Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 08.06.1994 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKA “MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT” JAMOATChILIK MARKAZINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-apreldagi Farmonining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat budjetidan mablagʻlar bilan taʼminlanish bilan bir qatorda xoʻjalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlarini moliyaviy taʼminlash va ular tomonidan barcha xildagi tarbiyaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish xarajatlari tegishlicha mahalliy budjetlar va xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlar hisobidan qoplanishi qayd qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlar jadvali (texnik xodimlar bundan mustasno) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rahbar boshchilik qilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining xodimlari moddiy-maishiy, tibbiy taʼminot jihatidan respublika vazirliklarining tegishli toifadagi xodimlariga tenglashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston ziyolilari ilmiy-maʼrifiy uyushmasi II navbatdan tashqari qurultoyining mazkur uyushmani tugatilgan deb hisoblash, uyushma hamda uning tarkibidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ixtiyoridagi pul mablagʻlari, koʻchmas mulklarni Markaz ixtiyoriga berish va Markazni uyushma mol-mulkining qonuniy vorisi deb eʼlon qilish haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliya vazirligi (B. Hamidov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yilning iyun oyidan boshlab Markazni hamda “Tafakkur” jurnali tahririyatini ularning asosiy faoliyati uchun zarur boʻlgan mablagʻ bilan taʼminlasin va har yili budjetni shakllantirishda tegishli mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz joylashgan Otaturk koʻchasidagi 24-binoni taʼmirlash xarajatlarini taqdim qilingan haqiqiy hisob-kitoblar asosida qoplasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga va uning jurnali tahririyatiga xizmat koʻrsatish uchun 3 ta yengil avtomobil saqlashga limit ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moddiy-texnika taʼminot masalalarini zudlik bilan hal qilish hamda Markaz va uning joylardagi boʻlinmalarining normal faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz huzurida oʻzbek xalqi madaniy merosi namunalarini toʻplash, ilmiy tahlil qilish va ommalashtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik hisobida ishlovchi video-fotostudiya tuzilsin. Toʻplangan video-audio, foto materiallar asosida madaniy meros fondi tashkil etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan va texnika davlat qoʻmitasi 1995-yildan boshlab “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining sotsiologik tadqiqotlar tematikasini tanlov orqali mablagʻ bilan taʼminlanuvchi ishlar roʻyxatiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Fanlar akademiyasi oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining va olimlarning Markaz oʻtkazadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda keng ishtirok etishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddat ichida markazning joylardagi boʻlimlariga belgilangan tartibda amaldagi normalarga muvofiq xizmat xonalari, mebel, jihozlar ajratsinlar, telefonlar oʻrnatib bersinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi (A.Fozilbekov) Toshkent shahri, Otaturk koʻchasidagi 24-binoni bir haftalik muddatda Markazga toʻla boʻshatib berib, shuningdek, uni ikki oy muddat ichida taʼmirlashni taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat ishlari vazirligi Markaz huzurida shahar kutubxonasining boʻlimini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat matbuot qoʻmitasi Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazini nashr nusxalari majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin. Har yili Markaz xodimlari tayyorlagan ilmiy-tadqiqot ishlari, tavsiyanomalarni nashr etishni nashriyotlarning rejasiga kiritish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi belgilangan koʻrsatuvlar va eshittirishlar soatlari doirasida Markaz uchun alohida efir vaqti ajratishni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi ajratilgan limitga muvofiq markazga avtotransport xizmati koʻrsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Markaz va “Tafakkur” jurnali uchun xizmat telefonlari, shu jumladan hukumat ATSidan telefon va boshqa aloqa vositalari oʻrnatib bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 8-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
288-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
8-iyundagi 288-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlar jadvali
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi‎‎‎

1. Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
2. Masʼul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 4‎

Viloyatlardagi boʻlimlar‎

1. Boʻlim boshliqlari‎ 1‎
2. Masʼul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 48‎

Toshkent shahri boʻlimi‎

1. Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
2. Masʼul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 4‎
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)