25.10.2024 yildagi 706-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Autstaffing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosi yuzasidan hamda aholini ish bilan taʼminlashning ilgʻor shakllarini rivojlantirish orqali aholi bandligini yanada oshirish va tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasida autstaffing xizmatlarini koʻrsatish tartibi va autstaffing xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlarining roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxati 14-bandida aholini ish bilan taʼminlashning ilgʻor shakllarini rivojlantirish orqali bandlikni yanada kengaytirish va tadbirkorlik subyektlari uchun imkoniyatlar yaratish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Autstaffing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstaffing xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstaffing shartnomasining shartlari, ushbu shartnoma boʻyicha autstaffer tomonidan yuborilgan xodimlar bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 25-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
706-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-oktabrdagi 706-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autstaffing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom yuridik shaxslar tomonidan boshqa yuridik shaxslarga autstaffing xizmatlari koʻrsatilishi tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstaffer — belgilangan tartibda autstaffing xizmatlarini koʻrsatish uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan autstaffing shartnomasini tuzgan yuridik shaxs (ish beruvchi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstaffing xizmati — autstaffer tomonidan oʻz xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga (qabul qiluvchi tashkilotga) ushbu xodimlar tomonidan autstaffer va uning xodimi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida hamda jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtincha yuborish yoʻli bilan koʻrsatiladigan xizmat turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstaffing shartnomasi — qonunchilikka muvofiq autstaffer va qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida xodimlarni vaqtincha ish bilan taʼminlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma. Bunda shartnomaga muvofiq autstaffer oʻz xodimlarining roziligi bilan qabul qiluvchi tashkilotning manfaatlari, boshqaruvi va nazorati ostida ushbu xodimlarni mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtincha yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qiluvchi tashkilot — autstaffer bilan autstaffing shartnomasini tuzgan yuridik shaxs. Bunda shartnomaga muvofiq qabul qiluvchi tashkilot vaqtincha oʻz manfaatlari nuqtai nazaridan oʻz boshqaruvi va nazorati ostida yuborilgan xodimlarning mehnatidan foydalanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodim — mehnat shartnomasi tuzilgan holda autstafferning shtatida turib, autstaffing tartibida qabul qiluvchi tashkilotning boshqaruvi va nazorati ostida uning manfaatlari uchun ishlashga yozma rozilik bergan xodim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Autstaffer tomonidan oʻz xodimlarining mehnat vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarish uchun yuborilishi bilan bogʻliq autstaffing xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Autstaffing xizmatlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Autstaffing shartnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Autstaffer qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qiluvchi tashkilot bilan autstaffing shartnomasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qabul qiluvchi tashkilotga autstaffer tomonidan kasbiy malaka talablariga muvofiq zarur miqdordagi xodimlarning ishga yuborilishi autstaffing shartnomasining predmeti hisoblanadi va pulli xizmatlar koʻrsatilishi aniq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Autstaffing shartnomasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) autstafferning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning roziligi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, shuningdek, mehnat qonunchiligi hamda ushbu mehnat shartnomalari shartlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qiluvchi tashkilotlarga tegishli malakaga ega boʻlgan va zarur miqdordagi xodimlarni yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlar ish joylariga oʻz vaqtida kelishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarga ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarni qonunchilik hujjatlarida hamda ichki hujjatlarda (jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi va boshqalar) nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va boshqa toʻlovlar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarning qonunchilik hujjatlarida, jamoa kelishuvida, jamoa shartnomasida va mehnat shartnomasida belgilangan tartibda hamda muddatlarda dam olishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzishda qabul qiluvchi tashkilotga oid tijorat va xizmat maʼlumotlari (axborotlari) qabul qiluvchi tashkilotning ruxsatisiz oshkor etilmasligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qabul qiluvchi tashkilotning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarni ish bilan taʼminlash va ish vaqti rejimiga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarni mehnatni tashkil etish talablari, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi hamda boshqa zarur talablar bilan tanishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarni mehnat vazifalarini bajarishi uchun talab qilinadigan malakaga muvofiq zarur boʻlgan asbob va uskunalar, texnik hujjatlar hamda boshqa vositalar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarning mehnatni muhofaza qilish normativ talablariga muvofiq boʻlgan mehnat xavfsizligi va shart-sharoitlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlar mehnatini boshqarish, shu jumladan, mehnatni tashkil etish, ish vaqtini hisobga olish va mehnat meʼyorlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstafferga yuborilgan xodimlar mehnatidan qabul qiluvchi tashkilot tomonidan amalda foydalanishning muvofiqligi, shuningdek, mehnat qonunchiligi normalariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autstaffing shartnomasining taraflari qonunchilik hujjatlarida yoki shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan boshqa, shuningdek, autstaffing shartnomasi orqali xodim qabul qiluvchi tashkilotga yuborilganda, uning yashash joyi bilan bogʻliq xarajatlarni bartaraf etish hamda farzandlarining taʼlim (davlat umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim tashkiloti) bilan taʼminlanishi kabi majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Autstaffing xizmatlari uchun toʻlov autstafferga qabul qiluvchi tashkilot tomonidan toʻlanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarning ish haqi, ish haqiga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlar va nafaqalarni toʻlash uchun autstafferning xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstaffing xizmatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan autstafferning qoʻshimcha xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autstafferning koʻrsatilgan xizmat uchun tadbirkorlik daromadlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autstaffing shartnomasida autstaffing xizmatlari uchun toʻlovlarni toʻlash tartibi (hisob-kitob qilish tartibi, davriyligi va boshqalar) koʻzda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Autstaffing shartnomasida autstaffer tomonidan qabul qiluvchi tashkilot manfaatlari uchun ishlarni bajarishda xodimlarni yuborish muddati, shuningdek, qabul qiluvchi tashkilotga yuborilgan xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etishi ustidan autstaffer tomonidan nazorat mexanizmlari belgilab qoʻyilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shartnomaga ilova sifatida yuborilgan xodimlar boʻyicha maʼlumotlar, ularning malakasini koʻrsatgan holda ish turlari roʻyxati va autstaffing shartnomasi shartlarini aniq koʻrsatadigan boshqa maʼlumotlar boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Autstaffing shartnomasi boʻyicha qabul qiluvchi tashkilotga yuborilgan xodim bilan mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan autstafferning majburiyatlari, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi, mehnat taʼtili toʻlovi va mehnatga vaqtincha qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligi bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari va mehnat shartnomasiga asosan xodimga tegishli boʻlgan boshqa toʻlovlar toʻgʻrisida qabul qiluvchi tashkilot subsidiar javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Autstaffing shartnomasi taraflarning kelishuvi yoki shartnomaning oʻzida nazarda tutilgan shartlar asosida bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Autstaffing shartnomasi boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Autstaffing shartnomasi boʻyicha quyidagi ishlar bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuqori xavfli obyektlar (uskunalar) sifatida tasniflangan obyektlar va uskunalar, shu jumladan, portlash va yongʻin xavfi bor, agressiv (tajovuzkor) va (yoki) radioaktiv xavfli asbob-uskunalar boʻyicha ishlarni bajarishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qiluvchi tashkilotida toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish ishlari bajarilganda, ish joylarini saqlab qolish uchun toʻliq boʻlmagan ish vaqtini kiritganda, shuningdek, xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod qilish xavfi mavjud boʻlgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik hujjatlarida xodimlarni autstaffing xizmatlarini koʻrsatish tartibida yoʻnaltirish boʻyicha boshqa cheklovlar ham koʻzda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Autstaffing shartnomasi orqali xodimlarni qabul qiluvchi tashkilotga yuborish muddati bir kalendar yil davomida toʻqqiz oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning kelishuvi va xodimning roziligi bilan ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Autstaffing shartnomasi boʻyicha autstaffer tomonidan yuborilgan xodimlar bilan mehnat munosabatlarini tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Autstaffer xodimni autstaffing shartnomasi boʻyicha qabul qiluvchi tashkilotga ishlashga yuborganda, xodim va autstaffer oʻrtasidagi mehnat munosabatlari davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Autstaffing shartnomasi asosida xodimlarni qabul qiluvchi tashkilotga yuborish autstaffer va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasidagi autstafferning majburiyatlarini bajarish javobgarligidan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qabul qiluvchi tashkilotga ishlashga yuborilgan xodim bilan autstaffer tomonidan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning autstaffer buyrugʻi bilan qabul qiluvchi tashkilotning manfaatlari, boshqaruvi va nazorati ostida maʼlum bir mehnat vazifasining xodim tomonidan bajarilishi shartini oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Autstaffer tomonidan qabul qiluvchi tashkilotga yuborilgan xodimlar ish haqi va mehnat sharoitlari xuddi shunday mehnat vazifalarini bajaradigan va bir xil malakaga ega boʻlgan qabul qiluvchi tashkilot xodimlarining ish haqi va mehnat sharoitlaridan past (yomon) boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xodim va autstaffer oʻrtasidagi yakka tartibdagi mehnat munosabatlari davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda xodimning mehnat daftarchasiga (elektron mehnat daftarchasiga) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimning iltimosiga binoan qabul qiluvchi tashkilotdagi mehnat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xodimning mehnat daftarchasiga (elektron mehnat daftarchasiga) autstaffer tomonidan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Autstaffer tomonidan yuborilgan xodimlarning autstaffing tartibida ishlashiga oid maʼlumotlar (mehnat shartnomasi, qoʻshimcha kelishuv, buyruq raqami va sanasi, qabul qiluvchi tashkilot nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), xodimlarni qabul qiluvchi tashkilotga yuborish muddati) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi autstafferlar va yuborilgan xodimlarga oid maʼlumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazilishini, ushbu Nizom va boshqa mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yuborilgan xodimlar qabul qiluvchi tashkilotning mehnatni tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligi va mehnat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa talablarga rioya qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qabul qiluvchi tashkilotda yuborilgan xodim bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taqdirda, ushbu tashkilot tomonidan autstaffer vakilining majburiy ishtirokida baxtsiz hodisani tekshirish uchun komissiya tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Davlat tashkilotlari qabul qiluvchi tashkilot boʻlgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarning malaka talablari ushbu xodim tomonidan vazifasini bajaradigan kasb (lavozim) uchun qonunchilikda belgilangan malaka talablariga mos boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuborilgan xodimlarni shtatlar jadvalida belgilangan xodimlar soni doirasida qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Autstaffer va xodim oʻrtasidagi mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autstaffing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autstaffing xizmatlarini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qabul qiluvchi tashkilot (yuridik shaxs)

1. Autstaffing asosida qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha xodimlarga boʻlgan ehtiyojni xodimlar soniga qarab belgilaydi.

2. Autstaffing xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha autstafferga taklif (oferta) bilan murojaat qiladi.

Zaruratdan kelib chiqib

2-bosqich

Autstaffer, qabul qiluvchi tashkilot

Autstaffing shartnomasini tuzadi.

Kelishuv asosida

3-bosqich

Autstaffer

Autstaffer shtatidagi xodimlar bilan qabul qiluvchi tashkilotda ishlarni autstaffing tartibida amalga oshirish uchun mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvlar (mehnat shartnomasiga ilova) tuzadi.

Zaruratga koʻra keyinchalik qabul qiluvchi tashkilotga joʻnatish uchun talab qilinadigan malakaga ega qoʻshimcha xodimlarni jalb qiladi.

Zaruratga koʻra shartnomaga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga yuboriladigan xodimlarning roʻyxatini shakllantiradi.

Autstaffing shartnomasida nazarda tutilgan muddatda

4-bosqich

Autstaffer

Xodimlarni qabul qiluvchi tashkilotga yetkazib beradi.

Zaruratga koʻra qabul qiluvchi tashkilotga yuborilgan xodimlar tomonidan mehnat shartnomasi va qoʻshimcha kelishuv shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.

Har bir qabul qilingan xodim uchun ishlagan vaqti va ish haqi toʻgʻrisida hisobot tuzadi

5-bosqich

Qabul qiluvchi tashkilot

1. Har bir yuborilgan xodim uchun ishlagan vaqti va ish haqi toʻgʻrisida hisobot tuzadi.

Har oyda

2. Autstaffing shartnomasiga muvofiq autstafferga xizmatlari uchun toʻlovni amalga oshiradi.

Autstaffing shartnomasidagi shartlarga muvofiq

6-bosqich

Autstaffer

Qabul qiluvchi tashkilotga yuborilgan xodimlarga ish haqi toʻlaydi.

Har oyda kamida 2 marotaba

7-bosqich

Autstaffer, qabul qiluvchi tashkilot

1. Bajarilgan ishlarning dalolatnomasini tuzadi.

2. Talabnoma yuboradi.

3. Autstaffing shartnomasi shartlariga muvofiq toʻliq hisob-kitobni amalga oshiradi.

Autstaffing shartnomasi muddati tugagandan 10 kundan kechikmay

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 09/24/706/0853-son)