23.07.2024 yildagi PF-105-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda ov qilish va ovchilar tayyorlash tartibini tizimlashtirish va takomillashtirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni tatbiq qilish, ovchilik xoʻjaliklarida bioxilma-xillikni koʻpaytirish, ov turizmi infratuzilmasini rivojlantirish orqali mahalliy aholini ish bilan taʼminlash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab ovchilik xoʻjaligini tashkil etishning quyidagi tartibini oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ov qilish faqat ovchilik xoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi (tabiiy suv oqimlarida, shuningdek kanallarda va kollektor-drenaj tarmoqlarida umumiy foydalanish tartibida jismoniy shaxslar tomonidan baliq tutish, yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish hamda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan tartibga asosan erkin ov qilish hududlarida ov qilish bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni belgilagan holda yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqichda — 29 yil muddatga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ikki yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror koʻpaytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xoʻjaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari Ekologiya vazirligi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun biriktirib beriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdori Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun tutash hududdagi ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda, elektron onlayn-auksion natijalari bekor qilinadi va yer uchastkalari qayta elektron-onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ovchilik xoʻjaliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan formatda ishlab chiqilgan va kelishilgan 10 yilga moʻljallangan texnik-iqtisodiy asosnoma materiallari asosida faoliyat yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pitomniklarda yovvoyi hayvonlarni toʻliq bosqichda yetishtirishni yoʻlga qoʻygan holda oʻzlariga biriktirilgan ov qilish joylariga qoʻyib yuborilgan yovvoyi hayvonlar soniga teng miqdorida yovvoyi hayvonlarni Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida, ularning urchish paytlaridan tashqari yil davomida ov qilishni tashkil etadi. Bunda, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma olish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yovvoyi hayvonlarning urchish paytlari Zoologiya institutining xulosasi asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-sentabrgacha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻziga tegishli yer uchastkalarida ovchilik bazalari va pitomniklar tashkil etilgan taqdirda, ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ushbu yer uchastkasiga tutash hududdagi ov qilish joylari Ekologiya vazirligi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan 49 yil muddatga biriktirib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ekologiya vazirligiga quyidagi vakolatlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik xoʻjaligini yuritishda texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formatini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab ovchilarga ovchilik yoʻllanmasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar asosida Ekologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan elektron dastur orqali beriladi. Bunda, ovchilik yoʻllanmalari berilganligi uchun toʻlov miqdori ovchilik xoʻjaliklari tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri maʼlumotlari, yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olish va tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish maʼlumotlari, respublikada mavjud oʻrmon xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar, pitomniklar va shunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan olingan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish maʼlumotlaridan kelib chiqqan holda Ekologiya vazirligi tomonidan oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga doir har yilgi kvotalarni tasdiqlashda qoʻshimcha ravishda Fanlar akademiyasining olib borilgan va chop etilgan ilmiy-tadqiqotlar asosidagi tavsiyalari hisobga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻlja ovi tashkil etilganda ov mavsumidan qatʼi nazar haftaning barcha kunlarida ov qilishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sanoat usulida baliq ovlash uchun ruxsat etilgan toʻrlarni faqat sanoat usulida baliq ovlash uchun kvotalar ajratilgan baliqchilik xoʻjaliklariga sotishga yoʻl qoʻyiladi, kvotalar ajratilmagan baliqchilik xoʻjaliklariga sotish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab ovchilik guvohnomasini berishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslar) joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, oʻquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ekologiya vazirligi huzuridagi Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tomonidan 2 yil muddatga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasi berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jismoniy shaxslarning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlariga integratsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasini olish uchun oʻquv kurslari bioxilma-xillikni asrash, hayvonlarning turlari va anatomiyasi, ov qilish qoidalari, ov qilish etikasi va ov usullari hamda birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus bilimlar oʻrgatilishini nazarda tutgan holda Departament yoki taʼlim muassasalari tomonidan tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun oʻquv kurslarida qayta oʻqish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasini rasmiylashtirganlik uchun toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, nafaqadagi va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasini berish tartibi va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni oʻquv kurslarida oʻqitish tartibi Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ekologiya vazirligining Ekologiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani berishdan kelib tushgan mablagʻlarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80 foizi — yovvoyi hayvonlar va ixtiofauna obyektlarini takror koʻpaytirish va ular hisobini yuritish hamda muhofaza qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Departament taʼminoti va Jamgʻarma nizomida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ovchilik xoʻjaliklaridagi pitomniklarda yovvoyi hayvonlarni toʻliq bosqichda yetishtirish (koʻpaytirish) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun har yili 5 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undirilgan toʻlovlar, ovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, ovchilik guvohnomasini olish uchun oʻquv kurslarida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xoʻjaliklari ushbu faoliyat yoʻnalishlarini tashkil qilgandan boshlab uch yil muddat mobaynida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ovlangan oʻljalardan hamda tabiat inʼom etgan mahsulotlardan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hunarmandlar “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritiladi va ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-91-son Farmoni va 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4539-son qarorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 23-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-105-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-105-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish tartibini belgilovchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga 1 gektardan 2 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 50 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

2024-yil sentabr

-

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ov qilish hududlarida ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha investitsiya takliflarini ishlab chiqish.

Bunda, investitsiya takliflari asosida ushbu sohada tajribaga ega salohiyatli investorlarni jalb qilish, “Road-Show”lar oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil sentabr

-

Ekologiya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Fanlar akademiyasi

3.

Ovchilik faoliyati va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

ovchilik yoʻllanmasini berish boʻyicha elektron dasturni ishlab chiqish;

2024-yil sentabr

Ekologiya vazirligi

ov qilish joylari va ovchilik xoʻjaliklarining interaktiv elektron xaritasini ishlab chiqish. Bunda ushbu hududlarda yashovchi yovvoyi hayvonlar haqidagi maʼlumotlar ham aks ettiriladi;

2024-yil oktabr

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

hayvonot dunyosi obyektlari hisobini yuritishda ilgʻor metodologiya va texnologiyalarni joriy qilish. Bunda:

AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Tojikiston kabi xorijiy mamlakatlarning hayvonot dunyosi obyektlari hisobini yuritish tajribasini oʻrganish;

GPS, uchuvchisiz uchish apparatlari, teplovizor va boshqa uskunalar va ilgʻor texnologiyalardan foydalanishni joriy qilish;

2025-yil fevral-mart

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi

ov qilish mavsumi boshlanishida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, ovchilar bilan uchrashuvlar va seminarlar tashkil qilgan holda ov qilish etikasi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;

Har yili avgust-sentabr

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

ovchilar jamoat birlashmalari

ovchilik xoʻjaligini yuritishda qonunbuzilishi holatlarini, shuningdek, amaldagi shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni bajarilishini oʻrganish;

2024-yil sentabr-oktabr

Ekologiya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Fanlar akademiyasi

yovvoyi hayvonlar yashash muhitini oʻrganish hamda natijalariga koʻra yovvoyi hayvonlarni yangi yashash joylariga koʻchirish, fauna uchun yangi boʻlgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimga moslashtirish, shuningdek yovvoyi hayvonlarni chatishtirish tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha dastur ishlab chiqish;

2024-yil oktabr

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

respublikadagi zooparklar faoliyatini oʻrganish, ularni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va Toshkent shahridagi zoopark misolida ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil oktabr

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

4.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida” gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Amalga oshirish shakli: Qonun loyihasi.

2024-yil oktabr

-

Ekologiya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

5.

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 2-mavze, Axmad Donish koʻchasi, 28-uyda joylashgan Toshkent turizm va servis kolleji (sobiq) bino-inshootlarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazish.

2024-yil sentabr

-

Ekologiya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Mazkur sobiq kolleji negizida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining (Green University) zamonaviy kampusini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil dekabr

6.

Ovchilik xoʻjaliklaridagi pitomniklarda yovvoyi hayvonlarni toʻliq bosqichda yetishtirish (koʻpaytirish) xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

2024-yil noyabr

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻlovlar miqdorini oshirish yuzasidan asoslangan taklif ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritish.

2024-yil oktabr

-

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Quyidagilarni belgilash:

yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklarni tashkil etish va ularni saqlashga qoʻyiladigan talablar;

yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklar faoliyatini monitoring qilish tartibi;

ovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish tartibi;

biriktirilgan ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdori;

ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlarini ijara huquqi asosida ajratishda qoʻyiladigan minimal investitsiya majburiyatlari.

Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi.

2024-yil sentabr — noyabr

-

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahridagi kamida bitta davlat oliy taʼlim muassasasida ekologiya sohasiga oid taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Bunda, har yili hududlar kesimida 20 nafargacha salohiyatli talabalar uchun grant mablagʻlarini ajratish.

Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash va “Yashil makon” tadbirlari doirasida Nukus shahrida ekobogʻ hamda yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish pitomnigini tashkil etish maqsadida 2 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

11.

Ovchilik xoʻjaliklarida quyidagilarni belgilash:

1. Ekspertlar bilan birgalikda quyidagi infratuzilma obyektlarini nazarda tutgan holda ovchilik xoʻjaligining namunaviy loyihasi. Bunda:

ovchilarni qabul qilish punkti;

ovchilik qurollarini saqlash joylari;

ov minoralari, ovchilar va tashrif buyuruvchilar uchun hordiq chiqarish joylari;

ov mahsulotini qayta ishlash va saqlash xonalari;

yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish uchastkalari (pitomniklar va tabiiy koʻpaytirish hududlari);

ovchilik xoʻjaligi faoliyati uchun zarur infratuzilma va moddiy-texnika bazasi nazarda tutiladi.

2. Yovvoyi hayvonlar hisobi asosida erkin ov qilish hududlarini belgilash (erkin ov qilish hududlarining aniq chegaralari bir ovchilik mavsumiga belgilanadi va ushbu hududda ovchilik yoʻllanmasi yovvoyi hayvonlar hisobi asosida beriladi).

Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi.

2024-yil sentabr-oktabr

-

Ekologiya vazirligi

12.

Ekologiya vazirligining umumiy shtatlari doirasida vazirlik tuzilmasidagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tarkibida Amudaryo suv havzasini nazorat qilish boʻlimini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi.

2024-yil sentabr

-

Ekologiya vazirligi

13.

Respublikada brakonyerlik avj olgan hududlar xaritasini ishlab chiqish va ushbu hududlarni nazorat qilish boʻyicha Ekologiya vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan iborat tezkor guruhlar tashkil etish. Bunda:

tezkor guruhlar faoliyati Ekologiya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;

tezkor guruhlar faoliyatiga Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika vositalari jalb qilinadi.

Amalga oshirish shakli: qoʻshma idoraviy buyruq.

2024-yil oktabr

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 06/24/105/0563-son)