22.11.2024 yildagi PQ-399-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda teatr sanʼatini yanada rivojlantirish, teatrlar faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohada ijodiy hamkorlik va erkinlikni taʼminlash, spektakllarning badiiy saviyasini oshirishni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, budjet mablagʻlari va boshqa resurslardan samarali foydalanish, sohaga jahon teatr sanʼatining ilgʻor tajribalari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2025 — 2030-yillarda 1-ilovaga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyuk tarixiy shaxslarning ibratli hayoti va ijodi, ularning bolaligi va yoshligini ifodalovchi milliy qahramon obrazlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
insonning jamiyatdagi oʻrni va qadr-qimmatini targʻib etuvchi “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida yangi sahna asarlari yaratib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatr jamoalari davlat buyurtmasi asosida yaratilgan spektakllar bilan reja asosida respublika boʻylab gastrol safarlariga yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatr sanʼatining zamonaviy janr va yoʻnalishlaridagi spektakllarga ham davlat buyurtmasi berib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat teatrlarida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida ularning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan spektakllar sahnalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2025 — 2028-yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va modernizatsiya qilishning manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda quyidagilar inobatga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrning yoʻnalishi kelib chiqqan holda arxitektura-rejalashtirish, sahna mexanizmlari, tomosha zalining akustik talablarga javob berishi, zamonaviy raqamli va dasturlashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlash va landshaft yechimlarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashrif buyuruvchilar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrlarning zamonaviy yangi konsepsiyalari, sohaga xorijiy ilgʻor tajribalarni samarali qoʻllash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Teatr sanʼatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi 2025-2026-yillarda Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani asosida myuzikl yaratsin, uning tantanali premyerasini, alohida reja asosida mamlakatimiz va jahon boʻylab gastrollarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Teatr sanʼatida ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, dramaturglar va yosh rejissorlarni ragʻbatlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti va sanʼat arbobi Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot taʼsis etilsin, ushbu mukofotlar boʻyicha tanlovlar har ikki yilda oʻtkazilib, ularning gʻoliblari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejissor — dramaturg — kompozitor — rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025-yildan boshlab har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nigoh” ijodiy loyihasi doirasida hamkorlikda yaratilgan va ijodiy tanlov asosida aniqlangan eng yaxshi 5 ta asarni ushbu loyiha granti asosida teatrlarda sahnalashtirish hamda rejissor, dramaturg, kompozitor, rassomlarni moddiy ragʻbatlantirib borish amaliyoti joriy qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy akademik musiqa sanʼatini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har ikki yilda milliy kompozitorlar tanlovi oʻtkazib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Teatrlar bilan taʼlim tashkilotlarining uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga maqsadli qabul kvotalari teatrlardagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olib belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim tashkilotlarining soʻnggi bosqich oʻquvchilari, uchinchi va toʻrtinchi bosqich bakalavr hamda magistratura talabalarining haftada kamida ikki kun teatrlarda amaliy mashgʻulotlar oʻtashi yoʻlga qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili davlat buyurtmasi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida musiqiy teatr, dramatik va qoʻgʻirchoq teatri rejissorligi yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilarining beshtagacha eng yaxshi bitiruv malakaviy ishlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 100 barobarigacha miqdorda davlat buyurtmasi berib borilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili beshtagacha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari belgilangan tartibda Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Teatr sanʼati hamda teatr tanqidchiligida “ustoz-shogird” anʼanalari va mahorat maktablarini rivojlantirish maqsadida teatr sanʼatidagi isteʼdodli va yuqori malakali ijodkorlar, teatrshunoslar va sanʼatshunoslarning mahorat maktablari tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahorat maktablari tashkil etiladigan ijodkorlar roʻyxati Madaniyat vazirligi hayʼati qarori bilan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar belgilangan tartibda asosiy ish joyining (tashkilotining) budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida mahorat maktablarida oʻqitish samaradorligini baholash asosida qoʻshimcha ragʻbatlantirib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahorat maktablariga ularni tashkil etgan ijodkorlar faoliyat yuritadigan tashkilot obyektlaridan mahorat darslarini oʻtish uchun joy ajratiladi va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahorat maktablari xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar asosida ham tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bolalar va oʻquvchi-talabalarning teatr sanʼatiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun stol usti, barmoq, qoʻlqopli va qoʻgʻirchoqli kichik sahna koʻrinishlarini sahnalashtirish hamda bolalar ijodiy jamoalari faoliyati yoʻlga qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maktab teatr jamoalari tashkil etilsin hamda ular oʻrtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovi oʻtkazib borilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Tasavvur” qoʻgʻirchoq teatri toʻgaraklari tashkil etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida talabalar teatr-studiyalari faoliyati kengaytirilsin hamda ular oʻrtasida teatr-studiyalar respublika koʻrik-festivali oʻtkazib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirlarning yuqori bosqichlari teletanlov va tele-shou shaklida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirlarning respublika bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinni egallagan jamoalar tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 100, 70 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda bolalar va oʻquvchi-talabalarning yoshi, qiziqishlari, taʼlim-tarbiya olishi, ijodiy va intellektual rivojlanishini inobatga olib, 2025-yildan boshlab har yili 10 ta pyesa yaratib, ularning elektron toʻplamini tuzsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati boʻyicha badiiy kengash tugatilib, spektakllarning janri va mavzusini inobatga olgan holda ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari tashkil etilsin va ular faoliyatiga mutanosib ravishda haq toʻlab borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat teatrlarida bosh rejissor teatr badiiy kengashining rahbari hisoblansin (bundan badiiy rahbar lavozimi joriy etilgan teatrlar mustasno). Bosh rejissorning badiiy faoliyatiga teatr direktorining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri huzurida ushbu teatrning amaldagi shtat jadvali doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Teatr rejissorlari akademiyasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teatr rejissorlari akademiyasi Madaniyat vazirligiga tegishli binolar, teatr sahnalari, dekoratsiya va boshqa jihozlardan oʻquv maqsadlarida bepul foydalanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teatr rejissorlari akademiyasi davlat buyurtmasi asosidagi spektakllarni sahnalashtirish jarayoniga ijodiy koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teatr rejissorlari akademiyasida davlat teatrlari rejissorlari har ikki yilda, shu jumladan, yangi tayinlangan rejissorlar oʻz faoliyatini boshlashidan oldin kamida ikki oy davomida individual dastur asosida amaliy mashgʻulotlardan oʻtadi, shuningdek, ushbu dastur doirasida yangi janr va yoʻnalishlardagi spektakllarni sahnalashtirish amaliy tajribadan oʻtkaziladi. Teatr rejissorlari faqat Teatr rejissorlari akademiyasida malaka oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat teatrlarida bosh rejissorga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllash Teatr rejissorlari akademiyasi bilan majburiy tartibda kelishgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Teatr rejissorlari akademiyasi faoliyatini tashkil etsin, shuningdek, kelgusida uning samarali faoliyati olib borishiga har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Teatrlar faoliyatiga tahliliy baho berish va teatr tanqidchiligini ragʻbatlantirish maqsadida quyidagilar joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrshunoslik va sanʼatshunoslik yoʻnalishi doktorantlari hamda professor-oʻqituvchilarning har oyda kamida ikkita spektakl tomosha qilish va har chorakda kamida bir marotaba yangi spektakl koʻrigi va muhokamasida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir teatrga teatr tanqidchilari sifatida teatrshunos, sanʼatshunos, dramaturglarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatr tanqidchilari va dramaturglari klubini tashkil etish hamda har chorakda kamida bir marotaba badiiy tanqid va dramaturgiyani rivojlantirish boʻyicha davra suhbatlari, seminarlar va omma eʼtiborida boʻlgan sahna asarlari muhokamasini oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan teatr tanqidchiligini ragʻbatlantirish tartibini belgilasin. Bunda har bir yangi asar boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Teatrlarda davlat buyurtmasi asosida spektakllarni sahnalashtirish hamda tarixiy va zamonaviy mavzular boʻyicha sahna asarlarini yaratishni ragʻbatlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega asarlarini teatrlarda sahnalashtirish maqsadida inssenirovka uchun har yili 10 tagacha davlat buyurtmasi berib borilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili spektakllarni sahnalashtirish uchun nodavlat teatr va teatr-studiyalarga Madaniyat vazirligi tomonidan uning hisob-kitoblariga muvofiq davlat buyurtmasini berib borish yoʻlga qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yildan boshlab, har ikki yilda tarixiy va zamonaviy mavzular boʻyicha “Eng yaxshi pyesalar” tanlovi tashkil etilsin va tanlovda gʻolib deb topilgan 20 ta eng yaxshi pyesalar teatrlarda sahnalashtirilib, har bir yoʻnalish boʻyicha tanlov gʻoliblariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 barobarigacha miqdorda bir martalik mukofot puli berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar boʻyicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etilsin va tanlov gʻoliblariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 barobarigacha miqdorda bir martalik mukofot puli berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2027-yil yakuniga qadar madaniyat va sanʼat taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari uchun taʼlim jarayonida foydalanadigan 50 tagacha xorijiy adabiyotlarni davlat buyurtmasi asosida oʻzbek tiliga tarjima qilish amaliyoti joriy qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yildan boshlab, har yili 25 nafar ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlar teatrlarida mahoratini oshirishni yoʻlga qoʻyish tizimi joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki, 2025-yildan boshlab, Oʻzbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi hamda har yili 27-mart — Xalqaro teatr kunida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatr xodimlari milliy reytingga, shuningdek, Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadigan teatrlar ijodiy xodimlarining spektakl sahnalashtirish va ijro etish meʼyorlariga muvofiq holda ragʻbatlantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy reyting teatrlar va ularning ijodiy xodimlarining faoliyatini baholash hamda yil davomida namoyish etilgan sahna asarlariga tomoshabinlarning munosabatlari asosida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr — ibratxonadir” dasturi amalga oshirilsin. Belgilansinki, uning doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
spektakllarning chiptalariga chegirmalar taqdim qilish va aksiyalar oʻtkazish tavsiya etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda ijodiy uchrashuvlar va teatrlashtirilgan kompozitsiya namoyishlari yoki teatrlarga tashriflar tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilab qoʻyilsinki, teatrga tomoshabinlarni jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida 2025-yildan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrlar faoliyati, shu jumladan, ularda namoyish etilayotgan asarlarni reklama qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi asosida asarlarni yaratish uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlarining 10 foizigacha miqdorda mablagʻ yoʻnaltirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiptalarni realizatsiya qilishni autsorsing asosida amalga oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrning asosiy faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmagan holda savdo nuqtalarini, pulli xizmatlar koʻrsatish shoxobchalarini, shu jumladan, reklama vositalarini joylashtirishga, tashrif buyuruvchilar uchun “Sahna ortiga sayohat” mavzusidagi ekskursiyalarni tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrlar brendini yaratish, faoliyatini targʻib qilish, marketing va qoʻshimcha pulli xizmatlarni yoʻlga qoʻyishda xususiy sektor xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, davlat teatrlari tomonidan spektakl premyeralari kamida bir oy oldin eʼlon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Madaniyat vazirligining teatrlar faoliyatini ommalashtirish, ularga tashrif buyuruvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi orqali sotilgan teatr chiptalari asosida sovrinli oʻyinlar tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mamlakatimizda musiqali teatr sanʼatini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi hamda bu sohada erishayotgan ulkan yutuqlari uchun Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilansinki, 2026-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu teatrda jahonning nufuzli teatrlaridagi eng ilgʻor tajribalar asosida zamonaviy koʻrinishdagi spektakllar, tomosha dasturlarini namoyish etish hamda uni teatr texnologiyalari bilan jihozlash nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. 2025-yil 1-yanvardan boshlab 2026-yil 31-dekabrga qadar huquqiy eksperiment tariqasida Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi umumiy shtat birliklaridan koʻp boʻlmagan miqdorda va ish haqi fondi doirasida shtat birliklari soni va lavozimlar hamda Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish miqdorlari ushbu teatrlar tomonidan mustaqil belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijodiy jarayonlarga mahalliy va xorijiy yuqori malakali ijodkor va mutaxassislar ushbu teatrlar tomonidan jalb etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu teatrlar tomonidan teatrlar faoliyati bilan bogʻliq davlat xaridlari ular faoliyatining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrlar direktori, badiiy rahbari, bosh rejissori faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shtat lavozimlaridan oqilona foydalanish holatini oʻrganish, shuningdek, badiiy, boshqaruv va yordamchi xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu teatrlar tomonidan namoyish etiladigan spektakllari soni, tomoshabinlarni jalb qilish hamda mablagʻ ishlab topish rejasi 2024-yildagi koʻrsatkichlarni kamida 20 foizga oshirilgan holda bajarilishi belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu bandda nazarda tutilgan masalalar boʻyicha teatrlarga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vazirlar Mahkamasi 2025-yil sentabr oyiga qadar Toshkent shahrida davlat teatrlari uchun dekoratsiyalar va teatr jihozlarini saqlashga markazlashtirilgan ombor binosini belgilash, shuningdek, dekoratsiya va liboslar ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Madaniyat vazirligi va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan, teatrlarning faoliyati uchun zarur boʻlgan musiqa asbob-uskunalari, texnik jihozlar, dekoratsiyalar, chiroqlar, grim mahsulotlari va boshqa ashyolar 2030-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Madaniyat vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat teatrlarining bugungi zamonaviy va tez oʻzgarib borayotgan zamonda aholining madaniy ehtiyojlarini qanoatlantirish va maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni va ahamiyatini chuqur tahlil qilib, ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 22-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-399-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025 — 2028-yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va modernizatsiya qilishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MANZILLI DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Teatrlar nomi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbasi

Yangi qurilish

1.

Toshkent viloyatida koʻp funksiyali drama teatri

2025 — 2027-yillar

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Rekonstruksiya qilish

1.

Oʻzbekiston davlat satira teatri

2025-2026-yillar

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan

2.

Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri

3.

Andijon viloyati musiqali drama teatri

2026-2027-yillar

4.

Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri

5.

Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri

2027-2028-yillar

6.

Fargʻona viloyati rus drama teatri

7.

Samarqand viloyati rus drama teatri

2028-2029-yillar

Mukammal taʼmirlash

1.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri

2025-2026-yillar

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti

2.

Qoʻqon shahar musiqali drama teatri

2026-2027-yillar

3.

Buxoro viloyati musiqali drama teatri

2027-2028-yillar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: ushbu dasturga asosan yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan teatrlar binolari tomosha zallari akustika talablariga javob berishi, binolarni jihozlash ishlari zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilishi loyiha-smeta hujjatlarida alohida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teatr sanʼatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Hujjat shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

Buyuk tarixiy shaxslarning ibratli hayoti va ijodi, ularning bolaligi va yoshligini ifodalovchi milliy qahramon obrazlari bilan yangi sahna asarlari yaratish.

Bunda:

ushbu spektakllarni yillar kesimida sahnalashtirish rejasi Madaniyat vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash;

Madaniyat vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi mavzusini eʼlon qilish va gʻolib boʻlgan davlat teatrida spektakl sahnalashtirish;

teatr jamoalarini ushbu spektakllar bilan respublika boʻylab gastrol safarlariga yuborish.

Madaniyat vazirining buyrugʻi

2025-yil fevral oyidan boshlab, alohida reja asosida

2025-yilda Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari,

kelgusi yillarda Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

Insonning jamiyatdagi oʻrni va qadr-qimmatini targʻib etuvchi “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida yangi sahna asarlari yaratish.

Bunda:

“Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida yangi sahna asarlarini yaratishda buyurtmachi hisoblangan tegishli vazirlik va idoralar, Madaniyat vazirligi va spektakl sahnalashtiradigan davlat teatri bilan uch tomonlama shartnoma tuzish;

ushbu spektakllarni yillar kesimidagi sahnalashtirish rejasini Madaniyat vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash;

teatr jamoalarini ushbu spektakllar bilan respublika hududlari boʻyicha gastrol safarlariga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel oyidan boshlab, alohida reja asosida

Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Vazirlik va idoralar,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega asarlarini teatrlarda sahnalashtirish maqsadida inssenirovka uchun har yili 10 tagacha davlat buyurtmasi berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab doimiy ravishda

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov)

4.

Nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil mart

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Ushbu nizomga muvofiq, 2025-yildan boshlab har yili nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmalarini berib borish, ularni tegishli davlat teatrlarida namoyish etish.

2025-yildan boshlab,

har yili

5.

Musiqiy teatr, dramatik va qoʻgʻirchoq teatri rejissorligi yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilarining beshtagacha eng yaxshi bitiruv malakaviy ishlari uchun davlat buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Madaniyat vazirining buyrugʻi

2025-yil aprel

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

Ushbu nizomga muvofiq 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab, bitiruvchilarga malakaviy ishlari uchun davlat buyurtmasini berib borish hamda oʻquv-teatr studiyasi va tegishli davlat teatrlarida namoyish etish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab,

har yili

6.

Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti va sanʼat arbobi Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil aprel

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Rejissor — dramaturg — kompozitor — rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlik maydonini kengaytirishga qaratilgan “Nigoh” ijodiy loyihasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2025-yil fevral

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

(R. Abdullayev)

Ushbu nizomga muvofiq “Nigoh” ijodiy loyihasini 2025-yildan boshlab har yili avgust oyida tashkil etib borish.

2025-yildan boshlab,

har yili avgust oyida

8.

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi huzurida teatr tanqidchilari va dramaturglar klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasiga ajratiladigan mablagʻlar,

homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi

(Yo. Axmedov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov)

9.

Milliy akademik musiqa sanʼatini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida milliy kompozitorlar tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2025-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari,

homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

(R. Abdullayev)

Ushbu nizomga muvofiq tanlovni 2025-yildan boshlab, har ikki yilda oʻtkazib borish.

2025-yildan boshlab,

har ikki yilda

10.

Tarixiy va zamonaviy mavzular boʻyicha “Eng yaxshi pyesalar” tanlovi va jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar boʻyicha “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.

Madaniyat vazirining buyrugʻi

2025-yil aprel

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov)

Ushbu nizomlarga muvofiq tanlovlarni 2025-yildan boshlab har yili oʻtkazib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab har yili

11.

Adabiy qism mudiri lavozimi teatrlarning ijodiy ishlab chiqarish ishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, malaka talablarini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlash.

Bunda aholi, ayniqsa yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi oʻzgarishlarni bilishi, ularning turmush tarzi, xohishlari yuzasidan ular oʻrtasida muloqot va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish hamda teatrning repertuarini shakllantirish, zamonaviy milliy va jahonning eng ilgʻor dramaturgiyasi namunalarini izlab topish va tavsiya etish boʻyicha asosiy vazifalarni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

12.

Madaniyat va sanʼat taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari uchun taʼlim jarayonida foydalaniladigan 50 tagacha xorijiy adabiyotlarni davlat buyurtmasi asosida oʻzbek tiliga tarjima qilish amaliyotini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 — 2028-yillar

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

13.

25 nafar ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlar teatrlarida mahoratini oshirishni yoʻlga qoʻyish tizimini joriy qilish.

Bunda teatrlarda samarali faoliyat yuritib kelayotgan ijodiy va yordamchi xodimlarni malaka oshirishga yuborish va mazkur muddat yakunlangach, ularning xorijda qolib ketishining oldini olish hamda mamlakatimiz teatrlarida faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 — 2028-yillar

Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

14.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning teatr tomoshalari, kino namoyishlari va boshqa madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlariga tashriflarini tizimli tashkil etish, doimiy tahlilini yuritib borish maqsadida Yagona elektron tizim faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2025-yil yanvar

Tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Yoshlar ittifoqi

(X. Sattorov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov)

15.

Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati berilayotganligi munosabati bilan ushbu teatrlarga har tomonlama, xususan, spektakl namoyishlariga tomoshabinlarni jalb qilishda amaliy yordam koʻrsatib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvardan boshlab

Tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

vazirlik va idoralar,

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov)

16.

Oʻzbekiston teatr jamoalarining milliy reytingini baholash va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Madaniyat vazirining buyrugʻi

2025-yil fevral

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi

(Yo. Axmedov)

17.

Quyidagilarni:

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun stol usti, barmoq, qoʻlqopli va qoʻgʻirchoqli kichik sahna koʻrinishlari sahnalashtirish hamda bolalar jamoalarini tuzish;

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maktab teatr jamoalarini tashkil etish hamda ular oʻrtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovini oʻtkazish;

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Tasavvur” qoʻgʻirchoq teatri toʻgaraklarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab doimiy

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

18.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalar teatr-studiyalarini rivojlantirish hamda ular oʻrtasida teatr-studiyalar respublika koʻrik-festivalini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2025-yildan boshlab doimiy

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Turon” maktab teatri respublika tanlovi hamda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkaziladigan talabalar teatr-studiyalari respublika festivalining yuqori bosqichlarini teletanlov va tele-shou shaklida tashkil etish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2025-yildan boshlab doimiy

Tegishlicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev)

20.

Davlat teatrlarida sahna asarlarining badiiy saviyasi, sahnaviy talqini yuzasidan taklif va tavsiyalar berish maqsadida janr va mavzuni inobatga olgan holda ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil fevral

2025-yildan boshlab, Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari,

kelgusi yillarda Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

21.

Bolalar, oʻquvchi va talabalarning yoshi, qiziqishlari, taʼlim va tarbiya olishi, ijodiy va intellektual rivojlanishini inobatga olib, har yili 10 ta pyesa yaratish.

Ushbu pyesalarni Madaniyat vazirligi elektron tizimiga hamda boshqa tegishli axborot-resurs manbalariga belgilangan tartibda joylashtirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

22.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga boshqa hududlardan kelib teatrlarda faoliyat olib boradigan rejissorlarning har oylik turar joy ijarasi hamda oziq-ovqat uchun xarajatlarini qoplab berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab doimiy

Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

23.

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va teatr ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2025-yilda 1,0 mlrd, 2026-yilda 2,0 mlrd, 2027-yilda 2,0 mlrd soʻm miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatish.

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasining hududiy boʻlimlarini tegishli hududda joylashgan Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi

(Yo. Axmedov)

24.

“27-mart — Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etish hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan teatr xodimlarini munosib ragʻbatlantirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari,

teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

25.

Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatriga “Akademik” maqomi berilishi munosabat bilan teatrning ijodiy faoliyatini yanada kengaytirish.

Madaniyat vazirining buyrugʻi

2025-yildan boshlab doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, teatrning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

26.

Teatr sanʼati ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan taniqli ijodkorlar tavallud sanalarini keng nishonlash, ularning ijodini chuqur oʻrganish va targʻib etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

27.

Teatrlar binolarida imkoniyati cheklangan shaxslar harakatlanishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish maqsadida tiflosharhlovchi hamda surdotarjimon faoliyatini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 — 2030-yillarda

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

28.

“Yangi Oʻzbekiston teatrlari — uchinchi Renessans ostonasida” nomli kitob-albomini tayyorlash va chop etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil davomida

Madaniyat vazirligining budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

29.

Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatrining maʼmuriy-boshqaruv, badiiy rahbar hamda artist xodimlari ish haqini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

30.

Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri tomonidan teatrlar faoliyati bilan bogʻliq davlat xaridlarini ular faoliyatining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish boʻyicha tartibni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil fevral

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

31.

Davlat teatrlarining ijodiy faoliyati hamda xodimlarning mahoratini yanada yaxshilash, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadida xorijiy mamlakatlardan yetuk va malakali mutaxassislarni taklif etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil boshlab doimiy

Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

32.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida davlat teatrlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda ularga menejerlik sertifikatini berish tizimini joriy qilish.

Bunda davlat teatrlari direktorlari va oʻrinbosarlari hamda ushbu lavozimlarga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2025-yil yanvar

Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

33.

Teatrlar faoliyatiga tahliliy baho berish, spektakllar haqida maqola, retsenziyalar yozish, ijodkorlarning ijodiy portretlarini yaratishda teatr tanqidchiligini yanada rivojlantirish hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Madaniyat vazirining buyrugʻi

2025-yil fevraldan boshlab doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi

(Yo. Axmedov)

34.

Teatrlarning ijodiy faoliyati va tomoshalarini reklama qilish uchun keng qamrovli va doimiy PR strategiyasini amalga oshirish.

Bunda:

davlat teatrlarining mavjud rasmiy veb-saytlarini takomillashtirish, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini yanada yaxshilash;

teatrlar faoliyati boʻyicha videoroliklar va teatr hayoti haqida turkum koʻrsatuvlar tayyorlab ommaviy axborot vositalarida namoyishini tashkil etish;

Toshkent shahri va respublikaning turistik markazlarida teatrlar reklamasini joylashtirish;

teatrlar faoliyatini mahalliy telekanallar va respublikaning boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritish;

milliy aviakompaniyaning xorijiy va ichki reyslarining bort jurnallarida, shuningdek, aeroportlar, vokzallar va avtovokzallarning vestibyullari, kutish joylari, kirish-chiqish joylaridagi reklama joylarida teatrlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish;

aholi keng foydalanadigan Instagram, YouTube, Facebook va VKontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarda teatrlarning sahifalarini ochish;

ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega bloger va inflyuenserlarni jalb etgan holda teatrlar boʻylab maxsus ekskursiya tashkil etish va ularning ijtimoiy tarmoqlari orqali keng auditoriyaga namoyish etish;

teatrlarga oʻz faoliyatini yoritish uchun biletlar sotuvidan olingan mablagʻlar hisobidan ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet tarmogʻida reklama xizmatlarini tashkil qilish (SMM, target) uchun shartnomalar tuzishga ruxsat berish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari,

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan Airports” AJ

(J. Umarxodjayev),

“Uzbekistan Airways” AJ

(Sh. Xudoyqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

35.

Oʻzbek, qoraqalpoq va jahon mumtoz sanʼati anʼanalarini, xususan, teatr sanʼatini yanada rivojlantirish va targʻib qilishda “Qoraqalpogʻiston sanʼat saroyi” davlat muassasasi rolini oshirish maqsadida ushbu muassasa xodimlarining ish haqi miqdorlarini 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 foizga, 2025-yil 1-iyuldan boshlab — yana 15 foizga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil 1-yanvar

2025-yil 1-iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov)

36.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining balet polini taʼmirlash hamda gastrollar uchun koʻchma balet pol yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G. Umerova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

37.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga balet maktabi uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G.  Umerova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

38.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrini musiqa cholgʻulari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G.  Umerova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son qaroriga 35-ilovaning izoh qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini saqlab turish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal xarajatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab boriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-112-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“21. Madaniyat vazirligi tizimidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktori, direktor oʻrinbosarlari, oʻqituvchi va konsertmeysterlarining ish haqi miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab 10 foizga oshirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-fevraldan boshlab kommunal xizmatlardan foydalanish boʻyicha belgilangan har oylik xarajatlar limiti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-fevralga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bolalar musiqa va sanʼat maktablarida ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur mablagʻlar bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari, barcha toifadagi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirib borish, oʻquvchi, oʻqituvchi va konsertmeysterlarni respublika hamda xalqaro tanlovlar, festivallar, ijodiy mashgʻulotlarga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bolalar musiqa va sanʼat maktablarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan kommunal toʻlovlar boʻyicha har oylik limitni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandning ijrosi uchun talab etiladigan xarajatlar Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun kommunal xizmatlardan foydalanish boʻyicha belgilangan limitdan ortiq sarflangan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar ota-onalar badali toʻlovlari hisobidan moliyalashtiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi “Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-64-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “toʻrtta” soʻzi “ikkita” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “har yili” soʻzlari “har ikki yilda bir marotaba” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri tomonidan 2022 — 2026-yillarda eng sara milliy, jahon opera va balet asarlarini sahnalashtirish repertuar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Spektakllar nomi

Muddati

1.

“Alisher Navoiy” operasi, M. Bafoyev

2022-yil

2.

“Jaloliddin Manguberdi” baleti, R. Abdullayev

3.

“Maskarad bali” operasi, J. Verdi

2023-yil

4.

“Shoir qalbi” operasi, M. Ashrafiy

5.

“Yevgeniy Onegin” operasi, P. Chaykovskiy

2024-yil

6.

“Oqqush koʻli” baleti, P. Chaykovskiy

7.

“Kashmir afsonasi” baleti, G. Mushel

2025-yil

8.

“Don Juan” operasi, V. Motsart

9.

“Asilzoda xonim” baleti, P. Chaykovskiy

2026-yil

10.

“Zolushka” baleti, S. Prokofyev

11.

“Sevgi tumori” baleti, M. Ashrafiy

2027-yil

12.

“Romeo va Julyetta” operasi, Sh. Guno

13.

“Spartak” baleti, A. Xachaturyan, Yu. Grigorovich

2028-yil

14.

“Zaynab va omon” operasi, T. Sodiqov, B. Zeydman, Yu. Rajabiy, D. Zakirov

15.

“Korsar” baleti, A. Adan

2029-yil

16.

“Bobur” operasi, (tanlov)

17.

“Alpomish” operasi, X. Rahimov

2030-yil

18.

“Nasriddinning yoshligi” baleti, S. Yudakov

19.

“Turandot” operasi, Puchchini

2031-yil

20.

“Raymonda” baleti, A. Glazunov

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: zaruratga koʻra Madaniyat vazirligi yoki Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda ushbu rejaga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

B.B. Siddiqov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

G.O. Umerova

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

A.B. Tadjixanov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

A.X. Xursanov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ raisi

5.

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ raisi

6.

O.E. Musayev

Oʻzbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

7.

R.A. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

8.

R.B. Usmonov

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi raisiga Vasiylik kengashi tarkibiga boshqa homiylar, metsenat va tadbirkorlik subyektlarini ularning tashabbusi asosida kiritish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 6-ilovaning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 7-ilova quyidagi mazmundagi 20-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

20.

Temiryoʻlchilar madaniyat saroyi

Andijon viloyati,

Andijon shahri,

Mustaqillik MFY,

Istiqlol koʻchasi, 7-uy

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Andijon viloyati yoshlar teatri

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2024-y., 07/24/399/1000-son)