Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.02.2006 11.09.1998 yildagi 391-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.02.2006
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY DAVLATLAR OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MUXBIRLARINING KASB FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVChI ASOSIY QOIDALARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi 33-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro hujjatlarga, shuningdek “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 12-iyundagi 277-son qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Diplomatik, konsullik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalarini, ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalarini va muxbirlik punktlarini hamda ularning xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tortibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1995-yil 15-noyabrdagi 436-son qarorining ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktlarini hamda ular xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilishga oid qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 11-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
391-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 11-sentabrdagi 391-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Axborotning barcha shakllari erkin va keng tarqatilishini, bu sohada hamkorlikni ragʻbatlantirishni koʻzlab, xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlari (jurnalistlari)ning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy hamda vaqtincha akkreditatsiya asosida ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlarning huquqiy maqomi va kasb faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda mazkur Asosiy qoidalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnomalar qoidalari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muxbirlik punkti (byurosi, ofisi)ni ochish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining muxbirlik punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yuridik shaxs sifatida akkreditatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida chiqargan qarori xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktlarini ochish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochishdan manfaatdor ommaviy axborot vositasi rahbariyatining murojaatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining Oʻzbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi yoki Oʻzbekistonning tegishli mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tegishli murojaatnoma olingandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kechi bilan ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositasi muxbirlik punktini ochish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlik punktlari reyestri yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida qabul qilingan qarori xorijiy davlat ommaviy axborot vositalarining vakillarini jismoniy shaxslar sifatida akkreditatsiya qilish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasi rahbariyatining Oʻzbekiston Respublikasida oʻz muxbirini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnomasi. Bu xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muxbiri akkreditatsiya qilinayotgan ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilinayotgan xorijiy muxbirning tarjimai holi va toʻrtta fotosurati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi yoki Oʻzbekistonning tegishli davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kechi bilan ikki oy muddatda doimiy muxbirni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Akkreditatsiya qilingan jurnalist Oʻzbekiston Respublikasiga kelgach, unga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 2 yilgacha muddatga doimiy akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vaqtinchalik xorijiy muxbirni akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositasi rahbariyatining murojaatnomalari asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasiga kelgach, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida unga olti oygacha muddatga vaqtincha akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi. Xorijiy muxbirni vaqtinchalik akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror kechi bilan ikki hafta muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashqi ishlar vazirligi doimiy yoki vaqtinchalik akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlarning oila aʼzolariga xorijiy muxbirning oila aʼzosi kartochkasini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xorijiy jurnalist akkreditatsiya guvohnomasining muddati tugashidan kamida 10 kun ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga guvohnomasi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida murojaat qilishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Akkreditatsiya guvohnomasi yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda, jurnalist bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qilishga majburdir. Dublikat berish masalasi ikki hafta muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Doimiy yoki vaqtinchalik akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini yakunlangach, akkreditatsiya guvohnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshirishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunlarida koʻzda tutilgan asoslarda xorijiy jurnalistni akkreditatsiya qilishni rad etishi yoki akkreditatsiyani toʻxtatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasida yoritish uchun xorijiy jurnalistlar taklif etilgan holda turli xalqaro va ichki tadbirlar (kongresslar, anjumanlar, forumlar, seminarlar va boshqalar) oʻtkazilgan taqdirda xorijiy jurnalistlar vaqtinchalik muxbirlar sifatida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. MDH aʼzosi boʻlgan davlatlarning poytaxtlarida akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda keladilar. Borish toʻgʻrisidagi murojaatnoma safar boshlanishidan kamida 10 kun avval Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi yoki Oʻzbekiston Respublikasining MDH aʼzosi boʻlgan tegishli davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viza masalalari va xorijiy muxbirlarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishini qonuniylashtirish*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*MDH aʼzosi boʻlgan davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlari boʻyicha ushbu boʻlim masalalari MDH aʼzosi boʻlgan davlatlarning hamkorlik tamoyillari va meʼyorlari asosida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xorijiy muxbirlarga kelish vizalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ularni doimiy yoki vaqtinchalik akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi roziligiga koʻra beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Doimiy yoki vaqtinchalik akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalist vaqtincha almashtirilsa (taʼtilga chiqishi, kasalligi, boshqa mamlakatlarga xizmat safariga joʻnatilishi va shu kabi sabablarga koʻra), uning oʻrniga kelayotgan jurnalist uchun viza murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab kechi bilan ikki hafta ichida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar boshqacha yoʻsinda ikki tomonlama ahdlashuv boʻlmasa, doimiy yoki vaqtinchalik akkreditatsiya qilingan jurnalistlarga akkreditadiya muddatiga koʻp martalik vizalar beriladi. Koʻp martalik vizalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining koʻrsatmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasida esa — akkreditatsiya qiluvchi tashkilotning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy muxbirlarning asosiy huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan xorijiy muxbirlar va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida hamda ushbu Asosiy qoidalarda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar. Xorijiy jurnalistlarda Oʻzbekiston Respublikasi qatnashgan tegishli xalqaro hujjatlarda belgilangan, shuningdek manfaatdor davlatlar bilan oʻzaro asosda ikki tomonlama shartlashilgan va kelishilgan huquqlar saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati xizmatlaridan tegishli davlatlarning diplomatlari bilan teng shartlarda foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatik servis xizmati akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlarning iltimosiga muvofiq normal ish faoliyatini taʼminlashga bogʻliq amaliy masalalar boʻyicha maʼlumotlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Akkreditatsiya qilingan muxbirlar shaxsan foydalaniladigan, shuningdek kasb faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻladigan buyumlarni, akkreditatsiya muddati tugagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish sharti bilan, boj toʻlovlari toʻlamasdan olib kelishlari mumkin, bojxona organi taʼsis etgan bojxona rasmiylashtirishi, bojxona omborida saqlaganlik uchun yigʻimlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar Oʻzbekiston Respublikasida mavjud boʻlgan aloqa kanallari orqali oʻzlarini vakil qilgan ommaviy axborot vositalariga ogʻzaki, yozma va audioviziual axborotlarni uzatish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jurnalistning huquqi, or-nomusi va qadr-qimmati qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jurnalistning erkin axborot olishi va tarqatishini kafolatlaydi, kasb faoliyatini amalga oshirayotganda himoya qilinishini taʼminlaydi. Jurnalistning kasb faoliyatiga aralashish, undan kasb vazifasini bajarish orqali qoʻlga kiritgan biron-bir maʼlumotni berishni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari talablariga va xalqaro shartnomalari qoidalariga rioya qilishga majburdirlar. Respublika Tashqi ishlar vazirligi xorijiy jurnalist tomonidan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Jurnalistning kasb faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi, ketishi, boʻlishi va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qarori hamda mazkur Asosiy qoidalar buzilgan taqdirda uni ogohlantirishi yoki akkreditatsiyadan mahrum qilishi yoki safarga chiqishi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishi, shuningdek respublikadan chiqarib yuborishgacha boʻlgan taʼsir choralarini qoʻllashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlarning urushni har qanday tarzda targʻib qilishi, oʻz kanallari orqali ekstremistik, jinoyatkor, qonun bilan taqiqlangan boshqa kuchlarning, ayrim shaxslarning pozitsiyasini, manfaatlarini ifodalashi, diskriminatsiyaga, dushmanlikka va zoʻravonlikka gijgijlovchi milliy, irqiy yoki diniy nafrat ruhini yoqlab chiqishi taqiqlanadi. Qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan xorijiy jurnalistlar va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktlarining muxbirlari va texnik xodimlari sifatida akkreditatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari soliq qonunlariga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi bildirishnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida roʻyxatga olinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan mahrum qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uni bunday qaror sabablaridan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotni manbalardan olish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro hujjatlar qoidalariga muvofiq, akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlarning olishi uchun axborot manbalari ochiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy muxbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yurishi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida tegishli mamlakatlar diplomatik vakolatxonalarining xodimlari uchun belgilangan tartibda yurish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar texnik xodim hamda xizmat koʻrsatuvchi xodim sifatida chet el fuqarolarini va Diplomatik servis xizmati orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga yollashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar jurnalistik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega emas.