Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-157-son Farmoniga
ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Raqamli texnologiyalar sohasidagi eksport qiluvchi kompaniyalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | ||||
1. | IT sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy kompaniyalarni jahon bozoriga olib chiqish. | 1. Jahon IT-bozorini oʻrganish, mahalliy kompaniyalarni ushbu bozorga olib chiqish boʻyicha samarali marketing strategiyalari ishlab chiqish uchun nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish. | 2025-yil 1-fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park |
2. Mahalliy bozorga xizmat koʻrsatuvchi IT-kompaniyalarning xalqaro koʻrgazma va konferensiyalarda ishtirokini tashkil etish. | Tadbirlar oʻtkazish rejasiga muvofiq | |||
3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yirik xalqaro kompaniyalar, mahalliy uyushmalar, tadbirkorlar va akseleratorlar bilan biznes aloqalar oʻrnatish. | 2025-yil 15-iyul | |||
2. | Xorijda faoliyat yurituvchi IT sohasidagi yirik kompaniyalarni Oʻzbekistonda yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida xabardor qilishga qaratilgan loyihani amalga oshirish. | 1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Yuqori salohiyatga ega yirik IT va autsorsing kompaniyalari roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil 15-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, IT-park |
3. Xalqaro darajada yuqori nufuzga ega xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish (videolar, maqolalar va boshqa axborot materiallari). | 2025-yil davomida | |||
3. | Mazkur Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari yuzasidan Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 1. Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 15-noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2024-yil 15-dekabr | |||
3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-yanvar | |||
4. | Xalqaro IT-bozorida faoliyat koʻrsatuvchi xorijiy korxonalarni mamlakatimizga jalb qilish va ularning eksport faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, mahalliy IT-kompaniyalarni jahon bozoriga olib chiqish ishlarini jadallashtirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Belgiya, Yaponiya, Xitoy hamda Koreya Respublikasidagi elchixonalari (vakolatxonalari)ga xizmat safariga yuborish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning yuqori malakali xodimlari roʻyxati va tashriflarning kalendar rejasini shakllantirish. | 2024-yil 30-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Mazkur xodimlar roʻyxati va kalendar reja loyihasini Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish hamda tasdiqlash. | 2025-yil 20-fevral | |||
3. Tasdiqlangan roʻyxat va kalendar rejaga asosan Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini xizmat safariga yuborish. | 2025-yil davomida | |||
5. | IT-kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlashga oid dastur va loyihalar asosida qoʻllangan choralar, shuningdek, tegishli roʻyxat va reytinglarni Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy veb-saytida alohida boʻlim shaklida eʼlon qilib borish. | IT sohasidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va loyihalar asosida koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash choralari yuzasidan maʼlumotlar (tashkilotlar kesimida), Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan yuritilishi belgilangan roʻyxatlar va reytinglarni vazirlikning rasmiy veb-saytida alohida boʻlimda eʼlon qilib borish. | 2025-yil 1-yanvardan boshlab | Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park |
II. Dasturiy mahsulotlar, IT va masofaviy xizmatlar eksporti bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga taqdim etilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish | ||||
6. | IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirish ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatini kengaytirish. | 1. IT-park rezidentlariga quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish ruxsat etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish: axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim xizmati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadning 40 foizdan oshmagan holda ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham oʻqitish; Internet jahon axborot tarmogʻi orqali axborot xizmatlarini (biznes-jarayonlari autsorsingi) eksport qilish faoliyati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadining 40 foizidan oshmagan holda biznes-jarayonlari autsorsingi boʻyicha taʼlim faoliyatini ham amalga oshirish; Internet jahon axborot tarmogʻi orqali eksport qilinayotgan xizmatlar doirasida chet davlatlarga bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlari. | 2024-yil 15-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2024-yil 25-dekabr | |||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 10-yanvar | |||
7. | “IT-visa” berish tartibini takomillashtirish. | 1. Oliy taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilari, shuningdek, IT-park rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga ham “IT-visa” berish tizimini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 25-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil 25-fevral | |||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. | 2025-yil 25-mart | |||
8. | IT-park faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish. | 1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va IT-park rezidentlari uchun amalga oshirish ruxsat etilgan faoliyat turlarini tahlil qilish. | 2025-yil 1-mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park |
2. Nizom hamda amalga oshirish ruxsat etilgan faoliyat turlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. | 2025-yil 1-iyun | |||
3. Takliflar asosida amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-iyul | |||
9. | Raqamli texnologiyalar sohasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirish. | 1. Dasturni amalga oshirish tartibi, shu jumladan, unda ishtirok etish, IT-park rezidentlari boʻlgan raqamli texnologiyalar sohasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan amalga oshirish ruxsat etiladigan faoliyat turlarini tasdiqlash hamda ushbu dasturni moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 25-oktabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi |
2. Hukumat qarori loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2024-yil 5-noyabr | |||
3. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 15-noyabr | |||
10. | IT sohasidagi eksport salohiyatini oshirish uchun xalqaro darajadagi malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish doirasida maqsadli qarzlar ajratish tizimini takomillashtirish. | 1. IT-park rezidentlariga ikki yil ichida IT sohasidagi eksport hajmini kamida 30 foizga oshirish sharti bilan yosh mutaxassislarga axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash hamda xorijiy tillar boʻyicha taʼlim olish uchun maqsadli qarz ajratish tartibi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 556-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park |
2. Hukumat qarori loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil 15-aprel | |||
3. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-may | |||
11. | Hududlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish oʻrinlari va zamonaviy kasblar bilan taʼminlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk), shuningdek, mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash loyihasini (Local to Global) takomillashtirish. | 1. Zero-Risk dasturi va Local to Global loyihalari amalga oshirilishi holatini tahlil qilish. | 2025-yil 15-yanvar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park |
2. Dastur va loyihani amalga oshirish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. | 2025-yil 1-mart | |||
3. Takliflar asosida amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish. | 2025-yil 1-aprel | |||
12. | IT-park rezidentlariga korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlari uchun toʻlovlarni mazkur qarorning 3-bandida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshirishga ruxsat berish boʻyicha tartibni amaliyotga joriy etish. | 1. IT-park rezidentlariga korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat berish tartibi yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Hukumat qarori loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2024-yil 1-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank |
3. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | |||
13. | IT-park rezidentlari tomonidan reklama xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish uchun xalqaro miqyosda 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega Internet jahon axborot tarmogʻidagi xorijiy axborot resurslari (shu jumladan, veb-saytlar, platformalararo resurslar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar) roʻyxatini tasdiqlash. | 1. Xalqaro miqyosda 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega Internet jahon axborot tarmogʻidagi xorijiy axborot resurslari (shu jumladan, veb-saytlar, platformalararo resurslar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar) roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil 1-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqobat qoʻmitasi |
2. Roʻyxatni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2024-yil 15-noyabr | |||
3. Roʻyxatni Hukumat komissiyasiga kiritish. | 2025-yil 1-dekabr | |||
14. | IT-park rezidentlariga ruxsat etilgan korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlaridan foydalanish toʻlovlari boʻyicha tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish. | 1. Tajriba-sinov asosida amalga oshirilgan ishlar natijalarini tahlil qilish. | 2026-yil 1-yanvar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, |
2. Tahlillar asosida tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil 1-fevral | |||
III. Dasturiy mahsulotlar, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy hamda IT-xizmatlar eksporti targʻibotini kuchaytirish | ||||
15. | Startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kengaytirish. | 1. Istiqbolli startap loyihalari va muvaffaqiyatga erishgan IT-park rezidentlari roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil 25-yanvar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, IT-park |
2. IT-park rezidentlari va istiqbolli startap loyihalari toʻgʻrisida mediamahsulotlar tayyorlash. 3. Tayyorlangan mediamahsulotlarni xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish. 4. IT-park rezidentlarining xalqaro koʻrgazma va forumlarda ishtirokini tashkil etish hamda xalqaro maydonda rezidentlar eʼtirofiga erishish. | 2025-yil davomida | |||
16. | Mahalliy bozorga eʼtiborni kuchaytirish hamda xorijiy kompaniyalarni jalb qilish maqsadida IT-xizmatlar autsorsingi boʻyicha xalqaro tadbirlarni tashkil etish. | 1. IT-autsorsing yoʻnalishida xalqaro darajadagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafikni tasdiqlash. | 2025-yil 1-fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Tegishli tadbirlarni tashkil etish, bunda IT sohasidagi yetakchi xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni taklif qilish. | Reja-grafikka asosan | |||
17. | Raqamli texnologiyalar sohasidagi yirik xorijiy kompaniyalarni Oʻzbekistonda faoliyat yuritishga qiziqtirish va ularni mamlakatda yaratilgan sharoitlar haqida xabardor qilish. | 1. Raqamlashtirish sohasidagi xorijiy kompaniyalar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarni (biznes-tur) tashkil etish va ularda Oʻzbekiston haqida ijobiy fikr shakllantirish. 2. Tashriflar doirasida yirik xorijiy kompaniyalar va faoliyati eksportga yoʻnaltirilgan IT-park rezidentlari oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish. | 2024-yil 15-noyabrdan boshlab | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
18. | Xorijiy kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish boʻyicha chet davlatlarda xalqaro konferensiyalar oʻtkazish. | 1. Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan hamkorlikda konferensiya tashkil etish va xalqaro IT-autsorsing kompaniyalarini jalb qilish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 2. Tadbirni targʻib qilish va sohaning asosiy ishtirokchilari bilan aloqalarni oʻrnatishda diplomatik missiyalarning faol ishtirokini taʼminlash. 3. Xorijiy kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish boʻyicha chet davlatlarda xalqaro konferensiyalar oʻtkazish. | Alohida reja grafik asosida | Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |