02.10.2024 yildagi 619-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga ambulator tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish, sohaga bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish hamda kasalliklarni davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga asosan 2022-yildan Sirdaryo viloyatida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qaroriga asosan 2023-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida aholining eng koʻp murojaatlariga sabab boʻlgan surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan bemorlarni reimbursatsiya dasturi doirasida 11 turdagi dori vositalari bilan taʼminlash tizimi tajriba-sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokor tomonidan reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalarini tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan dori vositalarini bemorlarga bepul berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan berilgan dori vositalari qiymatini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda reimbursatsiya dasturini davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept boʻyicha davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketiga kiritilgan dori vositalari bemorlarga dorixonalar tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida bepul beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari boʻyicha dorixonalarning xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali qoplab beriladi. Bunda Jamgʻarma bilan dorixonalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi va dorixonalarning xarajatlarini qoplash uchun toʻlovlar gʻaznachilik xizmati organlari orqali yuridik majburiyat rasmiylashtirilgan holda har oyda kamida bir marotaba moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reimbursatsiya dasturini amalga oshirishda bemor yoki uning qonuniy vakilining mobil telefon raqamiga yuboriladigan SMS-xabarlar boʻyicha xarajatlar reimbursatsiya dasturiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalarining chakana savdoda mavjudligi (defektura) yuzasidan doimiy monitoring oʻtkazib borsin hamda monitoring natijalarini har oyning 5-sanasiga qadar Jamgʻarmaga taqdim etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qarorga muvofiq davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlari, shu jumladan reimbursatsiya dasturini joriy qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 2-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
619-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom aholiga ambulator tibbiy yordam koʻrsatishda dori taʼminoti shaffofligi va natijadorligini taʼminlash maqsadida dori vositalarining chakana savdosi bilan shugʻullanish uchun tegishli litsenziyaga ega hamda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga (keyingi oʻrinlarda — dorixona) nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ambulator tibbiy yordam — kechayu-kunduz kuzatuvga muhtoj boʻlmagan bemorlarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy faoliyatdagi hayʼat (keyingi oʻrinlarda — DFH) — davolash-profilaktika muassasalarida standartlar va klinik protokollar asosida kasalliklarni tashxislash va davolash uchun zarur boʻlgan dori vositalari, tibbiy jihozlar, sarflov materiallari, tibbiy asbob-uskunalar hamda reagentlarni xarid qilish, tarqatish va ulardan samarali foydalanish, shuningdek, elektron retseptlarni tasdiqlashga masʼul tuzilma;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi (keyingi oʻrinlarda — XPN) — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasining (substansiya) nomi. XPN orqali dori vositasi identifikatsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reimbursatsiya dasturi — bemorlarni ambulator sharoitda davolash uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Jamgʻarma tomonidan qoplash dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) — tibbiyot tashkilotlariga murojaat qilgan aholining salomatligi, shifokor koʻrigi va instrumental-laborator tekshiruvlar natijalarini aks ettirish, jamlash hamda tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yaratishni va ularning avtomatlashtirilgan aylanmasini taʼminlaydigan elektron tizim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro kasalliklar tasnifi (keyingi oʻrinlarda — XKT) — kasalliklar va sogʻliq bilan bogʻliq boshqa muammolarning xalqaro statistik tasnifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron axborot dasturi (keyingi oʻrinlarda — axborot dasturi) — reimbursatsiya dasturi va elektron retsept bilan bogʻliq barcha jarayonlarni boshqarish, maʼlumot almashish, tegishli hisobotlarni shakllantirish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi axborot dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron retsept — shifokor tomonidan dorixonaning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisiga dori vositasini berish hamda uni qoʻllash usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan elektron hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniy vakil — bemorning oila aʼzosi yoki bemorga vasiylik qilishga tayinlangan shaxs (ijtimoiy xodim);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
cheklangan qoplash qiymati — reimbursatsiya dasturi asosida berilayotgan dori vositasining XPN, shakli va dozasi boʻyicha har bir birligi uchun qoplab berilish mumkin boʻlgan eng yuqori summa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizom talablari asosida beriladigan dori vositalari roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiy amaliyotda foydalanish uchun tasdiqlangan va Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati davomida ishlab chiqarilgan tayyor dori vositalari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi, ularning cheklangan qoplash qiymatini belgilash va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositasining XPN, shakli va dozasi uchun cheklangan qoplash qiymati Jamgʻarma huzurida tashkil etiladigan komissiya tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari boʻyicha dorixonalarning xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma tomonidan cheklangan qoplash qiymati doirasida qoplab beriladi. Bunda dorixonalarning xarajatlarini qoplash uchun toʻlovlar gʻaznachilik xizmati organlari orqali yuridik majburiyat asosida har oyda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Reimbursatsiya dasturining budjeti Jamgʻarmadan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga ajratilgan mablagʻlarning 10 foizigacha miqdorida belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/19/0067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Reimbursatsiya dasturi doirasida elektron retseptlar toʻgʻri va asosli shakllantirilishi, dorixonalarga uzatilishi, ular asosida dori vositalarining berilishi hamda berilgan dori vositalari boʻyicha xarajatlar qoplanishini nazorat qilish Jamgʻarma tomonidan axborot dasturi orqali yoki tegishli muassasa (dorixona)ga tashrif buyurgan holda birlamchi hujjatlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Jamgʻarmaga shaxsga doir maʼlumotlarni, shu jumladan, barcha tibbiy maʼlumotlarni axborot tizimidan toʻgʻridan-toʻgʻri olish va qayta ishlash vakolati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Reimbursatsiya dasturi doirasida elektron retsept bilan bogʻliq jarayonlarni boshqarish, maʼlumot almashish, tegishli hisobotlarni shakllantirish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi axborot dasturi Jamgʻarma tomonidan joriy etiladi va boshqariladi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan oʻrnatilgan tartibda integratsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Reimbursatsiya dasturi doirasida beriladigan dori vositalarining davlat roʻyxatidan (shu jumladan qayta roʻyxatdan) oʻtganlik sertifikatini amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, foydalanishi taqiqlangan hamda qaytarilgan yoki karantinga oʻtkazilgan dori vositalarining miqdori (partiyasi) yoki qatori (seriyalari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot dasturiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining axborot tizimi orqali oʻzaro integratsiya asosida avtomatik tarzda uzatilishi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Reimbursatsiya tizimida dorixonalarning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Reimbursatsiya tizimida ishtirok etadigan dorixonalarga mazkur dastur asosida beriladigan dori vositalarining doimiy mavjud boʻlishini kafolatlash va chakana savdo tarmoqlarida uzluksiz mavjudligini taʼminlash masʼuliyati yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda dorixona dori vositalarining yetkazib berilishidagi uzilish holatlari toʻgʻrisida Jamgʻarmani yetti kun avval xabardor qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tayinlangan dori vositasining elektron retseptda koʻrsatilgan XPN, shakli va dozasiga mos holda hamda sotuvda mavjud reimbursatsiya dasturiga kiritilgan dori vositalarining eng past cheklangan qoplash qiymati doirasida berilishiga dorixona xodimi (farmatsevt) javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jamgʻarma bilan tuzilgan shartnomaga asosan dorixona axborot tizimiga ulanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Dorixona shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida reimbursatsiya tizimida ishtirok etuvchi oʻz filiallari hamda axborot dasturida ishlashga ruxsat berilgan xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Reimbursatsiya dasturini tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, Jamgʻarma bilan dorixonalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻladi. Koʻrsatilgan hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Jamgʻarma dorixonalarni yozma yoki elektron shaklda besh ish kuni ichida ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Dorixona tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari uchun bemordan toʻlov olinganligi hamda reimbursatsiya dasturi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlanganda Jamgʻarma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi marotaba — ogohlantirish berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi marotaba — bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilgan holda dorixonani reimbursatsiya dasturidan chiqarish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda reimbursatsiya dasturidan chiqarilgan dorixona xodimlarining axborot dasturiga kirishi toʻxtatiladi va xabarnoma berilgan kundan keyin berilgan dori vositalari uchun toʻlov amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Reimbursatsiya dasturida dori vositalarining tayinlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Jamgʻarma bilan shartnomaviy munosabatlar oʻrnatgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Jamgʻarma bilan tuzilgan shartnoma mazkur muassasa va unda faoliyat yuritayotgan shifokorlarni axborot dasturida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi rahbari reimbursatsiya dasturi doirasida retsept yozish vakolati berilgan shifokorlar va elektron retseptlarni tasdiqlash vakolati berilgan DFH aʼzolari roʻyxatini axborot dasturiga tegishli maʼlumotlar kiritilishi uchun Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Reimbursatsiya dasturi doirasida elektron retsept shakllantirish va uni uzatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan tegishli yozuvlari mavjud boʻlgan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis boʻyicha uchtagacha dori vositasi koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron retseptda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron retsept raqami va berilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bemorning JSHSHIR, familiyasi, ismi va otasining ismi, tugilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XKTga muvofiq qoʻyilgan tashxis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori vositasining XPN boʻyicha nomlanishi, raqami (elektron retsept raqamiga bogʻlangan holda), shakli, dozasi, foydalanish usuli, davolanish kursining davomiyligi (surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun bir oydan oshmagan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron retseptni tasdiqlagan shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab yetti kalendar kunini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalari bemorga Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalar orqali elektron retsept asosida bepul beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanganidan soʻng axborot dasturi orqali Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshirasi)ning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshirasi) elektron retsept asosida dori vositasini olish uchun dorixonaga murojaat qilib ushbu elektron retsept raqamini maʼlum qilganidan soʻng dorixona xodimi tomonidan axborot dasturida mazkur elektron retsept boʻyicha dori berilishi toʻgʻrisida amaliyot bajariladi hamda bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshira) mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma orqali maxsus kod yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Dorixona xodimi SMS-xabarnoma orqali yuborilgan maxsus kodni bemordan soʻraydi va axborot dasturiga kiritadi, kiritilgan maxsus kod axborot dasturi tomonidan qabul qilinganidan soʻng reimbursatsiya dasturiga kiritilgan eng past cheklangan qoplash qiymatiga ega boʻlgan dori vositasi bemor (uning qonuniy vakili yoki biriktirilgan patronaj hamshirasi)ga beriladi hamda axborot dasturida dori vositasi berilganligi dorixona xodimi tomonidan tasdiqlanadi va mazkur elektron retsept yopiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Berilgan dori vositalari boʻyicha xarajatlarni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Reimbursatsiya dasturida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari boʻyicha sarf-xarajatlari mazkur dori vositalarining haqiqiy sotuv narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamgʻarma tomonidan cheklangan qoplash qiymati doirasida toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Reimbursatsiya dasturi doirasida berilgan dori vositalarining hisobini yuritish axborot dasturi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladigan hisobotlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Reimbursatsiya dasturi boʻyicha toʻlovlarni olish uchun dorixona haftalik yoki oylik asosda berilgan dori vositasining haqiqiy sotuv narxi aks ettirilgan, elektron retsept raqamiga bogʻlangan dori vositasi raqami va mazkur elektron retseptga muvofiq dori vositasining tayinlangan miqdoridan berilgan qismi koʻrsatilgan hisob-fakturani Jamgʻarmaga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda dorixona rahbari hisob-fakturada aks ettirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi hamda oʻz vaqtida Jamgʻarmaga uzatilishiga javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Hisob-faktura kelib tushgan kundan boshlab Jamgʻarma undagi maʼlumotlarni besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Bunda dorixona bilan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi oʻrganib chiqiladi hamda hisob-fakturada aks ettirilgan sarf-xarajatlarni toʻliq qoplash, qisman qoplash yoki qoplashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Jamgʻarma tomonidan sarf-xarajatlarni toʻliq qoplash toʻgʻrisidagi qaror hisob-fakturani qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Xarajatlarni qisman qoplash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda hisob-faktura dorixonaga qaytariladi va rad etishning asoslari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dorixona xarajatlarni qisman qoplash yoki rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etishi va xarajatlar qoplanishi uchun hisob-fakturani besh ish kuni ichida takroran taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Axborot dasturida reimbursatsiya dasturi uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning oylik rejasi shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Jamgʻarma reimbursatsiya dasturi uchun rejalashtirilgan mablagʻlarni boshqarish va nazorat qilishni amalga oshiradi. Mazkur mablagʻlarni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari kesimida taqsimlaydi, qayta taqsimlaydi hamda elektron retseptlar rasmiylashtirilishini doimiy monitoring qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamgʻarma bilan kelishgan holda reimbursatsiya dasturini joriy etish va yuritilishida yuzaga keladigan muammolarni yechish hamda ushbu hujjatda tartibga solinmagan masalalarni hal qilish vakolatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixona va tibbiyot muassasalari rahbarlari axborot dasturiga maʼlumotlarning toʻgʻri kiritilishi, axborot dasturidan toʻgʻri va maqsadli foydalanishga, shuningdek, oʻz xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolik uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/619/0783-son; 23.01.2026-y., 07/26/19/0067-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)