Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KOʻMIR SANOATINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli “Oʻzbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida Oʻzbekiston Respublikasida koʻmir qazib olish va sotish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koʻmir qazib olish Oʻrta Osiyo ishlab chiqarish birlashmasi (“Oʻrtaosiyokoʻmir” IB) korxonalari va tashkilotlarining birlashmani 1-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlar negizida koʻmir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (“Koʻmir” AB)ga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Koʻmir” aksionerlik birlashmasi mustaqil yuridik shaxs sifatida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tashkil etiladi;
davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, respublika hamda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar aksionerlik birlashmasining qatnashchilari hisoblanadilar;
“Koʻmir” aksionerlik birlashmasining dastlabki ustav fondi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar va tashkilotlarning davlat mulki hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalarning davlat mulki asosida tashkil etiladi;
“Koʻmir” aksionerlik birlashmasi “Oʻrtaosiyokoʻmir” ishlab chiqarish birlashmasining majburiyatlari va u tuzgan shartnomalar boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida, aksionerlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan birlashma Ustaviga muvofiq, moliya-xoʻjalik faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Koʻmir” aksionerlik birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
bozor konyunkturasidan va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, respublika koʻmir sanoati korxonalari –– mulkchilikning barcha shakllaridagi aksionerlarning faoliyatini tashkil etish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
tarmoqda yagona texnika siyosatini yurgizish, ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini tashkil etish, ijtimoiy vazifalarni hal qilish, koʻmir va boshqa foydali qazilmalarni qidirish, qazib olish va qayta ishlash, tijoratchilik faoliyatini amalga oshirish;
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda koʻmir ishlab chiqarish va respublikaning unga boʻlgan ehtiyoji, uni aholiga va xalq xoʻjaligiga sotish balansini ishlab chiqish.
* 2a -ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda birlashma Kengashi tomonidan saylanadilar. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasining yuqori organi aksionerlarning yigʻilishi hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 21 -son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
6. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi Boshqaruviga tarmoq korxonalarining davlat mulkini hamda aksiyalarning davlatga tegishli ulushini boshqarish huquqini bersin.
7. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi bir oy muddatda Ustavni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
8. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi Toshkent shahar, M-14, 27-uyga joylashtirilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 27-may,
271-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 27-maydagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 27-maydagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
Koʻmir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (“Koʻmir”AB)ning ijro etuvchi organi
TUZILMASI
Rahbariyat
Yer osti kon ishlari texnologiyalari va koʻmir qazib olish boʻlimi
Ochiq kon ishlari texnologiyalari va koʻmir qazib olish boʻlimi
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va tabiatni muhofaza qilish boʻlimi
Marksheyderlik-geologiya boʻlimi
Ilmiy-texnika taraqqiyoti va yangi texnika boshqarmasi
Mexanizatsiya va aloqa boʻlimi
Rejalashtirish va moliya boshqarmasi
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi
Asosli qurilish va ijtimoiy rivojlantirish boʻlimi
Moddiy-texnika taʼminoti va butlash boshqarmasi (“Oʻzkoʻmirbutlash”)
Avtomobil transporti boʻlimi
Marketing va mahsulot sotish boshqarmasi
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻlimi
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻlimi
Maxsus boʻlim
Ishlar boshqarmasi
Rahbariyat huzuridagi apparat