06.08.2024 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish, sohani normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish va ushbu sohada ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari klassifikatori 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy xizmatlar klassifikatori 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish maʼmuriy reglamenti va ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish milliy standartlariga qoʻyiladigan talablar 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024 — 2026-yillarda ijtimoiy xizmatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shaxsning yozma arizasiga koʻra uning hayotiy vaziyatini baholash orqali aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga mansubligi qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda axborot-maʼlumot xizmatlari, tezkor (shoshilinch) xizmatlar, odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yoʻnaltirish yoki tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda yozma ariza talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijtimoiy xizmatlar keys-menejment usulini qoʻllagan holda oʻtkazilgan kompleks baholash natijalari, davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlari hamda Ijtimoiy xizmatlar klassifikatorida mavjud xizmatlar doirasida shakllantiriladigan va bajarilishi davlat organlari hamda tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun majburiy boʻlgan individual ijtimoiy himoya rejasidan kelib chiqib, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi va ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakili oʻrtasida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma individual ijtimoiy himoya rejasi imzolangan sanadan boshlab bir hafta ichida tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) hayotiy vaziyatni baholash yoki ijtimoiy xizmatlarni olishdan bosh tortish shaxsning qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlar bilan taʼminlanishiga taʼsir qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, ijtimoiy xizmatlarning standartlarida belgilangan talablar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, shu jumladan, ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan vaqtdan boshlab olti oy oʻtgandan keyin majburiy etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-fevralga qadar ogʻir hayotiy vaziyatni aniqlash mezonlari, ijtimoiy yordam va xizmatlar olish uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumot hamda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 6-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
484-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 484-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KLASSIFIKATORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Klassifikator aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari nomlarining tizimlashtirilgan toʻplamini oʻz ichiga oladi, unda ogʻir hayotiy vaziyatni keltirib chiqaradigan holatlarning qisqacha tavsifi mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Klassifikator ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar hamda yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni rejalashtirishda, ularni hisobga olish va moliyalashtirishda, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish hamda tegishli axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishda majburiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xizmatlarni monitoring qilish, baholash va koʻrsatishning har bir jarayoni uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestrida va ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar reyestrida qoʻllaniladigan kod beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Klassifikatorda quyidagi atama va tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻir (qiyin) hayotiy vaziyat — qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar (mezonlar) boʻyicha shaxsning (oilaning) normal yashash sharoitlarini obyektiv ravishda buzuvchi, uning hayoti va (yoki) salomatligi uchun xavf tugʻdiradigan vaziyatga olib keladigan, uning oqibatlarini bunday shaxs (oila) mustaqil ravishda bartaraf eta olmaydigan va muayyan (haqiqiy) individual ehtiyojni aniqlash, shu jumladan, nogironlik, oʻzini-oʻzi parvarish qila olmaslik, keksalik, uzoq muddatli davolanish (kasallik), ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlish, qarovsizlik, boshpanasizlik, tazyiq va zoʻravonlik, giyohvandlik, qashshoqlik, ishsizlik, internat muassasasida yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar asosida ijtimoiy xizmatlar va (yoki) yordam koʻrsatishni talab qiladigan holat (holatlar majmui);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzoq vaqt davolanishda boʻlgan shaxs — qoida tariqasida toʻrt oy yoki undan koʻproq vaqt davomida davolanayotgan shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Kod

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari nomlanishi

Ogʻir (qiyin) hayotiy vaziyatni keltirib chiqaradigan holatlarning qisqacha tavsifi

1.

001.00.00

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs

Shaxsning kasalligi (shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatli, ogʻir), jarohati, yoshi yoki nogironligi mavjudligi tufayli oʻziga oʻzi xizmat qilish, harakatlanish, yoʻlni topa olish, muloqot qilish, oʻz xatti-harakatini nazorat qilish, shuningdek, oʻqish va mehnat faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini toʻliq yoxud qisman yoʻqotganligi.

2.

001.01.00

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa shaxs

3.

001.02.00

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxs

4.

001.03.00

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj barqaror ruhiy buzilishlari va xulq-atvor buzilishlari boʻlgan shaxs

5.

001.04.00

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor boʻlgan shaxslar (bolalardan tashqari)

6.

001.05.00

Ogʻir kasalliklarga duchor boʻlgan va palliativ parvarishga muhtoj boʻlgan shaxslar (bolalardan tashqari)

7.

001.06.00

Uzoq vaqt davolanishda boʻlgan va oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar (keksa shaxslardan, nogironligi boʻlgan shaxslardan, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor boʻlganlardan, hamda palliativ parvarishga muhtoj boʻlgan shaxslardan, shuningdek, bolalardan tashqari)

8.

002.00.00

Nogironligi boʻlgan shaxs (nogironligi boʻlgan bolalardan tashqari)

Ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng toʻliq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtojlikni keltirib chiqaradigan barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlar.

9.

003.00.00

Odam savdosidan jabrlangan shaxslar (bolalardan tashqari)

Kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish yoʻli bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish.

10.

004.00.00

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar (bolalardan tashqari)

Xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazish choralarini qoʻllash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sogʻligʻi, jinsiy daxlsizligi, shaʼni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan gʻayrihuquqiy harakat (harakatsizlik).

11.

005.00.00

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar

Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻlmagan va yashash uchun moʻljallanmagan bino yoki inshootlarda (baraklar, omborxonalar, koʻp qavatli uylarning umumiy foydalanish joylari va boshqalar) yoxud jamoat joylarida (xiyobonlar, bogʻlar, vokzallar va shu kabi joylar) yashovchi shaxs.

12.

006.00.00

Psixoaktiv moddalarga qaram boʻlgan shaxslar (bolalardan tashqari)

Psixoaktiv moddalarni (alkogol, zaharli moddalar, giyohvand vositalari, psixotrop moddalar, kuchli taʼsir etuvchi moddalar) isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan, sogʻliq (hayot) uchun xavf tugʻdiradigan va ijtimoiy mavqeyini yoʻqotadigan hamda ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan tana funksiyalarining buzilishi.

13.

007.00.00

Ogʻir (qiyin) hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar

Homilador yoki 3 yoshgacha bolalari boʻlgan, yuzaga kelgan ogʻir hayotiy vaziyat (erta, rejalashtirilmagan homiladorlik, yaqin qarindoshlar tomonidan tashlab ketilishi, otaning yordamisiz bolani tashlab ketishi, uni uysiz, moddiy resurslarsiz boʻlishi, har tomonlama yordam talab qiladigan muammolar) tufayli oʻz farzandidan voz kechish yoki tashlab ketish xavfi ostida boʻlgan ayollar.

14.

007.01.00

Homilador ayollar yoki bolani tashlab ketish yoxud tashlab ketishga moyil boʻlgan yosh bolali ayollar

15.

008.00.00

Favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar

Odamlar qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligʻi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat, karantin va odamlar uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyatlar.

16.

008.01.00

Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar

17.

008.02.00

Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar

18.

008.03.00

Ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar

19.

009.00.00

Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar

Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan yaqinda (uch oydan koʻp boʻlmagan) ozod qilingan hamda yashash joyi va (yoki) doimiy daromadga ega boʻlmagan, ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan shaxslar.

20.

010.00.00

Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar

Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolish, shu jumladan:

21.

010.01.00

Doimiy oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan bola

Barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bola

22.

010.02.00

Doimiy oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan (belgilangan nogironligi boʻlmagan), ogʻir kasal bolalar

Kasallik tufayli doimiy oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan bolalar, jumladan:

23.

010.02.01

Harakatlar buzilishi va boshqa ogʻir buzilishlari boʻlgan bola

Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tugʻruq jarohatlari oqibatida bosh va orqa miya qon aylanishining ogʻir buzilishlari, periventrikulyar leykomalyatsiya, markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari natijasida chuqur harakatlar buzilishi bilan asoratlangan holatlar.

24.

010.02.02

Jarrohlik amaliyotidan keyingi holatdagi bola

Jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki aʼzolar, suyak-mushak tizimi, miya qutisi, quloq-tomoq-burun aʼzolari va suyak-mushak tizimining tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalarning ogʻir shakllari) bilan tugʻilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlar.

25.

010.02.03

Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli shikastlanishi boʻlgan bola

Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli shikastlanishi: tizimli qizil yugurik, dermatopolimiozit, tizimli boshlanuvchi yuvenil artriti, yuvenil revmatoid artriti va tugunchali periarteritning ogʻir turlari.

26.

010.02.04

Serebral falaj va boshqa falajli sindromlari boʻlgan bola

Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (istisno: G81.0-G81.9-gemiplegiya, G83.1-oyoqlar monoplegiyasi va G83.2-qoʻl monoplegiyasi).

27.

010.02.05

Bolalar serebral falaji, periventrikulyar leykomalyatsiyasi boʻlgan bola

Bolalar serebral falaji, periventrikulyar leykomalyatsiya (Istisno: G80.2-bolalar gemiplegiyasi).

28.

010.02.06

Qaytalanuvchi tutqanogʻi boʻlgan bola

Tez-tez qaytalanuvchi tutqanoqning shaxs oʻzgarishi va aql pastligi bilan kechishi.

29.

010.02.07

Chuqur va ogʻir aqliy zaifligi boʻlgan bola

Kelib chiqishi har xil boʻlgan aqliy zaiflikning chuqur va ogʻir turi. Autizm.

30.

010.02.08

Surunkali ogʻir shizofreniyasi boʻlgan bola

Surunkali ogʻir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar, xulq-atvor buzilishlari.

31.

010.02.09

Poliomiyelit kasalligining ogʻir asoratlari boʻlgan bola

Poliomiyelit kasalligining ogʻir asoratlari.

32.

010.02.10

Oʻtkir boʻshashgan shol boʻlgan bola

Oʻtkir boʻshashgan shol.

33.

010.02.11

Tugʻma gidrotsefaliyasi boʻlgan bola

Tugʻma gidrotsefaliya (kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, koʻz tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar).

34.

010.02.12

Koʻrish oʻtkirligi pasayishi boʻlgan bola

Koʻrish oʻtkirligining yaxshi koʻradigan koʻzda 0 — 0,03 ga (korreksiya bilan) pasayishi.

35.

010.02.13

Surunkali nafas yetishmovchiligi boʻlgan bola

Tugʻma va orttirilgan tusdagi surunkali bronx-oʻpka kasalliklarida II-III darajali turgʻun nafas yetishmovchiligi. Astmaning gormonga bogʻliq asoratli turi.

36.

010.02.14

Suyak va boshqa tayanch tizimi sili boʻlgan bola

Tez-tez qaytalanuvchi oqma yaralar va funksional buzilishlar bilan kechadigan suyak va boshqa tayanch tizimi sili, silga qarshi dori vositalariga turgʻunligi boʻlgan, davolanish natija bermagan va palliativ davoga muhtoj boʻlgan sil kasalliklari; bosh miya faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadigan sil meningoensefaliti, jarrohlik yoʻli bilan davolanishga hayotiy qarshi koʻrsatmalari boʻlgan, keskin funksional buzilishlar bilan kechadigan bosh va orqa miya tuberkulemalari.

37.

010.02.15

Turgʻun qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari boʻlgan bola

Jigarning tugʻma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turgʻun qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar.

38.

010.02.16

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bola

Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi.

39.

010.02.17

Yomon sifatli oʻsmalari boʻlgan bola

Inkurabel yomon sifatli oʻsmalarning ogʻir shakli.

40.

010.02.18

Doimiy najas va siydikni tuta olmaydigan bola

Bir necha bor jarrohlik amaliyotidan keyin tuzatib boʻlmaydigan doimiy najas va siydikni tuta olmaslik, yoʻgʻon, toʻgʻri ichak va orqa chiqaruv teshigining tugʻma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil aʼzolari oqmalari.

41.

010.02.19

Yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari boʻlgan bola

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar: bir yoki ikkala oyoq va qoʻllarda tugʻma va orttirilgan ogʻir darajadagi skelet deformatsiyalari va amputatsion choʻltoqlar.

42.

010.02.20

Suyak-mushak tizimi kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari boʻlgan bola

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar: tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va oʻziga-oʻzi xizmat qilish imkoniyati yoʻqligi.

43.

010.02.21

Qon aylanish tizimi tugʻma anomaliyalari boʻlgan bola

Qon aylanish tizimi tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, maʼlum bir yoshgacha operatsiya qilib boʻlmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar) ifodalangan darajadagi funksiya buzilishlari bilan.

44.

010.02.22

Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi: qandli diabeti boʻlgan bola

Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi: qandli diabetning 1 turi (insulinga bogʻliq qandli diabet).

45.

010.02.23

Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi: qandsiz diabeti boʻlgan bola

Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi: qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holat, buyrak usti bezi poʻstlogʻining ogʻir tugʻma disfunksiyasi, somatotrop yetishmovchilik (gipofizar nanizm), tugʻma va orttirilgan gipotireozning ogʻir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.

46.

010.02.24

Miopatiya va boshqa irsiy neyrodegenerativ kasalliklari boʻlgan bola

Miopatiyalar, orqa mushak atrofiyasi, tugallanmagan osteogenez, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya. Ichki aʼzolar va tizimlarning ogʻir buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishdagi buzilishlar bilan kechuvchi irsiy raxitsimon kasalliklar, Marfan sindromi va Elers-Danlo sindromi.

47.

010.02.25

Xromosoma buzilishlari boʻlgan bola

Koʻplab tugʻma nuqsonlar, ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi xromosoma buzilishlari: Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar.

48.

010.02.26

Oʻtkir va surunkali leykozlari boʻlgan bola

Oʻtkir va surunkali leykozlar, gemoblastozlar, xavfli gistiotsitoz, miyelodisplastik sindromlar.

49.

010.02.27

Qon hosil qilish organlari tugʻma kasalliklari boʻlgan bola

Qon hosil qilish organlari tugʻma va orttirilgan aplastik anemiyalari.

50.

010.02.28

Surunkali trombotsitopatiyalari boʻlgan bola

Ogʻir gemorragik sindrom bilan kechuvchi, doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllar, yiliga 3 marotabadan ortiq xuruj qiladigan gemorragik sindromlar.

51.

010.02.29

Gemofiliyasi boʻlgan bola

Gemofiliya.

52.

010.02.30

Talassemiyasi boʻlgan bola

Talassemiya.

53.

010.02.31

Tugʻma immunitet tanqisligi holatlari boʻlgan bola

Tugʻma immunitet tanqisligi holatlari: ogʻir mujassamlashtirilgan antitanachalar yetishmovchiligi ustun boʻlgan immunitet tanqisligi holatlari, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz — jigar, oʻpka, limfa tugunlari va boshqa aʼzolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi.

54.

010.02.32

OITS bilan kasallangan bola

OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining IV bosqichi bilan kasallangan bola.

55.

010.02.33

Bullyoz epirdemiolizi boʻlgan bola

Bullyoz epirdemioliz bilan kasallangan bola.

56.

010.02.34

Kistozli fibrozi boʻlgan bola

Kistozli fibroz (mukovissidoz): 7 yoshgacha boʻlgan bolalar doimiy yordamga muhtoj; 7 yoshdan katta bolalarda — ogʻir asoratli holatlarda.

57.

010.02.35

Pompe kasalligi boʻlgan bola

Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari: Pompe kasalligi.

58.

010.02.36

Goshe kasalligi boʻlgan bola

Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari: Goshe kasalligi.

59.

010.02.37

Fabri kasalligi boʻlgan bola

Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari: Fabri kasalligi.

60.

010.02.38

Krabbe kasalligi boʻlgan bola

Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari: Krabbe kasalligi.

61.

010.02.39

Niman-Pik kasalligi boʻlgan bola

Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari: Niman-Pik (A va V turi) kasalligi.

62.

010.02.40

Mukopolisaxaridozlari boʻlgan bola

Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari: Mukopolisaxaridozlar.

63.

010.02.41

Daun kasalligi boʻlgan bola

Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutq rivojlanishida orqada qolish bilan kechuvchi Daun kasalligi.

64.

010.03.00

Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor boʻlgan va doimiy oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar

Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklariga duchor boʻlgan hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar.

65.

010.03.01

Onkologiya kasalliklariga duchor boʻlgan bolalar

66.

010.03.02

Jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklarga duchor boʻlgan bolalar

67.

010.03.03

Moxov (lepra) kasalligiga duchor boʻlgan bolalar

68.

010.04.00

Nogironligi boʻlgan bola

Barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtojligi sababli hayot faoliyati cheklangan bolalar.

69.

010.05.00

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bola (nogironlikni belgilash uchun yetarli boʻlmagan)

Nogironlikni belgilash uchun yetarli boʻlmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari boʻlgan bola.

70.

010.06.00

Odam savdosidan jabrlangan bolalar

Odam savdosidan, bunday harakatga rozilik berganligi-bermaganligidan va jinoyat protsessida ishtirok etganligi-etmaganligidan qatʼi nazar, jabrlangan bolalar

71.

010.07.00

Zoʻravonlikning barcha shakllaridan jabrlangan — zoʻravonlik qurbonlari boʻlgan bolalar

Jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik, ruhiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va taʼqib etish (bulling) kabi zoʻravonlik shakllaridan jabrlangan bolalar.

72.

010.08.00

Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan voyaga yetmaganlar

Yaqinda ozodlikdan (uch oydan koʻp boʻlmagan) mahrum qilish joylaridan ozod qilingan va ijtimoiy moslashishda qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan voyaga yetmaganlar.

73.

010.09.00

Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar

74.

010.09.01

Jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalar

Jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga yetmagan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish.

75.

010.09.02

Sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar

Jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan voyaga yemagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishi, bunda sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoning tayinlanishi.

76.

010.10.00

Jinoyat qurbonlari yoki guvohlari boʻlgan voyaga yetmaganlar (zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalardan tashqari)

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish natijasida maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan holda jinoyat protsessida jabrlanuvchi deb tan olingan voyaga yetmagan shaxslar.

Voyaga yetmagan shaxsda jinoyat ishida aniqlanishi kerak boʻlgan holatlar toʻgʻrisida maʼlumotning mavjudligi.

77.

010.11.00

Yetim bolalar

Otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar.

78.

010.12.00

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar

Ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi yoki cheklanganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi yoxud muomalaga layoqati cheklanganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi yoxud ota-ona qaramogʻi mavjud boʻlmagan boshqa holatlar sababli ota-ona yoki yagona ota (ona) qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar.

79.

010.13.00

Ota-onalariga nisbatan sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan bolalar

Ota-onaning gʻayriijtimoiy xatti-harakati, bolaning nazoratsiz va qarovsiz qoldirilishi, tazyiq va zoʻravonlik harakatlari yoki bolaning ehtiyojlarini eʼtiborsiz qoldirishi tufayli hayoti va sogʻligʻi xavf ostida qolgan bolalar, shuningdek, oʻz farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir etgan ota-onalarning bolalari.

80.

010.14.00

Toʻliq boʻlmagan oilalardagi bolalar

Nikohi bekor qilingan oila, turmush oʻrtogʻi vafot etgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan, bedarak yoʻqolgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan, yolgʻiz oʻzi boʻla turib, nikohdan oʻtmasdan bolali boʻlgan yoxud boshqa sabablarga koʻra ota-onalardan birining yolgʻiz oʻzi bir yoki bir nechta bolani tarbiyalayotgan oila.

81.

010.14.01

Ota-onasi ajrashgan va tarbiyasi bilan faqat ota yoki ona shugʻullanadigan bola

Ota-onasi ajrashgan hamda tarbiyasi, parvarishi va taʼminoti bilan faqat ota yoki ona shugʻullanadigan bola (bolalar).

82.

010.14.02

Ota-onasi ajrashgan, lekin tarbiyasi bilan ota-onasi shugʻullanadigan bola

Ota-onasi ajrashgan, lekin tarbiyasi, parvarishi va taʼminoti bilan ota-onasi shugʻullanadigan bola (bolalar).

83.

010.14.03

Ota-onasidan biri vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan va tarbiyasi bilan otasi yoki onasi shugʻullanadigan bola

Ota-onasidan biri vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan, tarbiyasi va taʼminoti bilan otasi yoki onasi shugʻullanadigan bola (bolalar).

84.

010.14.04

Ota-onasidan biri sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan va tarbiyasi bilan otasi yoki onasi shugʻullanadigan bola

Ota-onasidan biri sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan, tarbiyasi va taʼminoti bilan otasi yoki onasi shugʻullanadigan bola (bolalar).

85.

010.14.05

Otasi nomaʼlum boʻlgan bola

Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada faqat onasining soʻzlariga koʻra kiritilgan yoki umuman kiritilmagan, otasi nomaʼlum boʻlgan bola (bolalar).

86.

010.14.06

Ota-onasi qonuniy asosda nikohdan oʻtmagan bola

Ota-onalarning qonuniy nikohisiz tugʻilgan bola

87.

010.15.00

Nazoratsiz bolalar

Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmaganni taʼminlash, tarbiyalash va unga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida xulq-atvori nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar.

88.

010.16.00

Qarovsiz bolalar

Aniq yashash joyi boʻlmagan nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar.

89.

011.00.00

Ogʻir (qiyin) hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar

Ogʻir hayotiy (qiyin ijtimoiy) vaziyatdagi oilalar, shu jumladan:

90.

011.01.00

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila

Oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra daromadi qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlgan “davlat taʼminotidagi oila” va “kambagʻal oila” toifasidagi oila hamda daromadi qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal isteʼmol xarajatlarining bir yarim baravaridan kam boʻlgan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasidagi oila.

91.

011.02.00

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oila

Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan farzandlarini taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan oila

92.

012.00.00

Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar

Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar.

93.

012.01.00

Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari boʻlgan yolgʻiz ona (ota), shuningdek, koʻp bolali ota-onalar

94.

012.02.00

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarni tamomlab, kasb-hunar egallagan yoshlar

95.

012.03.00

“Mehribonlik” uylari bitiruvchilari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat granti boʻyicha tahsil olgan bitiruvchilari

96.

012.04.00

Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar orasidan oʻrta maxsus, professional yoki oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari

97.

012.05.00

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan majburiy harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar

98.

012.06.00

Nogironligi boʻlgan shaxslar

99.

012.07.00

Pensiyagacha boʻlgan yoshdagi shaxslar

100.

012.08.00

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar

101.

012.09.00

Odam savdosidan jabrlangan shaxslar

(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 447-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2026-y., 09/26/447/0855-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 484-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KLASSIFIKATORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Klassifikator faoliyatning qisqacha tavsifi yoki turli shakllarda amalga oshiriladigan tadbirlar majmuiga ega ijtimoiy xizmatlar turlarining tizimlashtirilgan roʻyxatini oʻzi ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Klassifikator fuqarolar uchun majburiy boʻlib, idoraviy mansubligi, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar ijtimoiy xizmatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri, shartnoma, subpudrat, davlat ijtimoiy buyurtmasi boʻyicha yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa tartibda amalga oshiruvchi ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni rejalashtirishda, ularning hisobini yuritish va moliyalashtirishda, tegishli axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirishda majburiy qoʻllash uchun moʻljallangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ijtimoiy xizmatlarga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ijtimoiy xizmatlarni monitoring qilish, baholash va xizmatlarni koʻrsatishning har bir jarayoni uchun, shuningdek, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar reyestri va ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar reyestrida qoʻllaniladigan kod belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Klassifikatorda quyidagi atama va tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshpana bilan taʼminlash (yashash) — belgilangan tartibda 24 soatdan ortiq muddatga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazida boʻlish uchun koyko-joy bilan taʼminlash xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmat — xizmatlarga muhtoj shaxsni turmush sifatini yaxshilashga, uning jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishga va (yoki) oʻzining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, psixologik, taʼlim, tibbiy, reabilitatsiya va boshqa chora-tadbirlar kompleksi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi — aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalari va tashkilotlari tizimida ijtimoiy kuzatib borish, maslahat (konsultatsiya) xizmatlari, uyda xizmat koʻrsatish, kunduzi va (yoki) qisqa muddat boʻlish muassasalari, internat muassasalari shaklida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayonini tashkil etish va koʻrsatishni taʼminlaydigan tashkilotlar (muassasalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xodim xizmatlari — maʼlumot (axborot) berish, maslahat (konsultatsiya) berish, manfaatlarni ifodalash (manfaatlarni koʻzlab vakillik qilish), individual ijtimoiy himoya rejasi amalga oshirilishini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maslahat (konsultatsiya) berish — hayotiy vaziyatni tahlil qilishda yordam berish (asosiy muammolarni aniqlash, jismoniy, ruhiy, shaxsiy, intellektual resurslarni safarbar qilish, qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yengib oʻtish uchun maqbul vositalar diapazonini kengaytirish, oʻziga ishonchni mustahkamlash), shuningdek, ogʻir hayotiy vaziyatdan chiqish uchun individual ijtimoiy himoya rejasini tuzish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumot (axborot) berish — aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari, shu jumladan, ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning roʻyxati va manzillari (aloqalari), ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish shartlari, pulli ijtimoiy xizmatlar uchun tariflar, boshqa turdagi yordam, ishlar, xizmatlar toʻgʻrisidagi xizmat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ijtimoiy xizmatlar roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Xizmat kodi

Ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlari shaklida tashkil etilgan ijtimoiy xizmatlar

Ijtimoiy xizmat turi

Ijtimoiy xizmat koʻrsatish shakli

1

2

3

4

5

Boshpana bilan taʼminlash (yashash) boʻyicha koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar

Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslar, jumladan, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

1.

001.01

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

maishiy xizmat koʻrsatish;

kiyim-kechak va poyabzal bilan taʼminlash;

tibbiy yordam;

kompleks reabilitatsiya va abilitatsiya qilish;

oʻqitish;

dori vositalari bilan taʼminlash (tibbiy koʻrsatmalarga koʻra);

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash;

psixologik xizmatlar;

dam olishni tashkil etish;

jamiyatga reintegratsiya qilish;

qarindoshlar bilan aloqalarni tiklash;

dafn etish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

2.

001.02

Nogironligi boʻlgan ayollar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari

internat muassasalarida

3.

001.03

Nogironligi boʻlgan erkaklar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari

internat muassasalarida

4.

001.04

Nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari

internat muassasalarida

5.

001.05

Ixtisoslashtirilgan maktablar va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktab va maktab-internatlar

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

oʻqitish;

kompleks reabilitatsiya qilish;

tibbiy yordam;

nogironlikning ogʻir shaklidagi bolalarga qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlari;

kasbga yoʻnaltirish.

internat muassasalarida

6.

001.06

Palliativ yordam boʻyicha statsionar markazlar (viloyat onkologiya muassasalari tarkibidagi palliativ yordam boʻlimlari)

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

psixologik maslahat (konsultatsiya) berish va emotsional qoʻllab-quvvatlash;

palliativ yordam;

dori vositalari bilan taʼminlash (tibbiy koʻrsatmalarga koʻra);

dafn etish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

7.

001.07

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mintaqalararo xospis va kattalarga palliativ yordam boʻlimi

internat muassasalarida

8.

001.08

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mintaqalararo xospis va bolalarga palliativ yordam boʻlimi

internat muassasalarida

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish

9.

001.08

Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

davolash;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

10.

001.09

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

dori vositalari bilan taʼminlash (tibbiy koʻrsatmalarga koʻra);

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

Nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan bolalar, nogironlikni belgilash uchun yetarli boʻlmagan jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

11.

002.01

Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

tibbiy reabilitatsiya;

ijtimoiy reabilitatsiya;

kasbiy reabilitatsiya;

jismoniy reabilitatsiya;

abilitatsiya;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

12.

002.02

Rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

taʼlim berish;

kompleks reabilitatsiya qilish;

tibbiy yordam;

oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini oʻrgatish;

ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash koʻnikmalariga oʻrgatish;

psixologik xizmatlar;

mustaqil hayotga tayyorlash;

nogironlikning ogʻir shaklidagi bolalarga qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlari;

dam olishni tashkil etish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

Odam savdosidan jabrlanganlarga, shu jumladan, bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

13.

003.01

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

xavfsizligini taʼminlash;

ovqatlanish;

psixologik xizmatlar;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

oʻqitish;

reintegratsiya qilish va moslashtirish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga, shu jumladan, bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

14.

004.01

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning hududiy markazlari

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

xavfsizligini taʼminlash;

ovqatlanish;

psixologik xizmatlar;

psixologik yordam;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

oʻqitish;

reintegratsiya va moslashtirish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

15.

004.02

Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollar uchun shelterlar

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

psixologik xizmatlar;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

qayta yoʻnaltirish.

internat muassasalarida

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

16.

005.01

Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari

ijtimoiy reintegratsiya;

ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya;

profilaktika.

internat muassasalarida

Psixoaktiv moddalarga doimiy qaram boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

17.

006.01

Narkologiya dispanserlari (Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika narkologiya dispanseri, Toshkent shahar va viloyatlar narkologiya dispanserlari)

profilaktika;

diagnostika va davolash;

reabilitatsiya;

psixoijtimoiy qayta tiklanish;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

zaruratga koʻra boshqa xizmatlar turlari (mehnat terapiyasi, kasbga yoʻnaltirish va ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar).

internat muassasalarida

18.

006.02

Ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar uchun moʻljallangan psixiatriya muassasalari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy-ijtimoiy markazlar

internat muassasalarida

Ogʻir hayotiy vaziyatlarda boʻlgan bolalar, shu jumladan, yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan ota-onalarning farzandlari, toʻliq boʻlmagan oilalardagi bolalar, nazoratsiz bolalar, qarovsiz bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish

19.

007.01

“Hayot maktabi” ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari

yakka tartibdagi profilaktika;

birlamchi baholash;

kompleks baholash;

kecha-kunduz qabul qilish;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

xavfsizligini taʼminlash;

ovqatlanish;

qonuniy huquq va manfaatlarni himoya qilish;

tibbiy yordam;

psixologik xizmatlar;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

ijtimoiy kuzatib borish;

reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;

mustaqil hayotga tayyorlash;

voyaga yetmaganlarni taʼlim muassasalariga kuzatib borish;

kasbga yoʻnaltirishni tashkil etish;

ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirish va tashish;

ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash koʻnikmalariga oʻrgatish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalari

20.

007.02

Yetim bolalar va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllari (vasiylik, homiylik, oilaga tarbiyaga (patronat) berish, farzandlikka olish, oilaviy bolalar uyi va boshqalar)

oilaga tarbiyaga (patronat) berish;

farzandlikka olish;

bolani yangi sharoitlarga moslashtirish;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

rejali tibbiy yordam;

oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan holda bolalarni parvarishlash va tarbiyalash;

bolani oilani tark etishga, shu jumladan, mustaqil hayotga tayyorlash;

bolalarni oʻqitish jarayonini monitoring qilish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

uyda

21.

007.03

Bolalar uylari

parvarishlash va tarbiyalash;

shaxsiy gigiyena tadbirlarini amalga oshirish;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

oʻqitish;

salomatlikni qoʻllab-quvvatlash;

rejali tibbiy yordam;

mustaqil yashash koʻnikmalarini rivojlantirish;

psixologik xizmatlar;

oilaga va jamiyatga reintegratsiya va moslashtirish;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

kompleks reabilitatsiya qilish;

qarindoshlik aloqalarni, shu jumladan ota-onalar aloqalarni bilan qoʻllab-quvvatlash;

ijtimoiy moslashuv;

dam olish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish;

ijtimoiy kuzatib borish (23 yoshga toʻlgunga qadar qoʻllab-quvvatlash);

holatga qarab ijtimoiy xizmatlar standartlarga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalari

22.

007.04

Mehribonlik uylari

internat muassasalarida

23.

007.05

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi

parvarishlash va tarbiyalash;

shaxsiy gigiyena tadbirlarini amalga oshirish;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

oʻqitish;

salomatlikni qoʻllash-quvvatlash;

rejali tibbiy yordam;

mustaqil yashash koʻnikmalarini rivojlantirish;

psixologik xizmatlar;

oilaga va jamiyatga reintegratsiya va moslashtirish;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

kompleks reabilitatsiya qilish;

qarindoshlik aloqalarni, shu jumladan ota-onalar aloqalarni bilan qoʻllab-quvvatlash;

ijtimoiy moslashuv;

dam olish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish;

bolani parvarishlash boʻyicha muqobil xizmatlar;

ijtimoiy kuzatib borish;

ijtimoiy yetimlik profilaktikasi;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

Boladan voz kechishga yoki uni tashlab ketishga moyil boʻlgan erta yoshdagi bolasi bor ayollar yoki homilador ayollarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish

24.

008.01

Bolalar uylari huzuridagi “Onalar maskani”

parvarishlash va tarbiyalash;

shaxsiy gigiyena tadbirlarini amalga oshirish;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

salomatlikni qoʻllab-quvvatlash;

tibbiy yordamni olishga koʻmaklashish;

mustaqil yashash koʻnikmalarini rivojlantirish;

psixologik xizmatlar;

bolalarni parvarish qilish koʻnikmalarini oʻrgatish;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

kompleks reabilitatsiya xizmatlari;

dam olish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish;

kasbiy koʻnikmalarni egallashga yordam berish;

qarindoshlik aloqalarni qoʻllab-quvvatlash;

ijtimoiylashuv;

jamiyatga reintegratsiya qilish va moslashish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

internat muassasalarida

Boshpana bilan taʼminlashni nazarda tutmaydigan ijtimoiy xizmatlar

Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

25.

009.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

maslahat (konsultatsiya) berish;

krizisli maslahat (konsultatsiya) berish;

yuridik maslahat (konsultatsiya) berish;

psixologik xizmat;

ijtimoiy kuzatib borish;

qayta yoʻnaltirish;

ijtimoiy xodim xizmatlari.

kunduzi boʻlish

parvarishlash;

hamshiralik parvarishi;

ovqat tayyorlashga koʻmak berish;

maishiy xizmat koʻrsatish;

jismoniy reabilitatsiya;

oʻqitish;

ijtimoiy kuzatib borish;

zaruriy tibbiy yordam koʻrsatishda yordam berish;

tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash;

yashash joyini moslashtirish;

shaxsiy assistent;

professional shaxsiy assistent;

ijtimoiy xodim xizmatlari;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar

uyda

26.

009.02

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi (mobil guruhlar)

Oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini oʻrgatish;

reabilitatsiya qilishning texnik vositalaridan foydalanishga oʻrgatish;

qonuniy vakillarni muloqot va parvarishlash koʻnikmalariga oʻrgatish;

maʼlumot (axborot) berish i maslahat (konsultatsiya) berish;

dam olishni tashkil etish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

uyda va kunduzi boʻlish

27.

009.03

Palliativ yordam boʻyicha statsionar markazlar (viloyat onkologiya muassasalari tarkibidagi palliativ yordam boʻlimlari)

psixologik yordam;

psixologik maslahat (konsultatsiya) berish va emotsional qoʻllab-quvvatlash;

palliativ parvarishlash.

uyda

Nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish

28.

010.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

maslahat (konsultatsiya) berish;

krizisli maslahat (konsultatsiya) berish;

yuridik maslahat (konsultatsiya) berish;

psixologik maslahat (konsultatsiya) berish;

ijtimoiy kuzatib borish;

psixologik yordam;

qayta yoʻnaltirish;

tanlash va joylashtirish;

ishga joylashtirish, taʼlim olish va sport bilan shugʻullanishga koʻmaklashish;

tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash;

ijtimoiy xodim xizmatlari.

kunduzi boʻlish

29.

010.02

Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari (mobil guruhlar)

reabilitatsiya;

mustaqil yashash koʻnikmalarini rivojlantirish;

foydali koʻnikmalarni rivojlantirish, ishga tayyorlash, ishga joylashtirish va ish joyini saqlab qolishda qoʻllab-quvvatlash;

qonuniy vakillarni parvarish qilish, muloqot qilish koʻnikmalari va ularni uyda reabilitatsiya qilish asoslariga oʻrgatish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

uyda

kunduzi boʻlish

30.

010.03

Nogironligi boʻlgan ayollar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari

maʼlumot (axborot) berish;

kompleks reabilitatsiya va abilitatsiya qilish;

oila aʼzolariga yoki boshqa qonuniy vakillariga sogʻligʻining holatida buzilishlar mavjud boʻlgan, nogiron shaxslarni parvarishlash, ular bilan muomalada boʻlish koʻnikmalarini va uy sharoitida ularni reabilitatsiya qilish asoslarini oʻrgatish boʻyicha klub ishini tashkil etish.

kunduzi boʻlish

31.

010.04

Nogironligi boʻlgan erkaklar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari

32.

010.05

Nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari

maʼlumot (axborot) berish;

kompleks reabilitatsiya va abilitatsiya qilish;

oila aʼzolariga yoki boshqa qonuniy vakillariga sogʻligʻining holatida buzilishlar mavjud boʻlgan, nogiron shaxslarni parvarishlash, ular bilan muomalada boʻlish koʻnikmalarini va uy sharoitida ularni reabilitatsiya qilish asoslarini oʻrgatish boʻyicha klub ishini tashkil etish.

Odam savdosidan jabrlanganlarga, shu jumladan, bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

33.

011.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

psixologik xizmatlar;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

bolaning xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashish;

bolani ota-onaga qaytarish;

bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari;

ijtimoiy xodim xizmatlari;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi boʻlish

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga, shu jumladan, bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

34.

012.01

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga qisqa raqamli tunu-kun faoliyat koʻrsatuvchi ishonch telefoni xizmati (koll-markaz)

munosabat bildirish va maslahat (konsultatsiya) berish (faol tinglash);

birlamchi yuridik maslahat;

psixologik qoʻllab-quvvatlash;

zarur holatlarda, favqulodda xizmatlarga yoʻnaltirish.

maslahat (konsultatsiya) berish xizmatlari;

35.

012.02

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish

maslahat (konsultatsiya) berish;

psixologik xizmatlar

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

tibbiy yordam olishga koʻmaklashish;

zoʻravonlikdan jabrlanganlarning xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashish;

bolani oiladan olib qoʻyish (yuqori xavf holatida) va uni muqobil joylashtirish;

himoya orderini olishda yordam berish;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi boʻlish

Psixoaktiv moddalarga qaram boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

36.

013.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish.

kunduzi boʻlish

Boladan voz ketishga yoki uni tashlab ketishga moyil boʻlgan erta yoshdagi bolasi bor ayollar yoki homilador ayollarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish

37.

014.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

maslahat (konsultatsiya) berish;

qayta yoʻnaltirish.

kunduzi boʻlish

Ogʻir hayotiy vaziyatlarda boʻlgan bolalar, shu jumladan, yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, hali ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan ota-onalarning farzandlari, toʻliq boʻlmagan oilalardagi bolalar, nazoratsiz bolalar, qarovsiz bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar, nogironligi boʻlgan bolalar

38.

015.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

psixologik xizmatlar;

yuridik yordam va maslahat (konsultatsiya) berish;

bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;

bolaning xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashish;

bolani oiladan olib qoʻyish (yuqori xavf holatida) va uni muqobil joylashtirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi bolalarni oilaga joylashtirishga koʻmaklashish, shu jumladan, vasiylik va homiylikni belgilash, farzandlikka, oilaga tarbiyaga (patronat) olish, oilaviy bolalar uyini tashkil etish va ularga bolalarni berish, shuningdek, internat muassasalariga berish;

oilani mustahkamlashga koʻmaklashish, ota-onalarning masʼuliyatini oshirish, shu jumladan, ularni majburiyatlarga jalb qilish, ota-onalik huquqlarini tiklashga koʻmaklashish;

farzandlikka olishga nomzodlar boʻlgan shaxslarni tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini oʻtishga koʻmaklashish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi boʻlish

39.

015.02

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar (rivojlantirish guruhi, inklyuziv guruhlari, dam olish va bayram kunidagi guruhlari)

bolalarni rivojlantirish, tarbiyalash, oʻqitish, parvarish qilish va ularga qarab turish masalalarida oilaga yordam berish;

tengdoshlar va kattalar jamoasida rivojlanish va ijtimoiy moslashuv;

alohida ehtiyoji bor bolalarni bunday imkoniyati cheklanmagan bolalar bilan birgalikda oʻqitish.

kunduzi va (yoki) qisqa muddat boʻlish

40.

015.03

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” Uyushmasi

yoshlarni kuzatib borish (qoʻllab-quvvatlash);

ijtimoiy yetimlikning oldini olish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi va (yoki) qisqa muddat boʻlish

41.

015.05

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari

kasbga yoʻnaltirish;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi va (yoki) qisqa muddat boʻlish

42.

015.06

Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

maxsus taʼlim;

oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini oʻrgatish;

“Gʻamxoʻrlik” guruhlarida kompleks xizmatlar;

ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni bolalarni parvarishlash va tarbiyalash koʻnikmalariga oʻrgatish;

psixologik xizmatlar;

mustaqil hayotga tayyorlash;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi va (yoki) qisqa muddat boʻlish

43.

015.07

Qoʻshma tipdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari

44.

015.08

Reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti

45.

015.09

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar

parvarishlash;

boshpana bilan taʼminlash (yashash);

ovqatlanish;

maxsus taʼlim;

6-7 yoshdan boshlab maktabdan oldingi tayyorlov guruhlari;

oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini oʻrgatish;

“Gʻamxoʻrlik” guruhlarida kompleks xizmatlar;

ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni bolalarni parvarishlash va tarbiyalash koʻnikmalariga oʻrgatish;

psixologik xizmatlar;

mustaqil hayotga tayyorlash;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi va (yoki) qisqa muddat boʻlish

Favqulodda vaziyatlardan jabrlangan va uy-joysiz qolgan yoki oʻzining turar joylarida yashash mumkin boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

46.

016.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

psixologik yordam va emotsional qoʻllab-quvvatlash;

yuridik maslahat (konsultatsiya);

vaqtinchalik yashashga joylashtirish;

ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar.

kunduzi boʻlish

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish (bolalardan tashqari)

47.

017.01

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

moddiy yordam olishga koʻmaklashish.

kunduzi boʻlish

48.

017.02

Tuman (shahar) hokimlari rahbarligidagi ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalar

moddiy yordam ajratish.

kunduzi boʻlish

49.

017.03

Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari

bir martalik moddiy yordam berish;

yuridik maslahat (konsultatsiya);

psixologik xizmatlar;

ishga joylashtirishda yordam berish;

tibbiy koʻrikdan oʻtishda koʻmaklashish;

qayta yoʻnaltirish.

kunduzi boʻlish

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan voyaga yetmaganlar shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish

50.

017.04

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

maʼlumot (axborot) berish;

ijtimoiy kuzatib borish;

qayta yoʻnaltirish.

kunduzi boʻlish

(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 484-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti va ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish milliy standartlariga qoʻyiladigan talablar*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy reglament quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻir hayotiy vaziyatni aniqlash mezonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga boʻlgan huquqni tan olish, oʻzgartirish va tugatishning maʼmuriy tartib-taomillari va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning shartlari (bepul, pulli yoki qisman toʻlash orqali);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatiga qoʻyiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilarning harakati (harakatsizligi), shuningdek, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga qoʻyiladigan talablarni buzish oqibatlari ustidan shikoyat qilish mexanizmlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatlarning shakli va turlariga qarab boshqa talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning milliy standartiga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish milliy standarti quyidagilarni oʻz ichiga qamrab olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatning tavsifi (tarkibi), shu jumladan, uning hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatni koʻrsatish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatni koʻrsatishning sifat koʻrsatkichlari va uning natijalarini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatni koʻrsatish uchun zarur boʻlgan boshqa holatlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Qonunchilik hujjatlarida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti va ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish milliy standartlariga boshqa talablar ham belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 484-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024 — 2026-yillarda ijtimoiy xizmatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, vazirlik va idoralar tizimida faoliyat yurituvchi boshqa tuzilmalar uchun aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ularning individual ehtiyojlarini aniqlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

Uslubiy qoʻllanma

2024-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

Agentlik tizimida BMTning manfaatdor tuzilmalari bilan birgalikda aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirishning dasturiy budjetlashtirishni sinovdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma loyihani amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3.

Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlarning ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi meʼyorlarni taqdim etish maqsadida ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish meʼyorlarini hisoblash uslubini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil aprel

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

Ijtimoiy loyihalarni amalga oshiruvchi va (yoki) ijtimoiy sohaga investitsiyalarni kirituvchi tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar va preferensiyalar berilishini nazarda tutuvchi milliy ijtimoiy taksonomiyani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi ijtimoiy himoya tizimi muassasalari va tashkilotlari turlarining klassifikatorini joriy etish. Klassifikator tashkilotlarni tashkiliy-huquqiy shakli, xizmatlar koʻrsatish shartlari, maqsadi, xizmatlar koʻrsatish usullari va boshqa shartlarni oʻz ichiga olinishini nazarda tutadi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Agentlikka quyidagi huquqlarni berish orqali kompleks baholash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, xavf ostida boʻlgan guruhdagi oilalarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish:

ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchining yakka tartibdagi ishini ochish, yuritish, monitoring qilish va yopishni oʻz ichiga olgan holda keys-menejment usulini qoʻllash tartibini belgilash;

ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyojni belgilovchi holatlarning oldini olish uchun, shu jumladan, ijtimoiy himoya choralarini belgilash orqali risklarni boshqarishning yaratilgan tizimidan foydalanish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatini litsenziyalash va (yoki) akkreditatsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

8.

Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi va natijadorligini monitoring qilish va baholash mexanizmini bosqichma-bosqich amalga oshirish, bunda monitoring qilish va baholash faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) ijtimoiy xizmatlar monitoringi boʻyicha:

ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash;

ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar faoliyati toʻgʻrisidagi monitoring maʼlumotlarini ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishining toʻliqligi va oʻz vaqtida bajarilishi nuqtai nazaridan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tartibi talablari bilan solishtirish;

ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha resurslarni tahlil qilish;

b) ijtimoiy xizmatlarni baholash boʻyicha:

qonunchilik hujjatlari talablari va ijtimoiy xizmatlarning milliy standartlariga muvofiq belgilangan ijtimoiy xizmatlar sifatiga taʼsir etuvchi asosiy omillarni nazorat qilish (obyektiv tekshirish);

ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining moddiy yoki moliyaviy muammolarini hal qilish darajasi, ijtimoiy xodimning ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi bilan oʻzaro hamkorligi natijasida ijtimoiy xizmatlar oluvchining biopsixosotsial, jismoniy holatini yaxshilash darajasi, uning huquqiy, maishiy va boshqa muammolari hal qilinishi jihatidan ijtimoiy xizmat maqsadlariga erishishni bevosita nazorat qilish orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish samaradorligi natijalarini tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma va ijtimoiy kontraktning namunaviy shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2025-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

10.

Aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari klassifikatorini ishlab chiqish. Bunda ijtimoiy yordam, ijtimoiy taʼminot, ijtimoiy xizmatlar, mehnat bozorida faol chora-tadbirlarning barcha turlarini va ijtimoiy xususiyatga ega boshqa davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni, shu jumladan, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlarni, ularni hisobga olish, rejalashtirish va monitoring qilishning yagona tamoyillarini birlashtirish, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining axborot-maʼlumotnoma funksiyasini amalga oshirishni birxillashtirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

11.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni monitoring qilish va baholashga jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 09/24/484/0592-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son; 19.08.2026-y., 09/26/447/0855-son)