Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-son qaroriga
ILOVA
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati;
tanlov gʻolibi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi haqidagi axborot;
tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talablar.
|
Bosqich |
Subyektlar |
Mexanizm |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Davlat boshqaruvi organi |
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va tanlov boʻyicha hujjatlarni maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining xohishiga koʻra oʻzining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi. |
Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida 12 ish kuni va koʻpi bilan 30 ish kunidan oldin |
|||
|
2-bosqich |
Nodavlat notijorat tashkiloti |
Tanlovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi. |
Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanagacha |
|||
|
3-bosqich |
Jamoatchilik kengashi |
1. Tanlov gʻolibini nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqish va baholash natijalariga koʻra aniqlaydi. |
10 ish kuni ichida |
|||
|
2. Jamoatchilik kengashi qarorini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi. |
1 ish kuni ichida |
|||||
|
4-bosqich |
Davlat boshqaruvi organi |
Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi. |
10 ish kuni ichida |
|||
|
Nodavlat notijorat tashkiloti |
||||||
|
”. |
“Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash
|
T/r |
Indikator |
Mezonlar |
Koʻrsatkichlar |
|
1. |
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganligi. |
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganlik darajasi baholanadi. Ball maqsad va vazifalarning necha foizga bajarilganligiga qarab beriladi. Masalan: 1000 nafar ehtiyojmand shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish belgilangan boʻlib, ulardan 300 nafari oʻqitilgan boʻlsa, shunda maqsad va vazifalarning 30 foizi bajarilgan hisoblanib, 3 ball beriladi. |
— 81 foizdan 100 foizgacha — 6 ball; — 61 foizdan 80 foizgacha — 5 ball; — 41 foizdan 60 foizgacha — 4 ball; — 21 foizdan 40 foizgacha — 3 ball; — 20 foiz va undan kam — 0 ball. |
|
2. |
Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri ishlatilganligi. |
Davlat ijtimoiy buyurtmasi shak�ida ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri ishlatilganlik darajasi loyihaning budjetida belgilangan taqsimotdan jami summaga nisbatan necha foizga chetga chiqqanligiga qarab baholanadi. Masalan, jami 20 mln soʻm ajratilgan boʻlib, ushbu mablagʻning 1 mln soʻm qismi ijtimoiy loyihaning budjetida koʻrsatilmagan maqsad uchun ishlatilgan boʻlsa, 1 mln.ning 20 mln.ga nisbatan foizi (5%) mablagʻlarining notoʻgʻri ishlatilganligi darajasini koʻrsatadi. |
— 0 foiz — 6 ball. — 1 foizdan 10 foizgacha — 5 ball; — 10 foizdan 30 foizgacha — 3 ball; — 30 foizdan ortiq — 0 ball. |
|
3. |
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida OAVlarda batafsil axborot eʼlon qilib borilganligi. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida amalga oshirilgan ishlar (tadbirlar soni, ishtirok etgan maqsadli auditoriya, erishilgan natijalar, ishlatilgan mablagʻlar va boshqalar) haqida har chorakda oʻzining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borilganligi oʻrganiladi. Bunda fuqarolik jamiyati instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻzining rasmiy veb-sayti, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi eʼlonlar hisobga olinadi. |
— 20 tadan ortiq — 6 ball; — 15 — 19 ta — 5 ball; — 10 — 14 ta — 4 ball; — 6 — 9 ta — 3 ball; — 1 — 5 ta — 2 ball. |
|
4. |
Davlat ijtimoiy buyurtmasi belgilangan muddatda amalga oshirilganligi. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy loyihada nazarda tutilgan tadbirlar davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilganligi holati baholanadi. Ball miqdori muddatdan qanchalik kechiktirilganligi bilan bogʻliq boʻladi. Bunda davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida muddati uzaytirilgan boʻlsa, uzaytirilgan muddat ham kechiktirilgan muddatga qoʻshib hisoblanadi. |
— muddatida amalga oshirilsa — 6 ball; — 1 oygacha kechiktirilsa — 4 ball; — 1 oydan 2 oygacha kechiktirilsa — 2 ball; — 2 oydan 3 oygacha kechiktirilsa — 1 ball; — 3 oydan ortiq muddatga kechiktirilsa — 0 ball. |
|
5. |
Ijtimoiy loyihaning davom ettirilayotganligi. |
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha davom ettirilayotganligi aniqlanadi. |
Ijtimoiy loyiha davom ettirilayotgan boʻlsa — 6 ball; Ijtimoiy loyiha davom ettirilmayotgan boʻlsa — 0 ball. |
|
”. |