22.04.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3618
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3618]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais T. ISHMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 8-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7/3-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 8-apreldagi 7/3-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom banklarga, shu jumladan mikromoliya banklariga (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) qoʻyiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlarga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz yuki koʻrsatkichi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar (mikroqarzlar) kesimida toʻplanish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz beruvchi — bank, mikromoliya tashkiloti, lombard, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkiloti, tovar isteʼmol kreditlarini beruvchi tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi — bankka kredit (mikroqarz) olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit (mikroqarz) — bank tomonidan qarz oluvchiga toʻlovlilik, muddatlilik, qaytarish, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda muayyan maqsadlar uchun foydalanish shartlari asosida beriladigan pul mablagʻlari, shu jumladan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanadigan kredit liniyasi — qarz oluvchining bank bilan tuzilgan kredit shartnomasining amal qilish muddati davomida qarzdorlik toʻlanganda shartnomada belgilangan limit tiklanishi natijasida undan koʻp marotaba foydalanish imkonini beruvchi kredit (mikroqarz) turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit karta (overdraft) — qayta tiklanadigan kredit liniyasi shaklida qarz oluvchiga bank kartalari orqali beriladigan kredit (mikroqarz) turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditni qayta moliyalashtirish — qarz oluvchining boshqa qarz beruvchilardan olgan kreditini (mikroqarzini) soʻndirish maqsadida bank tomonidan maqbul shartlar asosida kredit (mikroqarz) berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz yuki koʻrsatkichi — qarz oluvchining kredit (mikroqarzlari) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorining uning oʻrtacha oylik daromadi miqdoriga boʻlgan nisbati;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi — qarz oluvchining isteʼmol kreditlari va(yoki) mikroqarzlari boʻyicha jami asosiy qarz (limit) miqdorining mazkur qarz oluvchi oʻrtacha oylik daromadi miqdoriga nisbati;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha toʻlovlar — kreditning (mikroqarzning) asosiy qarzi, foizlar, shartnomani tuzish vaqtida maʼlum boʻlgan boshqa toʻlovlar, shu jumladan uchinchi shaxs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori — qarz oluvchining kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida bank va boshqa qarz beruvchilar tomonidan koʻrib chiqilayotgan murojaati (murojaatlari) hamda uning barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomalari, shuningdek qarz oluvchi kafil va/yoki birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etadigan kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻrtacha oylik qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrtacha oylik daromadlar miqdori — qarz oluvchining mehnatga haq toʻlash tarzidagi, shuningdek pensiya va boshqa daromadlarining oʻrtacha oylik miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchi bilan kredit (mikroqarz) va uning foizlari boʻyicha oylik toʻlovlarda qatnashuvchi, shuningdek kredit (mikroqarz) boʻyicha solidar javob beruvchi shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha ularning qarz yuki koʻrsatkichiga oid talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Qarz yuki koʻrsatkichiga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bank tomonidan qarz oluvchiga (birgalikda qarz oluvchilarga) kredit (mikroqarz) berilishida uning (ularning) qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim, bundan mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha kreditlar (mikroqarzlar) sonining:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng koʻpi bilan 15 foizigacha bank tomonidan qarz oluvchilarga (bundan mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan qarz oluvchilar mustasno) kreditlar (mikroqarzlar)berishda ularning qarz yuki koʻrsatkichi 100 foizgacha boʻlishi mumkin;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng koʻpi bilan 15 foizigacha oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta roʻyxatdan oʻtganiga bankka murojaat qilgan sanadan oldingi olti oydan oshmagan qarz oluvchilarga daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun kreditlar (mikroqarzlar) berishda ularning qarz yuki koʻrsatkichi inobatga olinmasligi va (yoki) hisoblanmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan kreditlar bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha kreditlarning (mikroqarzlarning) sonini aniqlashda inobatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qarz yuki koʻrsatkichiga doir talablar quyidagi kreditlarni berishda tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida beriladigan kreditlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim kreditlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchiga bank tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit (mikroqarz) berishga yoki kredit (mikroqarz) limitini oshirishga (bundan buyon matnda kredit (mikroqarz) berish deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bank tomonidan avval berilgan kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oshirishga (bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oshishi munosabati bilan toʻlovlar miqdorining oshirilishi holatlari mustasno) hamda muddatni uzaytirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa qarz beruvchining kreditga (mikroqarzga) doir huquqlarini (talablarini) sotib olish yoki kreditni qayta moliyalashtirishga doir qaror qabul qilinganda hisoblanishi lozim, bundan mazkur Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan holat mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bank tomonidan boshqa qarz beruvchining kreditga (mikroqarzga) doir huquqlari (talablari) sotib olinayotganda yoki kredit qayta moliyalashtirilayotganda, qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitobida qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari takroran hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdorini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori hisob-kitobiga quyidagi toʻlovlar kiritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank va boshqa qarz beruvchilar tomonidan kelib tushganiga uch ish kunidan oshmagan kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaat boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchining barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomasi, shu jumladan mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan kredit shartnomasi, shuningdek qarz oluvchi birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda, har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan kredit (mikroqarz) berish yoki mazkur bank tomonidan avval berilgan kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oshirish hamma muddatni uzaytirish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan taqdirda, qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida birgalikda qarz oluvchining barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan hamda amalda boʻlgan har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi kafillik shartnomasiga muvofiq kafil sifatida ishtirok etgan har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar, agar qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida ular boʻyicha 30 kundan ortiq muddati oʻtgan toʻlovlari mavjud boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun berilgan subsidiyalar hisobidan amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar summasi mazkur ipoteka krediti boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar summasidan chegirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini aniqlashda berilayotgan kredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan uni soʻndirish muddati:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikroqarz boʻyicha 36 oydan oshgan taqdirda, mazkur mikroqarz boʻyicha barcha toʻlovlar 36 oyga teng miqdorda (annuitet usulida);
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (bundan buyon matnda Iqtisodiyot va moliya vazirligi deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari mustasno) boʻyicha 180 oydan oshgan taqdirda, mazkur kredit boʻyicha barcha toʻlovlar 180 oyga teng miqdorda (annuitet usulida);
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan kreditdan (mikroqarzdan) boshqa turdagi kredit (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) boʻyicha 60 oydan oshgan taqdirda, ushbu kredit boʻyicha barcha toʻlovlar 60 oyga teng miqdorda (annuitet usulida) taqsimlanadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan kredit (mikroqarz) shartnomalariga asosan ularni soʻndirish muddati mos ravishda 36, 180 va 60 oyga teng yoki undan kam boʻlsa, qarz yuki hisob-kitobida oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini aniqlashda ular boʻyicha barcha toʻlovlar mos ravishda shartnomada belgilangan oylar soniga teng miqdorda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bank tomonidan qarz oluvchiga qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) berish toʻgʻrisida murojaat koʻrib chiqilayotganda oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini aniqlashda qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) limitining 8 foizi olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan kredit (mikroqarz) shartnomasi (shartnomalari) boʻyicha (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) oʻrtacha oylik toʻlovlar quyidagilarning yigʻindisini oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qarzning qoldiq summasi va unga hisoblanadigan foizlar, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlar yigʻindisining shartnoma (shartnomalar) amal qilishi tugashiga qadar qolgan oylar soniga nisbati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddati oʻtgan qarzdorliklar (muddati oʻtgan asosiy qarz va foizlar), shu jumladan hisoblangan va muddati uzaytirilgan foizlar, hisoblangan penya (mavjud boʻlsa) va hisobdan chiqarilgan kreditlar (mikroqarzlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qarz oluvchi barcha qarz beruvchilardan olgan va amalda boʻlgan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar hisob-kitobi quyidagilarning yigʻindisini oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash sanasida qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) limitining 8 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddati oʻtgan qarzdorliklar va hisoblangan penya (mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bank oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oʻzining axborot tizimlari, kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan kredit hisobotidan va boshqa rasmiy manbalardan olgan maʼlumotlardan foydalangan holda hisoblab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichini hisoblash va kredit (mikroqarz) berilishi oʻrtasidagi vaqt oraligʻi 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini hisoblash maqsadida bank qarz oluvchi bankka murojaat qilgan sanadan oldingi kamida 6 oy uchun uzluksiz,biroq 12 oydan oshmagan muddat uchun oylik daromadlarining oʻrtacha arifmetik qiymatini aniqlaydi (bundan mazkur Nizomning 17-bandi birinchi xatboshisida belgilangan holatlar mustasno).
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bank tomonidan oʻrtacha oylik daromadlar miqdorini hisoblash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12 oy va undan ortiq muddat ichida daromadga ega qarz oluvchilar uchun — qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 12 oy ichida olingan barcha daromadlarning oʻn ikkidan bir qismi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ravishda 6 oy va undan ortiq, biroq 11 oydan oshmagan muddat ichida daromadga ega qarz oluvchilar uchun — qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 va undan ortiq oylar uchun olingan daromadlarning oltidan bir qismi (tegishli ravishda yettidan bir qismi, sakkizdan bir qismi, toʻqqizdan bir qismi, oʻndan bir qismi, oʻn birdan bir qismi) olinadi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bank qarz oluvchining ushbu davr uchun oylik daromadlarining mediana qiymatini aniqlash orqali qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlar miqdorini hisoblashi mumkin. Bunda, mazkur qiymat ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan arifmetik qiymatdan kichikroq boʻlsa, bank uni qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichi hisob-kitobida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori sifatida hisobga olishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bank tomonidan koʻrib chiqilayotgan kredit (mikroqarz) berish haqidagi murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan boʻlsa, uning daromadlari ham oʻrtacha oylik daromad hisob-kitobiga kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) hisob-kitobida mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish beruvchi tomonidan ish oʻrni (lavozimi) saqlangan davr, jumladan mehnat taʼtili davri daromad olingan davr (daromadda uzilish boʻlmagan davr) sifatida inobatga olinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mehnat qonunchiligiga muvofiq mavsumiy ishlarni bajaradigan qarz oluvchilarning oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini hisoblashda bank ushbu qarz oluvchilar tomonidan soʻnggi 6 oy ichida kamida 3 oyi uchun uzluksiz olingan daromadlarining oltidan bir qismini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavsumiy ishlarni bajaradigan qarz oluvchilarning 6 oy va undan ortiq, biroq 12 oydan oshmagan muddat uchun daromadlarining oʻrtacha miqdori mazkur Nizomning 13-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilariga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bank qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan hujjat va maʼlumotlar bilan tasdiqlangan daromadlarni va (yoki) mazkur qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining bank hisobvaraqlariga tushgan tushumlarini inobatga oladi. Bunda, qarz oluvchining bir manbadan olgan daromadlari takroran hisobga olinmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Bank qarz oluvchining va (yoki) birgalikda qarz oluvchining daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlardan foydalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi, shu jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlari;
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qarz oluvchining daromadlari soliqlar chegirilib tashlangan holda hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmasa, bank mazkur qarz oluvchi bankka murojaat qilgan sanadan oldingi 18 oylik davr ichida asosiy qarzi toʻliq toʻlangan kredit (mikroqarz) boʻyicha mazkur davr ichidagi toʻlovlarning kamida 6 oy, biroq 12 oydan oshmagan uzluksiz muddat davomida toʻlovlari (bundan qayta tiklanadigan kredit liniya boʻyicha toʻlovlar mustasno) toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichi hisob-kitobida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadi sifatida qarz oluvchining kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari oʻrtacha arifmetik qiymati miqdorining 50 foizi olinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bank tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlarini berishda mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmasa yoki daromadlar yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda bank boshqa maʼlumotlardan foydalanishi mumkin. Bunda, bank mazkur maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish choralarini koʻrishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bank qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan va/yoki oʻzining axborot tizimlari, kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan axborotlar va boshqa rasmiy manbalardan olgan maʼlumotlardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Qarz yuki oʻsishini cheklash meʼyori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan kredit (mikroqarz) boʻyicha foiz toʻlovlari hamda boshqa toʻlovlar (bundan asosiy qarz toʻlovlari, shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun qoʻllaniladigan javobgarlik choralari mustasno) yigʻindisi kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz qoldigʻiga nisbatan kunlik 0,25 foizdan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar qaysi davr uchun undiriladigan boʻlsa, kunlik foiz hisob-kitobida shu davrdagi kunlarga teng miqdorda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kredit (mikroqarz) boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yigʻindisi yiliga qarz miqdorining 50 foizidan koʻpini tashkil etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qarz miqdori deganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit (mikroqarz) (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam boʻlganda shartnoma boʻyicha berilgan kreditning (mikroqarzning) miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanadigan kredit liniyasi yoki kredit karta (overdraft) limitidan 12 oyga teng boʻlgan davrda haqiqatda foydalanilgan summa shartnomada belgilangan limitdan oshmagan taqdirda, mazkur haqiqatda foydalanilgan summa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanadigan kredit liniyasi yoki kredit karta (overdraft) limitidan 12 oyga teng boʻlgan davrda haqiqatda foydalanilgan summalar yigʻindisi shartnomada belgilangan limitdan oshgan taqdirda, shartnomada belgilangan limit;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit (mikroqarz) (bundan qayta tiklanadigan kredit liniyasi va kredit karta (overdraft) mustasno) shartnomasining muddati 12 oydan koʻp boʻlganda 12 oyga teng boʻlgan davrning boshidagi kredit (mikroqarz) asosiy qarzining qoldigʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12 oyga teng boʻlgan davr ichida kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz miqdori oshganda, ushbu miqdor oshgan sanadan boshlab keyingi davr uchun oshgan kredit (mikroqarz) asosiy qarzining qoldigʻi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov quyidagi tartibda hisob-kitob qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

toʻlovlar

qoldiqi

x

kunlar_sonii

x

50 %

muddat

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoldiqii davr uchun kredit (mikroqarz) asosiy qismining oshmay turgan qoldigʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kunlar_soniii davrdagi kredit (mikroqarz) asosiy qismining qoldigʻi oshmay turgan kunlar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i davr — kredit (mikroqarz) qoldigʻi oshmay turgan muddat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovlar — kredit (mikroqarz) boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddat — 365 (366) kun yoki kredit (mikroqarz) shartnomasi muddati 12 oydan kam boʻlganda uning muddati kun hisobida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit (mikroqarz) shartnomasi boʻyicha kreditning (mikroqarzning) asosiy qarzidan tashqari toʻlanadigan barcha toʻlovlarni hisoblashda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan misollardan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-bob. Qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichiga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241. Qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi qarz oluvchiga (birgalikda qarz oluvchilarga) bank tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz berishga yoki limitini oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bank tomonidan avval berilgan isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oshirishga (bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oshishi munosabati bilan toʻlovlar miqdorining oshirilishi holatlari mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz muddatini uzaytirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa qarz beruvchining isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarzga doir huquqlarini(talablarini) sotib olish yoki kreditni qayta moliyalashtirishga doir qaror qabul qilinganda hisoblanishi lozim. Bunda qarz oluvchining huquqlari (talablari) sotib olinayotgan yoki kredit qayta moliyalashtirilayotgan amaldagi isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari takroran hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
242. Qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobiga quyidagilar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank va boshqa qarz beruvchilar tomonidan kelib tushganiga uch ish kunidan oshmagan isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz berish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaat boʻyicha asosiy qarz (limit) summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchining barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz shartnomalari boʻyicha asosiy qarz (limit) qoldiq summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchi isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz shartnomalari boʻyicha birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda, har bir shartnoma boʻyicha asosiy qarz (limit) qoldiq summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi kafillik shartnomasiga muvofiq kafil sifatida ishtirok etgan har bir isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz shartnomasi boʻyicha toʻlovlar, qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash sanasida ular boʻyicha 30 kundan ortiq muddati oʻtgan toʻlovlari mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
243. Qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida oʻrtacha oylik daromad miqdori mazkur Nizomning 2-bobi 3-paragrafiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
244. 2026-yil 1-martdan boshlab mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan hujjat va maʼlumotlar bilan tasdiqlangan daromadlardan foydalangan holda qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud boʻlsa, qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi 8 barobardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud boʻlmasa, qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi 5 barobardan oshmasligi lozim, bundan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlgan qarz oluvchilar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
245. 2026-yil 1-martdan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlgan qarz oluvchilar uchun qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha kreditlar(mikroqarzlar) sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta roʻyxatdan oʻtganiga bankka murojaat qilgan sanadan oldingi olti oydan oshmagan qarz oluvchilarga daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun kreditlar(mikroqarzlar) berishda ularning qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi inobatga olinmasligi va (yoki) hisoblanmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
246. Qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichiga doir talablar quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim kreditlari.
(21-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichiga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bank tomonidan qarz oluvchiga avtomobil sotib olish uchun kredit (bundan buyon matnda avtokredit deb yuritiladi) va ipoteka krediti berilishida kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisoblanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi kredit summasining garovning qiymatiga nisbati orqali hisob-kitob qilinadi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit summasi — kreditning soʻndirilmagan qoldigʻi va qarzdor tomonidan kreditning foydalanilmagan qismini oʻz ichiga oladi. Bunda, kredit summasi ushbu kredit boʻyicha yaratilgan zaxiralar chegirilmasdan, mazkur kredit boʻyicha taʼminot sifatida qarz beruvchi bankda shakllantirilgan, shuningdek shartnoma shartlari oʻz vaqtida bajarilmaganda hech qanday shartlarsiz kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan depozitlar chegirilgan holda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov qiymati — kelajakdagi yoʻqotishlarni oʻz ichiga olgan holda bozor narxlari asosida shakllangan va bozor narxidan oshib ketmagan hamda baholash tashkiloti tomonidan baholangan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda aniqlangan holda taʼminot sifatida rasmiylashtirilgan garov shartnomasida koʻrsatilgan mulk narxidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida garov qiymati bank tomonidan dastlabki kelishilgan garov qiymatidan oshmagan miqdorda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida garov qiymatining dastlabki baholangan qiymati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining talabi mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy ravishda pasayishiga olib kelgan favqulodda holatlar va/yoki kutilmagan hodisalar yuz berganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhasiz oʻzgarishiga olib keladigan holatlar yuzaga kelganda oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kredit boʻyicha garov predmetini baholash va qayta baholash Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtokredit boʻyicha — kredit hisobiga sotib olingan va uning taʼminoti sifatida garovga olingan avtomobilning garov qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti boʻyicha — kredit hisobiga sotib olingan va uning taʼminoti sifatida garovga olingan koʻchmas mulk garov qiymati olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bank tomonidan qarz oluvchiga avtokredit boʻyicha kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 75 foizdan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan ipoteka krediti (bundan mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan ipoteka kreditlari mustasno) boʻyicha kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 80 foizdan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlsa, bank tomonidan ushbu qarz oluvchiga Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka krediti boʻyicha kreditning garovga nisbati 85 foizdan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan qarz oluvchiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtokredit berishda mazkur bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha avtokreditlar sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha boʻlgan miqdorida kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 75 foizdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka kreditini berishda mazkur bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha ipoteka kreditlari sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha boʻlgan miqdorida kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan meʼyorlardan ortishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan holda beriladigan ipoteka kreditlari mustasno.
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kreditlar (mikroqarzlar) kesimida toʻplanish (konsentratsiya) koeffitsiyentlariga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Bank tomonidan (bundan mikromoliya banki mustasno) qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikroqarzlar ulushi (bundan mazkur bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan kredit karta (overdraft) mustasno) bankning jami kredit portfelining 25 foizidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
overdraftlar hamda mazkur Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan xususiyatlarga mos boʻlgan kredit kartalar ulushi bankning jami kredit portfelining 25 foizidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtokreditlar ulushi bankning jami kredit portfelining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mazkur Nizom maqsadlarida kredit kartasi quyidagi xususiyatlarga javob berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorlikni soʻndirish boʻyicha toʻlovlar jadvali qatʼiy oʻrnatilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorlik boʻyicha foizlar hisoblanmaydigan imtiyozli davr kamida 45 kundan iborat boʻlishi;
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan mablagʻlar hisobiga bank kartasidan boshqa bank kartalariga (bank hisobvaragʻiga yoki elektron hamyonga) pul oʻtkazmalarini amalga oshirish hamda naqd pul yechib olish uchun qoʻshimcha haq undirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan mablagʻlar hisobiga naqd pul yechib olinganda, mazkur yechilgan summa boʻyicha imtiyozli davr toʻxtatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorlikni soʻndirishda minimal oylik toʻlov mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mazkur Nizomning 31-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan banklar 2029-yilning 1-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan muddatlarda bosqichma-bosqich ushbu belgilangan meʼyor talablarga muvofiqlashtirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit (mikroqarz) boʻyicha asosiy qarzdan tashqari toʻlanadigan barcha toʻlovlarni hisoblash boʻyicha misollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kredit (mikroqarz) shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam boʻlganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

kredit (mikroqarz) boʻyicha barcha toʻlovlar

shartnoma boʻyicha berilgan kreditning (mikroqarzning) miqdori

x 50%

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kredit (mikroqarz) shartnomasining muddati 12 oydan koʻp boʻlganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

kredit (mikroqarz) boʻyicha 12 oyga teng boʻlgan davr ichida barcha toʻlovlar

12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga kredit (mikroqarz) asosiy qarzining qoldigʻi

x 50%

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 12 oyga teng boʻlgan davr ichida kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz miqdori oshganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, toʻlovlarning eng koʻp miqdori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) X davr uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

X davrning dastlabki uch oyi uchun:

10 000 000

x

90 kun

(yanv. — 31 kun, fev. — 28 kun, mar.— 31 kun)

x 50%

=

1 232876,71

365

+

X davrning keyingi toʻqqiz oyi uchun:

15 000 000

x

275 kun

(apr. — 30 kun, ..., dek. — 31 kun)

x 50%

=

5 650684,93;

365

= 6 883561,64;

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Y davr uchun: 7 500 000 = 15 000 000 (12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga qoldiq) x 50%;
(“b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Z davr uchun: 5 000 000 = 10 000 000 (12 oyga teng boʻlgan davrning boshiga qoldiq) x 50%.
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-sonli qarori (3618-1, 18.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 10/25/3618/0378-son; 20.12.2025-y., 10/25/3618-1/1187-son)