitoring qilib borish uchun mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2025-yil 1-sentabrga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini ishga tushirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2025-yil 1-dekabrga qadar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylarni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 8-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-171-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi va standartlarini takomillashtirish

“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar va ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchilarning oila a’zolariga soliq imtiyozlari taqdim etish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlash:

ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan soliq imtiyozlarini tatbiq etish;

ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzandi uchun nodavlat maktabgacha ta’lim va (yoki) umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari uchun to‘lanadigan to‘lovlar bo‘yicha daromad solig‘idan imtiyozlarni Dastur doirasida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarning oila a’zolari uchun to‘lanadigan to‘lovlarga nisbatan ham tatbiq etish.

2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil
iyun

2025-yil

iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi

O‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq tartib-taomillarni belgilash.

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil
may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Uyda va kunduzgi qatnov asosida qarab turish hamda shaxsiy yordamchi xizmatlarini ko‘rsatish standartlarini belgilash.

1. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi xodimlarning malaka talablari va ish yuklamalarini tasdiqlash.

2. Ijtimoiy xizmatlarning minimal talab standartlarini ishlab chiqish.

3. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi xodimlarning faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.

2025-yil
iyun

2025-yil avgust

2025-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Nodavlat tashkilotlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tartibga solish.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash yoki ruxsat berish tartib-taomillarini joriy etish masalasini o‘rganish.

3. Takliflar tayyorlash va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil iyun

2026-yil
mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot
va moliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

Parvarish xizmati tizimida sug‘urta tizimini joriy qilish bo‘yicha taklif tayyorlash.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida sug‘urta tizimini joriy qilish bo‘yicha taklif tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil dekabr

2026-yil
oktabr

Xalqaro tashkilotlar va hamkor tashkilotlar mablag‘lari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot
va moliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni parvarishlash jarayoniga ularning oila a’zolarini jalb qilish va qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil iyul

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

II. Vasiylik yoki homiylikni belgilash hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish

Vasiy yoki homiylar faoliyatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

1. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron “E-qaror” tizimi hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2. Vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga doimiy ravishda yuborilishini ta’minlash.

3. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan birgalikda vasiylik yoki homiylik belgilangan voyaga yetgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga vasiy yoki homiylar tomonidan rioya etilishi holatini o‘rganib borish.

2025-yil iyun

2025-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda

Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolarga vasiylik yoki homiylikni belgilash tizimini takomillashtirish.

1. Vasiylik yoki homiylikni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan belgilash masalasini o‘rganish.

2. Ishlab chiqilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud

III. Ijtimoiy xizmatlarning sifatli ko‘rsatilishini tashkil etish hamda yangi ijtimoiy xizmatlar haqida aholi xabardorligini oshirish

Joriy etilayotgan yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishida ishtirok etuvchi mutaxassislarda zarur ko‘nikmalarni shakllantirish.

1. Joriy etilayotgan yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlarni o‘qitish dasturini tasdiqlash.

2. Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining direktorlari va xodimlari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish.

3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan shaxslarning sog‘lig‘i holatini baholashda ishtirok etuvchi oilaviy shifokorlar uchun seminar-treninglar tashkil etish.

2025-yil iyundan

Dastur asosida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etish.

1. Respublika o‘rta tibbiyot
va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida va uning mintaqaviy filiallarida tibbiy-ijtimoiy xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini tasdiqlash.

2. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha klinik protokollarni ishlab chiqish.

3. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ergoterapevt hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2025-yil
sentabr

2025-yil
oktabr

2025-yil
dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Joriy etilgan ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari va nodavlat tashkilotlarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etish, konsultativ va malaka oshirish bo‘yicha ko‘maklashish.

1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimida Oila hamkori platformasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. “Oila hamkori platformasiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlarni kiritish va aholi uchun ularning xizmatini tanlash imkoniyatini yaratish.

2025-yil
may-iyun

Ijtimoiy
himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini takomillashtirish.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ijtimoiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish jarayonini muvofiqlashtirish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish va uning bajarilishini monitoring qilish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlariga ajratilgan shtat birliklari doirasida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, zaruratga ko‘ra, agentlikning hududiy boshqarmalarida kamida ikki nafardan mutaxassis shtatini ajratish.

2. Ish hajmi ortgan taqdirda, zaruriyatga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida mutaxassislarni jalb etish.

2025-yil
iyun

Agentlikka ajratilgan mablag‘lar,

Ijtimoiy
himoya davlat jamg‘armasi
mablag‘lari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish.

1. Qarorning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha mediareja ishlab chiqish.

2. Yangi joriy etilayotgan ijtimoiy xizmatlarning mazmun- mohiyatini yoritish bo‘yicha videoroliklar, ko‘rgazmali tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Yangi ijtimoiy xizmatlarning mazmun-mohiyatini aholining o‘zgalar parvarishiga muhtoj qatlamiga har bir xonadon kesimida yetkazish.

2025-yil
may

2025-yil
iyul

Doimiy

Ijtimoiy
himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 07/25/171/0425-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)