1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoʻqon texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona viloyatida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, sanoat zonalarini boshqarishda xorijiy tajribani qoʻllash, elektrotexnika, mashinasozlik, xavfsiz kimyo mahsulotlari va boshqa sohalarda raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fargʻona viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun “Qoʻqon texnoparki” maxsus sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — Maxsus sanoat zonasi) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — 2024-yildan boshlab 71,2 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — birinchi bosqichdagi yer uchastkalari toʻliq oʻzlashtirilganidan keyin hamda amalga oshirilgan investitsiya loyihalarining natijadorligidan kelib chiqib, Maxsus sanoat zonasi hududini belgilangan tartibda 158,8 gektarga kengaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi hududida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobidan elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va boshqa yoʻnalishlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumani Toʻqsonqovun mahallasidagi H. Hakimzoda massivining 1689-konturdagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 71,2 gektar sugʻorilmaydigan yer uchastkalarini yer fondining sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Qoʻqon texnoparki” maxsus sanoat zonasi chegaralarining tavsifi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 25 yil muddatga tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi “Qoʻqon texnoparki” maxsus sanoat zonasining boshqaruv kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv kompaniyasi) tomonidan boshqariladi, ushbu kompaniya ustav fondida muassis sifatida ishtirok etadigan talabgor(lar) Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan tanlab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalari Boshqaruv kompaniyasiga Maxsus sanoat zonasining faoliyat yuritish muddatidan oshmagan muddatga va keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmonining 3-bandida belgilangan tartibda ijara huquqi asosida ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv kompaniyasiga Hukumat komissiyasi qaroriga binoan investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini bosh reja asosida lotlarga boʻlish, har bir lot boʻyicha oʻzining yer uchastkasiga boʻlgan huquq va majburiyatlarini tegishli hokimlik, Boshqaruv kompaniyasi va Maxsus sanoat zonasi ishtirokchisi oʻrtasida imzolanadigan shartnoma asosida ijara muddatidan koʻp boʻlmagan muddatga Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilariga auksion savdolarisiz maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan talablar asosida oʻtkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Maxsus sanoat zonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi va ichki bozorlarda talab katta boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli va import oʻrnini bosuvchi elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va boshqa sohalardagi innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat sohasida energiya tejamkor, ekologik toza va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari oʻrtasida va respublika boʻylab mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini oʻrnatish orqali mahalliy xomashyo va materiallar asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Boshqaruv kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi yer uchastkalaridan samarali foydalanilishini taʼminlash va umumiy foydalanishdagi yerlarni saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori qoʻshilgan qiymatli, yuqori texnologik va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda zamonaviy logistika markazlarini barpo etish uchun investorlarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi hududida joylashtirilishi taklif etiladigan investitsiya loyihalarining eng maʼqullarini tanlab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh yer uchastkalarini hamda bino va inshootlarni investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uch tomonlama imzolanadigan ijara shartnomasi asosida ijaraga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyinchalik investorlarga ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash orqali sotish maqsadida zamonaviy tayyor ishlab chiqarish bino va inshootlarini qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan investitsiya bitimlarini tuzish va ularga Maxsus sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya majburiyatlarini oʻz vaqtida yoki sifatli bajarmagan Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari bilan tuzilgan investitsiya bitimi va ijara shartnomasini bekor qilish choralarini koʻrish hamda ularning Maxsus sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini bekor qilish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, Maxsus sanoat zonasi hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, arxitektura va qurilish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Maxsus sanoat zonasi hududida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun joriy etilgan soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, respublikada oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga muvofiq imtiyozlar tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari bilan Boshqaruv kompaniyasi oʻrtasida umumiy mulkni saqlash shartnomasi tuziladi, unga asosan tushadigan mablagʻlar Maxsus sanoat zonasi hududini saqlash, obodonlashtirish, infratuzilmasini yaxshilash uchun Boshqaruv kompaniyasiga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini va avtomobil yoʻllarini qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qaroriga asosan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari va avtomobil yoʻllarini qurish ishlarini amalga oshirish uchun buyurtmachilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PQ-5101-son qaroriga muvofiq tanlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini va avtomobil yoʻllarini qurish ishlarini tezlashtirish uchun, istisno tariqasida, maxsus axborot portalida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon joylashtirmagan holda va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan, buyurtmachilar tizimidagi korxonalarni bosh loyiha va bosh pudrat tashkiloti sifatida belgilashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda suv taʼminoti inshootlarini qurish uchun loyiha va pudrat tashkilotlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida yuqori reytingga hamda koʻp yillik tajriba va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan salohiyatli loyiha va pudrat tashkilotlari orasidan tanlab olishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hukumat komissiyasi (Xodjayev) qisqa muddatlarda Maxsus sanoat zonasini ilgʻor tajriba asosida samarali boshqarish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Fargʻona viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Maxsus sanoat zonasining bosh rejasi belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Maxsus sanoat zonasi hududida 2026-yil oxiriga qadar kamida 1,5 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilishini, 5 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilishini, yiliga qiymati 1,5 trln soʻmdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishini, qiymati yillik 75 mln AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar qoʻshimcha eksport qilinishini va Davlat budjetiga yiliga 180 mlrd soʻm qoʻshimcha soliq tushumlari tushishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Qoʻqon texnoparki” maxsus sanoat zonasini 2024-2025-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va avtomobil yoʻllari infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha manzilli dastur (keyingi oʻrinlarda — Manzilli dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Manzilli dasturga kiritilgan obyektlarni qurish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar 2024-2025-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Manzilli dasturga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida va sifatli qurilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ishlab chiqarish obyektlarida ustuvor ravishda muqobil yoki qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini doimiy monitoring qilib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 23-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
876-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-dekabrdagi 876-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoʻqon texnoparki” maxsus sanoat zonasi chegaralarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Hudud va uning chegaralari tavsifi
Maydoni,
gektar
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani Toʻqsonqovun mahallasi X. Hakimzoda massivi
1.
Shimol tomondan
1-nuqta
3-nuqta
4-nuqta
5-nuqta
6-nuqta
7-nuqta
N40°28'02.5965''
N40°28'03.4780''
N40°28'04.5946''
N40°28'08.4438''
N40°28'13.5418''
N40°28'14.3057''
E71°00'30.1737''
E71°00'31.2166''
E71°00'33.4181''
E71°00'42.6492''
E71°00'45.1984''
E71°00'46.3185''
71,2
2.
Sharq tomondan
7-nuqta
8-nuqta
9-nuqta
10-nuqta
N40°28'14.3057''
N40°28'13.5418''
N40°28'06.9012''
N40°28'01.7149''
E71°00'46.3185''
E71°00'49.7946''
E71°01'05.7656''
E71°01'19.4770''
3.
Janub tomondan
10-nuqta
11-nuqta
12-nuqta
N40°28'01.7149''
N40°27'57.8509''
N40°27'39.5730''
E71°01'19.4770''
E71°01'19.8633''
E71°00'33.9975''
4.
Gʻarb tomondan
12-nuqta
13-nuqta
14-nuqta
15-nuqta
1-nuqta
N40°27'39.5730''
N40°27'46.9783''
N40°27'48.7415''
N40°27'58.2916''
N40°28'02.5965''
E71°00'33.9975''
E71°00'30.0965''
E71°00'29.5944''
E71°00'29.7489''
E71°00'30.1737''
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-dekabrdagi 876-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoʻqon texnoparki” maxsus sanoat zonasini 2024-2025-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va avtomobil yoʻllari infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MANZILLI DASTUR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Loyiha (obyekt) nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddati
Respublika budjetidan talab etiladigan mablagʻlar,